{"id":123764,"date":"2024-05-14T20:13:10","date_gmt":"2024-05-14T17:13:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=123764"},"modified":"2024-05-14T20:13:13","modified_gmt":"2024-05-14T17:13:13","slug":"kon-sanoati-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kon-sanoati-2\/","title":{"rendered":"Kon sanoati"},"content":{"rendered":"\n<p>Kon sanoati, kon qazib olish sanoati \u2014 foydali qazilmalar konla- rini qidirish, ularni er ostidan kazib olish, dastlabki qayta ishlash \u2014 boyi- tish bo&#8217;yicha i.ch. tarmoqlari majmui. K.s. kuyidagi asosiy guruhlarga bo&#8217;linadi: 1) yoqilg&#8217;i (neft, tabiiy gaz, ko&#8217;mir, slanes, torf) qazib olish sanoati; 2) ruda (temir rudasi, marganes rudasi, rangli metal- lar, asil va noyob metallar rudalari, radioaktiv elementlar) qazib olish sa- noati; 3) nometall qazilma va mahalliy qurilish materiallari sanoati (marmar, fanit, asbest, bo&#8217;r, dolomit, kvarsit, ka- olin, gips, mergel, dala shpati, ohaktosh va b.ni qazib olish); 4) kon-kimyo (apatit, kaliy to&#8217;zlari, nefelin, selitra, oltin- gugurt kolchedani, bor rudalari, fosfat xom ashyosi qazib olish) sanoati; 5) gi- dromineral suvlar (mineral er osti suv- lari, suv ta&#8217;minoti va b. maqsadlar uchun suv) olish sanoati. Kon ishi qad. davrlardan beri ma&#8217;- lum. 18-a. oxiri \u2014 19-a. boshlaridan jadal rivojlana boshladi. 20-a. oxir- lariga kelib dunyoda yiliga 5 mlrd. t dan ziyod ko&#8217;mir, 3 mlrd.t dan ziyod neft, 2,3\u20142,5 trln. m3 tabiiy gaz va 1 mlrd. t temir rudasi qazib olinmoqda. Boshqa turdagi mineral xom ashyoni qazib olish hajmi kamroq. Jumladan, dunyoda keyin- gi vaqtda yiliga 2,2\u20142,3 ming t oltin qazib olinmoqda. Jahonda uran etkazib beruvchi yirik mamlakatlar qatoriga ka- nada, Avstraliya va JAR, kaliy to&#8217;zlari bo&#8217;yicha Kanada va Germaniya davlatla- ri kiradi. Temir rudasini qazib olish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham (AQSh, Kanada, Avstraliya, JAR, Shvesiya, shuningdek, Rossiya va Ukra- ina), rivojlanayotgan mamlakatlarda ham (Xitoy, Braziliya, Hindiston, ve- nesuela, Liberiya) keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Xalqaro geografik mehnat taqsimotining chuqurlashishi va yanada rivojlanishi dunyoda 6 ta yirik K.s. Mar- kazlarining shakllanishiga olib keldi. Ularning hissasiga jami qazib olingan xom ashyo va yoqilg&#8217;ining 2\/3 qismi to&#8217;g&#8217;ri kelmokda. Shunday mamlakatlar qatoriga AQSh, Kanada, Avstraliya, JAR, Rossiya va Xitoy kiradi. K.s. ko&#8217;pchilik boshqa mamlakatlarda ham rivojlangan. Lekin ularda xom ashyo yoki yoqilg&#8217;ining bir-ikki turi kazib olinadi, xolos. Jumladan, dunyoda ko&#8217;mir qazib olishda Polsha, mis rudasi qazib olishda Chili, qalay ruda- si qazib olishda Malayziya, neft qazib olishda Fors ko&#8217;rfazi mamlakatlari yuqori o&#8217;rinlarni egallaydi. O&#8217;zbekiston Respublikasi jahonda K.s. yuqori rivojlangan mamlakat- lar qatoridan mustahkam o&#8217;rin olgan. Hozirga qadar O&#8217;zbekistonda hammasi bo&#8217;lib 2,7 mingdan ziyod istiqbolli tur- li foydali qazilma konlari aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo tur- larini o&#8217;z ichiga oladi. Muhim strategic manbalar \u2014 neft va gaz kondensati, ta- biiy gaz bo&#8217;yicha 155 ta kon, qimmatbaho metallar bo&#8217;yicha 40 dan ortiq, rangli, Nodir va radiaktiv metallar bo&#8217;yicha 40, kon-kimyo xom ashyosi bo&#8217;yicha 15 ta kon va b. qidirib topilgan va ishga tushiril- gan. Oltin, uran, neft, fosforitlar- ning razvedka qilingan zahiralari bo&#8217;yicha O&#8217;zbekiston jahonda etakchi o&#8217;rinni egallaydi. Respublika jahonda oltin zahiralari bo&#8217;yicha 4-o&#8217;rinda, mis zahiralari bo&#8217;yicha 10-11 o&#8217;rinda, uran zahiralari bo&#8217;yicha 7-8 o&#8217;rinda turadi (2001) (yana q. Gaz sanoati, rangli metal- lurgiya, kumir sanoati, neft sanoati, Oltin sanoati, temir ruda sanoati). Abduhakim Qayumov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kon sanoati, kon qazib olish sanoati \u2014 foydali qazilmalar konla- rini qidirish, ularni er ostidan kazib olish, dastlabki qayta ishlash \u2014 boyi- tish bo&#8217;yicha i.ch. tarmoqlari majmui. K.s. kuyidagi asosiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kon-sanoati-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-123764","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123764","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=123764"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123764\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123767,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123764\/revisions\/123767"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=123764"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=123764"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=123764"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}