{"id":122888,"date":"2024-05-12T18:34:15","date_gmt":"2024-05-12T15:34:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122888"},"modified":"2024-05-12T18:34:25","modified_gmt":"2024-05-12T15:34:25","slug":"kosta-rika-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kosta-rika-2\/","title":{"rendered":"Kosta-Rika"},"content":{"rendered":"\n<p>Kosta-Rika (Costa Rica), Kosta- Rika Pec publ i kas i (Republica de Costa Rica) \u2014 Markaziy Amerikada joylash- gan davlat. Mayd. 51,1 ming km2. Aholisi 3,77 mln. kishi (2001). Poytaxti \u2014 San- Xose sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 7 viloyat (provincia)ra, viloyatlar kantonlarga, kantonlar okruglarga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. K.-R. \u2014 respublika. Amaldagi Siyosiy Konstitusiyasi 1949 y. 7 noyab.da qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (2002 y.dan A. Pacheko); u aholy tomonidan to&#8217;g&#8217;ri va yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 4 y. muddatga saylanadi. Prezident bevo- Sita 2-muddatga qayta saylanishi mum- kin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi Majlis (bir palatali parlament) amalga oshiradi; uning 57 deputati to&#8217;g&#8217;ri va yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 4 y. ga saylanadi. Ijroiya hokimiyat prezident tomonidan Vazirlar Mahkamasi yordamida amalga oshiriladi. Tabiati. Mamlakat hududining ko&#8217;p qismi tog&#8217;liq. So&#8217;nmagan vulkanlar (Ira- Su \u2014 3432 m, Poas \u2014 2704 m va b.) bor. Kordilera-de-Talamanka tizmasidagi Chirripo-Grande tog&#8217;i (3820 m) K.-R.dagi eng baland cho&#8217;qqidir. Karib dengizi sohili botqoqli; tinch okean sohilida qo&#8217;ltiq va yarim Orol ko&#8217;p. Temir ruda- si, oltingugurt, boksit, kumush, oltin, neft, marganes, simob konlari bor. Iqlimi \u2014 subekvatorial, tropik, pas- sat iqlim. Pasttekisliklarda yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi 23\u00b0, iyulniki 25\u00b0. Yillik yogin sharqida 3000 mm, g&#8217;arbida 1000\u2014 1500 mm gacha. Daryolari tez oqar va ser- suv, quyi qismlarida kema qatnaydi. Yirik daryolari \u2014 San-Xuan, Rio-Frio. Mamlakat hududining salkam 65%ni egallagan nam tropik urmonlarda pal- ma, eben, qizil, pushti daraxtlar, tog&#8217; yon bag&#8217;irlarida dub o&#8217;sadi. Vulkan ko- nuslaridagi (2700-3000 m) butazor va o&#8217;tloqlardan yaylov sifatida foydala- niladi. Tinch okean sohilida savannalar bor. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Maymunlar, Puma, yaguar, tapirlar, zirx- lilar, jayra va b. yashaydi. Kirg&#8217;oqqa yaqin suvlarida ovlanadigan baliqko&#8217;p. Milliy bog&#8217;lari: Korkovado, Braulio- Korrilo, Chirripo. Aholisining aksari kostarikanlar\u2014 asosan, 16-17-a.larda Ispaniyadan ku- chib borganlarning avlodlari (87%); metislar, negr va mulatlar ham yashaydi. Tub aholisi \u2014 indeyslar (bribrlar, bo- ruka va b.) 1% ga ham etmaydi. Rasmiy til \u2014 ispan tili. Davlat dini\u2014 katolik dini. Aholisining 44,3% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: San-Xose, Limon, Turrialba va b. Tarixi. Hozirgi K.-R. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan, sohillarda ular ovchilik, baliq ov- lash b-n shug&#8217;ullangan. Markaziy tog&#8217;lik joylarda indeyslar dehkrnchilik, oltin, mis eritish, kulolchilik b-n shug&#8217;ullangan. 1502 y. K.-R. (ispanchaboy sohil) X. Kolumb tomonidan kashf eti- lib, Nuevo-Kartago deb atalgan. K.-R. ga 1513 y.da ispanlar bostirib kirdi. 1560 y.da mamlakat Gvatemala tarki-biga qushib olindi. 60-y.larga kelib ispan- lar K.-R. hududini batamom egallab oldi. 16-a.da Kartago (K.-R. poytaxti), 18-a.da Erediya, San-Xose va b. shaharlar barpo etildi. 1810 y.dan K.-R. aholisi ispan hukmdorlariga qarshi kurashdi va 1821 y. 15 sent.da mustaqillikka erishdi. 1822 y. mamlakat Meksika imperiyasiga kushildi. 1823 y.da esa Markaziy Ame- Rika Birlashgan viloyatlari federasiyasi tarkibiga kirdi. Shu yildan San-Xose sh. K.-R. poytaxti bo&#8217;lib qoldi. 1825 y. K.-R. ning birinchi Konstitusiyasi qabul qilindi va K.-R. mustaqil davlat sifati- da ajralib chikdi (1838). 50-y.lar oxiridan mamlakat iqtisodiyoti tez rivojlana boshladi. 1901 y. Milliy respublika partiyasi tashkil topdi. 1920 y. ishchilar yalpi ish tashlab, 8 soatlik ish kuni joriy qilinishiga erishdilar. 1941 y. da K.- R. fashistlar Germaniyasiga urush e&#8217;- lon qildi. R. A. Kalderon hukumati mehnatkashlar talabi b-n bir qancha de- mokratik isloxrtlar o&#8217;tkazdi. 1948 y. da mamlakatda fuqarolar uru- shi boshlandi. Nikaragua diktatori A. Somosa qo&#8217;shinlari madadi b-n reaktsion kuchlar g&#8217;alaba qildi. 1953-58 y.larda hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini mustahkamladi. 1970-74 y.larda ichki siyosiy turmushni demokratiyalash va mil- lim suverenitetni mustahkamlash chora- larini ko&#8217;rdi. 1986 y.da prezident etib saylangan o. Ari-as betaraflik siyosati- ni olib bordi. K.-R. \u2014 J945 y.dan BMT a&#8217;zosi. 2001 y. iyunda O&#8217;zR b-n diploma- tiya munosabatlarini o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 15 sent. \u2014 Mustaqillik kuni (1821). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Milliy ozodlik partiyasi, 1945 y.da tuzilgan; Milliy ittifoq partiyasi, 1947 y. asos solingan; sosial-xristian birlik partiyasi, 1983 y. tashkil etil- gan; Kostarikan xalqi partiyasi, 1984 y. tuzilgan. K.-R. mehnatkashlari unitary konfederasiyasi, 1980 y. asos solingan; K.-R. demokrat mehnatkashlari konfede- rasiyasi, 1966 y. asos solingan. Xo&#8217;jaligi. K.-R. \u2014 agrar mamla- kat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ulu- shi 22%, sanoat ulushi 27%. Iktiso- diy faol aholining 30% q.x.da, 15% sanoatda band. Mayda va o&#8217;rtax.ol dehqonlar ko&#8217;pchilikni tashqil qiladi. Q.x. mahsulotining 60% dan ko&#8217;prog&#8217;i chetga sotiladi. Texnika ekinlaridan shakarqamish, Abaka, tamaki, shuningdek, sholi, makkajo&#8217;xori, oq jo&#8217;xori, kofe, banan, kakao, tsitrus va b. etishtirila- Di. Chorvachilikda qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y, echki boqiladi. Baliq ovlash rivojlan- gan. 1 yilda 3,9 mlrl. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Oziq-ovqat, to&#8217;qimachilik, ko&#8217;n-poyabzal, yog&#8217;ochsozlik, tsement i.ch., metallsozlik, avtomobil yig&#8217;ish, neftni qayta ishlash va kimyo korxonalari bor. Iqtisodiyotning kimyo, rezinatexnika, metallurgiya, tsellyuloza- qog&#8217;oz tarmoqlari, chet el sayyohligi ri- vojlangan. Asosiy sanoat markazi \u2014 San-Xose sh. K.-R.da 1,4 ming km t.y., 26 ming km avtomobil yo&#8217;li bor. Asosiy portlari: limon va Puntarenas. 2 Aero- port bor. K.-R. chetga kiyim-kechak, kofe, banan, kakao, qand-shakar, go&#8217;sht, ki-myoviy tovarlar chiqaradi. Chetdan transport vo- sitalari, yoqilg&#8217;i, oziq-ovqat keltira- Di. AQSh, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari b-n savdo qiladi. Pul bir- ligi \u2014 Kolon. Tibbiy xizmati. K.-R. da tibbiy xizmat, asosan, davlat tasarrufida. Xu- susiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar San-Xosedagi un-tning tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. 1973 y. da majburiy 9 y.lik ta&#8217;lim joriy qilingan, birok amalda boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim majburiydir. Ta&#8217;limning barcha bosqichlari \u2014 bepul. Boshlang&#8217;ich maktabda o&#8217;qish muddati \u2014 6 y., o&#8217;rta maktabda \u2014 5 y. K.-R. da 5 un-t, shu jumladan, San-Xosedagi K.-R. un-ti (1843), Eredia sh.da Milliy un-t (1973) bor. San-Xoseda lingvistika Akademi- yasi (1923), Tarix va geogr. akademiya- si, atom energiyasi milliy komissiyasi (1967), Milliy ilmiy jamg&#8217;arma, mil- liy geogr. in-ti (1944) va b. ilmiy muas- sasalar, Milliy kutubxona (1888), un-t kutubxonasi, Milliy muzey (1887) va Milliy teatr galereyasi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. K.-R. da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Eng yiriklari: &#8220;na- son&#8221; (&#8220;millat&#8221;, kundalik gaz., 1946 y.dan), &#8220;Republika&#8221; (&#8220;Respublika&#8221;, kun- dalik gaz., 1950 y.dan), &#8220;Prensa libre&#8221; (&#8220;Erkin matbuot&#8221;, kundalik kechki gaz., 1889 y.dan), &#8220;ora&#8221; (&#8220;soat&#8221;, kundalik gaz., 1946 y.dan), &#8220;Gaseta&#8221; (&#8220;gazeta&#8221;, kundalik gaz., 1878 y.dan), &#8220;Libertad&#8221; (&#8220;Ozodlik&#8221;, haftalik gaz., 1962 y.dan), &#8220;Abaniqo&#8221; (&#8220;Elpig&#8217;ich&#8221;, haftalik jur.,), &#8220;Polemika&#8221; (&#8220;bahs&#8221;, jur., 1981 y.dan). Radioeshittirishlarni nazorat qiluvchi milliy boshqarma va hukumat telest-yasi mavjud. Bir qancha tijorat telest-yala- ri qam ishlaydi. Teleko&#8217;rsatuvlar 1960 y.dan olib boriladi. Adabiyoti. K.-R. mustamlaka davri va undan ilgarigi adabiyoti kam o&#8217;rganilgan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin K.-R. adabiyoti mustaqil rivojlana boshladi. 1890-91 y.larda bir necha sho- Irning &#8220;Kosta-Rika nazmi&#8221; to&#8217;plamida milliy oxanglar yangradi. 20-a. boshlari-da xalq turmushi aks ettirilgan ko&#8217;plab hikoyalar, qis-Salar, dramalar va she&#8217;- rlar yozildi. 10\u2014 30-y.lar ijod etgan K. Gaxini, X. Kardona, K. Lira romanlari- da ijtimoiy muammolar yoritildi. 30\u2014 40-y.lar adabiyotida turli oqimlar pay- do bo&#8217;ldi. M. Ximenes, R. Brenes Mesen kabi yozuvchi va shoirlar &#8220;san&#8217;at san&#8217;at uchun&#8221; nazariyasini targ&#8217;ib qildilar. K. L. Falyasning &#8220;Mamita Yunay&#8221;, &#8220;Mar- Koe Ramires&#8221; kabi romanlarida ijtimo- iy kurash mavzui o&#8217;z ifodasini topdi. X. Marin Kanyans, X. Guterres, F. Dobles va b. yozuvchilarning romanlarida, X. M. Seledon, G. Dobles va b. shoirlar ijodi- da, X. L. Sanches, D. Galegos Troyo va b. novellalarida ijtimoiy-tanqidiy ta- moyillar rivoj-lantirildi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. K.-R. ning qad. san&#8217;ati Meksika, pana- ma va Kolumbiya madaniyati b-n mushta- rak. Bo&#8217;rtma tosh mehroblar, bahaybat toshlardan yasalgan boshlar, odam va hayvon gavdalari, sopol haykalchalar, qimmatbaho toshlardan, oltin va mis qotishmalaridan yasalgan narsalar, shakl va taqinchoqlar saqlangan. 18-a. gacha bu- nyod etilgan qurilishlar zilzilalar va qaroqchilar hujumi natijasida vayron bo&#8217;lgan. Mustamlaka davrida shaharlar (San-Xose, 1737-38) barpo etila boshla- Di. Ular to&#8217;g&#8217;ri rejali qilib qurilgan va ko&#8217;kalamzorlashtirilgan. Xom va pishiq g&#8217;ishtdan qurilgan hovlili uylardan tashqari bir qavatli beton imoratlar ham ko&#8217;p. Indeyslarning turar joylari palma poyalaridan qurilgan. Erediya va Orosi sh.larida barpo etilgan cherkovlar haligacha saqlanib qolgan. Tasviriy san&#8217;ati 19-a.da paydo bo&#8217;ldi (haykaltaroshlar F. Guterres, X. Mora Gonsales, rassom E. Egandi Monte- ro). 20-a.ning 20-y. larida manzarachilar, mahalliy grafikachilar maktabi tashqil etildi (F. Amigetti, M. de la Krus Gon- Sales va b.); ayniqsa, haykaltarosh F. Su- niganing xalq hayoti asosida yaratgan in- deyslar qiyofasi diqqatga sazovor. Xalq san&#8217;atida hunarmandchilik, o&#8217;ymakorlik, to&#8217;qimachilik, kashtado&#8217;zlik, kulolchilik va b. rivojlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kosta-Rika (Costa Rica), Kosta- Rika Pec publ i kas i (Republica de Costa Rica) \u2014 Markaziy Amerikada joylash- gan davlat. Mayd. 51,1 ming km2. Aholisi 3,77 mln. kishi (2001). Poytaxti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kosta-rika-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122888","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122888","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122888"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122888\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122905,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122888\/revisions\/122905"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122888"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122888"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122888"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}