{"id":122895,"date":"2024-05-12T18:33:57","date_gmt":"2024-05-12T15:33:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122895"},"modified":"2024-05-12T18:34:12","modified_gmt":"2024-05-12T15:34:12","slug":"kristallanish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kristallanish\/","title":{"rendered":"Kristallanish"},"content":{"rendered":"\n<p>Kristallanish \u2014 mod- da va jismlarning termodinamik turg&#8217;unsizlik qolatdan turg&#8217;un holatga o&#8217;tish jarayonida kristallarnsht hosil bo&#8217;lishi. Kristallar hosil bo&#8217;ladigan muhitlar o&#8217;ta sovitilgan bug&#8217;yoki toza modda suyuqligi, muayyan moddaning boshqa moddadagi o&#8217;ta to&#8217;yingan eritmasi, boshqa kristall tuzilishli modda va h. k. bo&#8217;lishi mumkin. Suvning sovib, qattiq qolatga o&#8217;tishi ham K. jarayonidir. K.da jism ener- giyasi kamayadi, chunki bunda issiqlik kurinishida yashirin energiya ajralib chiqadi (K. issiqligi deyiladi) va bu jarayon moddaning erish t-rasidan past t-radagina yuz beradi. Rasmda soviyotgan suyuqlik t-rasining vaqtga bog&#8217;liqligi keltirilgan. Egri chiziqning 1-qismi suyuqlikdan issiqlik ajralishi b-n uning t-rasi tekis pasaya borishini ko&#8217;rsatadi. Gorizontal 2-qismi issiqlik ajralayotganligiga qaramay, t-raning muayyan qiymatida uning vaqt o&#8217;tishi b-n o&#8217;zgarmay krlishini ko&#8217;rsatadi. Bir oz vaqtdan keyin t-ra pasaya boshlaydi (3-qism). 2-qismga mos kelgan t-ra K. t-rasi deyiladi. K. paytida ajraladi- gan issiqlik moddadan olib ketilayotgan issiqlik b-n kompensasiyalanadi. Shu- ning uchun ham t-ra vaqtincha o&#8217;zgarmaydi. K. jarayoni to&#8217;xtagandan so&#8217;ng, qotgan jism t-rasi pasaya boshlaydi. T-raning vaqtga nisbatan bunday o&#8217;zgarishi kri- Stall jismlarga xos. Kristallanmaydi- gan suyuqliklarning sovishida yashirin issiqlik ajralmaydi va sovish grafi- gi monoton chiziqdan iborat bo&#8217;ladi. K. ro&#8217;y berishi uchun K. markazlari, mas, suyuqlikda muallaq holda yurgan qattiq zarralar va b. bo&#8217;lishi lozim. Bu K. Mar- kazlari atrofida ayrim kristallchalar borgan sari o&#8217;sib borib, oqibatda bir- biriga birikib polikristall qattiq jiemni hosil qiladi. Faqat maxsus sha- roitdagiva K. markazidan o&#8217;sib chiqqan bir butun monokristall hosil qilish mumkin. Ko&#8217;pchilik jismlar uchun K. t-rasi bo- sim ortishi b-n ko&#8217;tariladi. Suyuqlikda o&#8217;sayotgan kristallda kattagina t-ra gra- dienti mavjud bo&#8217;ladi. Bu hol turli qatlamlarda atomlararo masofalar- ning birday bo&#8217;lmasligiga olib keladi. Nihoyat, kristall o&#8217;sib bo&#8217;lganidan so&#8217;ng, uning sovishida hosil bo&#8217;lgan termoela- stik kuchlanishlar kristalldagi dislo- kasiyani vujudga keltiradi. Gaz (bug&#8217;) ham bevosita kristallga ay- lanadi (kondensasiya tufayli). Bu holda ham yashirin issiqlik ajralib chiqadi. Rasm, 3 da o&#8217;zining bug&#8217;i b-n muvozanatda bo&#8217;lgan qattiqjism grafigi ifodalan- gan. Chizikdan chap tomonda qattiq holati, o&#8217;ng tomonda gaz holati ko&#8217;rsatilgan. K. jarayoni eritmalarda ham sodir bo&#8217;ladi. Bu jarayonning boshlanishi eritmaning tarkibiga va t-rasiga bog&#8217;liq. Eritma tarkibida bir necha modda bo&#8217;lsa, ular- ning har biri eritmaning K. t-rasini pasaytiradi. Bunday tarkibli eritma evtektika, uning K. t-rasi evteti k nuqta deyiladi. Eritma t-rasini pasaytirib, eritmani uning tarkibiy qismlariga nisbatan o&#8217;ta to&#8217;yingan holatga keltirish mumkin. Bu holda K. markazlarida eri- gan moddaning ortiqcha qismi eritmada alohida kristallchalar holida ajrala boshlaydi va eritma tuyinmagan holga keladi. Erituvchini bug&#8217;lantirish yo&#8217;li b-n ham eritmani o&#8217;ta to&#8217;yingan holga keltirish va Kristal-lantirish mum- kin. Bo&#8217;lardan tashqari, elektrolitik va kimyoviy K. ham mavjud. K. jarayoni- da kristallda har xil nuqsonlar (mas, kristall ichida yot gaz, suyuqlik va qattiq jism zarralari, vakansiya, dislokasiya va ichki kuchlanishlar va h. k.) paydo bo&#8217;ladi. Texnik va zargarlik maqsadlarida sun&#8217;iy kristallar hosil qilish K. ja- rayoniga asoslangan, jumladan, sun&#8217;iy kvars olish eng ko&#8217;p olinadigan Kristal- lardan hisoblanadi. Sintetik kvars tabiiy kichik kristallardan, unchalik maydalanib ketmagan Daryo qumlaridan olinadi. Qum xom ashyosi maxsus idish- ga solinadi va ustiga soda eritmasi quyiladi. Idish og&#8217;zi qopqoq b-n yopiladi. Uning ichki tomonidan tabiiy yoki sin- tetik kristallardan tayyorlangan yupqa qatlamlar osib qo&#8217;yiladi. Idish ichida yuqori t-ralar va bosim ostida qumning to&#8217;yingan eritmasi (kremnezem) hosil bo&#8217;ladi. Ana shu eritmadan asta-sekin yangi-yangi kvars kristallari qatlamlari (SiO2) hosil bo&#8217;laveradi. Bunday jarayon O&#8217;rta Osiyo xalqlari (ayniqsa, o&#8217;zbeklar) orasida novvot tayyorlashda keng foyda- lanib kelivadi. Hoz. kunda juda ko&#8217;p turdagi sun&#8217;- iy kristallar (korund, karborund, kriolit, fianit, slyudalar) olinadi. Yuqoridagi usul asosida eritmalardan zarur qismlarini ajratib olishda xdm foydalaniladi. Mas, silvinit (KCl- NaCl) aralashmasidan kaliy xlorid AJ- ratib olinib, aralashma sovitilganda KS1 kristallanadi, NaCl esa eritmada qoladi. Sanoatda kaliyli o&#8217;g&#8217;itlar olish ham shu jarayonda ishlab chiqariladi. Suvning K.i. atmosfera hodisalari va tuprokllunoslikda muhim o&#8217;rin egal- laydi. K. tufayli minerallar hosil bo&#8217;ladi. K.dan yarimo&#8217;tkazgich, optik, pe- zoelektr va b. materiallarni olishda, shuningdek, metallurgiya, kimyo, tibbi- yot, farmasevtika, oziq-ovqat sanoatida (moddalarni tozalashda, tuz, qand, Nov- vot, turli dorilar ishlab chiqarishda) foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kristallanish \u2014 mod- da va jismlarning termodinamik turg&#8217;unsizlik qolatdan turg&#8217;un holatga o&#8217;tish jarayonida kristallarnsht hosil bo&#8217;lishi. Kristallar hosil bo&#8217;ladigan muhitlar o&#8217;ta sovitilgan bug&#8217;yoki toza modda suyuqligi, muayyan moddaning boshqa moddadagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kristallanish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122895","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122895","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122895"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122895\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122898,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122895\/revisions\/122898"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122895"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122895"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122895"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}