{"id":122964,"date":"2024-05-12T19:26:19","date_gmt":"2024-05-12T16:26:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122964"},"modified":"2024-05-12T19:26:32","modified_gmt":"2024-05-12T16:26:32","slug":"klassik-siyosiy-iqtisod-maktablari-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/klassik-siyosiy-iqtisod-maktablari-2\/","title":{"rendered":"Klassik siyosiy iqtisod maktablari"},"content":{"rendered":"\n<p>Klassik siyosiy iqtisod maktablari \u2014 iqtisodiy ta&#8217;li- motlar tarixida 17-19-a.larda vujudga kelgan yo&#8217;nalishlar. K.s.i.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlab- ki tizimli o&#8217;rganish qo&#8217;llanilgan nazari- yalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuza- ga kelishiga 17-a. oxiri\u201418-a. davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlar- ning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki bo&#8217;ldi. Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyandalari o&#8217;z asarlari- da hozirgi bo-zor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni o&#8217;rganganlar, bu sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan ularning qarashlaridagi il- miy qoidalar hozirgacha o&#8217;z ahamiyatini yo&#8217;qotmagan. Klassik maktab vakillari vujudga kelayotgan yangi jamiyat \u2014 kapi- talizmni i.ch.ningabadiy va tabiiy shak- li, inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar. Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab sifatida qarash mum- kin. Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623\u2014 87) va frantsuz iqtisodchisi P. Buagilber (1646-1714) hisoblanadi. Bu bosqichda merkantilizm ta&#8217;limotining xatolari yoritib beriladi. Kiimatning mehnat na- zariyasi ilgari suriladi va har qanday qiymatning manbai va o&#8217;lchovi Tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat mikdori deb qaraladi. Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas, i.ch. sohasida yaratilishi ko&#8217;rsatiladi. Bu bosqich 18- a. o&#8217;rtalari va 2-yarmida frantsiyalik F. Kene va A. Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm b-n yakunlana- Di (q. Fizi-okratlar). 2-bosqichni in- gliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy g&#8217;oyalar, 3-bosqichni 19-a.ning 1-yarmida yashagan frantsuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D. Ri- kardo, T. Maltus, N. Senior, Ameri- Kalik g. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil etadi. K.s.i.m.ning rivojidagi 4-bosqichni J. S. Mill qarashlari yakunlaydi. A. Smitning asosiy g&#8217;oyalari &#8220;yo&#8217;l bering, o&#8217;tsinlar, yo&#8217;l bering, bajarsin- lar&#8221; (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan bo&#8217;lib, u &#8220;ko&#8217;rinmas qo&#8217;l&#8221; nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuri- tishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik ja &#8211; dallashadi. Smit iqtisodiy faoliyat- ga to&#8217;siq bo&#8217;luvchi asosiy kuch bu \u2014 dav- lat, deb hisoblaydi. Smitning Liberal qarashlari Evropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va o&#8217;sha davr hukumatlari tomonidan Liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos bo&#8217;lgan. D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini o&#8217;nga sarflangan mehnat xarajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik i.ch.ning asosi- da qiymat qonuni yotishini ta&#8217;kidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qono&#8217;nga bog&#8217;lab o&#8217;rganadi. Frantsuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767-1832) g&#8217;oyalarida iqtisodiyotdagi to&#8217;la erkinlik sharoitidagina i.ch. omillari (mehnat, kapital va er)dan eng samarali foydalanish mumkinli- gi va sinflar o&#8217;rtasidagi munosabatlar uyg&#8217;unlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri &#8220;Sey qonuni&#8221; \u2014 &#8220;bozor qonuni&#8221; yoki &#8220;sotish nazariyasi&#8221; hisoblanadi. Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766-1834) iqtisodiy o&#8217;sish va aholi ko&#8217;payishi o&#8217;rtasidagi aloqadorlik muammolarini xal etishgauringan. Iqtisodiy liberalizm kontsepsiyasi tan olingan holda aholi o&#8217;sishi va moddiy ne&#8217;matlar (tirikchilik vositalari) yara- tilishi o&#8217;rtasida katta farq bor, aholi &#8220;geometrik&#8221;, ne&#8217;matlar &#8220;arifmetik&#8221; progressiyalarda o&#8217;sadi, degan &#8220;nufus nazariyasi&#8221; ilgari suriladi. Klassik maktab g&#8217;oyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790-1864), frantsuz F. Ba- Stia (1801 \u2014 1850), amerikalik g. Keri (1793-1879) katta hissa qo&#8217;shdilar. Ingliz iqtisodchisi J.S.Mill (1806-73) klassik maktabning so&#8217;nggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo g&#8217;oyalarini rivojlantirdi, 1-o&#8217;ringa &#8220;i.ch. qonunlari&#8221;ni qo&#8217;ydi, bu masalani &#8220;taqsimot qonunlari&#8221;ga qarama-qarshi deb bildi. 19-a. oxirlarida klassik siyo- siy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy g&#8217;oyalar paydo bo&#8217;la boshladi, klassik maktabning bir qancha qonun- qoidalari yangi sharoitlarga moslashti- rilgan holda neoklassik qarashlarda o&#8217;z aksini topdi (q. Neoklassik iqtisodiy nazariya). Ad.: Razzoqov A. va b., Iqtisodiy ta&#8217;- limotlartarixi, T., 1997; Mayburd E. I., Vvedenie v istoriyu ekonomicheskoy misli, M., 1996; Yadgarov Ya. S, Istoriya ekonomicheskix ucheniy, M., 1999. Abduxalil Razzoqov, Ne&#8217;mat Xolma- tov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Klassik siyosiy iqtisod maktablari \u2014 iqtisodiy ta&#8217;li- motlar tarixida 17-19-a.larda vujudga kelgan yo&#8217;nalishlar. K.s.i.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlab- ki tizimli o&#8217;rganish qo&#8217;llanilgan nazari- yalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuza- ga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/klassik-siyosiy-iqtisod-maktablari-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122964","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122964","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122964"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122964\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122977,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122964\/revisions\/122977"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122964"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122964"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122964"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}