{"id":123768,"date":"2024-05-14T20:13:58","date_gmt":"2024-05-14T17:13:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=123768"},"modified":"2024-05-14T20:14:02","modified_gmt":"2024-05-14T17:14:02","slug":"komron-komron-mirzo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/komron-komron-mirzo\/","title":{"rendered":"Komron, Komron Mirzo"},"content":{"rendered":"\n<p>Komron, Komron Mirzo (1509, Agra \u2014 1557, Makka) \u2014 shoir va davlat arbobi. Boburning o&#8217;g&#8217;li. Adabiyot, harb va siyosat ilmlarini dastlab otasi Bobur- dan, so&#8217;ngra o&#8217;sha davrning etuk olimla- ri, davlat arboblaridan o&#8217;rgangan. Otasi hayotligida Qandaxrr va ko-bul hukmroni edi. Bobur vafotidan so&#8217;ng Humoyunning farmoni b-n Panjob va Hind daryosi vohasi ham unga topshirildi. Shershoh Suriy Boburiylar davlatini bosib ol- gach (1540), ushbu vaziyatdan foydalangan K. ukasi Hindol Mirzo b-n qo&#8217;shilib, Agrani egallaydi. Humoyun Eronga qochib, Safaviylar shohi Tahmaspdan ko&#8217;mak so&#8217;raydi. K. esa Afg&#8217;onistonda ota mulkini asrab, mamlakatni obodonlash- tirishga katta e&#8217;tibor beradi. Shoirlar, olimlar, san&#8217;atkorlar, hunarmandlarni saroyiga chorlab, ularga moddiy va ma&#8217;- naviy jihatdan yordam ko&#8217;rsatadi. Kobul- ni ilmu hunar, adabiyot va san&#8217;at Mar-kaziga aylantiradi. Afg&#8217;onistonning barcha viloyatlarini qo&#8217;lga kiritib, o&#8217;zini podshoh deb e&#8217;lon qiladi. O&#8217;z no- miga xutba o&#8217;qitib, tanga zarb qildiradi. 1545 y. Humoyun Erondan qarbiy yordam olib, K. tasarrufidagi Qandahor, Kobul, G&#8217;azna, Badaxshonni egallaydi. Jangda K. engilib, asirga olinadi. Humoyun K.ning gunohidan kechib, unga Ko&#8217;lob hokimligini beradi. Ammo 1 yildan so&#8217;ng Humoyunning Balxga ketganidan foyda- langan K. yana akasiga qarshi chiqadi. Ko- bul yaqinidagi Tangihoda bo&#8217;lgan jangda K. engilib qochadi (1550), ukasi Askariy Mirzo asirga olinadi. K. pushtunlar qabilasining sardori odam Kaxkar- dan yordam so&#8217;raydi. Odam Kaxkar Push- tunlarning mex.mondustlik odatlariga xilof ravishda K.ni Humoyunga to&#8217;tib beradi. Humoyun yana K.ning gunohidan kechmoqchi bo&#8217;lganida, arkoni davlat bunga yo&#8217;l qo&#8217;ymaydi. Natijada Humoyun K.ni ko&#8217;ziga mil torttiradi. K. Ka&#8217;bani ziyo- rat qilib, 3 yil Makkada yashaydi va shu erda vafot etadi. U Muhammad (sav) ning katta zavjalari Xadicha qabrining oyoq tomoniga dafn qilinadi. K. devonining 3 ta qo&#8217;lyozma nusxasi saqlanib qolgan. Ulardagi turkiy she&#8217;- rlar: 40 g&#8217;azal, 21 fard, 26 rubo-iy, 3 qit&#8217;a, 9 masnaviy va tarkibband (1114 Miera). Dariy tilidagi she&#8217;rlar: 26 ga- zal, 22 fard, 4 ruboiy, 3 qit&#8217;a, 4 mas- naviy (346 Miera). Devonining qo&#8217;lyozma nusxalariga kirmagan dariy tilida bi- tilgan ba&#8217;zi g&#8217;azal, ruboiy va fardlar turli tazkira va bayozlardan topilgan. K.ning xrzirgacha ma&#8217;lum dariy tilidagi she&#8217;rlari 418 mieradan iborat. K. otasi Bobur kabi, asosan, g&#8217;azal janrida ijod qilgan. Fazallarida ko&#8217;proq sufiyona qarashlar aks etgan (&#8220;Zihi har zarradin husnung Huvaydo&#8230;&#8221;). Borliq va undagi barcha narsa-hodisalar Yaratganning- tajallisi bo&#8217;lib, butun olam o&#8217;zining turli shakllarda tovlanishidan boshqa narsa emasligi kabi ma&#8217;lum darajada panteizmga yaqin turuvchi g&#8217;oyalarni ilga- ri suradi. Shoirning masnaviylari, aso- san, irfon va tasavvuf, hikmat va pand- nasihat, axloqiy va ma&#8217;naviy mavzularga bag&#8217;ishlangan. K. devoni qo&#8217;lyozma nusxa- lari Hindistonning Pat (Xudobaxsh kutubxonasi, inv. \u2116470) va Kalkutta (Osiyo jamiyati qo&#8217;lyozmalar fondi, inv. \u2116668) shaharlarida saqlanadi. As: Devon, T., 1993. Ad.: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Fayziev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995. Habib Abdunazar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Komron, Komron Mirzo (1509, Agra \u2014 1557, Makka) \u2014 shoir va davlat arbobi. Boburning o&#8217;g&#8217;li. Adabiyot, harb va siyosat ilmlarini dastlab otasi Bobur- dan, so&#8217;ngra o&#8217;sha davrning etuk olimla- ri, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/komron-komron-mirzo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-123768","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123768","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=123768"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123768\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":123771,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/123768\/revisions\/123771"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=123768"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=123768"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=123768"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}