{"id":122994,"date":"2024-05-12T19:30:56","date_gmt":"2024-05-12T16:30:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=122994"},"modified":"2024-05-12T19:30:59","modified_gmt":"2024-05-12T16:30:59","slug":"kimyoviy-himoya-usuli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kimyoviy-himoya-usuli\/","title":{"rendered":"KIMYOVIY HIMOYA USULI"},"content":{"rendered":"\n<p>KIMYOVIY HIMOYA USULI (o&#8217;simliklar himoyasida) \u2014 o&#8217;simlik za- rarkunandalari, kasalliklari va begona o&#8217;tlarga qarshi kurashda kimyoviy modda- lardan foydalanish. Jahon q.x.da 1945 y.dan keyin bir qator samarali prepa- ratlar yaratilishi b-n keng qo&#8217;llanila boshladi. K.h.u.da faqatgina xo&#8217;jalik hamda sanitariya-gigiena jihatdan apro- basiyadan o&#8217;tgan va Davlat komissiyasi ruxsat etgan pestisidlar qo&#8217;llaniladi. Bu tadbirlarga rioya qilish q.x. mahsulotlarida pestisidlarning butun- lay qolmasligini yoki ular miqdorining yo&#8217;l qo&#8217;yilgan darajadan ortib ketmas- ligini ta&#8217;minlaydi. O&#8217;zbekistonda dehqonchilikning har bir tarmog&#8217;i uchun kimyoviy vositalarni qo&#8217;llash tadbir- lari, ya&#8217;ni har bir preparatning sarf me&#8217;yori, ishlov berishni boshlash hamda tugatish muddatlari va takrorlash soni belgilangan. K.h.u.da ko&#8217;riladigan tad- birlar 2 xil bo&#8217;ladi: oldini olish va zararkunandalarni yo&#8217;q qilish. Oldini olish tadbirlari zararkunanda orga- nizmlar o&#8217;simliklarni shikastlamasdan oldin o&#8217;tkaziladi (urug&#8217;likni dorilash, kimyoviy preparatlarni ekish b-n birga erga solish va b.); bu maqsadda foydala- niladigan pestisid o&#8217;z ta&#8217;sir kuchini qo&#8217;llanilgandan keyin ma&#8217;lum muddat saqlab turishi kerak. 3ararkunandalar- ni yo&#8217;q qilishga qaratilgan tadbirlar o&#8217;simlikni shikastlay boshlagan zarar- kunandalarga qarshi amalga oshiriladi. Buning uchun ishlov berishni butun ekin maydonlari yoki daraxtzorlarda optimal muddatlarda o&#8217;tkazish zarur. K.h.u.dan to&#8217;g&#8217;ri foydalanish uchun zararkunanda- lar sonini muttasil xisobga olish amal- ga oshiriladi, shuningdek, zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda ko&#8217;payishi prognozi tuziladi, ularning zarar keltirish imkoniyati darajasi aniqlanadi, himoya tadbirlarining sa- maradorligi baholanadi. Zararkunanda- lar keng tarqalgan joylarda K.h.u. tad- birlari ulardan boshqa samarali himoya choralari bo&#8217;lmagandagina o&#8217;tkaziladi. Pestisidlardan uzoq vaqt va ilmiy asoslanmai turib foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi \u2014 biosenoz muvozanati buzilishi, atrof-muhit if- loslanishi, zararkunandalarda bir yoki bir guruh kimyoviy moddalarga nisba- tan chidamlilik vujudga kelishi va na- tijada qarshi kurash samaradorligi keskin kamayishi mumkin (O&#8217;zbekiston paxtachiligi tarixida butifosda foydalanish bo&#8217;nga misol bo&#8217;ladi). Dehqonchilikda foydali organizmlarga zarar keltirmay, fakat ba&#8217;zi zararku- Nanda hasharotlargagina tanlab ta&#8217;sir qiluvchi kimyoviy vositalar, ayniqsa, qadrlanadi. K.h.u.da faqatgina zararku- nandalarni zaharlaydigan moddalardan emas, balki hasharotlar xatti-harakatiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatuvchi preparatlar \u2014 at- traktantlar, feromonlar, repellentlar, gormonal preparatlar va b. kimyoviy bi- rikmalardan ham foydalaniladi. Ki- myoviy moddalarning atrof-muhit uchun xavfeizligini ularni qo&#8217;llash usuli va muddatlarini to&#8217;g&#8217;ri tanlash b-n ta&#8217;min- lash mumkin. K.h.u. ni agrotexnik, bio- logik va b. usullar b-n birga kompleks olib borish foydali hasharotlarni mum- kin qadar saklab qolish hamda kimyoviy vositalar sarfini kamaytirish imko- nini beradi. Bunday tadbirlar tizimi har bir ekin uchun ular ekiladigan zona sharoitlarini hisobga olgan holda ish- lab chiqilgan (q. Gerbitsidlar, Integral himoya usuli, pestisidlar). Sulton Alimuhamedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KIMYOVIY HIMOYA USULI (o&#8217;simliklar himoyasida) \u2014 o&#8217;simlik za- rarkunandalari, kasalliklari va begona o&#8217;tlarga qarshi kurashda kimyoviy modda- lardan foydalanish. Jahon q.x.da 1945 y.dan keyin bir qator samarali prepa- ratlar yaratilishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kimyoviy-himoya-usuli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-122994","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122994","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=122994"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122994\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123008,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/122994\/revisions\/123008"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=122994"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=122994"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=122994"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}