{"id":12393,"date":"2021-12-12T14:07:20","date_gmt":"2021-12-12T11:07:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12393"},"modified":"2021-12-12T14:07:21","modified_gmt":"2021-12-12T11:07:21","slug":"zarafshon-tizmasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zarafshon-tizmasi\/","title":{"rendered":"ZARAFSHON TIZMASI"},"content":{"rendered":"\n<p>ZARAFSHON TIZMASI &#8211; Pomir-olay tog&#8217;lariga mansub tog&#8217;tizmasi. Zarafshon daryosidan Janubda, Mastchoh (Ko&#8217;ksuv) tog&#8217;tugunidan boshlanib, Turkiston tizmasiga parallel holda sharqsan g&#8217;arbga 420 kilometrga (Jom cho&#8217;ligacha) cho&#8217;zilgan. Gersin burmalanishida hosil bo&#8217;lgan, keyinchalik yemirilgan va uchlamchi davrda qayta ko&#8217;tarilib hoz. qiyofaga kelgan. Zamini asosan paleozoy ohaktoshlari, kristalli slaneslar va qisman granitlardan (g&#8217;arbida) tuzilgan. Zarafshon tizmasida qoya, tik jarlik va chuqur vodiylar ko&#8217;p. Ohaktoshli joylarida karst hodisalari uchraydi. Zarafshon tizmasining g&#8217;arbiy qismidagi Qirqtog&#8217; platosida (Ziyovuddin tog&#8217;lari yaqinida) O&#8217;rta Osiyoda eng chuqur, dunyodagi yirik karst g&#8217;orlaridan biri Kili (yoki Kiev) g&#8217;ori (tubidagi ko&#8217;l bilan birga chuqurligi 950 metr) joylashgan. Tizmaning Sharqiy qismi Mastchoh va Yag&#8217;nob daryolari havzalarini, g&#8217;arbiy qismi Zarafshon va Qashqadaryo qavzalarini birbiridan ajratib turadi. Sharqiy qismining o&#8217;rtacha balandligi 4000-4500 metr. Zarafshon tizmasida bir qancha bo&#8217;ylama depressiya (graben) va ko&#8217;ndalang vodiylar mavjud. Zarafshon daryosining irmoqlari \u2014 Fondaryo, Kishtutsoy, Mag&#8217;iyondaryo Zarafshon tizmasini ko&#8217;ndalang kesib o&#8217;tib, tizmani uch qismga bo&#8217;ladi. Fondaryogacha bo&#8217;lgan Sharqiy kambar qismi Mastchoh tog&#8217;lari deb ataladi, unda qirrali cho&#8217;qqi ko&#8217;p. Shimol yon bag&#8217;ri qiya, janubiysi tik. Balandligi 4500-5000 metr, eng baland joyi Tutak cho&#8217;qqisi, 5433 metr. Baland qismida qor va muzlik ko&#8217;p. Sharqda Fondaryo va g&#8217;arbda Kishtutsoy oralig&#8217;ida fon tog&#8217;lari joylashgan. Shim. yon bag&#8217;ri (Zarafshon vodiysi tomon) tik va qoyali bo&#8217;lib, Janub Hisor tog&#8217;lariga tutashib ketadi. Slanes va ohaktoshlaridan tuzilgan shimol yon bag&#8217;rida yoriq ko&#8217;p. Bu yoriqlar tashqi kuchlar ta&#8217;sirida kengayib bormoqda; tog&#8217;larda ko&#8217;chkilar bo&#8217;lib turadi. Zarafshon tizmasining kichikroq muzliklar bilan qoplangan eng baland Chimtarg&#8217;a cho&#8217;qqisi (5489 metr) shu qismida. Muzliklarning umumiy maydoni 307 kilometr kvadrat. Kishtutsoydan g&#8217;arbga tomon tog&#8217; pasayib, u yerda o&#8217;rtacha balandligi 2500 metr bo&#8217;lgan platosimon tog&#8217;lar bor. Mag&#8217;iyondaryodan Taxtaqoracha dovonigacha Chaqalikalon tog&#8217;i davom etadi, uning Sharqiy qismi baland, shimol yon bag&#8217;ri tik. Dovonning g&#8217;arbidagi Qoratepa tog&#8217;i g&#8217;arbga tomon pasaya borib, balandligi 500-600 metrli adirlar bilan tugaydi. Adirlar Kattaqo&#8217;rg&#8217;on shahridan Janubda balandlasha borib, Zirabuloq tog&#8217;lariga tutashadi. Zirabuloq va Ziyovuddin tog&#8217;lari Zarafshon tizmasining g&#8217;arbiy davomidir. Zarafshon tizmasi iqlimi kontinental. Tog&#8217;oldi qiyaliklari va yon bag&#8217;irlarining iklimi issiq va quruq, yuqoriga ko&#8217;tarilgan sari iqlimi salqinlashadi va yog&#8217;in ko&#8217;payadi. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi pastroq qismida -0,5\u00b0 dan 2\u00b0 gacha, 2500\u2014 3000 metr balandlikda esa -6\u00b0 dan -10\u00b0 gacha. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi past joylarda 25-29\u00b0, baland qismida esa 15\u2014 18\u00b0. Maksimum temperatura 40-42\u00b0. Yillik yog&#8217;in miqdori 200-400 millimetr. Tog&#8217;yon bag&#8217;irlari siyrak o&#8217;rmon (asosan archazor) bilan qoplangan. Tog&#8217;ning 800 metrgacha bo&#8217;lgan va lyoss hamda lyossli qumloq jinslardan tuzilgan qismlarida oddiy va tipik bo&#8217;z tuproq, 800-1500 metr balandlikda qo&#8217;ng&#8217;ir bo&#8217;z tuproq tarqalgan. 1500-2000 metr balandlikda tog&#8217; o&#8217;rmondasht mintaqasidagi jigarrang va jigarrangqo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlarda zarang, archa, yong&#8217;oq, bodom, qatrang&#8217;i, pista, do&#8217;lana, itburun, chiya o&#8217;sadi. 2500-3000 metr balandliklar subalp mintaqasidan iborat, u yerlarda mushukquyruq, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, oqso&#8217;xta, kovrak, betaga o&#8217;sadi. 3000 metrdan baland qismidagi Alp mintaqasida to&#8217;q qo&#8217;ng&#8217;ir va qo&#8217;ng&#8217;ir o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqi tuproqlarda oqmomiq, to&#8217;ng&#8217;izsirt, suvrang, choyo&#8217;t, chalov, betaga, qiziltikan, Paxtak o&#8217;sadi. Zarafshon tizmasidagi o&#8217;rmon va butazorlarda o&#8217;rmon kalamushi, Olmaxon uchraydi, Alp mintaqasida esa qizil dumli sug&#8217;ur, qizil pishchuxa, kulrang sassiqko&#8217;zan, Tibet burguti, kaptar, silovsin, tosh suvsari, jayra, yovvoyi echkilar yashaydi. Zarafshon tizmasi yaylovlaridan chorvachilikda keng foydalaniladi. Daryo vodiylarida qishloqlar, ekinzorlar, bog&#8217;lar bor. Ad.: Baratov P., Orografiya dolini reki Zarafshon, v SB. &#8220;Voprosi izucheniya i ispolzovaniya prirodi i prirodnix resursov Sredney Azii i sopredelnix stran&#8221;, T., 1970.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZARAFSHON TIZMASI &#8211; Pomir-olay tog&#8217;lariga mansub tog&#8217;tizmasi. Zarafshon daryosidan Janubda, Mastchoh (Ko&#8217;ksuv) tog&#8217;tugunidan boshlanib, Turkiston tizmasiga parallel holda sharqsan g&#8217;arbga 420 kilometrga (Jom cho&#8217;ligacha) cho&#8217;zilgan. Gersin burmalanishida hosil bo&#8217;lgan, keyinchalik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zarafshon-tizmasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12393","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12393","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12393"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12393\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12398,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12393\/revisions\/12398"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12393"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12393"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12393"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}