{"id":123438,"date":"2024-05-13T18:43:02","date_gmt":"2024-05-13T15:43:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=123438"},"modified":"2024-05-13T18:43:09","modified_gmt":"2024-05-13T15:43:09","slug":"kosmik-nurlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kosmik-nurlar\/","title":{"rendered":"Kosmik nurlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Kosmik nurlar &#8211; erga koinotdan izotrop tushib turadigan yuqori Energi- yali (taxm. 1 dan 1012 GeV gacha) barqaror zarralar oqimi (birlamchi nurlar), shu- ningdek, bu zarralarning atmosferada- gi atom yadrolari b-n o&#8217;zaro ta&#8217;siridan paydo bo&#8217;ladigan nurlar (ikkilamchi nur- lar); ma&#8217;lum bo&#8217;lgan barcha elementar zar- ralarni o&#8217;z ichiga oladi. Er sirtiga faqat ikkilamchi K. n.gina etib keladi. Bir- lamchi kosmik nurlar tarkibi proton va geliy yadrosi (-70%) hamda xar xil yadro- lardan, shuningdek, qisman elektronlar (-1%), pozitronlar va gamma-kvantlar (-0,01%) dan iborat. K.n. oqimi uncha katta bo&#8217;lmay, u atmosfera chegarasida -2 zarracha sm ~2-s~&#8217; ni tashqil qiladi. Ammo K. n. o&#8217;ta yuqori energiyali zarra- larning tabiiy manbai hisoblanadi. Energiya E ortishi b-n ularning jadal- ligi 1-E ~u = \u00a3-0.7*2,2) qonun bo&#8217;yicha tez kamayadi. Birlamchi K.n.ning ko&#8217;pchiligi Erga Galaktikadan (Galaktik K.n.), ular- ning Quyosh faolligi b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lgan oz qismi, asosan, kichik energiyalilari Quyoshdan (Quyosh K.n.i) keladi; 108 GeV dan yuqori energiyali K. n. Metagalakti- kadan kelsa kerak. Quyosh faolligi ort- gan davrda K.n.ning jadalligi eng kichik qiymatga ega bo&#8217;ladi va, aksincha, quyoshda qisqa muddatli xromosfera chaqnashi davrida erga to&#8217;shayotgan Quyosh K. n.i oqimi o&#8217;zining o&#8217;rtacha qiymatidan ming marta ko&#8217;payib ketishi mumkin. K.n.ning xususiyatlaridan foydalanib, yadro Fi- zika va astrofizikada keng ko&#8217;lamda i. t. ishlari olib boril-moqda. Birlam- chi K.n. atmosferaga kirganda undagi atom yadrolari b-n ta&#8217;sirlashadi, bu esa ko&#8217;plab zarralar hosil bo&#8217;lish jarayoniga va elektromagnit kaskad rivojlanishiga olib keladi. Elementar zarralarning ko&#8217;p turlari (pozitronlar, myuonlar, K-mezonlar, A-giperonlar), ularning parchalanishi, o&#8217;zaro ta&#8217;sirlashishi K. n. yordamida kashf etilgan. Yangi jarayon \u2014 yadro elektromagnit kaskad sellari K. n. da aniqlandi. Bu jarayon \u2014 modda- da paydo bo&#8217;lgan zarralarning yadroviy va elektromagnit ketma-ket ta&#8217;siri na- tijasida hosil bo&#8217;ladi. Yuqori va o&#8217;ta yuqori energiyalar sohasida yadrolarning ta&#8217;sirlashishida bir qator tafsilotlar topildi: E ning ortishi b-n o&#8217;zaro ta&#8217;- sir kesimi logarifmik ravishda ortadi, hosil bo&#8217;lgan zarralarning ko&#8217;ndalang impulsining o&#8217;rtacha qiymati \/^-0,4 GeV\/s bo&#8217;lib, u energiyaning o&#8217;zgarishiga bog&#8217;liq emas. To&#8217;qnashayotgan zarralar o&#8217;zaro ta&#8217;sirdan keyin energiyasining yarminigina saqlaydi. Hoz. paytda elementar zarralarning xossalari va ularning o&#8217;zaro ta&#8217;siri yuqori energiyali tezlatkichlar yordamida to&#8217;la o&#8217;rganilayotgan bo&#8217;lsada, lekin o&#8217;ta yuqori energiya sohasida (\u00a3&#8221;0>1015 ev) K.n. yordamida o&#8217;rganish bu zarralarning xossalarini o&#8217;rganishning yagona manbai bo&#8217;lib qolmoqda. Keyingi yillarda K. n. tadqiqotlarining astrofizik yo&#8217;nalishiga, jumladan, K. n. ning hosil bo&#8217;lish muammolarini, manbalarda yuqrri energiyali tezlanish olishlarini, tarqalishini va yulduzlararo muhitdan o&#8217;tishini o&#8217;rganishga qiziqish ortmoqda. Buning asosida yangi rivojlanayotgan izlanishlar: gamma va neytrinoga oid astronomiya sohasidagi tadqiqotlar jadal sur&#8217;atda rivojlanmoqda. Gamma va neytrino nurlanishlarining yuqori o&#8217;tish qobiliyatiga ega ekanligi tufayli, noyob ob&#8217;ektlar, ya&#8217;ni o&#8217;ta yangi yulduz- lar, pulsarlar, lokal gamma nurlanish manbalari haqida yangi ma&#8217;lumotlar olinmoqda. Er sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshlari va erdagi qurilmalarda joylashgan gamma-tele- skoplar yordamida atmosferadagi ko&#8217;plab elektronlarning (birlamchi gamma- kvantlar tufayli atmosferada elektro- magnit kaskad jarayonini ko&#8217;payishidan hosil bo&#8217;lgan) Cherenkov nurlanishi qayd etilib, lokal gamma manbalar, Galakti- kadagina emas, balki Metagalaktikaning chegarasidan uzoqda (faol yadroli Galak- tika \u2014 Markaryan-421 va 501) topildi. O&#8217;ta yangi yulduzlarning portlashi- dan keyin hosil bo&#8217;luvchi pulsarlar (tez aylanuvchi neytron yulduzlar) K. n. ning ehtimolli manbalari bo&#8217;lib hisoblanadi. Pulsarning elektromag- nit maydonida hamda Galaktikaning yulduzlararo magnit maydonlarida za- ryadlangan zarralar tezlanish olishla- ri mumkin. Zaryadlangan zarralarning harakati diffuziya xarakteriga ega bo&#8217;lganligi, o&#8217;z navbatida, erga tushayot- gan zarralar oqimining izotropligini tushuntiradi. K. n. ni tadqiq etish elementar zar- ralar fizikasi, yuqori energiyalar astrofizikasi va fizikaviy tajriba texnikasi rivojlanishida muhim o&#8217;rin egallaydi. Mas, kosmik tajribalar- da yaratilgan moslashtiruvchi qurilma hisoblash texnikasida ishlatiladi. Bu tadqiqotlar hozirgi paytda tezlatkich- larda olib bo&#8217;lmaydigan energiyadagi zarralarning o&#8217;zaro ta&#8217;siri to&#8217;g&#8217;risida va koinotdagi kosmik ob&#8217;ektlarning strukturaviy o&#8217;zgarishlari va katta ener- giya ajralish jarayonini o&#8217;rganishda o&#8217;z rolini saqlamoqda. K. n. ni 1912 y.da V. F. Gess kashf etgan, R. E. Milliken, rus olimlari D. V. Skobeltsin, S. N. Ver- Nov, frantsuz fizigi P. Oje va b. ularni tadqiq qilishda ulkan hissa qo&#8217;shgan. Ll.Azimov S.A., Yuldashbaev T. S, Neuprugie soudaryoniya chastis Bolshoy energii s nuklonami i yadrami, T., 1974; Berezinskiy V. S, Bo&#8217;lanov S. V., Ginz- burg V. L., Dogel V. A., Ptusk i n V. S, Astrofizika kosmicheskix luchey, M., 1984;Longeyr M., Astrofizika visokix energiy, M., 1984; Murzin V. S, Vvede- Nie v fiziku kosmicheskix luchey, M., 1988. Toymas Yo&#8217;ldoshboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kosmik nurlar &#8211; erga koinotdan izotrop tushib turadigan yuqori Energi- yali (taxm. 1 dan 1012 GeV gacha) barqaror zarralar oqimi (birlamchi nurlar), shu- ningdek, bu zarralarning atmosferada- gi atom yadrolari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kosmik-nurlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-123438","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123438","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=123438"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123438\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123451,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123438\/revisions\/123451"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=123438"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=123438"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=123438"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}