{"id":12382,"date":"2021-12-12T13:23:05","date_gmt":"2021-12-12T10:23:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12382"},"modified":"2021-12-12T13:23:06","modified_gmt":"2021-12-12T10:23:06","slug":"zarafshon-vodiysi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zarafshon-vodiysi\/","title":{"rendered":"ZARAFSHON VODIYSI"},"content":{"rendered":"\n<p>ZARAFSHON VODIYSI &#8211; O&#8217;rta Osiyoning Markaziy qismida, Turkiston-Oqtov bilan Zarafshon tizmalari orasida joylashgan ko&#8217;ndalang vodiy. Zarafshon vodiysining Sharqiy tog&#8217;li qismi Tojikiston, g&#8217;arbiy tog&#8217; etagi va tekislik qismi O&#8217;zbekiston hududida. Tektonik yo&#8217;l bilan vujudga kelgan. Hozirgi relyefining shakllanishida Zarafshon daryosining doimiy va vaqtli irmoqlari hamda shamol muhim rol o&#8217;ynagan. Zarafshon vodiysi Zarafshon muzligidan (balandligi 2775 metr) boshlanib, g&#8217;arbda Sandiqli qumigacha (balandligi 185 metr) 781 kilometrga cho&#8217;zilgan. Vodiy shu masofada g&#8217;arbiy, Jan.g&#8217;arbiy yo&#8217;nalishda davom etadi va astasekin pasayib xamda kengayib boradi. Zarafshon vodiysi, asosan, ustini to&#8217;rtlamchi davr allyuvial jinslari qoplagan uchlamchi davr cho&#8217;kindi jinslaridan tarkib topgan. Bu yerda neogen davrigacha dengiz bo&#8217;lgan. Alp orogenezida vodiy quruqlikka aylangan. Zarafshon daryosi o&#8217;z o&#8217;zanini chuqurlashtirib, terrasa (ko&#8217;hna qayir) lar hosil qilgan. Zarafshon vodiysining Sharqiy tog&#8217;li qismida 6 ta terrasa bor. Panjakent shahrigacha (300 kilometr masofada) vodiy tor va chuqur, Turkiston va Zarafshon tizmalari undan tik ko&#8217;tarilib turadi. Zarafshon daryosi yuqori qismida muz harakati bilan vujudga kelgan ancha keng (4-5 kilometr) vodiy hosil qilgan. Kishtutsoyning Zarafshonga quyiladigan yerida vodiy juda tor, tog&#8217;yon bag&#8217;ri daryo qirg&#8217;og&#8217;idan tik ko&#8217;tarilgan. Quyi qismida vodiy kengayib, O&#8217;zbekiston hududiga o&#8217;tgach, kengligi ayrim joylarda 60-70 kilometrga (Buxoro vohasida) etadi. O&#8217;zbekiston hududida Zarafshon vodiysining uzunligi qariyb 480 kilometr bo&#8217;lib, bu qismida Samarqand, Buxoro, Qorako&#8217;l vohalari joylashgan. Samarqand vohasi Samarqand botig&#8217;ida joylashgan, shimoldan G&#8217;ubdintog&#8217;\u2014Oqtog&#8217;\u2014 Qoratog&#8217;, Janubdan Qoratepa\u2014Zirabuloq\u2014Ziyovuddin kabi uncha baland bo&#8217;lmagan tog&#8217;lar bilan o&#8217;ralgan. Zarafshon vodiysi bu vohada ancha (50 kilometrgacha) keng. Navoiy shahridan o&#8217;tgach, vodiy yana torayadi. Qiziltepa va Oftobachi qirlari bir-biriga juda yaqinlashib, hazar yo&#8217;lagini (kengligi 8-10 kilometr) hosil qiladi. Vohaning yer yuzasi tekis; uni Zarafshon daryosi va vaqtincha oqar soylar kesib parchalagan, ba&#8217;zi yerlarida jarlar hosil qilgan. Hazar yo&#8217;lagidan o&#8217;tgach, vodiy yana kengayadi va Janubiy-g&#8217;arbga burilib, Buxoro vohasini hosil qiladi. Bu qismida Zarafshon vodiysining kengligi 70 kilometrga yetadi hamda tekislikka aylanadi. Voha shimoldan Qizilqum bilan, sharqdan Qo&#8217;shtepa, Azkamar, Quyimozor, Qaynag&#8217;ach, Qumsulton kabi tepaliklar, janub va Janubiy-g&#8217;arbdan esa Qorako&#8217;l platosi bilan o&#8217;ralgan. Buxoro vohasi Janubiy-g&#8217;arbga, G&#8217;arb va shimol g&#8217;arbga bir oz Nishab. Uning mutlaq balandligi 200-280 metr. Vohani kanallar, ariqlar kesib o&#8217;tgan. Zarafshon vodiysi Buxoro vohasida Janub g&#8217;arbga torayib boradi hamda Qorako&#8217;l platosi yonida ancha torayib Qorako&#8217;l yo&#8217;lagini hosil qiladi. So&#8217;ngra vodiy yana kengayib Qorako&#8217;l vohasi boshlanadi. Qorako&#8217;l vohasini Janub g&#8217;arbdan Sandiqli qumi, shimoli sharqdan Qorako&#8217;l platosi va Janubdan Eshakchi qumligi o&#8217;rab turadi. Bu erda vodiyning kengligi 48-50 kilometr, mutlaq balandligi 185-200 metr. Kichik sho&#8217;r ko&#8217;l, pastliklar bor. Zarafshon vodiysi O&#8217;rta Osiyoning Markaziy qismida joylashganligidan iqlimi kontinental. Vodiy g&#8217;arbdan sharqqa ancha cho&#8217;zilganligi va relefning balandlashib borishi tufayli tra rejimi va yog&#8217;inlar miqdori har joyda turlicha. Yillik o&#8217;rtacha temperatura tekislik qismida 12-15\u00b0, tog&#8217;li qismida 12\u2014 0,7\u00b0. Yoz vodiyning tekislik qismida issiq bo&#8217;lib, uzoq davom etadi, iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 25-29\u00b0, tog&#8217;li qismida esa 20-7,7\u00b0. Ba&#8217;zan temperatura tekislik qismida 44\u00b0 ga, tog&#8217;li qismida 33\u00b0 ga chiqadi. Qish vodiyning tekislik kismida ancha iliq bo&#8217;lib, yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 0\u00b0 dan -1,3\u00b0 gacha, tog&#8217;li qismida -3\u00b0 dan -10\u00b0 gacha bo&#8217;ladi. Eng past temperatura -35\u00b0. Yillik yog&#8217;in 114-400 millimetr (g&#8217;arbdan sharqqa ortib boradi), faqat Zarafshon tizmasining g&#8217;arbiy qismi \u2014 Omonqo&#8217;tonda 881 millimetr. Yog&#8217;inning ko&#8217;p qismi tekislik qismida yilning sovuq faslida, tog&#8217;li qismida esa issiq faslda ham tushadi. Vodiyning asosiy daryosi \u2014 Zarafshon. Ko&#8217;llaridan eng yirigi \u2014 Dengizko&#8217;l. Zarafshon vodiysi botiqda joylashganligi sababli yer osti suvlari mavjud. Vodiyda tuproq va o&#8217;simlik qoplami balandlik mintaqalari hosil qilgan. Vodiyning eng pastki 400-500 metr balandlikkacha bo&#8217;lgan yerlari cho&#8217;l mintaqasiga kiradi. Bu mintaqaning tuprog&#8217;i och bo&#8217;z tuproq, unda, asosan, arpag&#8217;on, taroqbosh, lolaqizg&#8217;aldoq, qoramashoq, kovrak, chitir, toshloq yerlarda esa shuvoq, burgan va boshqalar o&#8217;sadi. Cho&#8217;l mintaqasidan so&#8217;ng adirlar boshlanib, balandligi 500 metrdan 1200 metrgacha bo&#8217;lgan yerlarni o&#8217;z ichiga oladi. Bu yerlarda tipik va to&#8217;q tusli bo&#8217;z tuproq tarqalgan. Qung&#8217;irbosh, rang, no&#8217;xatak, yo&#8217;ng&#8217;ichka, yaltirbosh, okquray, gulxayri, sasir, qasmaldoq, chalov, etmak kabi o&#8217;tlar; zirk, na&#8217;matak kabi butalar o&#8217;sadi. Vodiyning 1200 metrdan 2700 metrgacha bo&#8217;lgan qismi tog&#8217; mintaqasidan iborat bo&#8217;lib, bu yerlarda jigarrang va qo&#8217;ng&#8217;ir tog&#8217;o&#8217;rmon tuproqlari uchraydi. O&#8217;tlardan taktak, taroqbosh, chayir, butalardan uchkat, bodomcha, daraxtlardan archa o&#8217;sadi. Vodiyning 2700 metrdan baland qismi yaylov mintaqasidan iborat, tuprog&#8217;i jigarrang. Hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, quyon, chiyabo&#8217;ri va boshqalar, parrandalardan qirg&#8217;ovul, loyxo&#8217;rak, o&#8217;rdak, chug&#8217;urchiq, chumchuq, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay va boshqalar, bulardan tashqari, Har xil ilon, kaltakesak, tipratikan, kalamush, ko&#8217;rsichqon va boshqalar uchraydi. Zarafshon vodiysi O&#8217;zbekiston va Tojikiston xo&#8217;jaligida muhim o&#8217;rin tutadi. Vodiyda sug&#8217;oriladigan va sug&#8217;orishga yaroqli yer ko&#8217;p. Chorvachilikni rivojlantirish uchun tabiiy o&#8217;tloq va pichanzorlar bor. Zarafshon vodiysi o&#8217;zining ko\u2019rkam bog&#8217; va mevazorlari bilan qadimdan mashhur. Vodiyda gazeta, ko&#8217;mir, oltin, turli xil qurilish materiallari konlari, mineral suvlar va boshqalar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZARAFSHON VODIYSI &#8211; O&#8217;rta Osiyoning Markaziy qismida, Turkiston-Oqtov bilan Zarafshon tizmalari orasida joylashgan ko&#8217;ndalang vodiy. Zarafshon vodiysining Sharqiy tog&#8217;li qismi Tojikiston, g&#8217;arbiy tog&#8217; etagi va tekislik qismi O&#8217;zbekiston hududida. Tektonik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zarafshon-vodiysi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12382","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12382","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12382"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12382\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12385,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12382\/revisions\/12385"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12382"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12382"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12382"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}