{"id":122790,"date":"2024-05-12T17:55:35","date_gmt":"2024-05-12T14:55:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122790"},"modified":"2024-05-12T17:55:40","modified_gmt":"2024-05-12T14:55:40","slug":"kashtadozlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kashtadozlik\/","title":{"rendered":"Kashtado&#8217;zlik"},"content":{"rendered":"\n<p>Kashtado&#8217;zlik, kashtachilik -kash- ta tikish kasbi, amaliy san&#8217;atning qad. sohalaridan biri. Arxeologik topilma- lar K.ning deyarli barcha xalklarda qad. ligini, iqlim, tabiiy sharoit, mu\\it b-n bog&#8217;liq holda har bir xalqning madaniya-ti, san&#8217;ati, kasb-hunar turlari b-n bir- ga, ularning ta&#8217;sirida rivoj topganini ko&#8217;rsatadi. K.ning paydo bo&#8217;lishi teridan qilingan kiyimlarda bog&#8217;lam va choklar- ning yuzaga kelishi b-n bog&#8217;liq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga o&#8217;tish b-n, shuningdek, to&#8217;qish, mato to&#8217;qish, bo&#8217;yash va b. ishlar b-n bog&#8217;liq. K. taraqqiyotini qad. Osiyo, Evropa, Amerika madaniy yodgorlikla- ri, adabiy manbalardagi kashtalar tas- virida, shuningdek, saqlanib qolgan K. namunalarida kuzatish mumkin. K. mahsulotlarining eng qad. Nusxalari saqlanmagan. K. rivojlangan xalqlarda unga tasviriy san&#8217;atning ta&#8217;siri katta bo&#8217;lgan. Mac, 11-a.ga oid ingliz kashta- larida jang lavhalari aks ettirilgan. 12-a.ga mansub rus kashtalarida Vizan- tiya ikona san&#8217;atining ta&#8217;siri ko&#8217;zga tashlanadi. Xitoyda 14-a.dan &#8220;syuxua&#8221; (ignali tasvir) nomi b-n mashhur bo&#8217;lgan kashtali namoyonlar uslub jihatdan shoy- iga tush b-n ishlangan manzara janriga yaqin. Evropada K. Uyg&#8217;onish davrida yuqori pog&#8217;onaga ko&#8217;tarildi. Davrning buyuk ras- somlari (mas, Perujino, Bottichelli va b.) kashtaduzlar uchun andazalar tayyor- lab berishgan, bu esa kashtalarning ba- diiyligini oshirgan. K.da qimmatbaho toshlardan ham foydalanilgan, ip, jun, ipak, zar va kumush suvi berilgan iplar ishlatilgan. 18-a. da Evropada aslzo- dalar kiyimini bezashda kashtalardan foydalanib tayyorlangan K. buyumlari keng tarqalgan. 19-a.ning 2-yarmida kashta tikish ma- shinasi ixtiro etilgach, sanoati rivoj topgan mamlakatlarda K. korxonala- ri vujudga kela boshladi, i.ch.ni yo&#8217;lga qo&#8217;yilishi an&#8217;anaviy K.ni inqirozga uch- ratdi. K. dagi mavjud an&#8217;analar susayib ketdi, arzon baho mashina kashtalari kat- ta maxrrat va ko&#8217;p mehnat talab qiladigan qo&#8217;l kashtalarini siqib chiqardi. Le- kin bir qancha mamlakatlarda mashina kashtasi b-n bir qatorda qo&#8217;lda kashta tikishga alohida e&#8217;tibor berilmoqda, kashtado&#8217;zlarning ishlari muzeylarni, jamoat binolarini bezamokda. O&#8217;rta Osiyoda K. mahsulotlarining qad. xillari deyarli saqlanmagan. Mu- zeylardagi palak, so&#8217;zana, choyshab, kir- pech, zardevor singari badiiy buyumlar va kashtali kiyimlar faqat 19-a.ga mansub. 14-15-a.larga oid kitoblardagi mi- niatyuralar K.ning bu erda qadimdan keng rivojlanganini ko&#8217;rsatadi. Jum- ladan, Amir Temur saroyida yashagan is- Pan elchisi Rui Gonzales de Klavixo o&#8217;z esdaliklarida saroyda kashta bezaklari- ni tomosha qilganini yozgan. Behzod &#8220;Za- farnoma&#8221; qo&#8217;lyozmasiga ishlagan &#8220;Temur taxtda&#8221; miniatyurasida (1467) kashtali chodirni xam aks ettirgan. O&#8217;rta Osiyoda, ayniqsa, o&#8217;zbek, tur- kman, tojik ayollari urtasida K. keng tarqalgan. Kiyimlar oilada tayyorlan- gan, badiiy buyumlar (so&#8217;zana, kirpech, dorpech, choyshab, oynaxalta, choyxalta va b.)ning asosiy qismlari har bir xona- donning o&#8217;zida tayyorlangan. Kashta choklari, kashta tikish va US- lublarining turli-tumanligi o&#8217;zbek kashtado&#8217;zlarining katta san&#8217;atidan dalolat beradi. Mas, Nurota, Buxo- ro, Samarqand K. mahsulotlari ko&#8217;proq yo&#8217;rma chok b-n, Shahrisabzda yo&#8217;rma, Kan- daxayol, iroqi, Toshkentda esa ko&#8217;proq bosma chok b-n tikilgan. Ijtimoiy hayotda ro&#8217;y bergan o&#8217;zgarishlar K. an&#8217;- analariga, mahsulotning turlariga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Mac, hozir bo&#8217;g&#8217;joma, dorpech, oynaxalta kabi ashyolar o&#8217;z ahamiyatini yo&#8217;qotdi, paranji, kaltacha kabi kiyimlarni faqat muzeylardagina uchratish mumkin. Do&#8217;ppi, sumka, nim- cha, kavush, kirpech, so&#8217;zana kabi badiiy buyum va ashyolar zamonaviy did b-n bez- atilmokda, shakl va badiiy bezaklari- da katta o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y berdi. O&#8217;zbek kashtado&#8217;zlari buyum bezaklarida amaliy bezak san&#8217;atining boshqa turlaridagi naqshlardan andaza olganlar, kashtalar- da o&#8217;simliksimon tasvirlar, shox, gul- band, guldastalar ko&#8217;p uchraydi. Naqsh mujassamotida asosiy bezak matoning o&#8217;rtasida bo&#8217;lib, hoshiyalar qo&#8217;shimcha bezak hisoblanadi. Lekin hoshiya bez- agi mahorat b-n ishlangan kashtalar ham ko&#8217;p. Ganchkorlik, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikda uchraydigan islimiy gul (naqsh) lar K.da ham ko&#8217;p uchrashi chizmakash (naqqosh)lar amaliy bezak san&#8217;atining turli sohalariga chiz- ma (naqsh)lar tayyorlaganini ko&#8217;rsatadi. K.da chizmakashlar yaratgan naqsh(gul)lar asosida kashtado&#8217;zlar badiiy buyum yara- tadilar. K.da ishlatiladigan asosiy ish qurollari: igna, ilmoqli igna, ilmoqli bigiz, angishvona, chambarak va b.; keng tarqalgan chok turlari: bosma, kandaxayol, chindaxayol, xomdo&#8217;zi, yurma, iroqi popur, ilmoq, baxya va b. (yana q. Chok).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kashtado&#8217;zlik, kashtachilik -kash- ta tikish kasbi, amaliy san&#8217;atning qad. sohalaridan biri. Arxeologik topilma- lar K.ning deyarli barcha xalklarda qad. ligini, iqlim, tabiiy sharoit, mu\\it b-n bog&#8217;liq holda har bir xalqning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kashtadozlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122790","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122790","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122790"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122790\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122798,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122790\/revisions\/122798"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122790"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122790"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122790"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}