{"id":122806,"date":"2024-05-12T17:58:32","date_gmt":"2024-05-12T14:58:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122806"},"modified":"2024-05-12T17:58:38","modified_gmt":"2024-05-12T14:58:38","slug":"kembriy-sistemasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kembriy-sistemasi\/","title":{"rendered":"KEMBRIY SISTEMASI"},"content":{"rendered":"\n<p>KEMBRIY SISTEMASI (DAV- Ri), kembriy (Cambria \u2014 Uelsning lot. nomi) \u2014 erning geologik tarixi- dagi paleozoy eratemasining birinchi davri. Stratigrafik shkalada paleozoy eratemasining ordovik va yuqori Pro- terozoyning vend sistemasi oralig&#8217;ida joylashgan bo&#8217;lib, fanerozoy eonotema- sining quyi paleozoy eratemasiga man- sub. Radiologik xronometriya ma&#8217;lumot- lariga ko&#8217;ra, kembriyning quyi chegarasi 570 mln. yil, yuqorisi 510 (490) mln. yil qilib belgilangan. K.s. 1835 y.da ingliz geologi A.Sejvik tomonidan Buyuk Britaniya- dagi Uels tog&#8217;larida devon davrigacha bo&#8217;lgan yotqiziqlarni o&#8217;rganish vaqtida ajratilgan. Uning A.Sejvik tomonidan aniklangan dastlabki hajmi hoz. zamon tushunchasiga to&#8217;g&#8217;ri kelmaydi. Keyinroq A.Sejvik K.s.dan Monto-kembriy kom- pleksining metamorfik jinslarini ajratgan va kembriyning quyi chegara- siga aniqlik kiritgan. Lekin sistema- ning yuqori chegarasi o&#8217;zicha qolaverdi. A. Sejvik yo&#8217;l qo&#8217;ygan xatoning asosiy sa- babi \u2014 u paleontologik metodga ishonch- sizlik b-n qaradi. K.s. hajmi 1879 y. ingliz Geolo- gi Charlz Lepvors tomonidan ani- klandi va hoz. zamon tushunchasiga yaqinlashtirildi. U fauna majmuala- rining farqiga asoslanib devongacha bo&#8217;lgan yotqiziqlarni 3 mustaqil siste- ma \u2014 kembriy, ordovik (birinchi marta) va silurga ajratdi, bunday bo&#8217;linishga ba&#8217;zi o&#8217;zgarish va qo&#8217;shimchalar qilinib, hozirgacha foydalanib kelinmoqda. 1888 y. amerikalik geolog Ch.Uolkott kembriy faunasining ketma-ketligiga asoslanib, K.s.ni 3 qism (bo&#8217;lim)ga: quyi kembriy, o&#8217;rta kembriy va yuqori kembriyga ajra- tishni taklif qildi. K.s. 20-a.ning 50-y. larigacha yaruslarga ajratilmagan. 1956 y.da Sibir platformasini o&#8217;rganish asosida quyi bo&#8217;lim aldan va Lena yarus- lariga, o&#8217;rtasi \u2014 amgin va may yaruslari- ga ajratildi. Yuqori bo&#8217;limi 1982 y.da Kozog&#8217;iston kesmasi bo&#8217;yicha yaruslarga ajratildi. O&#8217;sha yili quyi kembriy yarusi shkalasiga ba&#8217;zi o&#8217;zgartishlar ki- ritildi (kembriyning umumiy Strati- grafik shkalasiga q.). Bu yaruslar 1989 va 1992 y.lardagi xalqaro shkalaga ki- ritilgan. Yaruslarga ajratishda organic qoldiqlar turli guruhlarining evolyu- tsion rivojlanish bosqichlari, ya&#8217;ni shu guruhlardagi eng ko&#8217;zga tashlanuvchi mor- fologik o&#8217;zgarishlar asos qilib olingan, ularning chegaralari esa bu bosqichlar orasidagi chegaralarga mos keladi. Har bir yarus uchun trilobitlar, arxeosi- atlar, braxiopodalar, mollyuskalar va b.ning mutanosib majmualari xos. K.s.da tokembriy skeletsiz biotalar yo&#8217;qolib, skeletli organizmlar paydo bo&#8217;ldi. Bu holni muhitdagi kimyoviy o&#8217;zgarishlar, shuningdek, kosmik omillarning muta- gen ta&#8217;siri deb hisoblaydilar. Quyi kembriy yotqiziqlari orasida dengiz transgressiyasi natijasida dengiz yotqiziqlari keng tarqalgan, o&#8217;rta kem- briydan yuqori kembriy boshlarigacha ko&#8217;p joylarda regressiya sodir bo&#8217;lgan. Yuqori kembriyda ilk bor lagunaga xos qizil rangli jinslar topilgan. Asosiy tektonik strukturalar rifey oxirlari- dan boshlab shakllangan. O&#8217;simlik dunyo- si ko&#8217;k-yashil va qizil suvo&#8217;tlar va ibti- Doiy yuksak o&#8217;simliklardan iborat edi. Kembriyda paleozoyda ma&#8217;lum bo&#8217;lgan organizmlar guruhining barchasi vujud- ga kelgan. Paleookeanlarning kembriy suvlarida arxeosiatlar, trilobitlar, bulutlar (gubki), qulfsiz braxiopoda- lar, xiolitlar, gastropodalar, steno- tekoidlar, ignatanlilar, chuvalchanglar, konodontlar, qisqichbaqasimonlar, tsianobakteriyalar, turli suvo&#8217;tlar va h.k. yashagan. Ularning ko&#8217;pchiligi se- kin-asta rivojlanib, tuzilishlari murakkablasha borib, butun fanerozoy davomida mavjud bo&#8217;lgan. Kembriyda organik dunyoning nihoyatda turli-tu- man bo&#8217;lishiga yirik dengiz havzalarida yashash muhitining qulayligi imkon yaratdi. Dengizlarning iliq suvida orga- nizmlarning biologik strukturasining o&#8217;zgarishiga, yangi formalarining paydo bo&#8217;lishiga ijobiy ta&#8217;sir etuvchi turli kimyoviy elementlarning yuqori kontsen- trasiyasi mavjud bo&#8217;lgan. K.s. foydali kazilmalari orasida Qozog&#8217;istondagi fosforit koni, Sharqiy Sibir va Xi- toydagi boksit, Rossiyaning Kuznesk Olatovidagi marganes, Sibirdagi tosh tuzi va neft konlari muhim o&#8217;rin tuta- Di. Bu davr yotqiziqlari de-yarli hamma qit&#8217;alarda aniqlangan. O&#8217;rta Osiyoda K.s. yotqiziklari shim. Tyanshan, Chatqol, Qoratog&#8217;, Norin, Pomir tog&#8217;larida bor. O&#8217;zbekistonda Piskom, Olay, Turkiston tizmalarida, Markaziy Qizilqumning Nurota va Tomdi tog&#8217;larida ham ani- klangan. Bu joylarda kembriy atdaban- Oqsoy yaruslarida ma&#8217;lum bo&#8217;lib, tarki- bida ko&#8217;plab arxeosiatlar, trilobitlar, xiolitlar, qulfsiz braxiopodalar, ohak-toshli suvo&#8217;tlar bo&#8217;lgan dengiz ko&#8217;mir-kremniyli-slanesli, ohaktosh- sla-nesli va karbonatli yotqiziqlarda na-moyon bo&#8217;lgan. K.s.ning ko&#8217;mir- kremniy-ohaktosh-slanesli yotqiziqlari ruda hosil bo&#8217;luvchi gidroter-mal tipli oltin-kumush-polisulfid rudali for- masiyalariga mansubdir. Ko&#8217;mir-kremniy slaneslarning yuqori radioaktivligi va qumli ohaktosh Lin-zalarida ko&#8217;p mik- dorda fosfor borli-gi to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;- lumotlar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KEMBRIY SISTEMASI (DAV- Ri), kembriy (Cambria \u2014 Uelsning lot. nomi) \u2014 erning geologik tarixi- dagi paleozoy eratemasining birinchi davri. Stratigrafik shkalada paleozoy eratemasining ordovik va yuqori Pro- terozoyning vend sistemasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kembriy-sistemasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122806","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122806","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122806"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122806\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122814,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122806\/revisions\/122814"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122806"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122806"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122806"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}