{"id":123013,"date":"2024-05-12T19:35:37","date_gmt":"2024-05-12T16:35:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=123013"},"modified":"2024-05-12T19:35:42","modified_gmt":"2024-05-12T16:35:42","slug":"kibernetika-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kibernetika-2\/","title":{"rendered":"Kibernetika"},"content":{"rendered":"\n<p>Kibernetika (Yun. kybernetile &#8211; boshqarish san&#8217;ati) \u2014 axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash qamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish b-n shug&#8217;ullanadigan fan. Avtomatik boshqarish, hisoblash tex- nikasi, neyrofiziologiya va matematik mantiklarning nazariya hamda amaliyot- larining rivojlanish natijalari si- fatida vujudga kelgan. K.ning texnik asosini elektron hisoblash mashinalari (EHM) tashkil qiladi. Ular inson ta- fakkuriga oid masalalarni hal qilishga keng imkoniyatlar ochib beradi. &#8220;Kiber- netika&#8221; terminini birinchi marta yunon faylasufi Platon tilga olgan. 17-a.dayoq B. Paskal (Frantsiya) oddiy mexaniq arifmometrni ixtiro qilgan edi. Faqat 19-a.ga kelib, Ch. Bebbij (Angliya) hoz. zamon EHM ga o&#8217;xshash raqamli avtoma- tik hisoblash mashinasi yaratishga uri- nib ko&#8217;rdi. 20-a. boshida elektromexaniq analitik-hisoblash mashinasi yaratildi. 1938 y.da K. Shennon (AQSh), 1941 y.da V.I.Shestakov (Rossiya) mantiqiy Mate- matik apparatning rele kontakt sxema- sidan sintez va analiz uchun foydala- nish mumkinligini ko&#8217;rsatishdi. Shular asosida avtomatlar nazariyasi rivojla- na boshladi. 20-a. 40-y.larida J. Fon Neyman (Germaniya) va b. tomonidan yara- tilgan EHM K.ning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Bularning hammasini umumlashtirib, N.Viner (AQSh) o&#8217;zining, &#8220;kibernetika&#8221; kitobi- ni ezdi (1947). U K.ni &#8220;tirik mavjudot va mashinadagi aloqalar hamda boshqarish haqidagi fan&#8221; deb atashni tavsiya qildi. Zamonaviy K. bir qator mustaqil ilmiy yo&#8217;nalishlarga ega bo&#8217;lgan bo&#8217;limlardan iborat. K.ning nazariy o&#8217;zagi: informa- tsiya (axborot), kodlash, algoritmlash, AV- tomatlar, umumiy va muqobil tizimlar, qiyofalarni aniqlash, formal tillar nazariyalari. Bu yo&#8217;nalishlar natijasi- da K. keng ko&#8217;lamda qo&#8217;llanila boshlab iqtisodiy K., biologik K., tibbiyot K.si, texnik K., matematik lingvistika va b. mustaqil ilmiy sohalar vujudga keldi. K.ning shakllanishida mat. va fizika muvaffaqiyatlari, ishlab chiqaruvchi kuch- larning taraqqiyot etishi va i. ch.ni Avto- matlashtirishning zarurligi asosiy om il bo&#8217;ldi. K., asosan, kibernetik tizimlar b-n shug&#8217;ullanadi. Kibernetik tizim- larga texnikadagi turli rostlagichlar (mas, avtopilot, uy haroratini bir-xil saqlab turadigan rostlagich), EHM, kom- pyuter, inson miyasi, kishilik jamiya- ti misol bo&#8217;ladi. Kibernetik tizimlar bir-biridan ularda harakatlanuvchi signallar oqimining tabiatiga qarab farq qiladi. Agar signallar tizimning hamma elementlariga o&#8217;xshab uzluksiz parametrlar b-n berilsa, bunday tizim uzluksiz, uzlukli parametrlar b-n be- rilsa uzlukli deb ataladi. Kibernetik tizimning uzlukli yoki uzluksiz bo&#8217;lishi ularning tadqiqotida qo&#8217;llaniladigan matematik apparatga bog&#8217;liq. Chunki uz- luksiz tizimlarda bunday apparat va- zifasini oddiy differentsial tengla- malar tizimi nazariyasi, uzluklida esa algoritmlar va avtomatlar nazariyasi bajaradi. Kibernetik tizimning mu- rakkabligi 2 ko&#8217;rsatkich: ya&#8217;ni tizim- ning o&#8217;lchamliligi (parametrlarning soni) va tizim elementlarining o&#8217;zaro bog&#8217;langan umumiy soni b-n belgilanadi. Murakkab kibernetik tizimlar biror yo&#8217;sinda axborotlarni to&#8217;plash va sho&#8217;nga monand ravishda harakat bajarish (ax- borotni o&#8217;zgartirish) xususiyatiga ega. Ya&#8217;ni yangi elementlar paydo bo&#8217;lganda o&#8217;z strukturasini o&#8217;zgartirish va eskisini o&#8217;chirish, shuningdek, elementlar orasi- dagi bog&#8217;lanishni o&#8217;zgartirishi mumkin. Kibernetik tizimlarning odam miyasiga o&#8217;xshash bunday xususiyati, ba&#8217;zan, xotira deb ataladi. Jonli va jonsiz tabiat- ning turli ob&#8217;ektlarini o&#8217;rganishdagi kibernetik yondoshishda ular axborot- larni o&#8217;zgartkichlar sifatida qaraladi. Axborotni murakkab texnik o&#8217;zgar- tkichlaridan biri EHM hisoblanadi. Zamonaviy EHM ning strukturasi inson miyasi strukturasidan tubdan farq qilsa ham, faqat shu strukturalarga xos muhim xususiyatga ega: ular axborotlarning uni- Versal o&#8217;zgartkichlari hisoblanadi. Bu esa har qanday boshqa kibernetik tizimning strukturasini xotirada saqlab printsip jihatdan axborotlarni o&#8217;zgartkich sifa- tida uning funktsiyasini bajara oladi. EHM ning ana shu xususiyati ularning asosiy texnik vosita ekanligini bildi- radi va ular yordamida K. istalgan tabi- atdagi kibernetik tizimni modellaydi va uni o&#8217;rganadi. Kibernetik tizimni boshqarishda o&#8217;zaro ta&#8217;sirlashuvchi ikki ob&#8217;ekt \u2014 boshqarish ob&#8217;ekti va boshka- ruvchi tizim mavjud. Boshqaruvchi tizim to&#8217;g&#8217;ri aloqa kanalidan bir necha effek- tor (ijro etuvchi mexanizm) vositasida boshqarish ob&#8217;ektiga ta&#8217;sir uzatadi. Boshqarish ob&#8217;ektining holati haqidagi axborot reseptor (datchik) yordamida qabul qilinadi va teskari aloqa kana- lidan boshqaruvchi sistemaga uzatiladi. Boshqarish tizimining vazifasi u yoki bu boshqarish maqsadlariga erishishni ta&#8217;minlaydigan boshqaruv ta&#8217;sirini uzatishdan iborat. Bu maqsadlarning tasnifiga muvofiq boshqarishning tur- li xili vujudga keladi. K. asosida axborot tushunchasi yotadi. Axborotni qabul qilish, saqlash, uza- tish va tiklash prosesslari K.da aloqa deb, qabul qilingan axborotni mashina- larning ishi va tirik organizmlarning faoliyatini yo&#8217;lga solib turish uchun kayta ishlash boshqarish deb ataladi. Agar mashina ishi yoki tirik organism faoliyatining natijalari haqidagi ax- borotni qabul qilish va undan foydala- nish mumkin bo&#8217;lsa, ular teskari aloqa deb, bunday axborotni mashina yoki tirik organizmning ishiga tuzatish kiritish uchun qaytaishlash nazorat yokirostlash deb ataladi. Axborotlarni bir ko&#8217;rinishdan ik- kinchi ko&#8217;rinishga o&#8217;tkazish usullari, ularni turli kanallar (telefon va tele- graf simlari, radioto&#8217;lqinlar va b.) orqali aniq buzmasdan o&#8217;tkazish masala- lari informasiyalar nazariyasi (axbo- rotlar nazariyasi)da o&#8217;rganiladi. Bunda bir koddan ikkinchisiga o&#8217;tish muhim o&#8217;rin tutadi. Ikkinchi katta masala \u2014 axborotni qayta ishlash va uning vo- sitalari masalasi. Axborotni qayta ishlaydigan kuchli vosita \u2014 EHM, kom- pyuter. Hozirgi zamon K.si avtomatika- ni rivojlantirishning nazariy asosi hisoblanadi. Axborotlarni mashina yordamida Kay- ta ishlashda mat. asosiy o&#8217;rinni egal- laydi. K.ning muhim yutuqlaridan biri matematik modellashtirish degan yangi usulni ishlab chiqish va undan unumli foydalanish bo&#8217;ldi. Bu usulda tajriba- lar o&#8217;rganilayotgan hakiqiy ob&#8217;ekt usti- da emas, balki uning matematik modeli ustida o&#8217;tkaziladi. Biologiya, iqtisodiy texnika va b. sohalariga oid boshqarish masalalarini mashinalarda hal kilish- dan avval bularga xos jarayonlarning ma- tematik modelini tuzib olinadi, ya&#8217;ni jarayonni ko&#8217;rsatuvchi ifodalar \u2014 ten- geizliklar tuziladi. Matematik model o&#8217;tkaziladigan tajribalar dasturi b-n EHM ning xotirasiga joylashtiriladi va shu asosda tajribalar o&#8217;tkaziladi. Bunda matematikaning analiz, statisti- ka va b. sohalaridan foydalaniladi. Ki- bernetik tadqiqot ususllarining turli xil texnik tizimlarda qullanishi tex- nik kibernetika fan yo&#8217;nalishini vujud- ga keltirdi. Sho&#8217;nga o&#8217;xshash iqtisodiy K., biologik K., tibbiy K. va b. yo&#8217;nalishlar ham paydo bo&#8217;ldi va muvaffaqiyatli rivojlanmoqsa K. murakkab texnolo- gik jarayonlarni, korxonalarni, xalq xo&#8217;jalik tarmoqlarini va avtomatik boshqarish tizimi uchun nazariy baza hisoblanadi. Avtomatik boshqarish b-n bir qatorda loyihalash-konstruktorlik tadqiqotlari va ilmiy tajribalar o&#8217;tkazish, murakkab ob&#8217;ektlarni sinash va b.da, informatikada K.ning alohida o&#8217;rni bor. O&#8217;zbekistonda K.ni rivojlantirish- da akad. V. Q. Qobulov boshliq olimlar- ning hissalari katta. &#8220;Kibernetika&#8221; il- miy-ishlab chiqarish birlashmasi jamoa- si respublika miqyosida i. ch.ning barcha sohalarida muhim iqtisodiy masalalar- ni hal qilmoqda. Ad.: Glushkov V.M., Vvedenie v kiber- netiku, Kiev, 1964; Viner N., Kiberneti- ka, 2 izd., Per. angl., M, 1968 Vosil Qobulov, Erkin Yoqubov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kibernetika (Yun. kybernetile &#8211; boshqarish san&#8217;ati) \u2014 axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash qamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish b-n shug&#8217;ullanadigan fan. Avtomatik boshqarish, hisoblash tex- nikasi, neyrofiziologiya va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kibernetika-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-123013","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123013","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=123013"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123013\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123028,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123013\/revisions\/123028"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=123013"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=123013"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=123013"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}