{"id":12389,"date":"2021-12-12T13:51:00","date_gmt":"2021-12-12T10:51:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12389"},"modified":"2021-12-12T13:51:01","modified_gmt":"2021-12-12T10:51:01","slug":"zarafshon-suvayirgich-koprigi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zarafshon-suvayirgich-koprigi\/","title":{"rendered":"ZARAFSHON SUVAYIRG&#8217;ICH KO&#8217;PRIGI"},"content":{"rendered":"\n<p>ZARAFSHON SUVAYIRG&#8217;ICH KO&#8217;PRIGI \u2014 Samarqand shahri markazidan 7\u2014 8 kilometr shimoli-sharqda, Zarafshon daryosining so&#8217;l qirg&#8217;og&#8217;ida pishiq g&#8217;ishtdan qurilgan ko&#8217;prik. U tarixiy adabiyotlarda &#8220;Temur ravog&#8217;i&#8221;, &#8220;Puli Shodmon Malik&#8221;, &#8220;Abdullaxon ko&#8217;prigi&#8221; va &#8220;Shayboniyxon suvayirg&#8217;ich ko&#8217;prigi&#8221; nomlari bilan yuritiladi. Garchi ko&#8217;prik tarixi Amir Temur va Abdullaxon nomi bilan bog&#8217;lansada, aslida u 16 asr boshida Shayboniyxon tomonidan kurilgan. Tarixchi va adib Kamoliddin Binoiyning &#8220;Shayboniynoma&#8221; asarida yozishicha, Shayboniyxon Buxorodan Samarqandga qaytishda (1502) shaharga kirish oldidan o&#8217;z lashkarlari bilan Zarafshon daryosining o&#8217;ng sohiliga tushadi va daryoga yangi ko&#8217;prik qurishni buyuradi (Cho&#8217;ponota yaqinidagi Zarafshon ustiga qurilgan ko&#8217;prik buzilib ketgan bo&#8217;lsa kerak). Qurilishga uning barcha askarlari safarbar etiladi. Tosh va shox-shabbalardan kattakatta Qorabura (fashina) lar yasalib, Zarafshonga to&#8217;g&#8217;on o&#8217;rnatish va daryo oqimini to&#8217;sishga kirishadilar. Ammo daryoni bo&#8217;g&#8217;olmaydilar. Shundan so&#8217;ng Shayboniyxon Samarqanddan muhandislar chaqirtiradi. Xonning bevosita ko&#8217;rsatmasiga binoan, ular daryoni bog&#8217;lash yo&#8217;lini aniqlab, ko&#8217;prik loyihasini tuzadilar. To&#8217;g&#8217;on o&#8217;rnatilib, daryo bog&#8217;langach, bir oy mobaynida ko&#8217;prik qurib bitkaziladi (1502 yil 3 noyabr). Bizgacha saqlangan birgina ravog&#8217;ining kattaligiga qaraganda, ko&#8217;prik 7 ravoqdan iborat bo&#8217;lgan deb hisoblash mumkin. Daryoning hozirgi mavjud kengligini hisobga olganda, ko&#8217;prikning uzunligi 200 metrdan oshiqroq bo&#8217;lgani shubhasiz. Ammo inshoot qachondan boshlab shikastlanib, uning ravoqlari birin-ketin buzilib ketganligi ma&#8217;lum emas. Ammo 19 asrning 40 yillarida uning 3 ravog&#8217;i butun bo&#8217;lgan. 1841-42 yillarda Rossiyadan Buxoroga yuborilgan K. F. Butenev boshliq digagomatik missiya ishtirokchisi muhandis F. Bogoslovskiyning yozishicha, o&#8217;sha vaqtda Qoradaryoning yarim oqimi shu 3 ravoq ostidan oqqan. 19 asrning o&#8217;rtalarida inshootning uchinchi ravog&#8217;i vayron bo&#8217;lib, 2 ravog&#8217;i qolgan. Samarqandda bo&#8217;lgan zilzila (1898 yil avgust) natijasida ko&#8217;prikning ikkinchi ravog&#8217;i ham qulab tushib, faqat oxirgi bir ravog&#8217;i qolgan. A. Muhammadjonov o&#8217;tkazgan (1962) arxeologik qazishlar natijasida inshootning qulab tushgan ikkinchi va uchinchi ravoqlarining qoldiqlari topib tekshirildi. Inshootning bo&#8217;yi va eni 26 yoki 27 santimetr, qalinligi 5 santimetrli to&#8217;rtburchak pishiq g&#8217;ishtlardan qurilgan. Hozirgacha saqlangan ravog&#8217;ining kengligi 21 metr 60 santimetr, balandligi 11 metr 85 santimetr va eni esa 9 metr 10 santimetrga teng. Ravoq birining ustiga ikkinchisi o&#8217;rnatilgan. Ikki qavat toqidan iborat bo&#8217;lib, uning yuqori toqi pastki toqiga nisbatan yarim g&#8217;isht chiqarilib ishlangan. Pastki toqining qalinligi 165 santimetr va yuqori toqiniki \u2014 esa 125 santimetrga teng. Ravoq tayanchini mustahkamlash va uning ajralib ketmasligi uchun ravoqning daryoning o&#8217;ng sohiliga o&#8217;rnatilgan Janub qanotining ikki tomoni maxsus bozu (tirgak) shaklida ishlangan. Yaxlit qoyadan iborat tabiiy poydevor ustiga o&#8217;rnatilgan mazkur ravoq Zarafshon suvayirg&#8217;ichining qisqa so&#8217;l qanoti bo&#8217;lib, uning bir necha ravoqlardan iborat o&#8217;ng qanoti birinchi ravoqqa nisbatan 102\u00b0 burchak hosil qilib, sharqqa tomon yo&#8217;nalgan. Ikkinchi ravoqdan faqat uning pastki poydevor qismigina sakqlangan. Bu daryo o&#8217;zani ichida xarsanglardan ishlangan ko&#8217;prik ustunlaridan biri bo&#8217;lib, uning uzunligi 8,5 metr va eni 3 metr 80 santimetrga teng. Ravoqning kengligi esa 20 metr 75 santimetr, uzunligi 8,5 metrga teng bo&#8217;lgan. Inshootning uchinchi ravog&#8217;idan faqat poydevorining bir qismi saqlanib, boshqa ravoqlaridan esa asorat ham qolmagan. Ravoq usti qismining eni 7 metrdan ortiq bo&#8217;lgan. Ikki chetining balandligi ham, eni ham 1 metrlik g&#8217;ov qilib, pishiq g&#8217;ishtdan ishlanganligi mazkur inshootni loyihalashtirgan 16 asr muhandislari daryo ustidan o&#8217;tuvchilarning shaxsiy xavfsizligini ta&#8217;minlash choralarini hisobga olganligini ko&#8217;rsatadi. Ko&#8217;prikda ishlatilgan qurilish qorishmalari ham alohida diqqatga sazovordir. Tsement kabi mustahkam biriktiruvchi qorishma hali ixtiro etilmagan o&#8217;rta asr sharoitida suv inshootlarini bino qilishda doimiy namlikka chidamli qurilish qorishmasi topib ishlatilgan. Masalan, ko&#8217;prik ustunlarining doimiy suv ostida turadigan qismi o&#8217;simlik kuli va ganch aralash ohakdan tayyorlangan suvga chidamli maxsus turuvchi qismlari o&#8217;simlik kuli aralash ganch qorishmasi bilan va nihoyat, inshootning doimiy quruq sharoitda turadigan yuqori qismi faqat ganch bilan ishlab chiqilgan. Zarafshon suvaryirg\u2019ich ko\u2019prigi Samarqand xayotida muhim rol o&#8217;ynagan. Ko&#8217;prik orqali o&#8217;tgan karvon yo&#8217;llari Samarqand shimolda Toshkent vohasi va Sirdaryo bo&#8217;ylaridagi tumanlar. Sharqda Farg&#8217;ona vodiysi hamda Nurota orqali Buxoro bilan bog&#8217;langan. Bundan tashqari, bu inshoot Zarafshonning Oqdaryo va Qoradaryolarga bo&#8217;linishida suvayirg&#8217;ich sifatida qam xizmat qilgan. Zarafshonning suvini teng ikkiga taqsimlash maqsadida Oqdaryo va Qoradaryolar o&#8217;rtasiga qurilgan to&#8217;g&#8217;on Zarafshon suvaryirg\u2019ich ko\u2019prigining Markaziy ravoqlaridan biriga borib tutashgan. Natijada Zarafshonning oqimi ko&#8217;prik ostidan utishi bilan ikkiga: Oqdaryo va Qoradaryo o&#8217;zanlariga bo&#8217;linib oqqan. Shuning uchun xam bu inshoot tarixda suvayirg&#8217;ich ko&#8217;prigi nomini olgan. Bu ayirg&#8217;ichning yana bir katta ahamiyati shundaki, u Zarafshon suvini tartibga solgan, Miyonkol va boshqa tumanlarni barobar sug&#8217;orishda katta rol o&#8217;ynagan. Ko&#8217;prikdan hozirgi vaqtda saqlanib qolgan yagona ravoq O&#8217;zbekistonda gidrotexnika taraqqiyoti tarixini o&#8217;rganishda muxim ahamiyatga ega. Zarafshon suvaryirg\u2019ich ko\u2019prigi nodir tarixiy yodgorlik sifatida davlat muqofazasiga olingan. Ad. Muhammadjonov A., Shayboniyxon suvayirg&#8217;ich ko&#8217;prigi, T., 1969; Muhammadjonov A., Quyi Zarafshon vodiysining sug&#8217;orilish tarixi, T., 1972; Muhammadjonov A., O&#8217;zbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997. Abdulahad Muhammadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZARAFSHON SUVAYIRG&#8217;ICH KO&#8217;PRIGI \u2014 Samarqand shahri markazidan 7\u2014 8 kilometr shimoli-sharqda, Zarafshon daryosining so&#8217;l qirg&#8217;og&#8217;ida pishiq g&#8217;ishtdan qurilgan ko&#8217;prik. U tarixiy adabiyotlarda &#8220;Temur ravog&#8217;i&#8221;, &#8220;Puli Shodmon Malik&#8221;, &#8220;Abdullaxon ko&#8217;prigi&#8221; va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zarafshon-suvayirgich-koprigi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12389","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12389","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12389"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12389\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12392,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12389\/revisions\/12392"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12389"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12389"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12389"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}