{"id":123010,"date":"2024-05-12T19:35:34","date_gmt":"2024-05-12T16:35:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=123010"},"modified":"2024-05-12T19:35:39","modified_gmt":"2024-05-12T16:35:39","slug":"kimyo-ximiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kimyo-ximiya\/","title":{"rendered":"Kimyo, ximiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Kimyo, ximiya \u2014 moddalarning tu- zilishi va o&#8217;zgarishini o&#8217;rganadigan fan. K. boshqa fanlar qatori inson faoliya- tining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaru-riy mahsulotlar i.ch., biridan ikkin- chisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida ro&#8217;yobga chiqdi. Odamlar qadimda ruda- lardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qo&#8217;llash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bil- ganlar. Mil. AV. Misrda kimyoviy ja- rayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi ma&#8217;lum. Pishiq charm tayyorlash, uni bo&#8217;yash, rangli shisha olish, o&#8217;simliklardan dori-darmon va xushbo&#8217;y hidli moddalar tayyorlash, sopol buyum- lar i.ch. yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. O&#8217;sha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va O&#8217;rta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. &#8220;Kimyoi hunar&#8221; sohibi bo&#8217;lgan kimyo- gar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi b-n shug&#8217;ullangan. O&#8217;zbekistondan o&#8217;tgan Buyuk ipak yo&#8217;li orqali mil. AV. 1-ming yillikning 2-yar- midan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq b-n birga hunarmandchilik ham kirib kel- Di. Topilgan juda ko&#8217;p tarixiy buyum va yodgorliklar O&#8217;zbekiston hududida yasha- gan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Bu- xoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan 8-a.ga taalluqli kimyo lab. topilgan. Lab. jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi. K.ning fan sifatida shakllanishi- ni tadqiqotchilar Misr b-n bog&#8217;lashadi. Savdo-sotiq, xunarmandchilik va maaa- niy alokalar juda rivojlangan bu mam- lakatda ilm, falsafiy qarashlar, sanoat va q.x. yaxshi rivoj topali. Nil bo&#8217;yidagi Iskandariya shahrida 1-a.da yozilgan trak- tatlarda ko&#8217;pgina kimyoviy ma&#8217;lumot- lar, jumladan, kimyoviy Ji-hozlarning ko&#8217;rinishlari, kuydirish, pishirish, to- Blash, quruq haydash, eritish, kristalla- nish, ajratish va b. usullar haqida ma&#8217;- lumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish g&#8217;oyasi ham ilgari surilgan bo&#8217;lib, mavhum bu izlanish fanning rivojlanishiga ma&#8217;- lum darajada to&#8217;sqinlik qildi, olimlar fikrini boshka \u2014 amalga oshmaydigan yo&#8217;nalishga burib yubordi. Iskandariya traktatlari ma&#8217;lumotlaridan foyda- langan Arab olimlari tez orada bir ne- chta yangi moddalar, jumladan, nitrat kislota, tuzlar va b.ni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi K.ga arablar &#8220;al&#8221; qo&#8217;shimchasini qo&#8217;shib mashhur &#8220;alkimyo&#8221;ga asos soldilar. Na- tijada ko&#8217;pgina ilmiy asarlar, Kito- blar, maqolalar va tajribalar ifodala- ri paydo bo&#8217;ldi. Keyinchalik bu so&#8217;z Ev- ropa mamlakatlarida &#8220;ximiya&#8221; nomi b-n ommalashdi. Muhammad Xorazmiy 10-a. da &#8220;K.&#8221;so&#8217;zi Arabcha &#8220;kamoyakmi&#8221;, ya&#8217;ni &#8220;yashirmoq&#8221;, &#8220;berkitmoq&#8221; ni anglatadi, deydi. Turk olimi Toshko&#8217;pir-zodaning fikriga ko&#8217;ra, mazkur so&#8217;z yahudiycha &#8220;ki- myax&#8221; dan olingan. Ba&#8217;zi olimlar &#8220;K.\u00bb so&#8217;zi Misrning qad. nomi &#8220;Xem&#8221; yoki &#8220;Xame&#8221;dan olingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu so&#8217;z &#8220;qora&#8221; yoki &#8220;qoramtir&#8221; ma&#8217;nosini anglatib, manbalarda &#8220;K.\u00bb &#8220;Misr fani&#8221; degan ma&#8217;noda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa &#8220;K.&#8221;so&#8217;zi yunoncha &#8220;kimyo&#8221; iborasidan kelib chiqqan bo&#8217;lib, &#8220;suyuqlik&#8221;, &#8220;eritilgan metall&#8221;ni anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday bo&#8217;lishidan qat&#8217;i nazar, mazkur fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada o&#8217;rta Osiyo- lik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan ma&#8217;lum. &#8220;Alkimyo&#8221; asoschisi Jobir ibn Xay- yom metallarning paydo bo&#8217;lishidagi ol- tingugurt-simob nazariyasini olg&#8217;a sur- gan, ya&#8217;ni er qa&#8217;rida quruq bog&#8217;lanishdan oltingugurt (&#8220;metallar otasi&#8221;), nam bug&#8217;lanishdan esa simob (&#8220;metallar ona- si&#8221;) paydo bo&#8217;ladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda bi- rikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qo&#8217;rg&#8217;oshin, shisha hosil bo&#8217;ladi. Shu asnoda oddiy metallarni Nodir me- tallarga o&#8217;tkazish haqida ma&#8217;lumotlar beriladi. &#8220;Element&#8221; tushunchasiga ko&#8217;ra, oltingugurt \u2014 yonuvchanlik, simob \u2014 uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni bildi- radi. Sho&#8217;nga ko&#8217;ra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr bo&#8217;ldi. Olimning izdoshlaridan bo&#8217;lgan Abu Nasr Forobiy o&#8217;zining &#8220;Ustodi Soniy&#8221; asarida alkimyo ilmining yo&#8217;nalishini ma&#8217;qullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ap-Roziy &#8220;sirlar kitobi&#8221;da alki- Myo ma&#8217;lum bo&#8217;lgan moddalarni o&#8217;rganish, asbob-uskunalarni yig&#8217;ish va foydala- nish hamda tajribalar o&#8217;tkazishni kel- tiradi. Roziy o&#8217;z asarida o&#8217;ngacha ma&#8217;lum bo&#8217;lgan moddalarni tasniflab, asbob va tajribalarni ma&#8217;lum bir tizimga sol- gan. Abu Abdullo al-Xorazmiyning &#8220;Bi- limlar kaliti&#8221; kitobida K.ga alohida bo&#8217;lim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar to&#8217;g&#8217;risida mu- kammal ma&#8217;lumotlar keltirilgan. Abul Hakim al-Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida qo&#8217;llanilgan taroziga ahamiyat beradi. Al-Haziniy tomonidan 1125 y.da yozilgan &#8220;dono tarozu haqida kitob&#8221;da turli ko&#8217;rinish va tuzilish- dagi tarozilarda tortish usullari bayon qilinganligi manbalardan ma&#8217;lum. Abu Ali ibn Sino &#8220;Al-qonun&#8221; kitobida o&#8217;simlik, hayvonot, minerallar, tuzlar, kislotalar, ishqorlar, metallar, oksid- lar va b. birikmalarning 750 dan ortiq turini yozadi. Ularning nomi, xossala- ri, ishlatilishini tula ifo-dalaydi. Uning &#8220;taboshir kulchalari&#8221;dan (Indo- neziyada o&#8217;sadigan bambukdan olib kul- chaga qo&#8217;shib oyoq-qo&#8217;li singan bemorlarga beriladigan kremniy oksidi \u2014 inson organizmida tez erib singadigan modda) qanchadan-qancha odamlar shifo topgan. Ibn Sino Jo-birdan farkli ravish- da metallarning xususiyatini chuqur va mukammal o&#8217;rgan-Di, uning xatolarini tuzatdi. Ibn Sino nafaqat Jobirning, balki barcha alkimyogarlarning xatola- rini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U oddiy metallardan Nodir metallar, jumladan, oltin olib bo&#8217;lmasligini bi- rinchi bo&#8217;lib amalda isbot etdi. Frantsuz olimi M. Bertlo, rus olimi B. Menshut- kin, akad. O. Soimovlarning fikricha, Abu Ali ibn Sino asarlarida hoz. zamon anorganiq kimyo fanining ilk kurtakla- ri namoyon bo&#8217;lgan. Abu Rayhon Beruniy- ning &#8220;Mineralogiya&#8221;sida moddalarning moddalik xususiyatlari uz aksini topgan. O&#8217;zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida mineralogiyaga oid 18 ta, K.ga oid 31 ta qulyozma mavjud. Bular Arab, fors, eski o&#8217;zbek (turk) tillarida bitil- gan &#8220;hunarlar javohiri&#8221; kitobidagi marvarid, bo&#8217;yoqlar, sir, zaharga qarshi ishlatiladigan dorilar, upa-elik tay- yorlash usullarini o&#8217;z ichiga olgan manba- lardir. 8-a.dan 17-a. o&#8217;rtalarigacha davom etgan alkimyo bir tomondan fanni ri- vojlantirgan bo&#8217;lsa, ikkinchi tomon- dan uning tez qadamlar b-n o&#8217;sishiga to&#8217;sqinlik qildi. Ingliz kimyogari R. Boyl K.ni o&#8217;rganishda yangicha yondoshish va faqat tajribalar yordamida olingan ma&#8217;lumotlarga ishonishga undadi. Uning fikricha, K.ning maqsadi jismlar tuzi- lishini aniqlash, shundan so&#8217;ng uni ele- mentlarga ajratib, tahlilga o&#8217;tishdan iborat bo&#8217;lishi kerak. Bunday ilgor il- miy fikrlar paydo bo&#8217;lishiga qaramay K.ning haqiqiy yo&#8217;lga tushishiga yana bir asr kerak bo&#8217;ldi. Nemis kimyogari g.E. SHtal (1659-1734)ning flogiston naza- riyasiga qarshi o&#8217;laroq, M. V. Lomonosov 1756 y.da yonish, ya&#8217;ni oksidlanish \u2014 OK- sidlovchi moddaning havo b-n birikishi- dan iborat ekanligini mikdoriy tajri- balar asosida ko&#8217;rsatib berdi. Frantsuz kimyogari A. Lavuaze esa 1772-77-y. larda turli moddalar ustida tajriba- lar o&#8217;tkazib, ular yonganida kislorod b-n birikishini ko&#8217;rsatdi hamda kimyoviy reaktsiyalarda moddalar og&#8217;irligining saqlanish qonunini isbotladi. Mazkur qonun tasdiqlangach, K. sifat-tavsif il- midan mikdoriy bilimga aylandi. En- dilikda massaning saqlanish qonuni deb ataluvchi mazkur qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Bir qancha gazlar kashf qilinishi natijasida pnevmatik kimyo- ga asos solindi. Flogiston nazariyasi tamomila rad etildi, kislorodli yonish nazariyasi o&#8217;z tasdig&#8217;ini topdi. Natija- da ko&#8217;pgina nazariy tasavvurlar o&#8217;zgardi, ya&#8217;ni kimyoviy nomenklatura ishlab chiqildi. Mana shu davrda kimyoning ana- litik tahlil yo&#8217;li shakllandi. 19-a. K. fani tarixida nazariy asos- larni ishlab chiqish davri bo&#8217;ldi. Nati- jada ato m &#8211; molekulyar ta&#8217;limot may- donga keldi. Ingliz olimi jon Dal- ton 1803 i. moddaning atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar o&#8217;tkazdi. Elementlarning mu- ayyan bir mikdorda reaktsiyaga kirishuvi- ni ularning ayrim zarrachalardan, ya&#8217;ni boshqacha aytganda atomlardan tashkil topganligidan deb bildi. Karrali nis- batlar qonuni deb atalmish fikri aso- sida kimyoviy elementlarning bir-biri b-n ma&#8217;-lum og&#8217;irlik nisbatlarida bi- rikishini ko&#8217;rsatib, atom og&#8217;irliklariga alohida ahamiyat berdi. Nisbiy atom og&#8217;irlik tushunchasini fanga kiritib, eng engil element sifatida vodorod atomi og&#8217;irligini birga teng deb qabul qildi va uni birlik sifatida taklif etdi. Dal- ton elementning atom og&#8217;irligi sifatida mazkur element atom og&#8217;irligining vo- dorod atomiga bo&#8217;lgan nisbatini oldi. Italiyalik olim A. Avogadro atom va molekula tushunchasining bir-biridan farq qilishini aniqlab berdi. U modda- ning kichik zarrachasi molekula, element- larning eng kichik zarrachasi esa atom deb ta&#8217;rifladi. Pekin uning bu fikri faqat oradan ancha vaqt o&#8217;tgach, tan olin- Di. Gep-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni (q. Gey-Lyussak qonunlari) e&#8217;ti- rof etilgach, Avogadroning bir xil t-ra va bosimda olingan ixtiyoriy gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni teng bo&#8217;lishi haqidagi qonuni (gipoteza- si) amaliyotga kiritildi. Frantsuz fizi- gi J. B. Perren (1870-1942) tajribala- ri asosida hisoblab topilgan 6,022SH23 soni Avogadro soni deb ataldi. 1852 y.da ingliz kimyogari E. Fran- klend fanga valentlik tushunchasini kiritdi. A. M. Butlerov tomonidan 1861 y. e&#8217;lon qilingan tuzilish naza- riyasi K.ning rivojida muhim bosqich bo&#8217;ldi. Mazkur nazariya asosida organiq moddalarning molekulalardagi atomlar valentliklariga muvofiq bir-biri b-n birikishi, moddalarning xossalari ki- myoviy tuzilishi (tarkibi)ga bog&#8217;liqligi, atomlar bir-biri b-n qanday ketma-ket- likda birikkanligini aniqlash, kimyo- viy tuzilish formulasi birikma xos- sasini ifodalashi, molekuladagi o&#8217;zaro birikkan va birikmagan atomlarning bir-biriga bo&#8217;lgan ta&#8217;sirining borli- gi yotadi. Nazariya yangi moddalar sintez qilishni, ularning xossalarini oldin- dan aytib berishni va nazariy jihatdan muhim bo&#8217;lgan izomeriya hodisasini il- miy nuqtai nazardan isbotlab berdi. 19-a.da fandagi tarixiy kashfiyot- lardan biri 1869 y. D. I. Mendeleev tomonidan ochilgan kimyoviy element- lar davriy qonuni va sistemasi bo&#8217;ldi. Mendeleev elementlarni ilmiy asos- da sinflarga ajratdi, ular orasidagi ichki bog&#8217;lanish qonuniyatlarini topdi, hali noma&#8217;lum bo&#8217;lgan elementlar mav- judligini oldindan bashorat qildi. Uch noma&#8217;lum elementning xossalarini oldindan aytib berib, ularga &#8220;ekabor&#8221;, &#8220;ekaalyuminiy&#8221; va &#8220;ekasilisiy&#8221; degan shartli nomlar berdi. Oradan 15 yil o&#8217;tar-o&#8217;tmas uning ba-shorati amalda tas- dikdandi. Bu elementlar frantsiyalik Lekok de Buabodran, shvesiyalik Nilson va germaniyalik Vinklerlar tomonidan kashf etildi. Ekaalyuminiyga Frantsiya- ning eski nomi Galliyadan olinib &#8220;gal- liy&#8221; nomi, ekaborga &#8220;skandiy&#8221; (skan- dinaviya nomidan) va ekasilisiyga &#8220;Ger- maniy&#8221; degan nomlar berildi. Mende- leevning ma&#8217;lumotlari boshqa olimlar ma&#8217;lumotlariga juda yaqinligi b-n il- miy tasdig&#8217;ini topdi. Uning yana 11 ele- mentning tez orada ochilishini nazarda tutib bo&#8217;sh kataklar qo&#8217;yganligi qonun va uning grafik ifodasi bo&#8217;lgan davriy si- stemaning katta ilmiy g&#8217;alabasi bo&#8217;ldi. Sistemada davrlar va guruhdar shunday joylashtirildiki, bunda valentlik, atom massalari, atom radiuslarining o&#8217;zgarishi va sh.k. xossalar o&#8217;z ifodasini topdi. Natijada ilgari tasdikdanma &#8211; gan kimyoviy elementlar sistemalari- dagi xatolik va kamchiliklarga barham berildi, atom massalariga tuzatishlar kiritildi, Nodir elementlar va asl gaz- lar xossalari to&#8217;g&#8217;ri talqin qilindi. Davriy qonun nafaqat K. uchun, balki boshqa tabiiy fanlar, falsafadagi mik- dorning sifatga o&#8217;tish qonuniyatlarini aks ettiruvchi tabiatning fundamental qonuni bo&#8217;lib qoldi. Buning isboti si- fatida davriy qonun va sistema asosi- da kimyo qonunlari va tabiatning yuzlab boshqa qonunlari, jumladan, radioaktiv elementlarning kashf qilinishi, ingliz fizigi E. Rezerfordning atom tuzilishi modelini taklif qilishi, Daniya fizigi N.Borningatomlarda elektron qobiqlari va qobiqchalari ketma-ket joylashuvini topishi, atom energiyasining nihoyatda ulkan kuchidan foydalanish qabilarni ko&#8217;rsatish mumkin. Ayni vaqtda K. fani Mendeleev davriy qonuni va sistemasi asosida o&#8217;qitiladi. 19-a. ning 70-y.laridan boshlab organiq kimyo tez rivojlana boshla- Di. Uglevodorodlar, spirtlar, alde- gidlar, ketonlar, karbon kislotala- ri, galogenlar, nitrobirikmalarning muhim hosilalari olindi, xossalari o&#8217;rganildi va bularning ma&#8217;lum qismi sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshla- Di. 80-y.larda to&#8217;yinmagan uglevodorod- lar asosidagi sintezlarga asos solindi, purin moddalari, qandlar, tabiiy Pig- ment va oqsillar o&#8217;rganila boshlandi. Natijada stereokimyo tasavvurlari ri- vojlandi. Bu davrda elektrokimyoviy (M. Faradey) va termokimyoviy jarayonlar (g. I. Gess, M. Bertlo), elektrolitik disso- tsiasiya (S. Arrenius), kimyoviy reaktsi- yalar tezligi (ya. Vant-Goff) o&#8217;rganildi. Buning natijasida kimyoviy termodina- Mika faniga asos solindi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlari fizi- kada atom tuzilishining o&#8217;rganilishi, radioaktivlik hodisasining ochilishi, elektronning amaliyotdagi ahamiyati o&#8217;rganilishi va kvant kimyosinit chuqur nazariy yutuqlaridan foydalanish K. FA- nining olamshumul yutuqlaridan bo&#8217;ldi. Mac, tabiiy hodisa \u2014 Adriatika dengi- zining fosforessentsiyalanishini 1835 y.dayoq frantsuz fizigi A. Bekkerel sezganligi ma&#8217;lum. Ammo oradan 60 y. dan ortiqroq vaqt o&#8217;tib uning nabirasi Anri Bekkerel 1896 y.ning 1 martida uran hosilalari, bir oz keyinroq esa uranning o&#8217;zi ham shunday xossaga ega- ligini aniq-ladi (q. Bekkerel). 1895 yili V. Rentgen tomonidan kashf etilgan nurlar ham shunday xossalarga ega ekan- ligini Bekkerel ko&#8217;rsatib o&#8217;tgan edi. &#8216;l.Skladovskaya-Kyuri bu nurlarni radi- oaktiv nurlar, nurlanish hodisasini esa radioaktivlik hodisasi deb atadi. U bu hodisani shaxsan o&#8217;zi toriy elementida uchratdi. U P. Kyuri b-n birgalikda uran minerallaridan 2 ta yangi radioaktiv element \u2014 poloniy va radiyni ajratib olishga muvaffaq bo&#8217;ddi. Yangi element- larning biri M. Skladovskaya-Kyurining vatani bo&#8217;lmish Polshaning eski nomi sharafiga poloniy deb nomlanadi. Shun- Day keyin aktinoidlar qatori tuzildi. Radioaktiv elementlarning yarim emiri- lish davri, ya&#8217;ni har bir radioaktiv mod- daning yarmisi parchalanishi uchun ketgan vaqtni belgiladilar. E. Rezerford, in- gliz olimi F. Soddi, keyinroq Iren va Jolio-Kyurilar radioaktivlikni chu- kur o&#8217;rganishdi, Kyurilar sun&#8217;iy radio- aktivlik hodisasini tadqiq qilishdi. Yadro reaktsiyalari yordamida davriy si- stemadagi barcha kimyoviy elementlar- ning sun&#8217;iy radioaktiv izotoplari- ni olish mumkinligi ishlar ko&#8217;lamini fizika b-n bir qatorda K.ga ham olib kirdi. Natijada K.ning zanjir reak- tsiyalari mukammal o&#8217;rganildi va amaliy ahamiyat kasb etdi. Pozitron chiqishi yoki (3+-emirilish va K-zabt etish (yadroning yaqinida turgan K-qobiqchadagi elektron- ni yutishi) turli elementlar radioizo- toplarini o&#8217;rganishga yordam berdi. Hoz. gacha bunday radioaktiv izotoplardan 1500 dan ortig&#8217;i olingan. Sun&#8217;iy radio- izotoplarni o&#8217;rganish aylanishlarning yangi xillarini topishga imkon berdi. Radioaktiv moddalarning xossalari- ni o&#8217;rganadigan, ularni ajratib olish, yig&#8217;ish va tozalash usullarini ishlab chiqadigan fan radiokimyo nomini oldi. K.ning tez suratlar b-n rivojlani- shi natijasida elektron va u haqsagi tushunchalar aniqlanib, kvant kimyosi hamda sun&#8217;iy sintez qilingan transuran elementlar kimyosi shakllandi. Oqsillar kimyosida misli ko&#8217;rilmagan yangiliklar ochildi. Million atmosfera bosimda olib boriladigan kimyoviy jarayonlar o&#8217;rganildi, sun&#8217;iy olmos olishning na- zariy yo&#8217;llari ko&#8217;rsatildi, xilma-xil polimerlar sintez qilindi. 18-a. oxiri va 19-a. o&#8217;rtalarida G&#8217;arb mamlakatlarida rivoj topa boshlagan K. Rossiya orqali O&#8217;zbekistonga ham kirib keldi. Toshkentda 1869 y. kimyo lab. tash- kil etildi. Keyin shu erda ko&#8217;mirni gaz- lashtiruvchi moslama ko&#8217;rib ishga tushi- riladi, lab.dagi xonalar gazlashtirila- Di. Lab. xodimlari tomonidan mahalliy va olib kelinuvchi portlovchi moddalar tarkibi tekshiriladi. Qo&#8217;qon xonligi va Buxoro amirligida zarb qilingan tan- galar o&#8217;rganiladi. Turli o&#8217;simliklardan alizarin bo&#8217;yog&#8217;ini ajratib olish, chi- gitni tozalash, tolani presslash, suv va tuproqni analiz qilish, o&#8217;lkada sa- noatni rivojlantirishga zarur bo&#8217;lgan tog&#8217;jinslarini tadqiq qilish, sabzavot ekinlari tarkibidagi shakar miqdorini aniqlash, shisha uchun kerakli giltuproq va qumtuproq tarkibi hamda sifatini aniqlash, uzumni bijg&#8217;itib spirt tayyor- lash, anor po&#8217;stlog&#8217;idan oshlovchi moddalar tayyorlash, tsement eritmalari va toshqol olish, don va dukkakli o&#8217;simliklardagi kraxmalni aniqlash, qamish, g&#8217;o&#8217;zapoya va daraxtlarning o&#8217;tinlaridagi yonilg&#8217;i birliklarini hisoblash kabi i.t. ishla- ri olib boriladi. 1913 y. yanv.gacha ish- lab turgan mazkur lab. bajargan ishlari asosida O&#8217;zbekistonda bir necha sanoat tarmoqlarini tashkil qilish mumkin de- gan xulosaga kelinadi, lekin bu ishlarga amaliy yondoshilmaydi. 1918 y. Toshkentda Turkiston un- tining tashkil etilishi va uning tarkibida kimyo f-tining ochilishi O&#8217;zbekistonda K. fanining rivojida yangi bosqich bo&#8217;ldi. K. va uning sanoatiga yondosh bo&#8217;lgan qurilish, oziq-ovqat, neft, suv va b. tarmoqlar rivojlanishi bu ishlar- ga ijobiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Mahalliy aholi orasidan A. Shamsiev, 3. Saidno- Sirova, M. Hakimov, M. Niyozov, M. Azi- zov kabi dastlabki kimyogarlar etishib chiqtsi. Ular yosh kadrlarni tayyorlashga katta hissa qo&#8217;shdilar. 1920 y. Turkiston Respublikasi Markaziy xalq xo&#8217;jaligi kengashida sa- noat b-n bog&#8217;langan K. bo&#8217;limi tashkil qilinib, unda lab. ochiladi. Lab. Respu- blika xalq xo&#8217;jaligining turli tarmo- klari uchun zarur bo&#8217;lgan ilmiy muam- molar b-n shug&#8217;ullana boshlaydi. 1921 y. esa i.t. institutlari Kengashi tashkil etilib, o&#8217;nga prof. S.N. Naumov rais qilib tayinlanadi. Dorivor preparat- lar tayyorlab, analitik tahlillar olib boriladi. Ishlar natijasi Xilkovo (hoz. Bekobod) tsement z-Di va Ashxobod shisha z-dining ishga tushirilishida qo&#8217;l keladi. Tez orada un-tda texnik kimyo ka- fedrasi ochiladi. Bu erda N. L. Karavaev, M. S. Elgort, D. A. Alekseev, E. I. Po- znerlar tomonidan anorganiq va fizik K. bo&#8217;yicha i.t. ishlari olib boriladi. V. A. Novikov b-n B. G. Zapromyotovlar il- miy ishlar qatorida mahalliy kadrlar tayyorlash b-n ham shug&#8217;ullanadilar. 1927 y. O&#8217;zbekiston sanoat-iqtisod i.t. in- stituta (keyinroq O&#8217;zbekiston mahalliy sanoat i.t. instituta) tashkil qilinadi. In-t lab.larida keramika, bog&#8217;lovchi ma- teriallar, tsellyuloza-qog&#8217;oz va yoqilg&#8217;i sektorlari ochiladi. 30-y.larda fanning rivojiga S. N. Naumov, M. I. Usanovich, A. P. Rostov- skiy, S. M. Muqimov, I. S. Kantsepol- skiylar katta hissa qo&#8217;shdilar. 1933 y. un-tning kimyo FTI qoshida K. tadqiqot inti tashkil qilinadi. In-t lab.larida diketoefirlar kimyosi, gaz reaktsiyalari kimyosi, elektr kimyosi, aralashmaydigan suyuqliklar kimyosi, tabiiy va sintetik kolloid sistemalar, alkillash reaktsi- yalari, kislota-ishqor nazariyasi, soz tuproq asosida keramik materiallar i.ch. kimyosi va texnologiyasi, chigitdan yog&#8217; olish kabi muhim i.t. ishlarini rivoj- lantirishda tadqiqotchilar sanoat b-n hamkorlikda ishladilar. 30-y. larda un-tning kimyo f-tida S. Yunusov, O. Sodiqov, K. Axmedov, Sh. Tolipov, H. Usmonov, A. Sultonov, H. Rustamov, Y. Toshpo&#8217;latov, A. Abdu-ra- sulova, F. Tojiev, A. Murtazoev, H. Rahimov kabi iste&#8217;dodli yoshlar etishib chikdi. 2-jahon urushi yillarida sharo- it og&#8217;ir bo&#8217;lishiga qaramay fan rivoji- ga ahamiyat berildi, tadqiqotlar kamroq bo&#8217;lsada davom ettirildi. 40-y.lar boshi- da Ittifoq FA ning O&#8217;zbekiston filia- li tashkil qilinib, uning tarkibiga A. S. Shamsiev rahbarlik qilayotgan kimyo in-ti ham kiritildi. S. Muqimov, F. Xo&#8217;jaev va frontdan qaytgan S. Yunusov, K. Ahmedov, Sh. Tolipov, A. Sultonov, H. Rustamov, I. S. Kantsepolskiy va b. olib borilayotgan i.t. ishlariga o&#8217;zlarining munosib hissalarini qo&#8217;shdilar. Ular O&#8217;zbekiston faning i.t. institutlari tarkib topishi va rivojida ham ishtirok etishdi. Urush davrida Chirchiq elektr kimyo k-tining bosh muxandisi lavozimi- da ishlagan M. Nabiev kimyo sanoatining rivojiga katta hissa qo&#8217;shdi, keyinroq u mineral o&#8217;g&#8217;itlar kimyosi yo&#8217;nalishining bosh mutaxassisi sifatida ko&#8217;p yillar faoliyat ko&#8217;rsatdi. Xalq xo&#8217;jaligining eng asosiy tarmog&#8217;i bo&#8217;lgan paxtachilik rivojlantirildi, o&#8217;g&#8217;itlar va mikroele- mentlarning yangi xillari topildi. Umumiy va anorganiq K.da tuz- lar kimyosi, gidrolizi va eruvchanligi sohasidagi muammolar hal qilinib, erga solinadigan o&#8217;g&#8217;itlar hamda ularning ki- myosi chuqur o&#8217;rganildi. Ekinga solinadi- gan mikroelementlar kimyosi M. Azizov tomonidan rivojlantirildi, ularning anchagina kompleks birikmalari sintez qilindi, bulardan dori-darmon tay- yorlashda foydalanish ham o&#8217;rganildi. Prof. H. Rahimov Nodir va rangli me- tallarning kompleks birikmalari kimyo- si ustida ish olib bordi. Polimetalli xom ashyolar kimyosi rivojlantirildi, og&#8217;ir metallarning geterosiklik birik- malari, ularning N-oksidlari, komplek- sonlari aniqlandi. Suv-tuz sistemasi chuqur tahlil qilindi, ekstraktsiya ja- rayonlari yaxshilandi. Kompleks birik- malar va kompleksonlar kimyosi chuqur o&#8217;rganildi hamda xalq xo&#8217;jaligining turli jabhalaridan keng o&#8217;rin oldi. Akad. N. Parpievning Nodir va o&#8217;tkinchi metallar kompleks birikmalari xossalarini o&#8217;rganish, yangilarini sin- tez qilish va amaliyotda qo&#8217;llash bo&#8217;yicha ishlari diqqatga sazovordir. Kremniy, germaniy, titan, tsirkoniy, gafniy, mo- libden va vanadiy ftoridlarning vo- dorod ftorid kislo-tasi b-n ta&#8217;siri o&#8217;rganildi. Yuqori molekulali ftorli kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari topildi, anion Alma- shishining mexanizmi tahlil qilindi. Qator komplekslarning IQ-spektrlari, termografiyasi, elektr o&#8217;tkazuvchanligi, rentgen-fazaviy tahlili amalga oshi- rildi. Volfram ajratib olish ishi yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Yangi kompleks birikma- lardan q.x.da, tibbiyot va farmasev-ti- kada foydalanish bo&#8217;yicha amaliy ishlar qilindi. Analitik K.dagi dastlabki ishlar akad. Sh. Tolipov rahbarligida olib bo- rildi. U shogirdlari b-n birga ftorli birikmalar kimyosini chuqur o&#8217;rgandi, na- tijada qator elementlarni aniqlashning og&#8217;irlik, hajmiy va amperometrik usullari ishlab chiqildi. Bu ishlar &#8220;bo&#8217;ysunmagan element&#8221; bo&#8217;lgan ftorning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishini yo&#8217;lga qo&#8217;yishda muhim omillardan bo&#8217;ldi. Anorganiq moddalarning lyuminessent tahlili bo&#8217;yicha R. Jiyanboeva olib bor- gan ishlar o&#8217;z vaqtida butifosning zarar- li xossalarini aniqlashda rol o&#8217;ynadi. K. fanining shon-shuhratini jahon miqyosiga olib chiqishda akad. S. Yunu- sovning alkaloidlar kimyosini rivoj-lantirishga oid ishlari muhim hissa bo&#8217;lib qo&#8217;shildi. 4000 dan ortiq o&#8217;simlik alkaloidlari tadqiq qilinib, ulardan 600 dan ziyod muhim alkaloidlar ajratib olindi, ularning tarkibiy qismlari, tuzilishi va xossalari chuqur o&#8217;rganildi. 50 dan ortig&#8217;i tibbiyotga joriy etildi, olingan oqsillar q.x. va oziq-ovqat sano- ati uchun taklif etildi. Vilt kasalli- giga qarshi qo&#8217;llaniladigan preparatlar kashf qilindi. Prof. F. Qo&#8217;chqorov va uning shogirdlari tomonidan atsetilen kimyosi rivojlantirildi. Akad. I. P. Sukervaniq, A. Abdurasuleva va b. al- killash reaktsiyalarini o&#8217;rganib, fan rivojiga hissa qo&#8217;shdilar. Dekarbonil- lash bo&#8217;yicha yo. Aliev tadqiqotlari u rahbarlik qilgan kimyo in-tida karbok- sillash reaktsiyalarini o&#8217;rganishda qo&#8217;l keldi. Organiq kataliz neftni kayta ish- lash in-ti (hoz. A. Sultonov nomida- gi kataliz in-ti)da rivoj topdi. In- tda ko&#8217;pgina yangi katalizatorlar kashf qilindi, aromatik uglevodorodlar kimyo- si, q.x. va ipakchilikning rivojlanishi uchun amaliy ishlar olib borildi. Akad. O. Sodiqov tomonidan bioorganiq kimyo faniga asos solindi. Olim tashkil etgan bioorganiq kimyo in-tida (1973 y.) o&#8217;simliklarning ikki- lamchi metaboliti, tibbiyot va q.x. uchun zarur preparatlarni olish usullari, hayvonlar va o&#8217;simliklardagi oqsil ta- biatli zaharlarning ta&#8217;sir mexanizmi o&#8217;rganildi. Ilon, chayon va b. zaharining sun&#8217;iy analoglari olindi, taqribiy qismlari hamda xossalari tadqiq qilindi. N-oksidlar, anabazin, Dipi- ridil, paxikarpin, morfin, tsitazin va b. kimyosi chuqur o&#8217;rganildi. Stereokimyo, konformasion analiz, tabiiy birikma- larning elektron tuzilishi va reaktsiya- ga bo&#8217;lgan xususiyatlari tadqiq qilindi. Gossipol kimyosi o&#8217;rganildi, g&#8217;o&#8217;zapoyadan turli mahsulotlar olish kimyosi va texnologiyasi ishlab chiqildi, viltga qarshi ishlatiladigan preparatlar kashf qilindi. Akad. A. Abduvahobov sintez qilgan feromonlar paxtachilik rivoji- ga muhim hissa qo&#8217;shdi. Akad. Sh. Solihov rahbarligida olib borilayotgan i.t.lar, tibbiyot, q.x., farmasevtika va biokimyo ehtiyojlarini qondirishga qaratildi. Fizik K. 20-y. lar oxirlarida D. Alek- seevning portlash jarayonlari kinetika- sini o&#8217;rganish b-n boshlandi. Keyinroq N. A. Kolosovskiy. M. I. Usanovich va V. V. Udovenkolarning termodinamika hamda fizik-kimyoviy tahlil masalala- rini bajarish b-n davom ettirildi. Po- limerlarning fizik-kimyoviy xossala- rini tekshirish (H. Usmonov), kimyoviy reaktsiyalar kinetika-sini o&#8217;rganish (H. Rustamov), elektr kimyoviy jarayonlarni tadqiq qilish (A. Murtazoev) ustidagi ishlar kengaytirildi. Olimlar suyuq eritmalarning elektr o&#8217;tkazuvchanligini o&#8217;lchash, rangli va Nodir elementlar hamda ular qotishmalarini elektr ki- myoviy usulda cho&#8217;ktirib ajratish, elektr kapillyar hodisalari o&#8217;lchamini bilitsh b-n shug&#8217;ullandilar. Kislota-asos kata- lizatorlari ishtirokida o&#8217;tadigan qator reaktsiyalarning kinetik qonuniyatlari va mexanizmi o&#8217;rganildi, ionitlardan foydalanish ishlari olib borildi. Ko&#8217;p atomli spirtlardan erituvchi sifatida foydalangan holda ko&#8217;pgina reaktsiyalar kinetikasi va mexanizmi ravonlanti- rildi. Fizik K. b-n chambarmas bog&#8217;liq bo&#8217;lgan kolloid K. ustidagi tadqiqotlar B. G. Zapromyotov (30-y.lar), urush dav- ridan boshlab esa akad. K. Ahmedov boshchiligida olib borildi. O&#8217;sha dav- rlarda giltuproq, tabiiy mineral bo&#8217;yoqlar, loyqa suvlar va sh.k. boshqa dis- Pers sistemalar; gidrolizlar, kolloid cho&#8217;kmalar hisoblangan koagulyantlar, koagel, kserogellar o&#8217;rganildi. 50-y.lar- dan boshlab esa polimerlar fizik kimyo- si va termokimyosiga oid tabiiy gazlar hamda gaz kondensatlaridan sirt-faol moddalar olish, suvda eruvchan yuqori molekulali birikmalar sintez qilish, ularning xossalarini o&#8217;rganish ishlari amalga oshirildi. Liofob gidrozollar, liofill polimerlarning kolloid xossa- larini o&#8217;rganish, ularning tuzilishini boshqarish va zarur xususiyatlarni Sing- dirish, tabiiy mineral sorbentlardan amaliyotda foydalanishga doyr anchagi- na ishlar diqqatga sazovordir. K. Ax- medov o&#8217;z shogirdlari (E. Oripov va b.) b-n hamkorlikda &#8220;K-4&#8221;, &#8220;K-9&#8221;, &#8220;PAA-1&#8221; kabi preparatlarni kashf qilib sanoatga tadbiq etdi. Endilikda bunday preparat- lardan burg&#8217;ilashda, q.x.da, yo&#8217;l qurilishi va cho&#8217;llardagi uchuvchan qumlarni muqim holatga o&#8217;tkazish ishlarida foydalanila- Di. Mana shunday ishlar natijasi o&#8217;laroq cho&#8217;l zonalarida ekinzorlar barpo qilish, shaxar va qishloqlar qurish ishi oson- lashdi, sirt-faol moddalardan foyda- lanish turli sanoat korxonalari faoli- yatini jadallashtirishga, i.ch. hajmini oshirishga olib keldi. Yuqori molekula(polimer)li birik- malar kimyosi urushdan keyingi yillar- da rivojlandi. 1946 y.dan boshlab paxta tsellyulozasi va uning turli efirlari ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Yangi monomerlar sintez qilish, ularni polimerlash, tola cho&#8217;zish kabi ishlar yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. H. Usmonov boshchiligida vinil mo- nomerlari u-nurlari ta&#8217;sirida qator polimerlarga payvandlandi, ularning xossalari tadqiq qilindi, olingan bi- rikmalarda fiziologik faollik bor- ligi aniqlandi. Bu ishlarning natija- lari olingan polimerlardan tibbiyotda foydalanishga yo&#8217;l ochdi. Vinilftorid va sh.k. boshqa ftorid monomerlarini polimerlab olingan yangi xossalarga ega bo&#8217;lgan yuqori molekulali birik- malar sintez qilindi. Olingan sun&#8217;- iy tolalardan kord, polinoz tolalar, fortizanlar, sun&#8217;iy ipak, yonmaydigan, chirimaydigan, oson bo&#8217;yaladigan hamda elektr tokini yaxshi o&#8217;tkazadigan po- limerlar olindi. Itakon kislotasi, uning qator hosilalari, ionitlar, po- lielektrolitlar va sh.k. moddalar akad. M. Asqarov tomonidan o&#8217;rganildi. Po- limerlarning stabillashuv jarayonlari chuqur tadqiq qilindi, sopolimerlar sintezining yangi usullari, ionlanuvchi polimerlar va sopolimerlar xususiyat- lari tadqiqotlari nihoyasiga etkazil- Di. Natijada qator stabilizatorlar, to&#8217;ldirgichlar, qotiruvchi moddalar va plyonkalar sanoatga tadbiq etildi. Ar- mirlangan plyonkalardan ipak qurti boqishda foydalanish katta samara ber- Di. Paxta va yog&#8217;och tsellyulozasi kimyosi akad. T. Mirkomilov tomonidan rivoj- lantirildi. Tsellyulozani modifika- tsiyalab, olingan mahsulotlarning nurga chidamliligini oshirish, o&#8217;tga chidam- li qilish, ezilib mijgilanmaydigan bo&#8217;lishini ta&#8217;minlash, mexaniq jihatdan pishiq, chirimaydigan, kirishmaydigan va sh. k. boshka ijobiy xossalarni o&#8217;zida mujassamlashtirgan mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib borildi. Respublikamizda kompozision ma- teriallar kimyosi akad. S. Ne&#8217;matov rahbardigida rivojlantirildi. Yangi xossalarga ega bo&#8217;lgan qoplama ma- teriallar, sirlar, kremniy organiq suyuqliklar keramik materiallar i.ch.ga tatbiq etildi. Bu materiallardan yo&#8217;l qurilishlarida, avtomobil, q.x. mashi- nalari, turli beton plitalari i.ch. va b. sohalarda keng foydalaniladi. Silikatlar K.si va texnologiyasi sohasida I. S. Kantsepolskiy tomoni- dan tabiiy kuygan tuproq (gliej)lar- ni portladsementga qo&#8217;shimcha sifatida qo&#8217;llash, tsement korrozisiyasi va o&#8217;nga qarshi kurash choralarini izlashga doir tadqiqotlar olib borildi. Fosfogip- Sning kaltsiy alyuminatlari b-n reaktsi- yalari o&#8217;rganildi, mahalliy xom ashyolar asosida sulfoalyuminatbelitli tsement olindi, kam energiya sarflab tsement olish texnologiyasi ishlab chiqildi (T. A. Otaqo&#8217;ziev). Ishqoriy-er metallari silikatlari va alyumosilikatlari hamda ularning galliy va germaniyli analo- glarining yuqori t-ralarda o&#8217;zaro biri- kishi, turli sharoitlarda bir-birida erish qonuniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Sanoat chiqindilari va ikkilamchi xom ashyolardan foydala- nib, xalq xo&#8217;jaligi uchun zarur shisha va keramik buyumlar tayyorlash texnologiya- lari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi (N. A. Sirojiddinov, A. P. Erkaxo&#8217;jaeva). S. S. Qosimova va uning shogirdlari tomonidan yangi tarkibli, rangli, bo&#8217;g&#8217;iq hamda maxsus optik shisha- lar olindi va i.ch.ga tavsiya etildi. Akad. S. Rashidova va uning shogird- lari tomonidan erkin radikallarni yutib, stabillash xususiyatiga ega bo&#8217;lgan funktsional guruqchalarni o&#8217;z ichiga ol- gan monomerlarning polimerlanish re- aktsiyalari o&#8217;rganildi. Chigitning unib chiqishini boshqaradigan ishda qo&#8217;l keladigan polimer qoplamalar kashf qilinib, q.x.ga tatbiq etildi. K. texnologiyasining jarayon va usku- nalari fani akad. 3. Salimoe va uning shogirdlari tomonidan o&#8217;rganildi. Chi- gitni quritish, undan yog&#8217;olishni in- tensifikasiyalash, ekstraktsiya, gazlar adsorbtsiyasi va sh.k. muhim jarayonlarni tadqiq qilishda yangi ma&#8217;lumotlar olin- Di. Bu ma&#8217;lumotlar asosida bir qancha korxonalar (Yangiyo&#8217;l, Uchqo&#8217;rg&#8217;on yog&#8217;z-Di) ishlari yaxshilandi. Respublikamizda K. fanining ri- vojlanishida O&#8217;zbekiston FA tarkibi- da hamda turli vazirliklar tarmoq in- tlari sifatida faoliyat ko&#8217;rsatib kelayot- gan i.t. va loyiha in-tlari xizmati ham salmoqlidir. Kimyo in-ti (hoz. Umumiy va noorganiq kimyo instituti), o&#8217;simlik moddalari kimyosi instituti, polimer- lar fizikasi va kimyosi instituti, kata- Liz instituti, O&#8217;zMU, ToshTU, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent to&#8217;qimachilik va engil sanoat inti va b. oliy o&#8217;quv yurtlari kimyo lab.larida olib borilayotgan i.t. ishlari mamlakatimizda K. fanini yuqori pog&#8217;onalarga ko&#8217;tarishda muhim omillardan bo&#8217;ldi. Ad.: Axmerov K,., O&#8217;zbekiston kimyo- garlarining muvaffaqiyatlari, T., 1987. Qudrat Axmerov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kimyo, ximiya \u2014 moddalarning tu- zilishi va o&#8217;zgarishini o&#8217;rganadigan fan. K. boshqa fanlar qatori inson faoliya- tining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaru-riy mahsulotlar i.ch., biridan ikkin- chisini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kimyo-ximiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-123010","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123010","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=123010"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123010\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123026,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123010\/revisions\/123026"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=123010"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=123010"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=123010"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}