{"id":12306,"date":"2021-12-12T09:41:34","date_gmt":"2021-12-12T06:41:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12306"},"modified":"2021-12-12T09:41:43","modified_gmt":"2021-12-12T06:41:43","slug":"zangiota","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zangiota\/","title":{"rendered":"ZANGIOTA"},"content":{"rendered":"\n<p>ZANGIOTA (asl ismi Oyxo&#8217;ja ibn Toshxo&#8217;ja) (7-1258) \u2014 avliyo, tasavvning tanikli vakili. Arslonbobkent avlodi (avarasi). Toshkent shahrining Samarqand darvoza ko&#8217;chasidagi Zangiota mahallasida tug&#8217;ilib o&#8217;sgan degan taxmin bor. Arab naslidan, qora tanli bo&#8217;lganligi uchun ZANGI (zanji), hurmat yuzasidan va oliy himmatligi uchun Zangibobo Himmatiy deb atashgan. Zangiota yoshligida otasidan ta&#8217;lim oldi. Otasi vafotidan keyin Ahmad Yassaviyning xalifasi va shogirdi bo&#8217;lmish Hakim ota (Sulaymon Boqirg&#8217;oniy) huzuriga bordi. Bir necha yil uning mulozamatida bo&#8217;lib, undan yassaviylik tariqati sir-asrorlari, odobini o&#8217;rgandi va bu tariqatning yetuk namoyandasi bo&#8217;lib etishdi. So&#8217;ng o&#8217;z vatani \u2014 Shosh viloyatiga qaytib kelib, aholini ilohiy-axloqiy, tasavvufiy yo&#8217;l-yo&#8217;riqlar bilan tarbiyalashga kirishdi, ko&#8217;plab mutasavviflar tayyorladi. Zangiotaning butun hayoti Movarounnahr xalqlarining og&#8217;ir va dahshatli davriga to&#8217;g&#8217;ri keldi. Mo&#8217;g&#8217;ul istilochilari mamlakatni xonavayron qilib, xalq ommasini qullik iskanjasiga solgan bir paytda Zangiota va uning izdoshlari xalq orasida vatanparvarlik, mehnatsevarlik, adlu insof, poklik, yaxshilik, mehrshafqat, xudojo&#8217;ylik kabi umuminsoniy g&#8217;oyalarni targ&#8217;ib qildi. Zangiotaning murid va shogirdlari, xususan, Uzun Hasanota, Sayyidota, Sadrota va Badrota Dashti Qipchoq o&#8217;zbeklari, Volgabo&#8217;yi va Ural tog\u2019i etaklaridagi tatar va boshqirdlar orasida Islom dinining yoyilishiga hissa qo&#8217;shdi. Zangiota podachilik qilib, halol rizq topib hayot kechirgan. Namoz va zikrni kanda qilmagan. Zangiotaning karomatlari va fazilatlarini Xo&#8217;ja Ahror, shoirlar Maxtumquli, Kamiy Toshkandiy va boshqa tilga olib, she&#8217;r va xotiralar yozib qoldirganlar, xalq rivoyatlar to&#8217;qigan. Ba&#8217;zi manbalarga ko&#8217;ra, Zangiota ustozi Hakim ota vafotidan so&#8217;ng uning xotini Anbar bibini nikohiga olib, undan bir necha farzand ko&#8217;radi. Farzandlar ham Zangiota kabi e&#8217;tiqodli, insofli kishilar bo&#8217;lib yetishadilar, xalqni haqiqat yo&#8217;liga boshlashda rahnamolik qiladilar. Zangiota va Anbar bibining qabri Zangiota tumanidati Zangiota qishlog&#8217;ida. Zangiota dafn etilgan mozor yonida masjid va madrasa qad ko&#8217;targan. Bu joy ziyoratgoh hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZANGIOTA (asl ismi Oyxo&#8217;ja ibn Toshxo&#8217;ja) (7-1258) \u2014 avliyo, tasavvning tanikli vakili. Arslonbobkent avlodi (avarasi). Toshkent shahrining Samarqand darvoza ko&#8217;chasidagi Zangiota mahallasida tug&#8217;ilib o&#8217;sgan degan taxmin bor. Arab naslidan, qora &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zangiota\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12306","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12306","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12306"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12306\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12313,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12306\/revisions\/12313"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12306"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12306"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12306"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}