{"id":122805,"date":"2024-05-12T17:58:32","date_gmt":"2024-05-12T14:58:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122805"},"modified":"2024-05-12T17:58:38","modified_gmt":"2024-05-12T14:58:38","slug":"kemiruvchilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kemiruvchilar\/","title":{"rendered":"Kemiruvchilar"},"content":{"rendered":"\n<p>Kemiruvchilar (Rodentia) &#8211; sut emizuvchilar sinfiga mansub hayvonlar turkumi. 1600, ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra 2000 ga yaqin turi ma&#8217;lum. Tana- si g&#8217;o&#8217;lasimon, uz. 5-130 sm. Ko&#8217;pchilik K.ning oyog&#8217;ida er kavlashga moslashgan tirnoqlari bor. Boshi uzunchoq, tepasi yassi. Ko&#8217;zi turtib chiqqan, ba&#8217;zilarida esa rivojlanmagan (mas, ko&#8217;rsichqonlarda). Labida qilsimon mo&#8217;ylovi bor. Qoziq tishlari ko&#8217;rinib turadi. Ba&#8217;zi K. (nu- triya, ondatra va b.)ning mo&#8217;ynasi sanoat ahamiyatiga ega. K.ning ko&#8217;pchiligi q. x. zararkunandasidir. O&#8217;rta Osiyoda uchray- digan eng yirik K.: jayra (Hystrixhirsu tirostus Vg.); sariq yumronqoziq (Citellus falvus oxianus Thorns.) \u2014 beda ekiniga, daladagi g&#8217;allaga, tokzorlarga, mevali bog&#8217;larga zarar keltiradi va o&#8217;lat kasalli- gini tarqatadi. Terisi qadrlanadi. O&#8217;rta Osiyoning tekislik qismida tarqalgan. Tanasi 30 sm cha; rangi qumsimon sariq- qoramtir aralash. Dashtlarda yashaydi. Mavsumda bir marta ko&#8217;payib, 6-8 bola tug&#8217;adi; qadimgi yumronqoziq (Citellus relectus Kaschk.) \u2014 qir-adirlardagi bug&#8217;doy, arpa ekinlarini shikastlaydi. O&#8217;zbekiston va Qirg&#8217;izistonning tog&#8217;li hududlarida tarqalgan. Tanasi 22 sm cha; 4 tagacha bola tug&#8217;adi; Turkiston olma- xoni (Dyromus nitedula angelus Thorns.) \u2014 o&#8217;rik va b. mevali daraxtlarga zarar keltiradi. O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;istonning tog&#8217;li hududlarida tarqalgan. Tanasi 10 sm cha. Mavsumda 1-3 marta 2-6 tadan bola tug&#8217;adi; kichik qo&#8217;shoyoq (Allactaga elater Zicht.) g&#8217;alla va b. ekinlarni za- rarlaydi. O&#8217;rta Osiyo, Jan. va Markaziy Qozog&#8217;iston va b. joylarda tarqalgan. Kattaligi 9,5\u201411,5 sm. Orqa oyoqlari oldingisidan anchagina uzun. Cho&#8217;l va yarimcho&#8217;llarda yashaydi. Tunda faol; kuzda uyquga kiradi. Yilda uch marta urchiydi; Turkiston kalamushi (Rattus turkestanicus satun) \u2014 O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;istonda tarqalgan. Ombor mahsulotlariga zarar keltiradi; o&#8217;lat kasalligini tarqatishi mumkin. Tanasi 20 sm cha. Usti qo&#8217;ng&#8217;ir- kulrang, qorin tomoni sarg&#8217;ish-oq. Yilda bir necha marta urchib, 8-10 bola tug&#8217;adi; plastinka tishli kalamush (Wesokiaindica Gray.) \u2014 beda, g&#8217;alla, sholi, bug&#8217;doy, makkajo&#8217;xori, poliz ekinlari, ba&#8217;zan g&#8217;o&#8217;za hamda daraxtlarni shikastlaydi. O&#8217;zbekistonning Jan. qismi, Turkmani- ston, Tojikiston va b. mamlakatlarda tarqalgan. Kulrangdan malla tusgacha. Aholi punktlariga yaqin erlarda, ariq va Daryo qirg&#8217;oqlarida tarqalgan. To&#8217;da bo&#8217;lib yashaydi; Sever so v sichqoni (Musmusculus severtrovi Kaschk.) \u2014 uy za- rarkunandasi. Oziq-ovqat mahsulotlari, teri, kitoblarga zarar keltiradi. Ta- nasi 9-10 sm. Usti qo&#8217;ng&#8217;ir kulrang, qorin qismi oq; ko&#8217;rsichqonlar (Ellobius talpinus Pall.) \u2014 beda va b. ekinlarni zararlaydi. O&#8217;rta Osiyo, Qozog&#8217;iston, Za- Kavkaze va b. hududlarda tarqalgan. Tanasi 9-12 sm. Usti sarg&#8217;ish jigar- rang, ba&#8217;zan qo&#8217;ng&#8217;ir. O&#8217;simlik qoplami qalin joylarda tarqalgan. Er ostida yashaydi. Qishki uyquga kirmaydi. Mav- sumda 3 marta urchiydi; jamoatchi dala sichqon (Mikrotus socialis Pall.) \u2014 ba&#8217;zan bug&#8217;doy, arpa, kartoshkani shikastlay- Di. Jan. Qozog&#8217;istondagi tog&#8217;oldi erla- ri hamda tog&#8217;larda, Qirg&#8217;iziston, Jan. Turkmaniston va b. erlarda uchraydi. Kattaligi 9-11 sm; sarg&#8217;imtir qo&#8217;ngir, qorin tomoni oq. Eversman qumsichqoni yoki qizildum qumsichqon (Pallasiomys erythrourus ssp. eversmanni Bagd.) \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi xavfli kemiruvchi zararkunan- dalardan, g&#8217;o&#8217;za, bug&#8217;doy, poliz ekinlarini zararlaydi. Turkmaniston, O&#8217;zbekiston, Qozog&#8217;iston va Qirg&#8217;izistonning ba&#8217;zi hududlarida tarqalgan. Tanasi 15 sm cha. Usti kulrang-sarg&#8217;ish, qorin tomoni oq. Yil bo&#8217;yi faol hayot kechiradi. Yiliga 3-4 marta urchiydi; katta qumsichqon (Rhombomys opimus Zicht.) \u2014 sug&#8217;orish kanallari qirg&#8217;oqlarini, yaylov va b.ni shikastlaydi. O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;iston cho&#8217;llarida tarqalgan. Tanasi 17-20 sm. Usti malla sarg&#8217;ish, qorin tomoni oqish. To&#8217;da bo&#8217;lib yashaydi; qishki uyquga kir- maydi. Kunduzi faol. Kurash choralari: mexanik va fizik himoya usullarini qo&#8217;llash (yana q. Ombor zararkunandalari). Ad.: Yaxontov V.V., Vrediteli sel- skoxozyaystvennix rasteniy i produktov Sredney Azii i borba s nimi, T., 1953; Nikiforov N.I., Meri borbi s grizu- nami, M., 1987.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kemiruvchilar (Rodentia) &#8211; sut emizuvchilar sinfiga mansub hayvonlar turkumi. 1600, ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra 2000 ga yaqin turi ma&#8217;lum. Tana- si g&#8217;o&#8217;lasimon, uz. 5-130 sm. Ko&#8217;pchilik K.ning oyog&#8217;ida er kavlashga moslashgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kemiruvchilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122805","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122805","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122805"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122805\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122815,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122805\/revisions\/122815"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122805"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122805"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122805"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}