{"id":122929,"date":"2024-05-12T18:43:52","date_gmt":"2024-05-12T15:43:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122929"},"modified":"2024-05-12T18:43:58","modified_gmt":"2024-05-12T15:43:58","slug":"kolumbiya-colombia-kolumbiya-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kolumbiya-colombia-kolumbiya-respublikasi\/","title":{"rendered":"Kolumbiya (Colombia), Kolumbiya Respublikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Kolumbiya (Colombia), Kolumbiya Respublikasi (Republica de Colombia) \u2014 Jan. Amerikaning shim.-g&#8217;arbida joy- lashgan davlat. Mayd. 1138,9 ming km2. Aholisi 40,3 mln. kishi (2001). Poytax- ti \u2014 Bogota (Santa-Fe-de-Bogota) sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 32 departament va poytaxt okrugiga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. K. \u2014 unitar Respu- blika. Amaldagi siyosiy Konstitusiyasi 1991 y. 4 iyulda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig&#8217;i \u2014 prezident. U umu- miy to&#8217;g&#8217;ri ovoz berish yo&#8217;li b-n 4 y. mud- datga saylanadi. Ikkinchi muddatga say- lanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Kongress amalga oshiradi. Kongress ikki palata: Senat va vakillar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amal- ga oshiradi. Tabiati. K.ning Sharqiy va shim. qismi pasttekislik, g&#8217;arbida and tog&#8217; tizmalari bor. And tog&#8217;larining K.dagi qismi 3 asosiy tizma (G&#8217;arbiy, Marka- ziy va Sharqiy Kordilera) dan iborat. Ularni Magdalena daryosi (Kauka va Pa- tiya irmoqlari b-n) bir-biridan AJ- ratib turadi. K.ning eng baland joyi \u2014 Kristobal-Kolon tog&#8217;i (5800 m). And tog&#8217;larining G&#8217;arb va shim. da tinch okean va Karib bo&#8217;yi botqoqlashgan past- tekisliklari bor. Sharqiy qismidagi pastroq platolar Amazonka pasttekis- ligiga tutashib ketadi. Bir necha sungan va so&#8217;nmagan vulkanlar (uila 5750 m, Ruis 5400 m, Tolima 5215 m va b.) bor. K.da neft, tabiiy gaz, toshko&#8217;mir, mis va temir rudalar, rangli va asil metallar, uran, Zumrad konlari ko&#8217;p. K. ekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan. Pasttekisliklarda o&#8217;rtacha oylik t-ra 29\u00b0, 1000-2000 m baland- likdagi tog&#8217;larda 17-22\u00b0, 4000 m dan balandda 7\u00b0 dan oshmaydi. Yillik yog&#8217;in 1000-4000 mm. Shim.-sharqida 200 mm gacha, tinch okean pasttekisligida va unga tutash tog&#8217;etaklarida 10000 mm gacha. Daryo ko&#8217;p, yiriklari: Magdalena, Kaketa, Putumayo, Guavyare, Meta va b. Yuklar- ning 95% Magdalena daryosida tashiladi. Pasttekislik va tog&#8217;etaqlaridagi qizil- sariq laterit tuproqli erlarda nam tro- pik o&#8217;rmonlar bor, qizil tuproqli erlar savanna (Lyanos) b-n qoplangan. Shim.- Sharqda buta va kaktuslar o&#8217;sadi. Tog&#8217;tepa- larida o&#8217;tloqlar (paramos), cho&#8217;qqilarida doimiy qorlar bor. O&#8217;rmonlarda may- Mun, yaguar, chumolixo&#8217;r, tapir, yalqov, kaltakesak; qushlardan tunan, kolibri va to&#8217;tilar, daryolarda timsoh uchraydi. Milliy bog&#8217;lari: Chiribikete, Parami- lo, Serra-Nevada-de-Santa-marta. Aholisining aksari kolumbiy- lar. Ular indeys, ispan, negrlarning qo&#8217;shilishidan hosil bo&#8217;lgan. Keyinroq Italiya, Germaniya va G&#8217;arbiy Evropa- ning boshqa mamlakatlaridan kelgan muhojirlar qo&#8217;shilgan. 700 mingga yaqin indeys bor. Rasmiy tili \u2014 ispan tili. Xristianlikning katolik mazhabiga e&#8217;tiqod qiladi. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bogota, Medelin, Kali, Kartaxena. Tarixi. Hoz. K. hududida qadimdan in- deys qabilalari yashab kelgan. K. hududiga 1499 y.da ispanlar kelgan. 1530-y.larda ular K.ni bosib olib, mustamlaka tar- tibini o&#8217;rnatdilar va mamlakatni yangi Granada deb atadilar. 1718 y.dan yangi Granada vise-qirolligiga aylantiril- Di. 1739 y. Yangi Granada vise-qirolligi K.dan tashqari hoz. Ekvador, Panama va Venesuela hududlarini qo&#8217;shib oldi. Mahalliy aholi ispan bosqinchilariga qarshi bir necha bor qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tardi. Shulardan eng yirigi 1781 y.gi qo&#8217;zg&#8217;olon bo&#8217;ldi. Mustaqillik uchun kurash 1810 y.dan yanada kuchaydi. 1816 y. may oyida ispan armiyasi qo&#8217;zg&#8217;olonni shafqatsiz bostirdi. Birok, qo&#8217;zg&#8217;olonchilar 1819 y. Fev.da mustaqillikka erishgan Vene- suela vatanparvarlari erdamida ispan qo&#8217;shinlarini tor-mor etdilar. 1819 y. dek.da yangi Granada, Venesuela va ek- vador birlashib, Buyuk Kolumbiya Fede- rativ Respublikasi tuzilganligi S. Bo- livar prezident) e&#8217;lon qilindi. 1830 y. Buyuk Kolumbiya Federativ Respublikasi parchalandi, Venesuela, Ekvador va yangi Granada (Panama b-n birga) mustaqil davlatlari tashkil topdi. 40-y. larda mamlakatda konservativ (yirik zamin- dorlar) va Liberal (burjua) siyosiy par- tiyalar vujudga keldi. 1851 y. Yangi Granadada qulchilik bekor qilindi. 1863 y.dan mamlakat K. Qo&#8217;shma Shtatlari, 1886 y.dan K. Respubli- kasi deb ataldi. Partiyalar o&#8217;rtasidagi raqobat mamlakatda fuqarolar urushiga (&#8220;Ming kunlik urush&#8221;, 1899\u2014 1902) sa- bab bo&#8217;ldi. 1903 y. Panama K.dan ajra- lib, mustaqil davlatga aylandi. 1929\u2014 33 y.gi jahon iqtisodiy turg&#8217;unligi K. iktisodiyotiga ancha putur et-kazdi. 1934 y. K.da ba&#8217;zi ilg&#8217;or islohotlar (bepul ta&#8217;lim va b.) o&#8217;tkazildi. 1946 y.dan K.da terrorchi diktatura o&#8217;rnatildi. Barcha de- mokratik kuchlar qattiq ta&#8217;qib qilindi. Xalqning demokratik g&#8217;alabalarini tu- gatish siyosati o&#8217;tkazila boshladi. 1948 y. da xalq qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tardi. Qo&#8217;zg&#8217;olon bostirilgach, konservatorlar hukumati liberallarga qarshi fuqarolik urushi boshladi, natijada 200 ming kishi no- bud bo&#8217;ldi. Ma&#8217;murlar terroriga qarshi partizanlik harakati kuchaydi. Konser- vatorlar hokimiyatni saqlab qolishga intilib, 1953 y. davlat to&#8217;ntarishi uyush- tirdi va harbiy diktatura o&#8217;rnatdi. 1957 y.da umumxalq kurashi natijasida Dik- tatura barham topdi. Konservatorlar b-n liberallar &#8220;she- rikchilik&#8221; asosida &#8220;Milliy jabha&#8221; blokini tuzdilar (1957-74). Ammo ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal bo&#8217;lmay qolaverdi. Liberallar hukumati 1974-78 y.larda bir qator ilg&#8217;or islohotlar o&#8217;tkazdi. 1978 y. saylovda liberallar raxbari X.S.Turbay Ayyala g&#8217;alaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 1998 y. prezident saylovida konservatorlar vakili A.P.Arango Pre- zident, liberallar vakili g.B.Lesmus esa vise-prezident etib saylandi. K. \u2014 1945 y.dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 20 iyul \u2014 Mustaqillik kuni (1810). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Liberal partiya, 1815 y.da asos solingan; sosial-konservativ partiya, 1848 y.da tuzilgan; K. kommunistik par- tiyasi, 1930 y.da asos solingan; Milliy najot harakati partiyasi, 1990 y.da so- tsial-konservativ partiyadan chiqqan siyo- siy arboblar tomonidan tuzilgan; mil- liy xalq Ittifoqi, 1964 y.da asos solin- gan; demokratik alyans partiyasi, 1990 y.da tuzilgan. Kasaba uyushma birlashma- lari: demokrat mehnatkashlar umumiy konfederasiyasi, 1971 y.da tuzilgan; K. demokrat mehnatkashlar konfederasiya- si, 1988 y.da tuzilgan; K. mehnatkashlar konfederasiyasi, 1934 y.da tuzilgan; Mehnatkashlar unitar kasaba uyushma markazi, 1986 y.da tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. K. \u2014 agrar-industrial mamlakat. Jan. Amerikadagi iqtisodiy barqaror, uzluksiz rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. O&#8217;tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturida im- portga erk berish, samarasiz davlat korxonalarini xususiylashtirish, xo- rijiy sarmoyani jalb etish ko&#8217;zda tu- tilgan. Mehnatga layoqatli aholining 33% q.x.da, 23% sanoatda, 20% xizmat sohasida mashg&#8217;ul. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 27%, q.x.ning ulushi 22%. Sanoati. K.ning boy tabiiy resursla- ri asosida konchilik sanoati rivojlan- gan. Neft va temir rudasi qazib olish etakchi sanoat tarmoqlaridir. Tabiiy gaz, toshko&#8217;mir, oltingugurt, nikel, ol- tin, platina, kumush, Zumrad ham qazib olinadi (jahondagi Zumradning 90%). Oziq-ovqat sanoati, asosan, q.x. xom ashyosini dastlabki qayta ishlash, poyab- zal, ichimlik i.ch. sohalari, tikuvchilik, to&#8217;qimachilik, metallni qayta ishlash alohida o&#8217;rin oladi. Metallurgiya, NEF- tni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi sanoati rivojlangan. Avtomobil, tele- vizor va Radiopriyomniklar yig&#8217;adigan, stanok, tsement, qog&#8217;oz ishlab chiqaradigan z-dlar bor. Hunarmandchilikning ham salmog&#8217;i katta. O&#8217;rmonlarda qimmatbaho nav yog&#8217;och tayyorlanadi. Yiliga 25,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 75% gidroelektr st- yalariga, 25% ko&#8217;mir b-n ishlovchi elektr st-yalariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Qishloq xo&#8217;jaligi. Dehqonchilik \u2014 q.x.ning asosi. Kofe \u2014 mamlakat q.x.ning muhim mahsuloti. Kofe eks- port qilish sohasida dunyoda Brazili- yadan keyin 2-o&#8217;rinda turadi. Mamlakat mehnatga layoqatli aholisining salkam 40% kofe etishtirish b-n bevosita yoki bavosita bog&#8217;liq tarmoqlarda band. Eks- port uchun kakao doni, paxta, banan, tama- ki, mahalliy ehtiyoj uchun makkajo&#8217;xori, kartoshka, sholi, bug&#8217;doy, arpa, maniok, soya, no&#8217;xot, shakarqamish etishtirila- Di. Chorvachiligida qoramol, ko&#8217;y, cho&#8217;chqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Q.x. mam- lakatning oziq-ovqat mahsulotlariga bo&#8217;lgan ehtiyojini to&#8217;la qondirmaydi. K.da asosiy transport turi \u2014 Avto- mobil. T.y. uzunligi \u2014 3,4 ming km, avtomobil yo&#8217;li o&#8217;z. \u2014 129 ming km. Asosiy dengiz portlari: Barrankilya Buenaventura, Tumako, Kartaxena, San- ta-marta. Bogotada Eldorado xalqaro aeroporti bor. K. chetga kofedan tashqari neft va neft mahsulotlari, kimyoviy mollar, qora metallurgiya mahsulotlari, Zumrad chiqaradi. Chetdan sanoat asbob-uskuna- lari, transport vositalari, xom ashyo, iste&#8217;mol va oziq-ovqat mahsulotlari keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mi- jozlari: AQSh, Evropa Ittifoqi mam- lakatlari, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi \u2014K. pesosi. Tibbiy xizmati. Bemorlarga, aso- san, xususiy tarzda xizmat ko&#8217;rsatiladi. Vrachlar 9 ta oliy o&#8217;quv yurtining tibbi- yot f-tida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;- rifiy muassasalari. 7 yoshdan 12 yoshga- cha bo&#8217;lgan bolalarning o&#8217;qishi bepul va majburiy. Boshlang&#8217;ich maktabda o&#8217;qish muddati 5 y., o&#8217;rta maktabda 6 y. Davlat maktablari b-n bir qatorda xususiy maktablar ham mavjud. Mutaxassislar hunar-texnika bilim yurtlari va ped. o&#8217;quv yurtlarida, oliy o&#8217;quv yurtlarida tayyorlanadi. Mamlakatda 200 dan ko&#8217;proq oliy o&#8217;quv yurti, shu jumladan, 25 davlat va 35 xususiy un-t bor. Eng yirik oliy o&#8217;quv yurtlari: Bogotada K. Milliy unti (1867 y. da asos solingan), Vale unti (1945), Xaverian xususiy katolik unti va b. Ilmiy muassasalari: K. tarix aka- demiyasi (1902), K. yuridik fanlar akademiya- si (1894), tibbiyot fanlari akademiyasi (1890) \u2014 hammasi Bogotada; Kartaxena, Medelin, Tunxa va b. shaharlarda tarix akademiyalari, bir qancha ilmiy jamiyat- lar ishlaydi. Bogotada Milliy kutubxo- na, Medelinda un-t kutubxonasi, Bogo- tada Milliy un-t kutubxonasi va b. bor. Muzeylari: Milliy, mustamlaka davri san&#8217;ati, Milliy antropologiya, Milliy arxeologiya muzeylari, Oltin buyumlar muzeyi, S. Bolivar muzeyi \u2014 (hammasi Bogotada), Medelindagi tabiiy fanlar muzeyi va un-t muzeyi. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. K.da 30 ga yaqin kundalik gaz. nashr etiladi. Eng yiriklari: &#8220;eks- pektador&#8221; (&#8220;kuzatuvchi&#8221;, 1887 y. dan), &#8220;Tempo&#8221; (&#8220;vaqt&#8221;, 1911 y.dan), &#8220;Pays&#8221; (&#8220;Mamlakat&#8221;, 1950 y.dan), &#8220;Nuevo siglo&#8221; (&#8220;Yangi asr&#8221;, 1932 y. dan), &#8220;kolombia- no&#8221; (&#8220;kolumbiyalik&#8221;, 1912 y.dan). An- kol hukumat axborot agentligi ishlaydi. Kolprensa milliy axborot agentligiga 1980 y.da asos so-lingan. Radioeshitti- rish 1929 y. dan, telekursatuv (to&#8217;la dav- lat tasarrufida) 1954 y.dan ishlaydi. Mamlakatda hammasi bo&#8217;lib 200 ga yaqin radiost-ya, 50 telestudiya bor. Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki yilnoma va hikoyalar 1519 y.da paydo bo&#8217;lgan. Adabiyot, ayniqsa, 19-a. bosh- larida gurkirab rivojlandi. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash yillari (1810-26)da vatanparvarlik ruhidagi klassisizm adabiyoti ravnaq topdi (K. Torres, L. Vargas Texad, X.M.Salasar va b. ijodi). X. X. Ortie, X.E.Karo, X.Arboled, R.Pombo, F.Peres, X.M.Samper va b. yozuvchilar indeys qabilalarining o&#8217;tmish hayotini madh etuvchi asarlar yozdilar. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida &#8220;elkan ramzi&#8221;, &#8220;Ar- boledlar jamiyati&#8221; va b. to&#8217;garaqlarda uyushgan X.A.Silva, M.A.Osodio va b. shoirlar ijodida modernistik mayllar qaror topdi. 1-jahon urushidan so&#8217;ng K. adabiyotida &#8220;avangardizm&#8221; paydo bo&#8217;ldi. &#8220;Konrod epopeyasi&#8221; dostonining mu- allifi \u2014 A.M.Mutis, L.K.Lopes va b. ijtimoiy she&#8217;riyat an&#8217;analarini rivojlantirdilar. Nasrda ijtimo- iy tanqidchilik kuchaydi. A.Lopes de Mesa, X.Restrepo Karamilo, D. Arango Vems va b. ijodida kishilarning tabi- at b-n to&#8217;qnashuvini tasvirlash asosiy mavzu bo&#8217;ldi. X.A.Osorio Lisaraso- ning shaxtyorlar hayoti hamda mehnatini tasvirlovchi &#8220;er ostidagi odam&#8221; va taraqqiyparvar arbob Gaytan o&#8217;limi to&#8217;g&#8217;risidagi &#8220;nafrat kuni&#8221; romanlari K. nasrining yutug&#8217;i hisoblanadi. 50-y.larda ko&#8217;proq par- tizanlar qarakatiga bag&#8217;ishlangan asar- lar turkumi (&#8220;zo&#8217;ravonlik haqida ro- manlar&#8221;) paydo bo&#8217;ldi. G.G.Markesning &#8220;Yolg&#8217;izlikning yuz yili&#8221; romani K. Nasri rivojida muqim rol o&#8217;ynaydi. X.Pardo Gersia, K.Kastro Saavedra va b. o&#8217;z asarlari b-n K. she&#8217;riyatiga salmoqli hissa qo&#8217;shdilar. Me&#8217;morligi. Hoz. K. hududida toshdan qurilgan ibodatxona va istehkomlarning vayronalari topilgan. K. ispanlar to- monidan bosib olingach, 15-a. oxiri va 16-a.da indeys manzilgohlari o&#8217;rnida Kartaxena, Bogota, Tunxa kabi shaharlar barpo etildi, ularning markazida to&#8217;g&#8217;ri burchaqli kucha va maydonlar qurildi, shaqlan ko&#8217;rimli va sipo binolar tiklan- Di. 16-a. o&#8217;rtasidan 17-a. o&#8217;rtalarigacha italyan uyg&#8217;onish davri me&#8217;morligi &#8220;mudexar&#8221; uslubi unsurlari b-n birga qo&#8217;shildi. 16-18-a.larda g&#8217;ishtin uyli, to&#8217;g&#8217;ri ko&#8217;chali shaharlar, monastir Cher- kovlari barokko va yangi mudexar uslu- bida qurildi. 20-a. boshlarida sanoat rivoji natijasida shaharlar ko&#8217;paydi. 1930-y.lardan AKSH va Braziliya me&#8217;- morlik maktablari ta&#8217;sirida zamonaviy binolar ko&#8217;plab qurila boshladi. 1940\u2014 70 y.larda yangi kvartallar, sanoat maj- mualari, bank, firma binolari, stadion, bozorlar ko&#8217;pgina shaharlarning ko&#8217;rkiga ko&#8217;rk qo&#8217;shdi (Kartaxenadagi stadion, Bogotadagi Moderno gimnaziyasining kapellasi va b.). Pekin mamlakatdagi turar joylarning ko&#8217;pchiligini loy va qamishdan ishlangan kulbalar tashkil etadi. Zamonaviy inshootlar orasida Bogotadagi &#8220;Tekendama&#8221; mehmonxonasi, &#8220;Filips Kolobiana&#8221; firmasining bi- nosi ajralib turadi. Tasviriy san&#8217;ati. K. hududida qadimdan indeyslar madaniyati (kulol- lik buyumlari, oltin, kumush haykallar, tilla taqinchoqlar tayyorlash) rivoj- langan. Mil. AV. 1-ming yillik va mil. 1-ming yillik boshlarida San-Agustin madaniyati (Jan. K. o&#8217;rmonlaridagi tosh qaykalchalar, bo&#8217;rtma tasvirlar), bu mada- niyatga yaqin Terradentro, Narino, ka- Lima madaniyatlari ham mavjud bo&#8217;lgan. 16-a.gacha Markaziy va shim. viloyatlar- da chibcha indeyslari madaniyati ravnaq topgan (oltin, mis, kumush zeb-ziynat buyumlari, haykalchalar, idishlar, to&#8217;qimachilik, o&#8217;ymakorlik namunalari). 16-17-a.larda mahalliy rassomlik MAK- tabi vujudga keldi, diniy va hayotiy mav- zularda asarlar yaratildi (portretlar, devoriy rasmlar). 19-20-a. boshlarida P.X.Fi- geroa, X.M.Espinosa kabi rassom- lar xalqning mustaqillik uchun kurashi mavzularida asarlar yaratdilar. Key- ingi yillarda ijtimoiy muammolarga qiziqish kuchaydi. P.N.Gomes Agudelo, I.Gomes Xaramilo, M.Dias-Vargas, E.Martines, X.Rodriges Asevedo, L.A.Akunya kabi rassomlar, X.O.Be- Tankur, R.Roso va b. haykaltaroshlar mashhur. 1930 y.da asos solingan K. Ba- diiy akademiyasi keyinchalik Bogota na- fis san&#8217;at maktabiga aylantirildi. Musiqasi. Ispan istilochilarining xotiralaridan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, hoz. Kolumbiya hududida yashagan indeyslar- da harbiy musiqa yaxshi rivojlangan, ular g&#8217;alabani musiqa va qo&#8217;shiqlar b-n nishonlagan. Motam marosimlarida marhumning botirligini ta&#8217;riflov- chi qo&#8217;shiqlar aytilgan. Hosil yig&#8217;imi, qabila boshlig&#8217;i uchun saroy qurilishi ommaviy raqs va qo&#8217;shiq b-n yakunlangan. Bosqinchilar kelgach, indeys musiqasiga evropacha unsurlar ta&#8217;sir eta boshladi. K. musiqasida kreol, indeys, negr ohanglari qorishib ketgan. 17-a. boshla- rida professional musiqa vujudga keldi va 18-a. oxiridan dunyoviy musiqa rivoj- lana boshladi. 1784 y. Bogotada birinchi puflama sozlar orkestri tuzildi. 19-a. ning 40-y.larida K. musiqa san&#8217;atining rivojlanishida Italiya opera truppala- ri va K.da yashovchi Evropa kompozitor- larining roli katta bo&#8217;ldi. 19-a. bosh- larida K.da yashagan ingliz E. Prays K. Filarmonik kontsert jamiyatini, uning o&#8217;g&#8217;li J.Prays Milliy musiqa akademiya- sini tashkil etdi (1882; 1910 y.dan mil- liy konservatoriya). A.Velasko, E.Salas, O.Sindichi (milliy madhiya muallifi), &#8220;Ester&#8221; va &#8220;Florinda&#8221; operalarining muallifi X. M. Ponse de Leon 19-a.ning mashhur kompozitorlari hisoblanadi. Milliy simfonik orkestrning asoschi- si \u2014 dirijyor g. Espinosa, kompozitor- lar g. Uribe Olgin, A. Mariya Valen- siya, qo&#8217;shiqchi L. Masia, musiqashunos X. I. Pendromo Eskobar, X. B. Silva va b. 20-a.da K. musiqa madaniyatini rivojlantirgan ijodkorlardir. Bogo- tada opera teatri, milliy konservato- riya, folklorni o&#8217;rganuvchi i.t. markazi, &#8220;Folklor baleti&#8221; bor. K. milliy radi- Osi mumtoz va milliy musiqani targ&#8217;ib qilish sohasida katta ish olib borayotir. Teatri. 18-a. oxirlarida Bogotada ilk bor teatr tomoshalari ko&#8217;rsatilgan. X.M.Salasar, L.Vargastexada, S.Peres, A.L.Gomes, A.Alvares Leras, L.E.Osorno va b. 19-a.da hamda 20-a. 1-yarmida ko&#8217;zga ko&#8217;ringan K. dramatur- glari hisoblanadi. 50-y.lar o&#8217;rtalarida K. teatrining faoliyati yaxshilandi, truppalar paydo bo&#8217;ldi, festivallar o&#8217;tkazildi. Milliy drama san&#8217;ati makta- blari tashkil qilindi. Zamonaviy teatr madaniyatining rivojlanishida Kalida- gi tajriba teatri, madaniyat uyi va &#8220;La mama&#8221; truppalari, shuningdek, Bogota- dagi Xalq teatri muhim rol o&#8217;ynaydi. Un-t teatrlari ham keng yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan (ular 1966 y.dan festival o&#8217;tkazib tura- Di). Zamonaviy mashhur dramaturglardan O.Dias, X.Salamea, K.X.Reyes va teatr arboblaridan E. Buenaventur, S. Garsia hoz. K. teatri san&#8217;atini rivojlanti- rishga salmoqli hissa qo&#8217;shgan. Kinosi. K.da dastlabki hujjatli filmlar (&#8220;San-Kristobal manzara- si&#8221;, &#8220;Bogotada harbiy parad&#8221;) 1907 y. da suratga olindi. 1910-y.larda voqeiy filmlar yaratishga kirishildi. 1914 y.da rej. F.Markoning &#8220;ishonch tanta- nasi&#8221; to&#8217;la metrajli yarim hujjatli filmi chiqarildi. &#8220;Aura yoki gunaf- shalar&#8221; (1923), &#8220;Antokiya osmoni osti- da&#8221; (1924), &#8220;kondorlar uyasi&#8221; (1925) ko&#8217;ngilochar va xajviy kinolentalari b-n badiiy filmlar yaratishga asos so- lindi. 1937 y.da aka-uka Aseveolar bi- rinchi ovozli hujjatdi filmni yarat- dilar. 1939 y.dagi &#8220;Vodiy gullari&#8221; filmi dastlabki ovozli badiiy film bo&#8217;ldi. 50-y.lar oxiri va 60-y.larda milliy kino san&#8217;ati yuksala boshladi. Ilgor ijtimoiy yo&#8217;nalishdagi fil- mlar (&#8220;tosh ildizlar&#8221;, &#8220;Kolumbiyaning uch tarixi&#8221;, &#8220;achchiq er&#8221;, &#8220;Donaso&#8221; va b.) yaratildi. Hujjatli kino rej.lari- dan K.Alvares, X.Alvares, M.Bergas, G.Samper, X.Morante faoliyati milliy kinoning shakllanib, kamol topishiga katta ta&#8217;sir o&#8217;tkazdi (&#8220;kunlardan bir kun&#8221;, &#8220;demokratiya nima&#8221; va b. fil- mlar). Keyingi yillarda &#8220;qachongacha&#8221; (rej. B.Ventura), &#8220;firibgarlik&#8221; (rej. L.Sanches), &#8220;toza qon&#8221; (rej. L.Ospina), &#8220;Diyorimiz ovo-zi: o&#8217;tmish va kelajak&#8221; (rej. M. Rodriges, X.Silva) va b. fil- mlar muvaffaqiyat qozondi. 1960 y.dan Kartaxenada xalqaro kinofestivallar o&#8217;tkazib turiladi. 1971 y. Bogorada kine- matografiya inti tashkil qilingan. Unda rej.lar, stsenariychilar, operatorlar tayyorlanadi. K.da 650 kinoteatr bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kolumbiya (Colombia), Kolumbiya Respublikasi (Republica de Colombia) \u2014 Jan. Amerikaning shim.-g&#8217;arbida joy- lashgan davlat. Mayd. 1138,9 ming km2. Aholisi 40,3 mln. kishi (2001). Poytax- ti \u2014 Bogota (Santa-Fe-de-Bogota) sh. Ma&#8217;muriy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kolumbiya-colombia-kolumbiya-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122929","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122929","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122929"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122929\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122942,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122929\/revisions\/122942"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122929"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122929"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122929"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}