{"id":122984,"date":"2024-05-12T19:30:33","date_gmt":"2024-05-12T16:30:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122984"},"modified":"2024-05-12T19:30:38","modified_gmt":"2024-05-12T16:30:38","slug":"kinotexnika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kinotexnika\/","title":{"rendered":"Kinotexnika"},"content":{"rendered":"\n<p>Kinotexnika \u2014 kinofilmlar- ni suratga olish, nusxalarini ko&#8217;chirish (ko&#8217;paytirish) va namoyish qilish b-n shug&#8217;ullanadigan texnika sohasi. Asta- sekin, bosqichma-bosqich paydo bo&#8217;lgan, shakllangan va taraqqiy etib borgan. K.ning paydo bo&#8217;lishi, shakllanishi va taraqqiy etish jarayonlari yorug&#8217;lik tex- nikasi, mexaniqa, optika, fotog&#8217;rafiya, elektronika, kompyuter texnologiyasi va b. soha yutuqlaridan ke-ng foydalanish- ni taqozo etgan. K.ning asosiy texnika- viy vositalari: kinoga olish apparati, nusxa ko&#8217;chirish apparati, kino qo&#8217;yish apparati, kompyuter. Fotografiyaning kashf qilinishi (19-a. o&#8217;rtalari) ixtirochilarda foto- tasvirlarni harakatlantirib namoyish qilish g&#8217;oyasini tug&#8217;dirdi. Lekin bo&#8217;nga qadar (17-asrda) nemis olimi A. Kir- xer &#8220;sirli chiroq&#8221;ni yaratdi. U yorug&#8217;lik manbai (sham), shaffof shishaga chizil- gan surat, shu suratni kattalashtiruvchi moslama (hozirgi ob&#8217;ektiv) va ekrandan iborat edi. Shamdan to&#8217;shayotgan yorug&#8217;lik shaffof shisha orqali o&#8217;tib, undagi Su- ratni ekranga tushirar edi. Keyinchalik (1882 y.) belgiyalik fizik J. Plato fenakistiskop deb ataladigan asbob yasadi. U tasvir (boltakash) chizilgan disk, shu diski i aylantiruvchi tasma- li o&#8217;zatma va ko&#8217;zgudan iborat edi. Disk aylantirilganda tomoshabin diskdagi tirqishlardan qarab, ro&#8217;paradagi ko&#8217;zguda go&#8217;yo harakatlanayotgandek tuyulgan tas- virni (boltakashning harakatlarini) ko&#8217;rgan. Tasvirlarni suratga olish va keyin ularni ekranga tushirish uchun yorug&#8217;liksezgir material talab qilinar edi. Ko&#8217;p izlanishlardan keyin shunday modda topildi. 19-a. birinchi yarmida frantsuzlar L. J. Doger va J. Neps yorug&#8217;lik ta&#8217;sirida rangini o&#8217;zgartiruvchi modda kashf qildilar. Shu modda plyon- ka yoki shisha sirtiga surkalardi. Hozir bu moddaning tarkibi takomillashti- rilgan. 19-a. oxirlarida &#8220;Lyumer&#8221; (Frantsiya) va &#8220;Istmen Kodak&#8221; (AQSh) firmalari kinolentalar ishlab chikara boshladi. Frantsuz astronomi P. Jan- sen 1874 y., frantsuz fiziologi Marey 1888 y., ingliz ixtirochilari F. Grin va J. Evans 1889 y. kinoga olish appa- ratini, frantsuz ixtirochisi Lui Lyu- mer esa 1894 y. kinoga olish va namoy- ish qilish apparatini yaratdilar. Lui Lyumer 1895 y. 22 mart kuni Parijda &#8220;Ishchilarning fabrikadan chiqishi&#8221; deb ataladigan hujjatli filmni namoy- ish qildi. Ana shu kun kinematografiya tug&#8217;ilgan kun hisoblanadi. Frantsiyada Sh. Pate va L. Gomon 1897 y.da bir ne- chta takomillashtirilgan kinoga olish va namoyish qilish apparatlarini sano- at miqyosida ishlab chiqara boshladilar. Ular dastlabki kinodan nusxa ko&#8217;chirish apparatlarini ham ishlab chiqardilar. Bo&#8217;larning hammasi ovozsiz kino uchun mo&#8217;ljallangan edi. 20-a. boshlarida K. ancha suet rivoj- landi. Lekin kino san&#8217;ati taraqqiy etishi b-n K. sifatiga talab kuchaydi. Natijada kinoapparatlarning yangi xil- lari yaratildi. Frantsuz firmasi &#8220;A. Debri&#8221; 1908 y. ichki kassetali kinoga olish apparati ishlab chiqara boshladi. 20-a. 10-y.lari oxiriga kelib ovozsiz K. taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Shu davrda avtomatik mexanizmli, mikrosko- pik va tezkor kinoga olish apparatlari, jarroxlik operasiyalarini kinoga olish apparatlari, dastaki avtomatik appa- ratlar va b. yaratildi. 20-a. 30-y.larida ko&#8217;chma va muqim (stasionar) kinoproek- torlar bar-po qilindi, kinolentalar, kinoga olish va kino qo&#8217;yish apparatlari, kinodan nusxa ko&#8217;chirish apparatlari, ki- nolentalarni ochiltirish, kinosuratga olish maydonlarini yoritish va kino- lentalarni montaj qilish apparatlari ko&#8217;plab ishlab chiqarila boshladi. Kinematograf mahkam oyoqqa turib, ovozsiz kino ishlab chiqarish sanoati muayyan darajada mustahkamlanib ol- ganidan so&#8217;ng birin-ketin ovozli kino, rangli, stereoskopik, keng formatli, panoram va keng ekranli kino, doira- viy panoram va keng ekranli kino paydo bo&#8217;ldi. Kinoning bu turlari uchun yangi- yangi apparatlar, asboblar, materiallar, kinolentalar va usullar ishlab chiqildi, eskilari yangilariga almashtirib boril- Di. Ovozli kino AQSh, sobiq Ittifoq va G&#8217;arbiy Evropaning barcha mamlakat- larida deyarli bir vaqtda paydo bo&#8217;ldi. 20-a. 50-y.laridan boshlab ovoz magnit lentasida yozila boshladi. Ko&#8217;p qatlamli kinolentada uch rangli tasvir hosil qilish usuli topilganidan so&#8217;ng rangli kinofilmga asos solindi. Rangli kino- filmlarni kinoga olish va kino qo&#8217;yish tizimi ayniqsa AQSh, sobiq Ittifoq, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiyada rivojlandi. Yuqorida aytib o&#8217;tilgan ti- zimlar, asosan, 70 mm, 35 mm va 16 mm li kinolentalarga mo&#8217;ljallangan. 20- a. 60-y.laridan boshlab havaskorlik va o&#8217;quv maqsadlari uchun 8 mm li kinolen- talar ishlab chiqarila boshladi. K. Mun- tazam ravishda takomillashtirilib bo- rildi, ya&#8217;ni tasvir va ovoz sifati yaxshi- landi, kino san&#8217;atining ta&#8217;sirchanligi oshdi, yorug&#8217;liksezgirroq kinolentalar yaratildi, optik usulda nusxa ko&#8217;chirish usuli b-n filmlarni bir formatdan boshqa formatga ko&#8217;chirish jihozlari va texnologik jarayonlari mukammallashti- rildi; kinoga olishda va, ayniqsa, vide- ofilmlarni suratga olishda kompyuter texnologiyalari keng ishlatila boshladi. K. jarayonlaridan televidenieda ham foydalaniladi (q. Kino san&#8217;ati, kino- televizion texnika). Hoz. kunda AQSh, Angliya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Rossiya va, ayniqsa, Yaponiyada K. keng rivojlangan bo&#8217;lib, yangi takomillashgan markali apparatlar ishlab chiqariladi. O&#8217;zbekiston Respublikasining kino tarmog&#8217;ini &#8220;O&#8217;zbekkino&#8221; DAK, &#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221; kinostudiyasi, KinoX- ronika, kinofikasiya sohalari tash- kil qiladi. Bo&#8217;lar respublikaning 14 hududida kinoprokat tashkilotlari, ta&#8217;mirlash-ishlab chiqarish korxona- lari, videomarkazlari orqali faoliyat ko&#8217;rsatmokda. 20-a. 90-y.lari oxirlarida kino va videofilmlarni suratga olish va na- moyish qilish apparatlari i.ch. borasida haqiqiy inqilob yuz berdi. Yaponiyaning &#8220;Panasonic&#8221; (&#8220;Panasonik&#8221;) firmasidan kinovideapparatlar (mas, videomagni- tofon AG-6100 va kinolentali video- proektor RT-102) sotib olindi. Bunday inqilob natijasida yuqori sifatli tovush jo&#8217;rligida rangli yozib olish va katta kinoteatrlar ekranlarida namoy- ish qilishga imkon tug&#8217;ildi. Oddiy ki- noproektor (kinoga olish apparati) va kinoplyonkaga raqobatchi \u2014 multimedia videoproektor paydo bo&#8217;ldi. Kinotas- virlar tushirilgan disklardan foyda- lanilganda olti kanalli raqamli tovush tizimi &#8220;Dolbi Digital&#8221;dan yoki ikki kanalli tovush tizimi &#8220;Dolbi Pro&#8221;dan foydalaniladi. Raqamli proektor is- talgan tipdagi kompyuter b-n ishlashi mumkin, shu b-n birga, yuqori sifatli kompyuter tasvirlari katta kinoekran- larga tushirilishi mumkin. Hatto proek- tsiyalash (kino qo&#8217;yish) xonasining o&#8217;ziga efir, kabel va yo&#8217;ldosh telesignalla- rini qabul qiladigan televizion pri- yomniklarni ham joylashtirish mumkin, bu esa katta ekranga istalgan televizion tasvirni tushirishga imkon beradi. So&#8217;nggi paytlarda (2000-y.larda) 3 trubkali (kineskopli) proektor &#8211; lar o&#8217;rniga suyuq kristalli (LCD) va mikroko&#8217;zguli (DLP) hamda matrisali (DMD) proektorlar paydo bo&#8217;ldi. Ular- ni boshqarish va ishlatish juda qulay, yuqori tasvir va tovush sifati ta&#8217;min- lanadi. Kino i.ch.ning yangi standarti umuman K., xususan, kinoga olish, kino qo&#8217;yish va kinotelevizion texnika sohalarini ke- skin rivojlantiradi. Hozir kinoplyon- kadan foydalanayotgan kinotashkilotlar endilikda elektron filmlarni aloqa kanali orqali oladigan bo&#8217;lishdi. Elek- tron filmlar i.ch. video, kino va kom- pyuter texnikasining qo&#8217;shilib ketishi yo&#8217;nalishida rivojlanadi. Hozir quyidagi yo&#8217;nalishlarda ish- lar olib borilmokda: \u2014 filmlarni radiokanallar orqali o&#8217;zatish; \u2014 yozib olish vaqti 270 min.ga etadi- gan videokamera (&#8220;Panasonic&#8221;); &#8211; diskli kinokamera DV-disk (AQSh); \u2014 jurnalistlar uchun mo&#8217;ljallangan ixcham videokamera (&#8220;SONY&#8221;); \u2014 quvvati 700 ANSI lyumen (mas- sasi 1,3 kg) bo&#8217;lgan ixcham mikroproek- torlardan tortib quvvati 4700 ANSI lyumen (massasi 2,5 kg) bo&#8217;lgan quvvatli proektorlar (&#8220;SONY&#8221; firmasi) ishlab chiqarilmoqda; \u2014 yangi raqamli videokameralar televidenieda yangi standartlarni bel- gilamokda. TFR tipidagi matrisadan foydalanib satr yoyishning yangi texno- logiyasi kinotasvirdan qolishmaydigan videotasvir hosil qilishga imkon bera- Di (&#8220;Filife&#8221; firmasi). Ergash Komilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kinotexnika \u2014 kinofilmlar- ni suratga olish, nusxalarini ko&#8217;chirish (ko&#8217;paytirish) va namoyish qilish b-n shug&#8217;ullanadigan texnika sohasi. Asta- sekin, bosqichma-bosqich paydo bo&#8217;lgan, shakllangan va taraqqiy etib borgan. K.ning paydo bo&#8217;lishi, shakllanishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kinotexnika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122984","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122984","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122984"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122984\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":122999,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122984\/revisions\/122999"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122984"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122984"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122984"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}