{"id":122804,"date":"2024-05-12T17:58:30","date_gmt":"2024-05-12T14:58:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122804"},"modified":"2024-05-12T17:58:36","modified_gmt":"2024-05-12T14:58:36","slug":"kema","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kema\/","title":{"rendered":"Kema"},"content":{"rendered":"\n<p>Kema \u2014 yuk va yo&#8217;lovchilarni ta- shish, baliq ovlash, suv ostidan foydali qazilmalar (mas, neft) ni qazish, sport mashklari va musobaqalari o&#8217;tkazish hamda harbiy masalalarni, i. t. ish-lari va b.ni bajarish, sayyohlik uchun mo&#8217;ljallangan suvda suzuvchi inshoot. Qadimda suzib yuruvchi vosita sifatida xodalar va suvda suzadigan boshqa narsa- lardan foydalanishgan. Xodalarni bir-biriga bog&#8217;lab qurilgan solni dastlabki K. deb hisoblash mumkin. Qad. Misr, O&#8217;rta Osiyo, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston va b. mamlakatlarda qayiq va K.lar yasal- gan. Misrda dastlab qamish va papirus- dan yasalgan sol ishlatilgan. Ossuriyada hayvon terisidan tayyorlangan qopga havo puflab suvdan suzib o&#8217;tishda foy- dalanishgan. Shim. mamlakatlarda qayin po&#8217;stlog&#8217;idan qurilgan, daraxt tanasini o&#8217;yib yasalgan yoki karkasga hayvon te- risi tortilgan (chelnok) qayiqlardan foydalanishgan. Misrda qadimdan ko&#8217;p eshkakli dengiz K.si rasm bo&#8217;ldi. Bora- bora kemasozlik takomillashib, K.ning o&#8217;lchamlari va yuk ko&#8217;taruvchanligi ortib bordi, unga eshkak va elkanlar o&#8217;rnatildi (mas, X. Kolumb &#8220;Santa Mariya&#8221; elkan- li K. \u2014 karavellada Amerikani ochgan, 1492). Rus mexanigi I. Kulibin 1772 y.da g&#8217;ildirak (charxpalak) li K.ni yarat- Di. Angliyada 1882 y. birinchi temir Pa- roxod (bug&#8217;kemasi) qurildi. 19-a. 40-y. larida vintli K. qo&#8217;llana boshladi. Bi- rinchi bug&#8217;turbinali K. (&#8220;Turbiniya&#8221;) Angliyada yaratildi (1894). Rossiyada du- nyoda birinchi bo&#8217;lib ichki yonuv dvigateli o&#8217;rnatilgan K. (&#8220;Vandal&#8221;) qurildi (1902). Keyinchalik elektr dvigatelli (1913, AQSh), gidromuftali (1925, Germaniya), 20-a. 50-y.larida suv osti qanotli K.lar paydo bo&#8217;ldi. K.larga gaz turbinalari, atom kuch qurilmalari o&#8217;rnatildi, atom turboelektroxodlar paydo bo&#8217;ldi. Hozir suv yo&#8217;llarida Pa-roxodlar, teploxodlar, elektroxodlar, atomoxodlar qatnaydi. O&#8217;zbekistonda qam qadimdan K.lardan foydalanilgan. Amudaryo va Orol den- gizida K.lar qatnagan. Ilgari, asosan, elkanli K.lar bo&#8217;lgan. 20-a. boshlari- da Amudaryo va Orol dengizida yuklar va yo&#8217;lovchilar tashilgan (mas, 1924 y. O&#8217;rta Osiyo suv yo&#8217;llarida 20 kema, 1500 qayiq qatnagan). 1923 y. O&#8217;rta Osiyo Pa- roxodchilik boshqarmasi tuzilgan (1956 y. u sobiq Ittifoq dengiz floti va- zirligi ixtiyoriga o&#8217;tkazildi). 1950 y. Termizda Daryo porti ochildi. Amuda- ryo sohillarida bir necha bandargohlar qurildi. 1980 y.ga kelib O&#8217;zbekistonda suv yo&#8217;llarining umumiy uz. 2800 km ga etdi. 1995 y. &#8220;Termiz Daryo porti&#8221;, &#8220;xo- razm Daryo floti&#8221;, &#8220;Qoraqalpog&#8217;iston Daryo floti&#8221; i. ch. birlashmalari tashkil qilindi. Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi tufay- li suv yo&#8217;llari keskin qisqardi. Respu- blika Daryo flotida 150 ga yaqin teploxod bor, suv yo&#8217;llarining umumiy uz. 1000 km ga yaqin (2002). Xalq xo&#8217;jaligi yuklari, asosan, Termiz \u2014 Hayraton, Sharlavuq \u2014 To&#8217;rtko&#8217;l, Xo&#8217;jayli \u2014 To&#8217;rtko&#8217;l, Xo&#8217;jayli \u2014 Beruniy, Qoratov \u2014 Taxia- tosh yo&#8217;nalishlarida tashiladi. Vazifasiga ko&#8217;ra, K.lar transport, ovchilik, sanoat-xo&#8217;jalik, ma&#8217;muriy- xizmat, harbiy, i. t. ishlarini bajaruv- chi, kemalarga xizmat ko&#8217;rsatuvchi tur- larga bo&#8217;linadi. Transport K.sida yuk, yo&#8217;lovchilartashiladi; ovchilik K. sida kit va baliq ovlanadi; sanoat-xo&#8217;jalik K.sida suv ostidagi neft burg&#8217;ilanadi; xizmat ko&#8217;rsatuvchi K. shatakka oluvchi, brandvaxtlar, kabel kemasi, muzyorar- lar, doklar, suzib yuruvchi mayoq va b.ga bo&#8217;linadi. Suzib yurish hududi va usuli bo&#8217;yicha K.lar dengizda, ichki suvlar va ara- lash suvlarda suzib yuradigan turlarga; o&#8217;ziyurar (paroxodlar, teploxodlar, elek- troxodlar, atomoxodlar) va shatakka oli- nadigan (barja, lixter); harakatlanish usuliga ko&#8217;ra, suv osti qanotli, havo yostig&#8217;ida harakatlanadigan turlarga bo&#8217;linadi. K.ning asosii qismlari: korpus, qurilmalar (rul, yakor, qayiqni tushirish-ko&#8217;tarish va b.), yong&#8217;inga qarshi, maishiy, suv b-n ta&#8217;minlash, shamolla- tish, havoni mo&#8221;tadillash tizimlari, energetik qurilmalar, harakatlantirgich. K. navigasiya asboblari, aloqa vositala &#8211; ri b-n ham jihozlanadi. Dengizda suzish K.ning muhim ko&#8217;rsatkichi hisoblanadi. Foydalanish-texnik ko&#8217;rsatkichlari \u2014 harakat tezligi, suzish uzokligi, pux- taligi, suv sig&#8217;imi, yuk ko&#8217;taruvchanligi, yo&#8217;lovchilar soni va b. Harbiy K.lar maxsus harbiy topshiriqlarni bajarish uchun mo&#8217;ljallanadi va tegishli harbiy texni- ka b-n qurollantiriladi. Bularga avia- noseslar, kreyserlar, qavo mudofaasi K.lari, radiolokasiya va dozor K.lari, suv osti K.lari, qo&#8217;riqchi K.lar, Torpe- do katerlari, suvga minalar qo&#8217;yuvchi va suvni minasizlantiruvchi K.lar kiradi. Harbiy K.lar va ularga o&#8217;rnatiladigan jangovar qurollar yangi elektron texni- ka yordamida boshqariladi. K.ni yaratishda loyihalash naza- riyasi, qurilish mexanikasi, mashina va mexanizmlar nazariyasi, material- lar qarshiligi, nazariy mexanika, ke- malar yasash texnologiyasi, kemasozlik iqtisodiyoti kabi fan va sohalardan keng foydalaniladi. K. yasash istiqboli K.larni universallashtirish va ixti- soslashtirish, K.lar yasash texnologi- yasini takomillashtirish, K.larning tezligini, yo&#8217;lovchilar va yuklar tashish quvvatini oshirish, suv osti qanotli va havo yostiqli K.larni ko&#8217;proq qurish va b.ga yo&#8217;naltirilgan. Ayniqsa, sayyohlik K.larining qulayligini oshirishga kat- ta e&#8217;tibor berilmokda, chunki aviasiya va t. y. transportida falokatlarning ko&#8217;payganligi K. sayyohligi taraqqiyotiga yo&#8217;l ochib berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kema \u2014 yuk va yo&#8217;lovchilarni ta- shish, baliq ovlash, suv ostidan foydali qazilmalar (mas, neft) ni qazish, sport mashklari va musobaqalari o&#8217;tkazish hamda harbiy masalalarni, i. t. ish-lari va b.ni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kema\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122804","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122804","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122804"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122804\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122813,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122804\/revisions\/122813"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122804"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122804"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122804"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}