{"id":122921,"date":"2024-05-12T18:43:34","date_gmt":"2024-05-12T15:43:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122921"},"modified":"2024-05-12T18:43:38","modified_gmt":"2024-05-12T15:43:38","slug":"koreya-respublikasi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/koreya-respublikasi-2\/","title":{"rendered":"KOREYA RESPUBLIKASI"},"content":{"rendered":"\n<p>KOREYA RESPUBLIKASI, KR (Taehan Minguk) \u2014 uzoq Sharqda, ko-Reya ya. o.da, 38-paralleldan Jan.da joy- lashgan davlat. Mayd. 98,48 ming km2. Aholisi 47,904 mln. kishi (2001). Poy- taxti \u2014 Seul sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 9 viloyat (province) va viloyat maqomidagi 2 shahar (Seul va Pusan)ga bo&#8217;li-nadi. Rasmiy tili \u2014 koreys tili. Yi-rik shaharlari: Seul, Pusan, Kvanju, inch- xon, Techjon, Ulsan. Davlat tuzumi. Kr \u2014 parlamentli respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1988 y. 25 Fev.dan kuchga kirgan. Dav- lat boshlig&#8217;i \u2014 prezident. U aholi to- monidan umumiy to&#8217;g&#8217;ri va yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylana- Di. Konstitusiyaga binoan, president hokimiyati birmuncha cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 millat Majli- si. Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amal- ga oshiradi. Tarixi. Kr 1948 y.da e&#8217;lon qilingan. 40 y. mobaynida diktatorlik rejimi hukmronlik qildi. Avvaliga Li Sin Man (1960 y.da ag&#8217;darib tashlandi), so&#8217;ng Pak Chjon Xi (1979 y.da o&#8217;ldirildi) re- jimi hukm surdi. 1980-87 y.larda Chon Du Xvan prezident lavozimida bo&#8217;ldi. 1987 y.da o&#8217;tkashlgan referendum yangi konstitusiyami tasdiqladi. 1988 y. 25 Fev.da kuchga kirgan mazkur Konstitu- tsiya ko&#8217;p bosqichli saylov o&#8217;rniga to&#8217;g&#8217;ri prezident saylovini joriy etdi, par- lamentning huquqlarini kengaytirdi, prezidentning vakolatlarini chekladi, uning lavozimda bo&#8217;lish muddatini 7 y.dan 5 i.ga keltirdi, armiyaning siyo- satda qatnashmasligi xaqidagi nizomni Konstitusiyaga kiritdi, matbuot erkin- ligini mustahkamladi. 1992 y. dek.da o&#8217;tkazilgan president saylovida demokratik Liberal partiya nomzodi kim en Sam g&#8217;alaba qozondi. Uning shiori &#8220;barkarorlik sharoitidagi islohotlar&#8221; edi. Harbiylarning necha o&#8217;n yillik hukmronligidan so&#8217;ng birinchi marta fuqaro siyosatchi oliy lavozimiga saylandi. Bu davrda Liberal-demokra- tik islohotlar o&#8217;tkazildi. Muxolifat faoliyati parlament doirasidan chetga chiqmasligi belgilab qo&#8217;yildi. 1997 y. 18 dek.da bo&#8217;lib o&#8217;tgan saylovda esa kim De Jung, 2002 y. dek. da bo&#8217;lib o&#8217;tgan saylov- da ro My Xen prezident etib saylandi. Milliy bayramlari: 15 avg. \u2014 K. ozod- ligi kuni (1945); 3 okt. \u2014 Davlatga asos solingan kun. O&#8217;zR b-n diplomatiya muno- sabatlarini 1992 y. 29 yanv.da o&#8217;rnatgan. Siyosiy partiyalari va kasaba uyush- malari. Yangi ming yillik demokratik partiyasi, 2000 y.da tuzilgan; demokra- tik partiya, 1991 y.da tashqil etilgan; Yangi K. demokratik partiyasi, 1985 y.da asos solingan; Birlashgan xalq parti- yasi, 1992 y.da tuzilgan; Birlashgan li- beral demokratlar, 1995 y.da asos so- lingan; demokratik xalq partiyasi, 2000 y.da tuzilgan; Buyuk mamlakat partiyasi, 1997 y.da asos solingan. K. kasaba uyush- malari federasiyasi, 1946 y.da tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari kon- federasiyasiga kiradi. Xo&#8217;jaligi. Kr \u2014 jo&#8217;shqin rivoj- lanayotgan industrial-agrar mamlakat. Keyingi 30 y. mobaynida iktisodiy o&#8217;sish sur&#8217;ati jihatidan dunyoda oldingi o&#8217;rinlardan birini egallab keldi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 34%. Milliy mahsulot hajmi aholi jon bo- shiga 1989 y.gi 4830 AQSh dollaridan 1996 y.da 10 ming dollarga etdi. Yuksak texnologiyalarga asoslangan hamda eks- portga mahsulot tayyorlovchi tarmoqlar va og&#8217;ir sanoat ildam rivojlandi. Foy- Dali qazilmalar orasida toshko&#8217;mir kon- lari juda katta ahamiyatga ega; temir, rux va mis rudalari, volfram, qalay, oltin, kumush qazib olinadi. Shunga qaramay, zarur sanoat xom ashyosining ko&#8217;p qismi chet ellardan keltiriladi. S a n o a t i . Ishlab chiqaruvchi sanoat iqtisodiyotda etakchi o&#8217;rinda. Kr kemalar, engil avtomobillar, elektronika va elek- trotexnika, neft, po&#8217;lat, to&#8217;qimachilik mahsulotlari i.ch. bo&#8217;yicha dunyoda oldin- gi o&#8217;rinlardan birida turadi. Pxoxan sh.da mamlakatdagi eng katta Metallur- giya kti bor. Bundan tashqari, rangli me &#8211; tallurgiya, kimyo, engil sanoat korxonala- ri mavjud. Seul, Inchxon, Tegu, Pusanda ip gazlama, Chxonju va Kvanjuda tabiiy shoyi gazlama, Ulsan va Pusanda kema i.ch. markazlari barpo etilgan. Ko&#8217;pdan- ko&#8217;p sholi okdash, un tortish, qand-shakar, soyani qayta ishlash, vinochilik, tamaki, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va sh.k. korxonalar bor. Televizor, radio- priyomnik, velosiped, motosikl, Avto- mobil motori, elektrotexnika asbob- uskunalari i.ch. eng yangi texnika asosiga qurilgan. Qog&#8217;oz, yog&#8217;ochsozlik, binokorlik ashyolari sanoati, uy-ro&#8217;zg&#8217;or asbobla- ri ishlab chiqaruvchi, hunarmandchilik korxonalari mavjud. Qudratli energe- tika bazasi vujudga keltirilgan (Yi- liga o&#8217;rtacha 119 mlrd. kVt-soat). Hosil qilinayotgan elektr energiyaning 50% AESlarga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Mamlakatda aerokosmik sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga kirishil- gan. Biotexnologiya, gen injeneriyasi, lazer, kompozision materiallar yaratish sohasidagi ilmiy-texnikaviy ishlanma- lar faol yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Barcha sohalar gurkirab rivojlanishi tufayli kr korporasiyalari tobora G&#8217;arbdagi etakchi kompaniyalarning jiddiy raqobatchisiga aylanib borayotir. Qishloq xo&#8217;jaligi. Kishloq va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligida, baliqchilikda aholining salkam 18% shug&#8217;ullanadi. Bu tarmoqlar yalpi ichki mahsulotning 8% ni beradi. Q.x. mamlakat oziq-ovqat ehtiyojining 65% ni qondiradi. Er maydonining 21%ga ekin ekiladi, shundan 50% sug&#8217;oriladi. Ko&#8217;p joylarda yiliga 2-3 marta hosil olinadi. Dehqonchilikda sholi, arpa va bug&#8217;doy, shuningdek, makkajo&#8217;xori, soya, kartoshka, batat, ka- NOP, jenshen etishtiriladi. Ko&#8217;p miqdordagi don chetdan keltiriladi. Chorvachilik suet rivojlangan, qoramol, cho&#8217;chqa, parranda boqiladi, baliq va den- giz jonivorlari ovlanadi. Tog&#8217;li joy- larda yog&#8217;och tayyorlanadi. Transporti. T.y.lar uzunligi\u2014 7 ming km, avtomobil yo&#8217;llari o&#8217;z. \u2014 55 ming kmdan ziyod, dengiz savdo Flo- ti tonnaji 11,7 mln. t dedveyt. Dengiz portlari: Pusan, Ulsan, Inchxon, Ma- san, Pxoxan, Mokpxo, Yosu. Seul, Pusan, Teguda katta aeroportlar bor. Tashqi savdosi iktisodiy jihatdan rivojlangan AQSh, Yaponiya, kana- da va Evropa Ittifoqi mamlakatla- riga qaratilgan. Rossiya va MDHdagi boshqa mamlakatlar b-n ham iqtisodiy hamkorlikni yo&#8217;lga qo&#8217;ygan. Eksportida i.ch. sanoati mahsuloti ustun. Uning 95% ni tayyor maxsulotlar (kemalar, electron tovarlar, televizorlar va b.) tashqil eta- Di. Mineral xom ashyo ham chiqaradi. Chet- dan yoqilg&#8217;i, xom ashyo, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, kimyo mahsulotlari oladi. Pul birligi \u2014 vona. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;- rifiy muassasalari. 6-11 yoshdagi bo- lalarning boshlang&#8217;ich ma&#8217;lumot olishi majburiy. Davlat o&#8217;quv yurtlari b-n bir qatorda xususiy boshlang&#8217;ich va o&#8217;rta maktablar ham bor. Boshlang&#8217;ich maktabda majburiy ta&#8217;lim joriy etilgan bo&#8217;lib, o&#8217;qish muddati 6 y., o&#8217;rta maktabda 3 y., oshirilgan darajadagi o&#8217;rta maktabda 3 y. Magistraturani bitirganlarga il- miy daraja beriladi. 500 dan ko&#8217;proq (shundan 400 tasi xususiy) oliy o&#8217;quv yurti bo&#8217;lib, ularda 1 mln. 390 ming ta- laba o&#8217;qiydi, yuzdan ortiq kollej va un-t mavjud, ulardan eng yiriklari: Seul davlat unti (1905), ense, Kyonxi, kon- Guk, Kukmin, koria, Xanguk, Xanyan kabi xususiy un-tlar. Texnologiya in-ti, qon tekshiruv in-ti va b. ilmiy markazlar tashqil etilgan. 1958 y. tuzilgan atom energiyasi boshqarmasi huzurida atom ener-giyasi va tibbiy radiasiya in-tlari ochilgan. Seulda Milliy fanlar aka-de- miyasi, Milliy san&#8217;at akademiyasi, bir qancha i.t. in-tlari, Milliy kutubxona, Seul va Koreya un-tlarining kutubxona- lari, Milliy muzey, Milliy ilmiy mu- zey va h.k.lar mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Krda 700 ga yaqin kunda- lik gaz. nashr etiladi, ularning taxm. yarmisi Seulda chiqadi. Eng yiriklari: &#8220;Tona Ilbo&#8221; (&#8220;Sharqiy Osiyo gazetasi&#8221;, 1920 y.dan), &#8220;Xanguk Ilbo&#8221; (&#8220;koreys gazetasi&#8221;, 1954 y.dan), &#8220;Choson Ilbo&#8221; (&#8220;Koreya gazetasi&#8221;, 1920 y.dan), &#8220;Ken- Xyan Sinmun&#8221; (&#8220;kechki gazeta&#8221;, 1946 y. dan), &#8220;Qoria Gerald&#8221; (&#8220;Koreya xabarchi- si&#8221;, 1953 y.dan), &#8220;koria tayme&#8221; (&#8220;ko- Reya vaqti&#8221;, 1950 y.dan), &#8220;Seul Sinmun&#8221; (&#8220;Seul gazetasi&#8221;, 1945 y.dan) va b. Ren- xap axborot agentligi 1980 y.da tuzil- gan. &#8220;Qorian brodkasting sistem&#8221; ra- dioeshittirish va teleko&#8217;rsatuv korpora- tsiyasi 1926 y.da tashqil etilgan. Etakchi radiost-yalari: &#8220;Krischian brodkasting Sistem&#8221;, &#8220;Kikton Brodkasting Sistem&#8221; va &#8220;Asia brodkasting Sistem&#8221; (asosan, xorijiy uzoq, Sharq mamlakatlariga mo&#8217;ljallangan). Adabiyoti. Yapon mustamlakachilari mamlakatdan quvilgach, ko&#8217;pgina yozuvchi- lar istiqbolga umid ruhi b-n sug&#8217;orilgan asarlar yaratishdi. Li Xa Yun, Kim Gvan Sop va b.ning she&#8217;rlarida istiqlol g&#8217;oyalari aks etdi. Katta avlod proza- chilari naturalizm va dekadentlik ada- biyoti an&#8217;anasini davom ettirdi. 1954 y.dan prozachilarning yosh avlodi etishdi, bo&#8217;lar G&#8217;arbda rasm bo&#8217;lgan &#8220;yangi tanqid&#8221; oqimi va antiromanizm nazariyasi ta&#8217;- siriga juda ham berilgan. Ko&#8217;p asarlar urush va yolg&#8217;izlikka bag&#8217;ishlangan. Li Don Ji va Li Xyon gi asarlarida mi- stisizm hamda &#8220;Sharq tafakkuri&#8221; o&#8217;ziga xosligi g&#8217;oyalari aks ettirilgan. 1960 y. o&#8217;rtalaridan urush azoblari, inson- ning yolg&#8217;izlik hissiyoti, umidsizlik ohanglari ustunlik kila boshladi. 70\u2014 80-y.larda realistik ilg&#8217;or an&#8217;analar kuchaydi, voqelikka tanqidiy munosabat rivojlandi (kim Ji xa she&#8217;rlari), adabiyotda ilg&#8217;or tamoyillar paydo bo&#8217;la boshladi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. 1950-80 y.larda jamoat binolari, asosan, G&#8217;arbiy Evropa me&#8217;morligi US- lubida qurilgan (Seuldagi &#8220;Qoria Eyr Layns&#8221; aviasiya kompaniyasining bi- nosi). Milliy me&#8217;morlik uslublari asosida zamonaviy konstruktsiyalar b-n qurilgan binolar ham uchraydi. (Seul yaqinidagi &#8220;Uoker-Xill&#8221; oromgoh Mar- kazi). Turar joylarning aksariyati tipo- voy loyihalar asosida quriladi. Kr tasviriy san&#8217;atida oqimlar ko&#8217;p. Rangtasvirchilardan Kim In Sin, Li Jun Sop va b. evropacha realistic oqimga, kim Xvan gi, nam Gvan kabi ras- somlar, kim yon xak, Chon San bom singa- ri haykaltaroshlar esa modern oqimiga taqlid qiladi. Kim Gi Chkan, Pak Ne Xen ijodida milliy uslub evropacha uslubga hamohang tarzda na-moyon bo&#8217;ladi. Amaliy tasviriy san&#8217;at an&#8217;analari asosida bu- yumlar tayyorlash rivojlangan. Musiqasi. Milliy musiqa san&#8217;ati ayrim vatanparvarlar harakati tufay- ligina saqlab qolindi. Xalq xonanda- lik san&#8217;atining pxansori deb atalgan turi kr da qayta tiklandi. Musiqali dramaga o&#8217;xshash bu turda aktyorlik, ashu- la va raqs uyg&#8217;unlashgan. 1945 y.da sim- fonik orkestr tashqil etilgan. Ko&#8217;pgina estrada ansambllari ishlab turibdi. Seulda opera truppasi bo&#8217;lib, u chet el (asosan, Evropa) spektakllarini qo&#8217;yadi. Simfonik orkestrlar va ayrim un-tlar huzurida musiqa kollejlari bor. &#8220;Mil- jun&#8221;, &#8220;Ton&#8217;yan&#8221; drama teatrlari, kichik- kichik teatr truppalari mavjud. Ularga G&#8217;arb zamonaviy san&#8217;atining ta&#8217;siri katta. Chonlar triosi, skripkachi kim yon UK, qo&#8217;shiqchilar Xans Chxve, Cho Sumi va b. ijrochilarning nomi dunyoga mashhur. Kinosi. 1946 y. Kr kinematogra- fiyasi vujudga keldi. 40-y.lar oxi- ridagi filmlar, asosan, Vatanni yapon bosqinchilaridan ozod qilishga bag&#8217;ishlandi (&#8220;mudhish tun&#8221;, &#8220;ortikcha odam&#8221;). Keyingi yillarda Vatanni bir- lashtirish kinematografiyaning asosiy mavzui bo&#8217;lib qoldi. O&#8217;zbekiston \u2014 kr munosabatlari. Kr 1991 y. 30 dek.da Osiyo \u2014 tinch oke- an mintaqasi davlatlari orasida bi- rinchi bo&#8217;lib O&#8217;zR mustaqilligini tan oldi. O&#8217;zbekiston b-n kr o&#8217;rtasida 1992 y. yanv.da diplomatiya munosabatlari o&#8217;rnatilgandan keyin siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng hamkorlik aloqalari yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Mamlakati- miz rahbari I. Karimovning 1992, 1995, 1999 y.larda kr ga va kr Prezidentining 1994 y.da O&#8217;zbekistonga rasmiy tash- riflari chog&#8217;ida imzolangan hujjatlar o&#8217;zaro hamkorlikning huquqiy poydevo- rini yaratdi. 1999 y.da o&#8217;zaro tovar ay- lanmasi hajmi salkam 526,8 mln. AKSH dollariga etdi. Kr O&#8217;zbekistondan paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, elektr as- bob-uskuna, xom teri, ipak, kimyoviy o&#8217;g&#8217;it olib, O&#8217;zbekistonga transport vosita- lari, elektr va mexaniq jihozlar, qora metall, kauchuk va rezina mahsulotlari, bo&#8217;yoqlar, turli xil jihoz va apparatlar, to&#8217;qimachilik mahsulotlari yuboradi. O&#8217;zbekistonda koreys sarmoyasi ish- tirokidagi 80 ga yaqin korxona bo&#8217;lib, ular transport, elektronika, Telekom- munikasiya, aloqa, to&#8217;qimachilik kabi sohalarga mansub. &#8220;O&#8217;zDEU Avto&#8221;, &#8220;O&#8217;zDEUelektroniks&#8221;, &#8220;Kabul-O&#8217;zbek Kompani LTD&#8221;, &#8220;O&#8217;zSamso&#8217;ngelektroniks&#8221; kabi qo&#8217;shma korxonalar shu jumlaga ki- radi. Ular avtomobil, xalq iste&#8217;mol mollari, radio elektron maqsulotlar i.ch. b-n shug&#8217;ullanadi. To&#8217;ytepada va tosh- kentning &#8220;Ko&#8217;kcha&#8221; dahasida qurilgan to&#8217;qimachilik korxonalari mahsulotlari chetga eksport qilinayotir. Farg&#8217;ona va Namangan sh.larida ham shunday korxona- lar barpo etiladi. Shuningdek, Krning 19 ta kompaniyasi O&#8217;zR da o&#8217;z vakolatxona- sini ochgan. 1994 y.dan buyon iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq masalalari bo&#8217;yicha O&#8217;zbekiston-Koreya va Koreya- O&#8217;zbekiston qo&#8217;shma qo&#8217;mitasi ishlab ke- layotir. O&#8217;zR tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki kr ning 10 ta banki b-n vakillik munosabatlari o&#8217;rnatgan. Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bir necha yillar davomida respublika va- zirliklari va idoralari b-n faol aloqa qilayotir. Shu tashqilot yo&#8217;li b-n o&#8217;zbek yigit-qizlari muntazam ravishda kr da malaka oshirayotir, Toshkent iktisodi- yot un-tida va Moliya in-ti huzuridagi liseyda kompyuter sinflari tashqil etilgan. O&#8217;zbekistondagi boshqa lisey va kollejlarni o&#8217;quv asbob-uskunalari b-n jihozlash loyihasi amalga oshiri- layotir. Kr maorif vazirligining 1992 y. maydan beri ishlayotgan Toshkentda- gi koreys ta&#8217;lim markazida oliy o&#8217;quv yurtlari muallimlari va talabalari uchun tanlov asosida malaka oshirish yo&#8217;lga ko&#8217;yilgan. 1993 y. martda Toshkent sharqshunoslik in-tida koreyashunoslik f-ti ochilgan. O&#8217;zbekiston jahon til- lari un-tida &#8220;koreys tili markazi&#8221;, Samarqand chet tillar in-tida &#8220;koreys tili va madaniyati markazi&#8221; ishlaydi. Krning O&#8217;zbekistondagi elchixonasi bu markazlarni eng yangi adabiyot va video hamda audio kassetalar b-n jihozladi. Ikki mamlakat o&#8217;rtasida madaniy aloqalar tobora kengayib borayotir. O&#8217;zbek madaniyat va san&#8217;at arbobla- ri kr da o&#8217;z mahoratlarini namoyish etish, O&#8217;zbekistonda koreys madaniyati haftaliklarini o&#8217;tkazish odat tusiga kirib krldi. 1998 va 1999 y.lardagi ana shunday xaftalik doirasida Toshkent- da koreys kitoblari va fotosuratlari ko&#8217;rgazmasi, koreys san&#8217;at arboblari va rassomlari ko&#8217;rgazmasi uyushtiril- Di. Sport turlari va koreys an&#8217;anaviy o&#8217;yinlari namoyish etildi. Kinofil- mlar ko&#8217;rsatildi, nihoyat Alisher na- voiy nomidagi teatrda mashxur koreys ashula va raqs ansambllari katta tomosha ko&#8217;rsatishdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KOREYA RESPUBLIKASI, KR (Taehan Minguk) \u2014 uzoq Sharqda, ko-Reya ya. o.da, 38-paralleldan Jan.da joy- lashgan davlat. Mayd. 98,48 ming km2. Aholisi 47,904 mln. kishi (2001). Poy- taxti \u2014 Seul sh. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/koreya-respublikasi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122921","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122921","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122921"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122921\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122933,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122921\/revisions\/122933"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122921"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122921"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122921"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}