{"id":124361,"date":"2024-05-16T19:44:43","date_gmt":"2024-05-16T16:44:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124361"},"modified":"2024-05-16T19:44:47","modified_gmt":"2024-05-16T16:44:47","slug":"sayyoralar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sayyoralar\/","title":{"rendered":"Sayyoralar"},"content":{"rendered":"\n<p>Sayyoralar \u2014 Quyoshning tortish kuchi ta&#8217;sirida uning atrofida aylanuv- chi yirik sharsimon jismlar. S. Quyosh atrofida aylanuvchi minglab mayda sayyo- ra (asteroid) lardan farq qiladi. Ular- ni juda qadimdan qo&#8217;zg&#8217;almas yulduzlar fonida siljib yurishidan sezib &#8220;adash- gan yulduzlar&#8221;, ya&#8217;ni S. deb atashgan. Quyosh atrofida aylanuvchi yirik S. 9 ta (Merkuriy, Venera, Er, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton). Ulardan 5 tasini oddiy (&#8220;qurollanmagan&#8221;) ko&#8217;z b-n ko&#8217;rish mumkin. Qadimda barcha S. va Quyosh er atro- fida aylanadi deb noto&#8217;g&#8217;ri talqin qilingan. 16-a. boshlarida polyak astro- nomi N. Kopernik S.ning Quyosh atro- fida aylanish tartibini aniqladi. Italyan olimi g. Galiley o&#8217;zi yasagan teleskopda S.ni kuzatib, ular sharsimon jismlar ekanligini aniqladi. U Vene- Rani ham xuddi oy kabi turli fazalar- da ko&#8217;rinishini kuzatib, S. o&#8217;zidan nur chiqarmasligini, balki Quyosh nurlarini qaytarishi hisobiga yulduzlarga o&#8217;xshab Ravshan ko&#8217;rinishini aniqladi. Teleskop ixtiro qilingach, Quyosh sistemasida yana 3 ta yirik Sayyora topildi: 1781 y.da in- gliz astronomi V. Gershel Uranni, 1846 y. frantsuz astronomi u. Levere hamda ingliz astronomi J. Adams Neptunni va 1930 y.da amerikalik astronom Tombo Plutonni kashf etdi. S. fizik tabiatiga ko&#8217;ra, er tipi- dagi S. va gigant S.larga bo&#8217;linadi: er tipidagi S.ga Merkuriy, Venera, er, Mars, gigant S.ga esa Yupiter, Saturn, Uran, Neptun kiradi. Pluton yaxshi o&#8217;rganilmaganligi uchun qaysi tipdagi- ga mansubligi hali aniq belgilanmagan. Er tipidagi S.ning fizik tasniflarida bir qancha umumiylik bo&#8217;lib, ularning o&#8217;lchami va massasi uncha katta emas (er \u2014 ular ichida eng kattasi), qattiq sirt qobig&#8217;iga va atmosferaga (Merkuriydan tashqari) ham ega S.dir. Ularning o&#8217;rtacha zichliklari nisbatan yuqori bo&#8217;lib, er zichligiga (5,5 g\/sm3) yaqin. Gigant S. o&#8217;lchami va massasi juda kattaligi b-n er tipidagi Sdan farq qiladi, o&#8217;rtacha zichliklari ularnikidan ancha kichik. Gigant S. nisbatan tez ayla- nishi, qattiq sirtga ega emasligi va juda qalin geliy hamda vodorodli (qisman metan \u2014 SN4 va ammiak \u2014 NH3 aralash- Mali) atmosfera qobikdarining mavjud- ligi b-n ham er tipidagilardan keskin farq qiladi. Quyosh atrofida bu ikki guruhga kiruvchi S. dan tashqari o&#8217;n min- glab mayda S. (asteroidlar) ham aylana- Di. Ular Quyoshdan o&#8217;rtacha 2,8 astronomik birlik masofada, Quyosh atrofida ayla- nadi; bu zona asteroidlar mintaqasi deb yuritiladi. S. ko&#8217;rinish shartlariga ko&#8217;ra ham 2 guruhga bo&#8217;linadi: orbitalari er orbitasining ichki qismida joylashgani \u2014 ichki (Merkuriy va Venera), tashkari- da joylashgani esa tashki S. (Mars, Yupi- ter, Saturn, uran, Neptun va Plutonlar) deb ataladi. Ichki S. Quyosh chiqishidan oldin (Sharq tomonda) va Quyosh botgan- dan so&#8217;ng (G&#8217;arb tomonda) davriy ko&#8217;rinish holatlarida bo&#8217;la oladi, tashki S. tun- da turli paytlarda, jumladan, butun tun davomida ko&#8217;rinish holatlarida ham bo&#8217;lishi mumkin. S.ning fizik tabiati 20-a. 2-yarmidan boshlab, sayyoralararo avtomatik st-yalar yordamida muntazam o&#8217;rganila boshladi. Xususan, Merkuriy &#8220;Mariner&#8221;, Venera &#8220;Venera&#8221;, Mars \u2014 &#8220;Mars&#8221;, &#8220;Viking&#8221;, gigant S. esa AQShning &#8220;katta tur&#8221; da- sturi bo&#8217;yicha uchirilgan. &#8220;Pioner10, 11&#8221;, &#8220;Voyajer&#8221; avtomatik st-yalari yorda- mida samarali tadqiq qilindi. Erdan turib olib borilgan bevosi- ta kuzatishlar orqali topilgan S.ning yo&#8217;ldoshlari quyidagilar: erda 1 ta (Oy), Marsda \u2014 2 ta, Yupiterda \u2014 12 ta, Saturnda \u2014 9 ta, Uranda \u2014 5ta, Neptun- da \u2014 2ta, Plutonda \u2014 1ta. Keyinchalik kosmik apparatlar yordamida gigant S. atrofida yana o&#8217;nlab yangi yo&#8217;ldoshlar to- pildi (q. Sayyoralarning yo&#8217;ldoshlari). S.ning ayrimlari (er va Yupiter) se- zilarli magnit maydoniga ega. Er magnit maydonining kuchlanganligi uning Geo- magnit qutblarida 0,63 erstedni, geomag- nit ekvatorida esa 0,31 erstedni tashkil etadi. Koinot qa&#8217;ridan va Quyoshdan ke- layotgan kosmik nurlar va zarralar oqimi (asosan, elektronlar va protonlar) ni er magnit maydoni tutib qoladi. &#8220;Qafasga tushgan&#8221; bunday zarralarning energiyasi va kontsentrasiyasi ularning er sirtidan uzokligi va geomagnit kengligiga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Bunday zarralar oxiroqibatda Er atrofida, geomagnit ekvatorni o&#8217;rovchi halqa yoki kamar shaklini oladi. Er va Yupiter atrofida turli ba- landliklarda hosil bo&#8217;lgan va radiasion kamar deb ataluvchi ana shunday kuvvatli elektron hamda protonlardan tashkil topgan kamarlardan bir nechtasi oxirgi yillarda kashf etildi. Ad.: Ksanfomaliti L. V., Planeti Otkritie zanovo, M., 1978; Kulikovskiy P. G., Spravochnik lyubitelya astronomii, M., 1971; Silkin B.I., V mire mnojestva Lun, M., 1982; Mamatazimov M., Quyosh si- stemasi haqida ocherklar, T., 1984.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sayyoralar \u2014 Quyoshning tortish kuchi ta&#8217;sirida uning atrofida aylanuv- chi yirik sharsimon jismlar. S. Quyosh atrofida aylanuvchi minglab mayda sayyo- ra (asteroid) lardan farq qiladi. Ular- ni juda qadimdan qo&#8217;zg&#8217;almas &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sayyoralar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124361","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124361","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124361"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124361\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124367,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124361\/revisions\/124367"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124361"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124361"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124361"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}