{"id":124316,"date":"2024-05-15T20:35:08","date_gmt":"2024-05-15T17:35:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124316"},"modified":"2024-05-15T20:35:11","modified_gmt":"2024-05-15T17:35:11","slug":"kategoriyalar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kategoriyalar-2\/","title":{"rendered":"Kategoriyalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Kategoriyalar (Yun. kategoria \u2014 mulohaza, fikr; belgi) (falsafada)\u2014 voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat hamda munosa- batlarini aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar. K. bilish va ijti- moiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlashgan natijasi bo&#8217;lib vujudga kelgan. K. haqidagi ilk ta&#8217;limot qad. Hindistonning ayrim falsafiy MAK- tablarida uchraydi. Yunon faylasufi Platon dunyodagi narsa va hodisalar tu- shunchalarning ifodasi shaklida hosil bo&#8217;ladi deb hisoblaydi. Aristotel o&#8217;zining &#8220;kategoriyalar&#8221; asarida K.ni ob&#8217;ektiv reallikning in&#8217;ikosi hamda eng yuksak umumlashmasi deb talqin qiladi. U 10 ta kategoriya to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot beradi: mohiyat, miqdor, si- Fat, munosabat, joy, vaqt, qoida, holat, xatti-harakat va qiynalish. Aristotel- ning K. haqidagi ta&#8217;limoti Kindiy, Forobiy, Ibn Sino tomonidan rivoj- lantirildi. O&#8217;rta asr sxolastikasi 6 ta kategoriyani bir-biridan farq qiladi: borliq (mohiyat), sifat, miqdor, harakat (o&#8217;zgarish), munosabat, egalik. Dekart va Lokk 3 ta kategoriyani ko&#8217;rsatib o&#8217;tadi: substantsiya, holat (modus) va munosabat. I. Kant K.ni aql-idrok shakllari deb tushunadi. K. haqida ta&#8217;limotni ishlab chiqishda Gegelning ham xizmati katta. U K. haqidagi keng va murakkab ta&#8217;limot tizimini yaratgan. K. haqidagi ta&#8217;limot- ga E. Gartman, A. Shopengauer, F. Nis- she asarlarida ham keng o&#8217;rin berilgan. Har bir inson o&#8217;z faoliyatida o&#8217;zigacha shakllangan K. yordamida ish tutadi. K. metodologik va dunyoqarash mazmuniga ega bo&#8217;lib, insonga borliqning mohiyatini, insonning borliqda tutgan o&#8217;rnini to&#8217;g&#8217;ri bilib olishga yordam beradi. Har qaysi fanning o&#8217;z K. i bo&#8217;lib, shu fanning xususiyatlarini ko&#8217;rsatib turadi. Falsafiy K. fan K.idan farq qilib aniq fanlar rivoji natijala- rini umumlashtirib, ilmiy bilishdagi metodologik va dunyoqarash ahamiyatiga ega bo&#8217;lgan tomonlarini ta&#8217;riflab be- radi. Falsafaning turli K.i mavjud: borliq, ong, harakat, rivojlanish, fazo, vaqt, in&#8217;ikos, bilish, haqiqat, sababiyat, struktura, tizim, mazmun, shakl, imkoni- yat, voqelik, hodisa, moxiyat va b.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kategoriyalar (Yun. kategoria \u2014 mulohaza, fikr; belgi) (falsafada)\u2014 voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat hamda munosa- batlarini aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar. K. bilish va ijti- moiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kategoriyalar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-124316","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124316","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124316"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124316\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124321,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124316\/revisions\/124321"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124316"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124316"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124316"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}