{"id":122890,"date":"2024-05-12T18:34:16","date_gmt":"2024-05-12T15:34:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122890"},"modified":"2024-05-12T18:34:30","modified_gmt":"2024-05-12T15:34:30","slug":"kosmonavtika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kosmonavtika\/","title":{"rendered":"Kosmonavtika"},"content":{"rendered":"\n<p>Kosmonavtika (Kosmos va Yun. nautike \u2014 kemani boshqarish san&#8217;ati) \u2014 kosmik fazoga parvoz qilish; turli xil- dagi kosmik apparatlardan foydalangan holda kosmosni va erdan tashqaridagi kosmik ob&#8217;ektlarni o&#8217;rganishni ta&#8217;- minlaydigan fan va texnika soxala- ri majmui. Quyidagi muammolar b-n shug&#8217;ullanadi: kosmik uchishlar nazariya- si \u2014 traektoriyalarni hisoblash; ilmiy- texnikaviy kosmik raketalar, boshqarish bort tizimi, uchirish joyi qurilmalari, boshqariluvchi kemalar va st-yalar, ilmiy lab. jihozlari hamda erdagi uchirishni boshqarish tizimini yaratish, traektori- yani o&#8217;lchash xizmati, telemetriya, orbital st-yalarni jihozlash va bosh-qarish; tib- biy-biologik hayotni ta&#8217;minlash bort tizimini yaratish; ortiqcha zo&#8217;riqish, vaznsizlik, radiasiya va sh. k. masalalar b-n bog&#8217;liq ravishda inson organizmida kechadigan noxush hodisalarni Barta- raf qilish; kosmik fazo va sayyoralar- dan foydalanishning huquqiy, xalqaro huquq me&#8217;yorlari bo&#8217;yicha boshqarish ma- salalari va b. Kosmik fazoga uchish mumkinligining nazariy asoslarini birinchi bo&#8217;lib, 19- a. oxirida K. E. Tsiolkovskiy yaratdi. U o&#8217;zining &#8220;reaktiv qurilmalar yordamida Olam fazosini tadqiq etish&#8221; (1903) va b. asarlarida kosmik parvozlarni texnik jihatdan amalga oshirish mumkinligini ko&#8217;rsatib, K.ning asosiy muammolarini hal qilish echimlarini berdi. K. masala- larini echitshda I. V. Meshcherskiy, Yu. V. Kondratyuk (1897-1942), F. A. Tsander (1887-1933) kabi rus olimlari, R. Eno- Peltri (Frantsiya) va b. olimlar o&#8217;z ish- lari b-n qatnashdilar. 20-a. 20-y.larida K. asosiy g&#8217;oyalarini targ&#8217;ib qilish va bu sohaning amaliy muammolarini birga- likda hal etish maqsadida bir necha mam- lakatlarda, jum-ladan, Rossiya (1924), Avstriya (1926), Germaniya (1927), Buyuk Britaniya va AQShda (1930) K. jamiyat- lari tuzildi. 1921 y.da Rossiyada raketa texnikasiga doir ishlar boshlanib, Gazo- dinamik laboratoriya tashqil etildi. 1933 y.da S. P. Korolyov boshchiligida birinchi marta suyuq yonilg&#8217;ili raketalar uchirildi. 1933 y. oxirida Moskvada Re- aktiv i. t. instituta ishga tushdi. AQShda suyuq yoqilg&#8217;ili reaktiv dviga- tellar bo&#8217;yicha ishlar R. Goddard tomoni- dan 1921 y.da boshlandi, suyuq yonilg&#8217;ili raketalarni uchirish esa 1926 y.da amalga oshirildi. Germaniyada bu turdagi dviga- tellarning lab. sinovi g. Obert tomoni- dan 1929 y.da, suyuq yonilg&#8217;ili dvigatel- larni uchirish bo&#8217;yicha sinovlar esa I. Venkler tomonidan 1931 y.da boshlandi. Kosmik eraning boshi \u2014 birinchi Erning sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshi (ESY) uchiril- gan kun (1957 y. 4 okt.)dan hisoblanadi (q. Er sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshlari). 1959 y.da sayyoralararo avtomatik st-ya &#8220;Luna-2&#8221; Oy sirtiga qo&#8217;ndirildi. Kosmik era- ning boshqa muhim voqealari kosmik fazoga yu. A. Gagarin (1961 y. 12 apr.) va birinchi ayol-kosmonavt V. Tereshkova (1963 y. 16 iyun)ning uchishi bo&#8217;ldi. K. tarixida navbatdagi muhim voqea 1969 y. 16-24 iyulda N. Armstrong, E. Oldrin va M. Kollinzlar (AQSh) tomonidan Oyga uyushtirilgan birinchi ekspedisiya hisoblanadi. Quyidagi mamlakatlarda kosmik AP- paratlar yaratilgan: Rossiyada (1957 y. dan), AQShda (1958 y.dan), Frantsiyada (1965 y.dan), Yaponiya va Xitoyda (1970 y.dan), Buyuk Britaniyada (1971 y.dan), Hindistonda (1980 y.dan). Zamonaviy kosmik uchishlar naza- riyasi osmon mexaniqasi va uchish AP- paratlarini boshqarish nazariyasiga tayangan. Klassik osmon mexaniqasidan farq qilib, bu yo&#8217;nalish astrodinamika deb yuritiladi. Astrodinamikaning eng muhim bo&#8217;limlaridan biri \u2014 uchish tra- ektoriyalarini tuzatish (korrektsiyalash) nazariyasi deb ataladi. ESY hisoblangan traektoriyadan chetga chiqishi (og&#8217;ishi) ham mumkin; u ushbu omillarga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi: oldindan hisoblash qiyin bo&#8217;lgan og&#8217;diruvchi kuchlar (zichligi o&#8217;zgarib turuvchi atmosfera qarshiligi, Erning nosferikligi, bir jinsli emas- ligi va b.) mavjudligi va b. Kosmik majmualarni yaratish murak- kab ilmiy-texnik muammo hisoblanadi. Yirik eltuvchi raketa (er)larning Star- toldi massasi 3000 t, uzunligi esa 100 m dan ortiq bo&#8217;ladi. Ularda zarur yonilg&#8217;i zahiralarini (umumiy massasining 90%) rasional joylashtirish, raketa tuzilishini iloji boricha engil qilish, yonilg&#8217;i ishlatilgandan so&#8217;ng shu bosqichni qaytarib tushirish va b. raketa tuzili- shiga xos muammodir. Er dvigateli qurilmasining quvvati bir necha GVt gacha boradi. Odatda er bir necha dvigateldan tashqil topib, ular- ning sinxron (uyg&#8217;unlashib) ishlashi boshqarish tizimi orqali amalga oshi- riladi. Er dvigatellari uchun, odatda, qattiq kimyoviy yonilg&#8217;i, suyuq yonilg&#8217;i ishlatiladi (q. Raketa dvigateli). Yadro energiyasida ishlaydigan rd dvigatella- ri sinov bosqichida (2003). Kosmik apparat (ka)larni orbitaga chiqarish uchun Esylarga birinchi kos- mik tezlik (7,91 km\/s) dan ortiq, kk ni boshqa sayyoralar (Mars, Venera)ga chiqarish uchun, ikkinchi kosmik tezlik (11,19 km\/s) dan ortiq, Quyosh sistemasi- dan chiqib ketish uchun esa, uchinchi kos- mik tezlik (16,6 km\/s) dan ortiq tezlik berish kerak. Orbita- ga chiqariladigan kalarni 2 guruhga ajratish mumkin: er atrofida uchuvchi (ESY) va uzoq, kosmosga, mas, oy yoki boshka sayyoralarga uchuvchi apparatlar. Keyingi guruhga kiruvchi kalarning Erlari (boshlangich tezligining katta- ligi sayyoraga yaqinlashgach tormozlovchi impuls va erga qaytishi uchun tezlikni orttirish zarurligini e&#8217;tiborga olsak) etarli darajada katta quvvatli bo&#8217;lishi kerak. Kosmik apparat kosmik fazoning murakkab sharoitida uzoq, vaqt mustaqil ishlashi uchun unda bir qancha tizimlar \u2014 t-Rani saqlash tizimi, elektr man- Bai (mas, Quyosh batareyalari) va yonilg&#8217;i b-n ta&#8217;minlash tizimi, er va b. kosmik jismlar b-n aloqa qilish tizimlari, uchishni boshqarish tizimi va b. bo&#8217;lishi kerak. Kema bortiga turli-tuman i. t. asboblari o&#8217;rnatiladi. Ularning ishini kema bortidagi boshqarish kompleksi tartibga solib turadi. Tushiriladigan apparat atmosferada qizib ketmasligi uchun issiqqa chidamli maxsus konteyner- ga joylashtiriladi. Ekipajli kosmik kemalarda qo&#8217;shimcha tibbiy-ekologik muammolarni hal qilishga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Ularda ekipajni zararli nurlar, vacuum va kosmik muhitning boshka omillari- dan saqlash tizimi, hayotni ta&#8217;minlash tizimi bo&#8217;lishi zarur. Kosmosga uchish inson organizmida vaznsizlikka, o&#8217;ta nagruzkaga chidamlilikni talab qiladi. &#8220;Vosxod&#8221; kemasida bajarilgan ekspe- riment va tadqiqotlar, insonning ochiq kosmosga chiqishi, &#8220;Soyuz&#8221; kosmik ke- malarida uchishlar orbital st-yalarning yaratilishiga olib keldi va &#8220;Salyut&#8221;, &#8220;Mir&#8221;, &#8220;Skayleb&#8221; orbital st-yalari uchi- rildi. Er va kalarning uchishi erdan boshqarish xizmatining keng tarmog&#8217;i mavjud bo&#8217;lishini talab qiladi. Shu maqsadda er sirtida kosmik aloqa punkt- lari, okeanda esa maxsus jihozlangan aloqa kemalari joylashadi. Kalarni Erga qo&#8217;ndirishda qutqarish va evakuasiya xizmati yordamga keladi. Ka bortidagi boshqarish tizimi va erdagi ko&#8217;plab xiz- mat tizimlari orasidagi bog&#8217;lanishlarni tashqil etish, uchishni texnik boshqarish orqali amalga oshiriladi. K.ning avtomatik vositalari erni ilmiy tadqiq qilishga, atmosferaning yuqori qatlamlarini, ionosfera va radi- asion mintaqalarini bevosita o&#8217;lchashga, Erning haqiqiy shaklini va gravitasion maydoni anomaliyasini aniqlashta im- kon beradi. Oy va sayyoralarni ilmiy tadqiq qilishda oy atrofi va sayyoralar atro- Fi fazosida, oy sirtida, sayyoralar atmosferasida va sirtida bevosita o&#8217;lchashlar olib boriladi. Sayyoralararo Ka oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupi- ter, Saturn, uran, Neptun va ularning yo&#8217;ldoshlarini ayrim kometa (mas, Gal- Ley) va asteroidlarni tekshirdi. Oy tuprog&#8217;idan namunalar keltirildi, Mars tuprog&#8217;ida mikroorganizmlarning bor yoki yo&#8217;qligi tekshirildi (q. &#8220;Viking&#8221;). Quyoshning ultrabinafsha diapazon- dagi nurlanishni ka yordamida tadqiq qilib, uning tuzilishi, faolligi va insonning amaliy faoliyatiga ta&#8217;siri masalalarida fanni talay yangiliklar b-n boyitdi; Koinotning yuzlab rent- gen va gamma diapazonlarda nurlanuv- chi manbalarini ochdi; yuqori energiyali ob&#8217;ektlarda kechayotgan fizik jarayonlar- ning mohiyatini anglashga imkon berdi. K. vositalari, nisbiylik nazariyasi tomonidan ta&#8217;kidlangan samaralarni aniqlashga va shu asosda borliqning Fun- damental asoslarini tadqiq qilishga imkon yaratdi; aloqa yo&#8217;ldoshlari, er sharining katta qismi uchun televizion dasturlarni retranslyasiya qilib, tele- fon va telegraf aloqalarini ham amal- ga oshirmoqsa (&#8220;Molniya&#8221;, &#8220;Raduga&#8221;, &#8220;Ekran&#8221; va b.). Erga yaqin kosmik fazoni, Sayyora- lar va ularning tabiiy yo&#8217;ldoshlarini, Quyoshni, Quyosh \u2014 er va b. sayyoralara- ro bog&#8217;lanishlarni o&#8217;rganish bo&#8217;yicha il- miy eksperimentlar o&#8217;tkazish, yulduzlar evolyusiyalarini tadqiq qilish, uzoq kosmosda murakkab organik birikma- larning hosil bo&#8217;lish masalalarini tadqiq qilish va b. tadbirlar K.ning amalda bajariladigan ishlariga kira- Di. Bu esa erda hayotning paydo bo&#8217;lishi haqidagi ma&#8217;lumotlarni aniqlash uchun katta ahamiyat kasb etadi. Fundamen- tal va amaliy bilimlarni o&#8217;rganish maqsadida tibbiy-biologik eksperi- mentlar o&#8217;tkaziladi, shuningdek, yuqori energiyaga ega bo&#8217;lgan kosmik nurlarniig yuzaga kelish jarayonlari, modda va anti- moddalarning annigilyasiya hodisalari tadqiq qilinadi. Tabiiy boyliklar- ni, baliq zahiralarini izlashda, o&#8217;rmon va q. x. erdariga bahr berishda, xari- ta tuzishda kosmik suratga olish usuli keng qo&#8217;llaniladi. Texnologik jara- yonlar: kosmik payvandlash, vaznsizlik holatda kristallarni o&#8217;stirish va b. kosmik tadqiqotlarning muhim bosqichi hisoblanadi. Mac, materiallardagi ba&#8217;zi metallurgiya va kristallokimyo jarayonlarga vaznsizlikning ta&#8217;siri EPAS dasturi bo&#8217;yicha &#8220;Salyut&#8221; orbi- tal st-yasida Rossiya \u2014 AQSh kosmonavt- larining birgalikda uchishi vaqtida o&#8217;rganildi. V. A. Lyaxov va V. V. Ryumin- lar orbitada birinchi marta radiotele- skopni o&#8217;rnatdilar va uning yordamida astrofizik va geofizik tadqiqotlar o&#8217;tkazdilar. Bunda birinchi marta ikki tomonlama televizion aloqa tizimi ishga tushirildi (q. Kosmik televi- Denie). L. I. Popov va V. V. Ryuminlar (185 kun), o. Yu. Atkov (265 kun), L. D. Kizimov 265 kun, V. A. Solovyov (237 kun) kosmosda eng uzoq vaqt bo&#8217;ldilar. Kosmosda uzoq vaqt uchishning inson or- ganizmiga biologik ta&#8217;siri haqida yangi muhim ma&#8217;lumotlar olindi. &#8220;Interkos- mos&#8221; dasturi bo&#8217;yicha o&#8217;tkazilgan o&#8217;nlab tadqiqotlar erning tabiiy resurslari, meteorologik va b. ma&#8217;lumotlar haqida qimmatli axborotlar olishni ta&#8217;minla- Di. Kosmik navigasiya vositalari kema va samolyotlarning turgan o&#8217;rnini yuqori aniqlikda aniqlashga imkon beradi; kos- mik meteorologiya vositalari ob-havo ma&#8217;lumotlari aniqligini oshiradi. K. amaliyotidan kelgan foyda uning rivoj- lanishi uchun qilingan barcha sarflar- dan yuqori. K. insoniyatning rivojla- nishi uchun atrof muhitni saqlashdagi bir qancha masalalarni echishga, zararli sanoat va radioaktiv chiqindilarning to&#8217;planish xavfini bartaraf qilishga yordam beradi (yana q. Kosmik kema, Kos- mik navigasiya, kosmik tibbiyot). Meteo- rologik ESY esa er shari bo&#8217;ylab bulut- larning taqsimlanishi hodisasini, er- ning issiqlik nurlanishi xaritalarini olishda foydalaniladi, tsiklonlarning harakat yo&#8217;nalishlarini qo&#8217;llab, bu ma&#8217;- lumotlar dunyo meteorologik markazla- riga o&#8217;zatiladi va ular asosida aholi uchun kelgusi bir necha kunlik ob-havo ma&#8217;lumoti e&#8217;lon qilinadi. Erning tabiiy resurslarini aniqlash va ekologik holatini nazorat qilish borasida Esyning ahamiyati borgan sari ortib bormokda. Turli yorug&#8217;lik filtrlari yordamida esidan olingan er sirtining fotosuratlari uning yashil boyligi holati, yuqrri yuza- larining o&#8217;zgarishi, ekin zonalari va o&#8217;rmonlarning holati, dehqonchilik ish- larining borishi, kutilayotgan hosil, o&#8217;rmon yong&#8217;inlari dinamikasiga doir bir talay ma&#8217;lumotlarni beradi. Bu ma&#8217;- lumotlar dehqonchilik, chorvachilikni yo&#8217;lga qo&#8217;yishda, tabiiy ofatlarning ol- dini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jahonda 1957\u2014 2003 yillar mo- baynida kosmosga uchirilgan er sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshlari, kosmik kemalar, avtomatik st-yalar: &#8220;azura-1&#8221; (Germaniya), &#8220;Apol- lon&#8221; (AKSH), &#8220;Asteriks-1&#8221; (Frantsiya), &#8220;Venera&#8221; (Rossiya), &#8220;Viking&#8221; (AQSh), &#8220;Vostok&#8221; va &#8220;Vosxod&#8221; (Rossiya), &#8220;Vo- yajer&#8221; (AQSh) va &#8220;Jemini&#8221; (AQSh), &#8220;Zond&#8221;, &#8220;Interkosmos&#8221;, &#8220;Kosmos&#8221; &#8220;Luna&#8221; &#8220;Mars&#8221; (Rossiya), &#8220;Merkuriy&#8221; (AQSh), &#8220;Mir&#8221;, &#8220;Molniya&#8221; (Rossiya), &#8220;Osumi&#8221; (Yaponiya), &#8220;Pioner&#8221; va &#8220;Po- lyot&#8221; (Rossiya), &#8220;Prospero&#8221; (Angliya), &#8220;Proton&#8221;, &#8220;Salyut&#8221; (Rossiya), &#8220;Skayleb&#8221; (AQSh), &#8220;Soyuz&#8221;, &#8220;Sputnik&#8221; (Rossiya), &#8220;Endever&#8221; (AKSH) va h. k. Kosmosga jami 432 kosmonavt (shu jumladan, 232 astro- navt) parvoz qilgan (2003). K. rivojlanishida o&#8217;zbekistonlik olimlarning ham hissasi bor. O&#8217;zbekistonda &#8220;Koinot&#8221; ilmiy i. ch. boshqarmasi faoliyat ko&#8217;rsatmoqda (1980 y.dan), O&#8217;zbekiston Respublika- si kosmonavtika federasiyasi tuzil- gan (1977 y.dan), iqtidorli maktab o&#8217;quvchilarining xalqaro aerokosmik maktabi ishlab turibdi (1990 y.dan, uning tashkilotchisi va rahbari akad. Sh. Vohidov). Uchuvchi-kosmonavt V. A. Jo- nibekov, Qirg&#8217;izistonning O&#8217;sh viloyati- da tug&#8217;ilib o&#8217;sgan o&#8217;zbek uchuvchi-astronav- ti Solijon Sharipov kosmosga parvoz qilishgan. K. fan va texnikaning istiqbolli yo&#8217;nalishlaridan bo&#8217;lib, insoniyatning bugungi global (demografik, energe- tik, ekologik va b.) muammolarini hal qilishda K.ga doir maxsus rejalar mav- jud. 21-a.da Marsni ekipajli Sayyora- lararo kosmik kema yordamida o&#8217;rganish, Oyda ko&#8217;p maqsadli st-yani, er atrofi orbitasida yirik Kuyosh fabrikasini va bir necha o&#8217;n ming kishiga mo&#8217;ljallangan &#8220;kosmik mustamlakalar&#8221;ni qurish loyihalari shular jumlasidan. Ekipaj- li sayyoralararo kosmik kemani Marsga uchirish loyihasini Rossiya va AQSh olimlari hamkorlikda amalga oshirish- mokda. Olti kishidan iborat ekipajni Marsga uchirish mo&#8217;ljallangan. Ayni paytda Evropa agentligi mamlakatlari, AQSh, Rossiya kosmik agentliklari b-n birgalikda qurayotgan xalqaro kosmik st-yasi (XKS) yirik kosmik industriya- ning debochasi hioblanadi. Mazkur st- yada o&#8217;nlab lab.lar ishlaydi. Ad.: Levantovskiy V. I., Mexaniqa kosmicheskogo polyota, M., 1980; Keldish M. V., Marov M. Ya., Kosmicheskoe tele- videnie, M, 1981., Umanskiy S. P., Kos- monavtika: Segodnya i zavtra, M., 1986., Kosmicheskaya Odisseya, M., 1988. Mamadmuso Mamadazimov, Abduma- jid Rahimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kosmonavtika (Kosmos va Yun. nautike \u2014 kemani boshqarish san&#8217;ati) \u2014 kosmik fazoga parvoz qilish; turli xil- dagi kosmik apparatlardan foydalangan holda kosmosni va erdan tashqaridagi kosmik ob&#8217;ektlarni o&#8217;rganishni ta&#8217;- minlaydigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kosmonavtika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122890","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122890","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122890"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122890\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122906,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122890\/revisions\/122906"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122890"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122890"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122890"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}