{"id":122807,"date":"2024-05-12T17:58:33","date_gmt":"2024-05-12T14:58:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122807"},"modified":"2024-05-12T17:58:40","modified_gmt":"2024-05-12T14:58:40","slug":"kenesari-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kenesari-qozgoloni\/","title":{"rendered":"Kenesari qo&#8217;zg&#8217;oloni"},"content":{"rendered":"\n<p>Kenesari qo&#8217;zg&#8217;oloni &#8211; O&#8217;rta juznpng Rossiyaga tobe qilib olinishi- ga qarshi olib borilgan milliy ozod- lik harakati (1837-47). Rossiya im- periyasi 19-a. boshlaridan e&#8217;tiboran Qozog&#8217;istonni butunlay bo&#8217;ysundirish tadbirlarini ishlab chiqdi. 1819 y. O&#8217;rta juz tugatilib, Omsk gubernyasiga qo&#8217;shib yuborildi. 1822 y. qabul qilingan Si- bir qirg&#8217;izlari bo&#8217;yicha Nizom (ustav)ga muvofiq, qozoq jamiyati okrug, bo&#8217;lis, ovullarga ajratilib boshqarilgan. Bo&#8217;lislar boshida sultonlar o&#8217;tirgan. Qozoqlarning an&#8217;anaviy turmush tar- zini emirish va ruslashtirish uchun hosildor erlarga kazaklar ko&#8217;chirib kel- tirila boshlandi. Qozoq aholisi chorizm- ning bunday mustamlakachilik siyosatiga qarshi Ablayxonning avlodlari atrofi- da uyusha boshladi. Dastlab kichik juzda Isatoy Tayminov va Maxambet utemi- sov boshchiligida qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarildi (1836-38). O&#8217;rta juzda Ablayxonning nevarasi Sulton Sarjan Rossiyaga karshi kurash boshladi (1836). Chorizmga qarshi olib borilgan bu kurashlar stixiyali va tarqoq bo&#8217;lsa ham 19-a.da qozoq xalqining Rossiya hukmronligiga qarshi ko&#8217;targan eng katta qo&#8217;zg&#8217;oloni \u2014 Sulton Kenesa- ri Kroimoe (1802-47) boshchiligida- gi qo&#8217;zg&#8217;olonni tashkil qilishda muhim rol o&#8217;ynaydi. K.q.ning asosiy maqsadi Qozog&#8217;istonning Ablayxon davridagi hududiy yaxlitligini saqlab qolish, okruglarni tugatish, Rossiya imperiyasi hali bosib olmagan qozoq erlarining to&#8217;la daxlsizligini saqlab qolish edi. Kenesari Qosimovning asosiy tala- blari Rossiya imperatori Nikolay I, Orenburg gubernatori V.A. Perovskiy, V.A.Obruchev, Sibir gubernatori Knyaz P.D.Gorchakov va b.ga yo&#8217;llagan xatlari- da ko&#8217;rsatilgan. Kenesariga birodarla- rining hech qaysisi jasoratda teng kela olmagan. U bobosi Ablayxonning eng yaxshi xislatlarini o&#8217;zida mujassamlash- tirgan, jo&#8217;shqinligi va harakatchanligi b-n hatto undan o&#8217;tib ketgan edi. Biroq, qo&#8217;zg&#8217;olon boshlanishi b-n qozoq zodagon- lari bir-biriga qarama-qarshi 2 guruhga bo&#8217;lindi. Oq-mo&#8217;la okrugining katta sul- Toni Konirkulja Kudaymendin, kichik juz sultonlari Ahmad va Muhammad Jonturin, Sulton Aychuvakov Kenesari- ning ashaddiy dushmanlari bo&#8217;lib, ular chor ma&#8217;murlari oldidagi o&#8217;z mavqeini yo&#8217;qotishni xoxlashmagan. Hatto Ablay- xonning o&#8217;g&#8217;illari Ali, suyuk (Kenesari- ning amakilari) ham u Ettisuvga jo&#8217;nab ketgach, qo&#8217;zg&#8217;olonchilarga nisbatan dush- manchilik munosabatida bo&#8217;lishdi. Ushbu qiyinchiliklarga qaramasdan Sulton Ke- nesari barcha vositalar b-n o&#8217;z atrofida 3 juzning urug&#8217;larini to&#8217;plashga erishdi. K.q.da O&#8217;rta juzdan tashqari Ki- chik juzning Shekti, tama, tabin, ol- chin, shumekey, japlas, katta juz- ning uysun, Dulat va b. urug&#8217;lari faol qatnashdi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilarning umumiy soni 20 ming kishiga etdi, xususan, O&#8217;rta juz sultonlari alohida jonboz- lik ko&#8217;rsatishdi. Omsk sud-jazolash muas-sasalari to&#8217;plagan ma&#8217;lumotlarga qaraganda, faqat Kushmurun, Ko&#8217;kchatov, Oqmo&#8217;la, Karqara,Boyonovul okruglarida qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni 80 dan ortiq sultonlar, biylar, oqsoqollar qo&#8217;llab-quvvatlagan. Qo&#8217;zg&#8217;olonning harakatlantiruvchi kuchi qozoq chorvadorlari edi. Harbiy otryad- larga Agibay, iman (Omongeldi imo- novning bobosi), Basigara, angal, jeke, Boysaid, bukor-boy kabi taniqli xalq bo- tirlari rahbarlik qilishdi. Qo&#8217;zg&#8217;olonda qozoqlardan tashqari o&#8217;zbeklar, qirg&#8217;izlar, hatto ruslar va polyaklar ham qatnashdi. K.q. 1837 y. noyab.da boshlanib, faol harbiy harakatlar 1838 y. bahorida Oqmo&#8217;la istehkomi eg&#8217;allangach, kuchayti- rildi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar tezda To&#8217;rg&#8217;ayda o&#8217;z kuchlarini birlashtirdilar. Ular safiga kichik juzdan Isatoy taymi- Nov o&#8217;z otryadi b-n kelib qo&#8217;shildi. 1841 y. sent.da 3 juzning vakillari Kenesa- ri Qosimovni xon qilib sayladilar, qozoq xonligi qayta tiklandi. 1841 y. avg.da Qo&#8217;qon xonligiga qarashli So&#8217;zoq, Janaqo&#8217;rg&#8217;on, Oqmachit, Julek qal&#8217;alari eg&#8217;allandi. Kenesarixonning Buxoro xonligi (amirligi) va Xiva xonligi b-n munosabatlari esa yaxshi bo&#8217;lgan. Xiva xoni qozoq otryadlarini to&#8217;plar va o&#8217;qdori b-n ta&#8217;minlagan. Kenesari- xon Rossiyaga qarshi kurashda ular b-n harbiy ittifoq tuzmoqchi bo&#8217;ladi. 1843 y. 27 iyunda Nikolay I K.q.ga qarshi Yi- rik harbiy yurish tayyorlash to&#8217;g&#8217;risidagi farmonni imzoladi. Qozoq urug&#8217;lari o&#8217;rtasidagi qarama-qarshilik chorizm ma&#8217;muriyatiga qo&#8217;l keldi. Lebedevning 2 ming kishilik qo&#8217;shini qozoq sultonlari A.Jonturin va B.Aychuvakovning otryad- lari b-n hamkorlikda qo&#8217;zg&#8217;olonchilarga qarshi tashlandi. 1844 y. 21 iyunda Ke- nesarixon qo&#8217;shini Sulton Jonturin qo&#8217;shinini engdi. Qo&#8217;zg&#8217;olonni bostirish uchun Orenburgdan polkovnik Dunikov- skiy, Sibirdan general Jemchujnikov boshchiligidagi qo&#8217;shinlar keltirildi. Ikki tomondan iskanjaga olingan Ke- nesarixon o&#8217;zining qolgan qo&#8217;shinini Sariq Arkudan olib, katta juzga chekin- Di. K.q.ning 1-bosqichidagi mustamla- kachilikka qarshi kurash shu b-n tugadi. 1847 y.dan boshlab uning 2-bosq-ichi \u2014 qirg&#8217;izlarga qarshi talonchilik yurishi boshlandi. Kenesarixon ili daryosining o&#8217;ng qirg&#8217;og&#8217;iga o&#8217;tib, u erdagi ko&#8217;chmanchi Olatov qirg&#8217;izlariga xavf soldi. 1847 y. apr.da Kenesarixon 10 ming kishi- lik qo&#8217;shin b-n qirg&#8217;iz erlariga bosti- rib kirdi. Qirg&#8217;iz manaplari o&#8217;rmon, Jantay Qorabekov, Jangarach qurultoy chaqirib, xalqni unga qarshi ko&#8217;tardilar. Issiqko&#8217;l atrofi va Chu daryosining yuqori qismida qirg&#8217;izlar b-n bir necha marta to&#8217;qnashuvlar bo&#8217;ldi. To&#8217;qmoq yaqinidagi so&#8217;nggi jangda Kenesarixon mag&#8217;lubiyatga uchradi. 1847 y. yozida Kenesarixon boshchiligidagi kichik guruh (2 o&#8217;g&#8217;li, birodari va 15 Sulton) Olmali darasi- da qirg&#8217;izlar tomonidan asir olindi. Manap Xo&#8217;jambek Toshtambek xun olish odatiga ko&#8217;ra, Sulton Kenesarixonni vahshiyona o&#8217;ldirdi. Asir olingan boshqa kishilar ham qiynab o&#8217;ldirildi. Manap Jantay Qorabekov uning boshini rus- larga yubordi. Knyaz Gorchakov bu qirg&#8217;iz manaplarini qimmatbaho sovg&#8217;alar va turli mansablar b-n siyladi. Qo&#8217;zg&#8217;olon ishtirokchilaridan ayovsiz o&#8217;ch olishga kirishildi. K.q. ana shunday fojiali yakunlandi. Uning oqibatlari qozoq juz- larining tamoman Rossiya imperiyasi tomonidan eg&#8217;allanishiga, shuningdek, Shim. Qirg&#8217;izistonga rus qo&#8217;shinlari bo- stirib kirishiga olib keldi. Ad.: Nasionalno-osvoboditelnaya borba kazaxskogo naroda pod predvodi- telstvom Kenesari Kasimova [Sbornik dokumentov] (rus va qozoq tilida), Alma- ti, 1996; materiali k istorii Sultana Kenesari Kasimova, T., 1923; Istoriya Kazaxstana (ocherk), Almati, 1993. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kenesari qo&#8217;zg&#8217;oloni &#8211; O&#8217;rta juznpng Rossiyaga tobe qilib olinishi- ga qarshi olib borilgan milliy ozod- lik harakati (1837-47). Rossiya im- periyasi 19-a. boshlaridan e&#8217;tiboran Qozog&#8217;istonni butunlay bo&#8217;ysundirish tadbirlarini ishlab chiqdi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kenesari-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122807","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122807","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122807"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122807\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122816,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122807\/revisions\/122816"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122807"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122807"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122807"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}