{"id":122930,"date":"2024-05-12T18:43:54","date_gmt":"2024-05-12T15:43:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122930"},"modified":"2024-05-12T18:43:59","modified_gmt":"2024-05-12T15:43:59","slug":"kolesov-voqeasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kolesov-voqeasi\/","title":{"rendered":"Kolesov voqeasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Kolesov voqeasi, Buxoroda 1918 yil mart oyi voqealari \u2014 Buxoro amirligini tugatish maqsadida qizil ar- miya tomonidan qilingan qurolli hujum (1918 y. mart). 1917 y. noyab.da bolshe- viklarning zo&#8217;ravonlik b-n hokimiyatni eg&#8217;allashi oqibatida sovet Rossiyasi b-n Buxoro amirligi o&#8217;rtasidagi munosa- batlar ham keskin yomonlashdi. Buxoro amirligida siyosiy vaziyat keskinlash- Di. 1917 y. 2 dek.da yangi Buxoro (Kogon) da bo&#8217;lib o&#8217;tgan amirlik xududidagi rus manzilgohlari Kengashlarining 2-s&#8217;ez- dida Amir tuzumini ag&#8217;darib tashlab, hoki-miyatni yosh buxoroliklarga be- rishga qaror qilindi. Yosh buxorolik jadidlarning bir qismi, Buxoroda de- Mok-ratik tartibotlarni o&#8217;rnatish uchun inqilobiy kurash yo&#8217;lini tanladi. Ular amirlikni ag&#8217;darish uchun Turkistondagi sovet hukumatidan yordam so&#8217;rashga maj- bur bo&#8217;lishdi. Biroq Turkiston Muxto- riyati hukumatini tugatish yo&#8217;llarini izlayotgan Turkiston XKS raisi F.I. Ko- Lesov (1891 \u2014 1940) Buxoro amirligiga hujum qilishga dastlab shoshilmadi. Turkiston Muxtoriyati xukumati qizil askarlar tomonidan tor-mor qilinib, Qo&#8217;qon sh. qonga botirilgach (1918 y. Fev), Kolesov butun diqqatini amirlikni tu- gatishga qaratdi. 1918 y. 1 martdayangi Buxoroga Kolesov boshchiligidagi 3500 kishilik kizil askarlar otryadi zam- Barak va pulemyotlar b-n qurollangan holatda etib keldi. Yosh buxoroliklar- ning 7 kishidan iborat inqilobiy qo&#8217;mitasi (rais \u2014 F. Xo&#8217;jaev, a&#8217;zola- ri \u2014 Fitrat, ota Xo&#8217;jaev, Abdulvohid Burhonov, Isqoq Ag&#8217;darov, Qori Yo&#8217;ldosh Po&#8217;latov, Fazliddin Maxsum) tuzildi. Ular b-n Kolesov o&#8217;zaro maslahatlashib, Amir Sayd Olimxon nomiga talabnoma matni tayyorlandi. Kolesov va F. Xo&#8217;jaev imzolari b-n Olimxonga jo&#8217;natilgan ta- labnomada Buxoroda so&#8217;z, matbuot va b. de- mokratik erkinliklar joriy qilinishi, Amir huzuridagi hukumat tarqatib yuborilib, uning o&#8217;rniga yosh buxoroli- klar Ijroiya qo&#8217;mitasidan iborat yangi hukumat tuzilishi, amirlikdagi qo&#8217;shin qurolsizlantirilishi ta&#8217;kidlangan edi. Amir Olimxon 24 soat ichida ushbu tala- blarga rozi ekanligini ma&#8217;lum qilsa, u o&#8217;z o&#8217;rnida qoladigan bo&#8217;ldi. Olimxon, mabodo, rad javobini beradigan bo&#8217;lsa, qurol kuchi b-n amirlik tugatilishi po&#8217;pisa qilindi. Amir Olimxon vaqtdan yutish uchun muzokaralar boshladi. U o&#8217;z javob maktubida islohotlarni sekin- asta amalga oshirishi mumkinligini bayon qildi. Bu javobdan qanoatlanmagan Kolesov harbiy harakatlarni boshlashga buyruq berdi, 2 martda Buxoroga hujum boshlandi. Ularga har biri 200 kishidan iborat yosh buxoroliklar va yangi Buxoro ishchilarining otryadlari ko&#8217;mak berib turdi. Buxoro yaqinidagi Fatxobod- da bo&#8217;lgan dastlabki to&#8217;qnashuvda Amir Olimxon qo&#8217;shinlari mag&#8217;lubiyatga uchrab, shaharga chekindilar. Vaziyat bunday tus olishini kutmagan Olimxon Kolesovga o&#8217;zining maxsus farmoni oliyini yubo- rib, unda barcha talablarga rozi bo&#8217;lish b-n bir qatorda mamlakatda soliqlar ka- maytirilishi, tan va o&#8217;lim jazosi bekor qilinishini aytdi. Harbiy qarakatlar to&#8217;xtatilib, muzokaralar qaytadan bosh- landi. Olimxon bu fursatdan unumli foydalanib, 35000 kishilik Lashkar to&#8217;pladi. Buxoroliklar shahar himoyasiga qo&#8217;zg&#8217;aldi. Karmanadan Qorako&#8217;lgacha 170 km masofadagi t.y. izlari Amir sarboz- lari tomonidan buzib tashlandi. Urush harakatlari boshlanib, Kolesov otryadi qurshovda qoldi. Toshkent, Samarqand, Chorjo&#8217;y, Ashxobod, Marv, Karki, Termiz garnizonlaridan qizil askar otryadlari Kolesovga yordamga junatildi. Birok,, Buxoroni bosib olish rejasi amalga oshmasligiga ko&#8217;zi etgan Kolesov 5 mart kuni kechkurun Toshkent tomonga cheki- nishga buyruq beradi. Buning asosiy sababi, yosh buxoroliklar keng xalq om- masining ishonchini qozona olmaganligi emas, balki qizil askarlar buxoroli- klar tomonidan bosqinchilar sifatida qabul qilinganligi bo&#8217;ldi. Toshkentdan jo&#8217;natilgan Koluzaev boshchiligidagi qizil askarlar otryadi 11 martda kar- manadagi amirning yozgi qarorgohini egallab, bu erni talon-toroj qiladi. Ular Qiziltepada Kolesov b-n birlash- Di. Kolesov Qiziltepaga kelgach, sulh muzokaralari olib borish uchun olim- xonga, vakillar jo&#8217;natdi. Olimxon o&#8217;z navbatida, Kolesov b-n sulh muzokara- lari olib borishga tayyor ekanligini bildirdi. 17 martda Kolesov otryadi b-n Samarqandga etib keldi. Bu payt- da qizil askarlar Xatirchi, Ziyovuddin, Mir, Karmana, Qiziltepa, Qorako&#8217;l va Chorjo&#8217;yni bosib olgan edilar. Bir necha kun davom etgan muzokaralardan so&#8217;ng, 1918 i. 25 martda sovet Turkistoni b-n Buxoro amirligi o&#8217;rtasida Qiziltepa bitimi imzolandi. 9 banddan iborat bitim shartiga ko&#8217;ra, mustaqilligini himoya qilgan Buxoro amirligi o&#8217;z xudu- didagi harbiy harakatlar uchun javobgar deb hisoblandi va tovon to&#8217;lashi lozim- ligi belgilandi. Amir o&#8217;z sarbozlari miqdorini 12000 kishidan oshirmaslik majburiyatini oldi. Qizil askarlar amirlik xududidan chaqirib olindi. Ko- Lesov otryadi talon-taroj qilingan kat- ta boylik (Karmana, Xatirchidagi xazina va b.) b-n Toshkentga qaytdi. K.v. Buxoro amirligida jiddiy o&#8217;zgarishlarni kel- tirib chiqardi. Qizil armiyaning xujumi avvalo Buxoroning yaqin ko&#8217;shnilari so- vet Rossiyasi va Turkistonidagi yangi re- Jimning haqiqiy mohiyatini ochib tash- ladi. Olimxon o&#8217;z ichki siyosatida kata mikdordagi zamonaviy qurollangan muntazam armiyani tuzishga intildi, u Afg&#8217;oniston va b. xorijiy mamlakatlar b-n yaqinlashishga intildi. Shuningdek, amirlik hududidagi 3000 kishi jadid- likda ayblanib, nohaq qatl qilindi va ularning mol-mulki musodara etildi. Ad.: X o&#8217;j a e v F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1926, 1997; Sadriddin Ayniy, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Voyna v peskax, M, 1935; Turke- Stan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; O&#8217;zbekiston tarixi (1917-1991), T., 2000; Muhammad Ali Baljuvoniy, tarixi no- feiy (foydali tarix), T., 2001. Rahmon Karimov, Qahramon Raja- bov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kolesov voqeasi, Buxoroda 1918 yil mart oyi voqealari \u2014 Buxoro amirligini tugatish maqsadida qizil ar- miya tomonidan qilingan qurolli hujum (1918 y. mart). 1917 y. noyab.da bolshe- viklarning zo&#8217;ravonlik b-n &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kolesov-voqeasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122930","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122930","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122930"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122930\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122944,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122930\/revisions\/122944"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122930"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122930"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122930"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}