{"id":122829,"date":"2024-05-12T18:02:09","date_gmt":"2024-05-12T15:02:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122829"},"modified":"2024-05-12T18:02:17","modified_gmt":"2024-05-12T15:02:17","slug":"komir-konlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/komir-konlari\/","title":{"rendered":"Ko&#8217;mir konlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Ko&#8217;mir konlari \u2014 foydali qazilmalar sifatida tarkibida, aso- san, ko&#8217;mir bo&#8217;lgan konlar. K.k. tabiatda cho&#8217;kindi jinslardan hosil bo&#8217;lganligi tufayli yakka yoki bir necha qatlam shakli- da uchraydi. Qatlam yoki qatlamlarning qalinligi, ko&#8217;mirning sifati, atrofida- gi geologik sharoitlariga qarab K.k.ning umumiy geologik zahiralari balansdagi va balansdan tashqari zahiralarga ajra- tiladi. Geol.-razvedka ishlari natija- sida konning sharoitlari, chegaralari va, albatta, foydali qazilmaning sifat ko&#8217;rsatkichlari to&#8217;g&#8217;risida olinadigan qushimcha ma&#8217;lumotlar zahiralarni bir toi-fadan ikkinchisiga o&#8217;tkazishga asos bo&#8217;ladi. Xalq xo&#8217;jaligi talablarini, za- monaviy texnologiya va texnika imkoni- yatlarini kompleks iqtisodiy baxrlab, K.k.ning balansdagi zahiralari sano- at zahiralari toifasiga o&#8217;tkaziladi va qazib olinadi. Qazib olish jarayonida geologik sharoitlar, qullaniladigan texnologik usullar va texnika vo- sitalari imkoniyatidan kelib chiqib, ko&#8217;mirning bir qismi qazib olinmasdan er ostida qoldiriladi va bu ko&#8217;rsatkich foydali qazilmani konda yo&#8217;qotish va qazib chiqarish koeffisientlari b-n baholanadi. Ko&#8217;mirni konlardan qazib olish- da ochiq, er osti va kombivasiyalash- gan usullar qo&#8217;llaniladi. Ochiq usulda qazishning asosiy sharti \u2014 foydali qazilma qatlamlari er yuzasiga yaqin joylashgan bo&#8217;lishi kerak, bu sharoit- da karer (ko&#8217;pincha K.k.da \u2014 kesma)da yuqori quvvatli rotorli qazib olish kom- baynlaridan foydalaniladi. Qatlamlar chuqurligi oshavergach, ochiq usulda qazib olingan ko&#8217;mirning hajmiga nisbatan puch tog&#8217;jinslarining miqdori oshib bo- radi. Muayyan sharo-itlarda ko&#8217;mirni er osti (shaxta) usulida qazib olish samara- dorli bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zi K.k.da qatlam qanotlarining bir tomoni er yuzasiga yaqin joylashib, hatto yuzaga chiqib qolish holdari ham uchraydi, lekin ularni yotish burchagi kat- ta bo&#8217;lgani uchun tez chuqurlashadi, bunday sharoitlarda K.k.ning bir qismi ochiq usulda, qolgan chuqur-lashgan qismi esa er osti usulida qazib olinadi. Xiyla katta o&#8217;lchamli yoki zahirali, uzluksiz yoki Orol shaklida tarqalgan ko&#8217;mirli formasiya maydonlari ko&#8217;mir xavzasi deb ataladi. Ko&#8217;mir havzalarining vujudga kelishi er po&#8217;sti strukturasining rivojlanishiga, ya&#8217;ni sinekliza, chekka bukilma va b.ga bog&#8217;liq. Mac, Germaniyada mashhur Saar va Rur ko&#8217;mir havzalari, Hindistonda jariya, Raniganj, Bokaro, Frantsiyada Nor va Pa- de-Kale, Lotaringiya, Polshada Sileziya, Buyuk Britaniyada Jan. Uels, Yorkshir va Lankashir, Chexiyada Ostrana-Karvina havzasi, Bolgariyada Bolqon havzasi, Av- straliyada yangi Jan. Uels, Kvinslend, AQShda Appalachi, Illinoys, Pensil- Vaniya, Michigan havzalari, Ukrainada Donesk, Qozog&#8217;istonda Qarag&#8217;anda, Ekiba- stuz, Rossiyada Kuznesk, Chelyabinsk, Pe- chora va b. Bo&#8217;lar orasida 7 tasi o&#8217;ta yirik \u2014 gigant ko&#8217;mir havzalari (har birining geologik zahirasi 500 mlrd. t dan osha- Di) deb hisoblanadi: to&#8217;ngus, Lena, tay- Mir, Kansk-Achinsk, Kuznesk (Rossiyada), Alma-Amazona (Braziliyada) va Appala- chi (AQShda). Er yuzida 3600 dan ko&#8217;proq K.k. va havzalari hisobga olingan bo&#8217;lsa, ulardan 220 tasida K.k.ning zahiralari 0,5 mlrd. t dan oshadi. Jahonda eng ko&#8217;p ko&#8217;mir zahiralariga ega bo&#8217;lgan va ko&#8217;p miqdorda ko&#8217;mir qazib olinayotgan 9 mamlakat katoriga Xitoy, AQSh, Rossiya, Polsha, Germaniya, Che- xiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Av- straliya kiradi. Ularda har yili dunyo bo&#8217;yicha qazib olinayotgan ko&#8217;mirning o&#8217;rta hisobda 87% qazib olinadi. O&#8217;zbekistonda aniqlangan (2000 y.) ko&#8217;mir zahiralari hajmi qariyb 2 mlrd. t. ni tashkil qiladi, mutaxassislar ba- shorati bo&#8217;yicha ko&#8217;mir zahiralari 5,7 mlrd. t dan oshadi. Kumir 3 kondan: An- gren ko&#8217;mir koni, Sharg&#8217;un ko&#8217;mir koni va Boysun toshko&#8217;mir konidan qazib olinmoqda. Bo&#8217;larning eng kattasi An- gren ko&#8217;mir koni. Angrenda ko&#8217;mirning sanoat zahirasi 100 y.dan ko&#8217;proq vaqtga etadi. Kumir b-n birga kaolin ham oli- nadi. O&#8217;zbekiston b-n Germaniya &#8220;Kao- Lin&#8221; qo&#8217;shma korxonasi yiliga 200 ming t sifatli kaolin chiqarmoqda. Sharg&#8217;un va Boysun K.k.da yiliga 80 va 10 ming t toshko&#8217;mir qazib olinmok- da. Bu ko&#8217;mir metallurgiyada koks urni- ga qullanilishi mumkin. Konlarning zahiralari ko&#8217;p yillar mobaynida foy- dalanishni ta&#8217;minlaydi. Angren va Boysun K.k.da olingan ko&#8217;mirdan aktiv ko&#8217;mir i.ch. muljallangan. Ko&#8217;mirni qazib olishda bir qancha mu- ammolar mavjud. Ulardan eng muhimi \u2014 atrof muhitga zarar etkazmaslik chora- larini ko&#8217;rish. Ko&#8217;mirni, ayniqsa, ochiq usulda qazib olishda puch tog&#8217;jinslari- dan juda ko&#8217;p mikdorda to&#8217;kmalar, sun&#8217;iy tepaliklar hosil bo&#8217;ladi. To&#8217;kmalar tar- kibidagi ko&#8217;mir qoldiqlari o&#8217;z-o&#8217;zidan yonish holdari bo&#8217;lib turadi, tuproq tarkibi o&#8217;zgaradi. Yangi fan tarmog&#8217;i \u2014 konchilik ekologiyasi hoz. vaqtda Land- shaft rekultivasiyasi muammolarini urganmokda. Agar er yuzasida ko&#8217;l, Daryo yoki aholi yashaydigan joy bo&#8217;lsa, o&#8217;sha maydonda foydali qazilma olinmas- dan qoldiriladi. Amalda suv havzasini quritish yoki aholi yashaydigan joyni ko&#8217;chirish holdari ham uchraydi. Mac, Ohangaron daryosi loyihalashtirilgan karer maydonini kesib utganligi tu- fayli Daryo suvi konning Jan. tomonidan o&#8217;z. 5,5 km li tonnel orqali o&#8217;tkazildi. Angren razreziga to&#8217;g&#8217;ri kelgan eski qishloq xonadonlari ham ko&#8217;chiriladi. O&#8217;zbekistonda foydalanishga topshi- rilmagan, lekin hisobga olingan va sano- at ahamiyatga ega K.k. mavjud. Mas, Oltin- soy tumani hududida (Boysundan 50 km) bir qatlamli kon aniqdangan, qatlamning qalinligi 6,5 m gacha bo&#8217;lib, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 20 mln t miqdorida baholangan. Sharg&#8217;undan 30 km masofada 6 qatlamdan iborat kon topilgan. Qatlamlarning qalinligi 1,0\u201410,3 m, 600 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 62 mln. T miqdorida baholangan. Farg&#8217;ona vilo- yatida qalinligi 2-6 m bo&#8217;lgan 2 kat- Lamdan iborat kon aniqlangan, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralar hajmi \u2014 84 mln. t. O&#8217;zbekistondagi konlarning ko&#8217;miri tarkibida o&#8217;rtacha 0,5\u20142,5% oltingugurt, 8,5\u201420,0% kul bo&#8217;lib, 1 kg ko&#8217;mir 6500\u2014 7200 kkal issiqlik beradi. Ad.: Burchakov A. S. i dr., Texnologiya i mexanizasiya podzemnoy razrabotki plastovix mestorojdeniy, M., 1989; er- Molov V. A. i dr., Mestorojdeniya polez- nix iskopaemix, M., 2001. Abdusattor Meliqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko&#8217;mir konlari \u2014 foydali qazilmalar sifatida tarkibida, aso- san, ko&#8217;mir bo&#8217;lgan konlar. K.k. tabiatda cho&#8217;kindi jinslardan hosil bo&#8217;lganligi tufayli yakka yoki bir necha qatlam shakli- da uchraydi. Qatlam yoki qatlamlarning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/komir-konlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122829","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122829","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122829"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122829\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122839,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122829\/revisions\/122839"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122829"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122829"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122829"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}