{"id":122978,"date":"2024-05-12T19:30:30","date_gmt":"2024-05-12T16:30:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122978"},"modified":"2024-05-12T19:30:34","modified_gmt":"2024-05-12T16:30:34","slug":"kislorod","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kislorod\/","title":{"rendered":"Kislorod"},"content":{"rendered":"\n<p>Kislorod (lot. Oxygenium, Yun. oxys \u2014 nordon va gennao \u2014 tug&#8217;moq), O \u2014 Mendeleev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 8, at. m. 15,9994. Ilk bor shved kimyogari K. Sheele (1771) seli- tra (KNO3, NaNO3)HH, marganes qo&#8217;sh oksid (MpO2)ni va ingliz kimyogari J. Pristli (1774) simob oksid (HgO)HH, surik (R^o^ni qizdirish natijasida bir-biridan mustaqil holda ajratib olishgan. 1775 y.da A. Lavuaze havo azot va kisloroddan iborat ekanligini aniqladi. Kislotalar tarkibida K. bor- ligidan Lavuaze uni oxygen, ya&#8217;ni &#8220;kis- lota hosil qiluvchi&#8221; deb atadi. K. tabi- atda eng ko&#8217;p tarqalgan element. Massasi jihatidan er po&#8217;stining 47% ini, suv- ning 85,82% ni, atmosfera havosining 23,10% ini (hajm jihatdan 20,95% ni) tashkil qiladi. K. juda ko&#8217;p (1400 tacha) mineral hosil qiladi. Tirik organizm- larda 70% atrofida K. bor; u ko&#8217;pgina organiq (oqsillar, yog&#8217;lar, uglevodlar) va anorganiq birikmalar tarkibiga kira- Di. Fiziologik jarayonlarda, ayniqsa, nafas olishda juda muhim rol o&#8217;ynaydi. Odam organizmi tinch turganda sutkasi- ga 300 l, jismoniy ish qilganda 10-15 marta ko&#8217;p K. sarf qiladi. Sarflangan K. mikdorini yashil o&#8217;simliklar tiklab tu- radi (q. Fotosintez). K. yonish; achish; chi- rish jarayonlarida ishtirok etadi; mas, yoqilg&#8217;ilarning yonishi uchun butun dunyoda har yili 9-10 t K. sarf bo&#8217;ladi. K.ning 3 barqaror izotopi bor: |6O(99,759%), |7O(0,037%), |8O(0,204%). K. atomining elektron kavati 2 ichki va 6 tashki elektrondan iborat bo&#8217;lib, 2s22p4 ko&#8217;rinishida ifodalanadi. K. atomining tashki qavati to&#8217;liq bo&#8217;lmagani uchun ki- myoviy birikmalarda K. atomi boshqa atomlardan elektronlar qabul qilib, manfiy zaryadli bo&#8217;lib qoladi. K.ning elektron yo&#8217;qotadigan birikmalari juda kam. K. molekulasi 2 atom O2 dan iborat; havoga yoki K.ning o&#8217;ziga elektr uchqunlari ta&#8217;sir ettirilganda molekulasi 3 atom K. dan iborat ozon (O3) hosil bo&#8217;ladi. K. ioni O2&#8243; ning radiusi (qavslarda ko- ordinasiey sonlar keltirilgan) 0,121 nm(2), 0,124 nm(4), 0,126 nm(6) va 0,128 nm(8). K. molekulasi 1500\u00b0 da to&#8217;liq dis- sosiasiyalanadi. Fizik hossalari. K. rangsiz, hidsiz va ta&#8217;msiz gaz: \u2014 182,9\u00b0 da zichligi 1,14 g\/sm3 bo&#8217;lgan havorang suyuqlikka ayla- nadi, \u2014 218,7\u00b0 t-Rada esa qotib, ko&#8217;k kri- Stall hosil qiladi. Kristall holdagi K. bir nechta modifikasiyaga (a, fS, u \u2014 shakl o&#8217;zgarishiga) ega. Gaz holatidagi K.ning zichligi (0\u00b0 va normal bosimda) 1,42897 g\/l. K. 1 m3 suvda (20\u00b0 va 1atm. da) 0,031 m\\ 0\u00b0 da esa 0,049 m3, etanolda 0,2201 m3, atsetonda 0,2313 m3 eriydi. Kimyoviy qossalari. K. eng faol (ftordan keyin) metallmas element, en- gil inert gazlardan boshqa hamma ele- mentlar b-n kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Ko&#8217;p elementlar b-n bevosita reaktsiyaga kirishadi; og&#8217;ir inert gazlar, galogenlar, oltin va platina bundan mu- stasno. K. boshqa moddalar b-n reaktsiya- ga kirishganda \u2014 oksidlanish reaktsiya- larida issiqlik ajraladi (ekzotermik reaktsiya). Odatdagi t-Rada K. vodorod b-n nihoyatda sekin reaktsiyaga kirisha- Di, 550\u00b0 da esa reaktsiya portlash b-n da- vom etadi: 2N2+O2=2N2O. Oltingugurt, uglerod, azot, fosfor b-n normal sharo- itda juda sekin reaktsiyaga kirishadi. T-ra oshirilganda reaktsiya tezlashadi, element qizigach, yona boshlaydi. K.ning azot b-n reaktsiyasi endotermik (issiqlik yutilishi b-n boradigan) reaktsiya bo&#8217;lib, faqat 1200\u00b0 da amalga oshadi. K. deyarli hamma metallarni, ayniqsa, ishqoriy va ishqoriy-er metallarini oson oksid- laydi. K.ning moddalar b-n reaktsiyaga kirishishida suv muhim rol o&#8217;ynaydi. Mac, kaliy o&#8217;ta faol metall bo&#8217;lishiga qaramay, suvsiz sharoitda (quruq) K. b-n reaktsiyaga kirishmaydi, lekin ozgina suv bug&#8217;lari ta&#8217;sirida odatdagi t-Rada kaliy K.da yona boshlaydi. K. metallar- ni oksidlab, korroziyaga sabab bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zi metall oksidlari K. b-n birikib, peroksid birikmalarni beradi. Kata- lizator ishtirokida ammiakning K. b-n oksidlanishidan azot (P)-oksid (NO2) hosil bo&#8217;ladi (nitrat kislota ishlab chiqarishda shu jarayondan foydalanila- Di). Muhim issiqlik manbai \u2014 uglevo- dorodlar (tabiiy gaz, benzin, kerosin) ning K.da yonishi sanoat va turmushda katta ahamiyatga ega. Hujayralarda oziq moddalarning K. b-n oksidlanishi tirik organizmlar uchun energiya manbaidir. K. olishda: kimyoviy, elektroliz va fizik (havoni parchalash) usullaridan foydalaniladi. Kimyoviy usul ancha il- Gari kashf qilingan. Bunda Bertole to&#8217;zi (KSGO3) qizdirilganda parchala- nib, toza kislorod O2 (1 kg To&#8217;zdan 0,27 m3) ajralib chiqadi. Bu usulda olin- gan K.ning tannarxi qimmat va kam samarali bo&#8217;lgani uchun faqat lab. da qo&#8217;llaniladi. Elektroliz usulida suv- dan o&#8217;zgarmas elektr toki o&#8217;tkaziladi. Elektr o&#8217;tkazuvchanlikni oshirish uchun suvga o&#8217;yuvchi natriy (NaOH) eritmasi qo&#8217;shiladi. Bunda suv kislorod va vodo- rodga parchalanadi. Fizikaviy usul. K. hozirgi vaqtda, asosan, havoni parchalash yo&#8217;li b-n olinadi. Gazsimon havoni par- chalash juda qiyin, shuning uchun uni o&#8217;ta sovitib (-180\u00b0) suyultirish, so&#8217;ngra tar- kibiy qismlarga ajratish kerak. Dastlab azot, keyin K. bug&#8217;lanib chiqadi. Havoni membrana \u2014 to&#8217;siqdan saralab o&#8217;tkazish (diffuziya) usuli b-n ham lab.da K. olish mumkin. Sanoatda texno- logik (92-98% O2), texnik (1-nav 99,7% O2, 2-nav 99,5% O2 va 3-nav 99,2% o,) va suyuq (99,7% O2) K. ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, davo muolajalari uchun (tibbiy K. 99,5% o,) maxsus K. ishlab chiqariladi. Gazsimon K. po&#8217;lat ballon va ressiverlarda 150 yoki 420 ATM. Bosim ostida, suyuq K. metalldan yasalgan Dyu- ar idishlari yoki maxsus tsisterna-tan- Klarda tashiladi va saqlanadi. Metallurgiyada (q. Konverter, Kis- lorod bilan kesish va b.) va metallarni gaz alangasi b-n ishlash jarayonida pay- vandlash, sirt (yuza)ni toblash, shuning- dek, aviasiya, suv osti kemalarida texnik K. ishlatiladi. Texnologik K. esa kimyo sanoatida sun&#8217;iy suyuq yoqilg&#8217;i, surkov moylari, nitrat va sulfat kislota, me- tanol, ammiak va ammiakli o&#8217;g&#8217;itlar, me- Tall peroksidlari olishda qo&#8217;llaniladi. Suyuq K. portlatish ishlarida, reaktiv dvigatellarda va sovituvchi vosita sifa- tida lab.larda ishlatiladi. Sof K. katta balandliklarda, kosmik parvoz paytida, suv ostida nafas olish uchun va tibbiyot- da davolash maqsadida (q. Kislorod bi- lan davolash) qo&#8217;laniladi. Ad.: Razumovskiy S.D., Kislorod \u2014 Elementarnie formi i svoystva, M., 1979; Termodinamicheskie svoystva kis- loroda, M., 1981. Stalina Qosimova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kislorod (lot. Oxygenium, Yun. oxys \u2014 nordon va gennao \u2014 tug&#8217;moq), O \u2014 Mendeleev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 8, at. m. 15,9994. Ilk bor shved &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kislorod\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122978","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122978","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122978"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122978\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122996,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122978\/revisions\/122996"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122978"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122978"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122978"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}