{"id":122828,"date":"2024-05-12T18:02:09","date_gmt":"2024-05-12T15:02:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122828"},"modified":"2024-05-12T18:02:16","modified_gmt":"2024-05-12T15:02:16","slug":"kop-ukladli-iqtisodiyot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kop-ukladli-iqtisodiyot\/","title":{"rendered":"KO&#8217;P UKLADLI IQTISODIYOT"},"content":{"rendered":"\n<p>KO&#8217;P UKLADLI IQTISODIYOT -turli mulk shakllari va har xil xo&#8217;jalik turlarining yaxlitligidan tashkil top- gan iqtisodiy tizim. Xo&#8217;jalik yuritish tarzi va uklad sub&#8217;ektlari faoliyatini tashkil etishning o&#8217;ziga xos tizimiga ega bo&#8217;lgan turli i.ch. munosabatlarining birgalikda mavjud bo&#8217;lishi b-n yakka ukladli iqtisodiyotdan farq qiladi. Har qanday iqtisodiyot ko&#8217;p ukladli xa- rakterga ega. Iqtisodiyot tuzilmalarning o&#8217;zgaruvchanligi ukladlar xususiyatlariga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, natijada yangi ukladlar paydo bo&#8217;lgach, eskilari sifat jihatidan yangi ukladlarga aylanadi yoki yo&#8217;qolib ketadi. Bu jarayonlar, ayniqsa, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisi- ga o&#8217;tishda yoki uning o&#8217;zgarishida yaqqol ko&#8217;rivadi. Shunga muvofiq \\olda uklad- lar 2 guruhga bo&#8217;linadi: o&#8217;tmishda ustun bo&#8217;lgan ijtimoiy tizimlarning qoldig&#8217;I tarzida mavjud bo&#8217;ladigan ukladlar; i.ch. usullari va ijtimoiy-iqtisodiy mu- nosabatlardagi o&#8217;zgarishlar natijasida paydo bo&#8217;ladigan ukladlar. Insoniyat- ning tarixiy taraqqiyoti davomida tur- li davrlarda biron-bir uklad hukmron mavqeida turgan. Mas, kapitalizmda, garchi davlat, mayda tovar i.ch. ukladla- ri mavjud bo&#8217;lsada, kapitalistik uklad hukmron bo&#8217;lgan. SSSR da davlat ukladi hukmron bo&#8217;lishiga qaramay (mulkning 90% davlat qo&#8217;lida to&#8217;plangan) mayda tovar, oilaviy va xufiya ukladlar ham mavjud bo&#8217;lgan. Hozir jahonda iqtisodiyotga ko&#8217;p uklad- lilik yangi sifat kasb etmoqda. I.ch. mu- nosabatlaridagi turli &#8220;bo&#8217;g&#8217;inlar&#8221;ning notekis o&#8217;zgarishlari har xil ukladlar- ni paydo etmoqda. Bunda ukladlarning o&#8217;zaro kurashi, birining ikkinchisi ustidan hukmronligi va zo&#8217;ravonligi jarayoni emas, balki i.ch. jihatidan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan ham ularning birgalikda mavjudligi va o&#8217;zaro hamkorligi vujudga kelmokda (q. Aralash iqtisodiyot). Ayni paytda sama- radorlikdagi o&#8217;zgarishlar nuqtai naza- ridan ukladlar o&#8217;rtasida raqobatchilik xarakteri kuchayib bormoqda. Rivoj- langan bozor iqtisodiyoti sharoitlari- da amalda hukmron mavqeni egallagan uklad yo&#8217;q. Ukladlar faoliyati va ular- ning o&#8217;zaro munosabatlarini tartibga solishni davlat o&#8217;z zimmasiga oladi. Davlat qonunlar tizimi orqali mulk- chilik shakli, i.ch.ni tashkil etish va b. qanday bo&#8217;lishidan qat&#8217;i nazar, har bir uklad manfaatlarini himoya qiladi. Hoz. aralash iqtisodiyot kapitalistik, noka- pitalistik va bozor ko&#8217;rinishlaridagi xilma-xil ukladlardan iborat. Ko&#8217;pgina ukladlar faoliyatini xarakatlantiruv- chi kuch tadbirkorlik bo&#8217;lib, uning tur- li shakllari aralash iqtisodiyotning ko&#8217;p ukladli tarzda rivojlanishi shart- sharoiti va asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti xilma-xil, bir- biri b-n erkin raqobatlashadigan xo&#8217;jalik ukladlarini taqozo etadi. Hoz. zamon bozor iqtisodiyotida mayda tovar, jamoa, xususiy, monopollashmagan kapi- talistik, monopolistik, davlat monopo- listik, transmilliy ukladlar mavjud. Shuningdek, aralash va o&#8217;tkinchi ukladlar ham bor. Turli mamlakatlarda ukladlar nisbati har xil. Ukladlarning yaxlitli-gini bozor munosabatlari ta&#8217;minlaydi. Ukladlar bir-biriga tovarlar, axborot, tajriba, ish kuchi etkazib beradi. Ular o&#8217;zaro iqtisodiy aloqalarsiz rivojla- na olmaydi, ayni vaqtda ular raqobatda bo&#8217;ladi. Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish davrida O&#8217;zbekiston iqtisodiyoti ham turli mulk- chilik (davlat, jamoa, fuqarolar Mulki va xususiy mulk)ka va xo&#8217;jalik shaklla- riga tayanadi. O&#8217;zbekistondagi ko&#8217;p uklad- li iqtisodiyot tarkibida davlat sektori, jamoa-kooperativ sektor, individual sektor, xususiy sektor, aralash sector va xorijiy sektorlar bor. Davlat sek- toriga davlat korxonalari, jamoa sek- toriga har xil kooperativlar va shir- kat xo&#8217;jaliklari, individual sektorga tomorqa xo&#8217;jaligi, yakka tartibda ishlov- chilar, yakka dehqon xo&#8217;jaliklari kiradi. Xususiy sektorga ayrim tadbirkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va o&#8217;z egasiga fonda beruvchi korxonalar karaydi. Aralash sektor davlat-aktsiya- dorlik, qo&#8217;shma korxonalar, xorijiy sek- tor chet mamlakatlarga qarashli bo&#8217;lib, O&#8217;zbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarni o&#8217;z ichiga oladi. Alisher Vahobov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KO&#8217;P UKLADLI IQTISODIYOT -turli mulk shakllari va har xil xo&#8217;jalik turlarining yaxlitligidan tashkil top- gan iqtisodiy tizim. Xo&#8217;jalik yuritish tarzi va uklad sub&#8217;ektlari faoliyatini tashkil etishning o&#8217;ziga xos tizimiga ega &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kop-ukladli-iqtisodiyot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122828","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122828","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122828"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122828\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122838,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122828\/revisions\/122838"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122828"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122828"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122828"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}