{"id":124383,"date":"2024-05-16T19:50:26","date_gmt":"2024-05-16T16:50:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124383"},"modified":"2024-05-16T19:50:31","modified_gmt":"2024-05-16T16:50:31","slug":"sosiologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sosiologiya\/","title":{"rendered":"Sosiologiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Sosiologiya (lot. societas \u2014 jamiyat va &#8230;logiya) \u2014 bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ij- timoiy guruxdar, shaxs va jamiyat mu- nosabatlari to&#8217;g&#8217;risidagi fan. S. ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan em- pirik (tajribaga asoslangan) ma&#8217;lu- motlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asos- lab beradi. Jamiyat hayotini tushuntirishga uri- nishlar antik davrda (Platon, Aristo- tel va b.) paydo bo&#8217;ddi, tarix falsafa- sida davom etdi. O&#8217;rtaosiyolik mutafak- kirlar (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirilgan. Sosiologik tasavvur va qarashlar 19-a.ning 1-yarmida o. Kont, G. Spenser kabi olimlar ijodi natijasi- da fan darajasiga ko&#8217;tarildi va qariyb 200 y.dan buen rivojlanib kelmoqda. Turli davrlarda S.ning moxiyati tur- licha talqin etildi. Avvaliga u jamiyat haqidagi umumiy fan sifatida tushu- nilgan. Ayni vaqtda uning aniq ilmiy uslublarini nazarda tutgan holda ij- timoiy fizika deb ham izohlangan (L. Ketle). Dastlab Evropada taraqqiy et- gan S. G&#8217;arbiy Evropa mamlakatlarida keng ijtimoiy muammolarni dalil va asosli ravishda qo&#8217;ya boshladi (M. Veber, E. Dyurkheym, G. Zimmel (1858-1918), V. Pareto (1848-1923), P. Sorokin (1889-1968). Shu ma&#8217;noda u mohiyatan makrososiologiya edi. S.ning Amerika- dagi rivoji esa, odatda, &#8220;kichik&#8221; ijti- moiy hodisalarni o&#8217;rganuvchi mikrososi- ologiya tarzida yangi qirralarini namoyon etdi [J. Dyui (1859-1952), Ya. Moreno (1892-1974), J. Xomans (1910), E. Meyo (18801949) va b.]. Keyinchalik S.ning bu makro va mikro ko&#8217;rinishlari T. Parsons (1902\u2014 79), R. Merton (1910)ning naza- riy ishlarida va P. Lazersfeld (1901 \u2014 76)ning empirik tadqiqotlar uslubi- yatvda yagona tizimga keltirildi. Biroq S.ning predmeti va ijtimoiy amali- yot uchun ahamiyati xususidagi bahslar haligacha davom etib kelyapti, yangi S. yaratishga urinishlar to&#8217;xtamayapti. S. o&#8217;z taraqqiyotining klassik dav- rida yaxlit bilimlar tizimi sifati- da rivojlangan bo&#8217;lsa, keyin bu fanga turli oqimlar va yo&#8217;nalishlar kirib keda boshladi. Mexanistik nazariya ta- rafdorlari g. Ch. Keri (1798-1879), V. Ostvald (1853-1932), V. Pareto (1848\u2014 1923) S.ni ijtimoiy dunyo fizikasi deb hisoblashgan. Biologik nazariya, Xu- Susan, organik yo&#8217;nalish (g. Spenser, L. Gumplovich), shuningdek, ijtimoiy dar- vinizm vakillari (Ch. Darvin va b.) ja- miyatni biologik dunyo qonuniyatlaridan kelib chiqib izohlashgan. Psixologik qarashlarda [D. S. Mill (1806-73), Makdugall] jamiyat hayotidagi voqea va jarayonlar takdid nazariyasi, instinct nazariyasi asosida psixologik jihatdan tushuntirilgan. Xususan, 3. Freyd (jinsiy mayl), ya. Moreno (jamiyatni individualpsixologik tushuntirish) qarashlari keyinchalik kollektivpsi- xologik nazariyalarga olib keldi. Shu yo&#8217;nalishda ijtimoiypsixologik, bixe- vioristik, simvolik interaktsionizm, ijtimoiy harakatlar nazariyalari ri- vojlandi. Hoz. davrda funktsionalizm za- monaviy G&#8217;arb S.sining asosiy yo&#8217;nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo&#8217;nalish vakillari (T. Parsons, R. Merton) jamiyatning funktsional bir- ligi, uning dinamik muvozanati muam- molariga asosiy e&#8217;tiborni qaratadi. Formalsosiologik yo&#8217;nalish F. Tennis (1855-1936), g. Zimmel, L. fon Vize (1876-1969) kabi sosiologdar ijodi ta&#8217;sirida mustahkamlandi va rivoj- landi. Bu yo&#8217;nalish vakillari ijtimo- iy hodisalarning mazmunidan ham ko&#8217;ra ularning shakliga ko&#8217;proq e&#8217;tibor beril- sa, bu S. predmetiga mosroq bo&#8217;ladi, deb hisoblaydi. 20-a.ning 2-yarmida yangi nazariya va oqimlar, xususan, &#8220;asosiy nazariya&#8221; (Glasser va stress), refleksiv S, dia- lektik S, kundalik hayot S. si modellari shakllandi. Lekin shunga qaramay, yangi S.da 2 nazariy yo&#8217;nalish aniq ko&#8217;rinishga ega bo&#8217;ldi: 1) radikal S. (jamiyatni jid- diy o&#8217;zgartirish kerak, S. bunda muhim rol o&#8217;ynaydi, deb hisoblaydi); 2) guma- nistik S. (insonning ijtimoiy tizim- dagi yangi mavqeini, uning me&#8217;yor yara- tuvchanlik salohiyati, ruhiy jihatini tadqiq etishni ustuvor deb biladi). Bugungi kunga kelib S turli nazariya- lar va bir necha sog&#8217;alarni qamrab olgan bo&#8217;lishiga qaramay, mohiyatan yaxlit fan sifatida jadal rivojlanmoqda. O&#8217;zbekistonda ham S. o&#8217;z tarixiga ega. U ijtimoiy borliq muammolari xususida asrlar davomida fikr yuritib kelgan ulamoyu shoirlar, mutafakkiru hukmdorlarning izlanishlarida o&#8217;z ifo- dasini topgan. Buyuk vatandoshlarimiz boshqa sohalar kabi S.ning rivojlani- shiga ham katta hissa qo&#8217;shdilar. Mukam- mal jamiyat g&#8217;oyasi, davlatni boshqarish, jamiyatda shaxsning o&#8217;rni va roli masa- lalari ular yaratgan turli janrlardagi asarlarga mavzu bo&#8217;lganligiga qaramay S. fanini mustaqillikdan so&#8217;nggina lo- zim darajada rivojlantirish imkoniya- ti tug&#8217;ildi. O&#8217;zbekistonda keng ko&#8217;lamli nazariymetodologik muammolarni qo&#8217;yish, ijtimoiy dunyoga tahliliy na- zar bilan qarash ko&#8217;nikmalari hosil qilinmoqda. S. faniga oid kitob va ri- Solalar, darslik va qo&#8217;llanmalar yaratish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Sosio- logik tafakkurni shakllantirish, uni ta&#8217;lim tizimida, boshqaruvda, omma- viy axborot vositalari va b. sohalarda kengroq qo&#8217;llashga harakat qilinmoqda. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida &#8220;S. va boshqaruv psixolo- giyasi&#8221; kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Bir necha yillardan buyon &#8220;ijtimoiy fikr&#8221; jamoatchilik fikrini o&#8217;rganish markazi tomonidan sosiologik so&#8217;rovlar o&#8217;tkazish tajribasi to&#8217;plandi. Bir nechta ilmiy muassasalar (O&#8217;zMU, O&#8217;zbekiston FA, viloyatlardagi un-tlar)da nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kibernetik S. muammolari (akad. V. Krbulov), ijtimoiy jarayonlarni model- lashtirish (N. Aliqoriev), jamoatchilik fikrini o&#8217;rganish (R. Ubaydullaeva), de- mofafik jarayonlarni tadqiq etish (o. Atamirzaev) yo&#8217;nalishlarida ilmiy ish- lar qilingan, milliy mentalitet (M. Bekmurodov, A. Begmatov), tafakkur tar- zi (B. Farfiev), mahalla fenomeni (K. Kalonov) o&#8217;rganilmoqda. O&#8217;zbek olimlari, shuningdek, S.ning turli yo&#8217;nalishlari (nazariy S. \u2014 R. T. Ubaydullaeva; mehnat S.si \u2014 q. Abduraxmonov, ekologik S. \u2014 A. Qahxrrov; din S.si \u2014 M. G&#8217;anieva; si- yosiy S. \u2014 A. Xolbekov) bo&#8217;yicha muayyan ishlar qildilar. Abdug&#8217;ani Xolbekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sosiologiya (lot. societas \u2014 jamiyat va &#8230;logiya) \u2014 bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ij- timoiy guruxdar, shaxs va jamiyat mu- nosabatlari to&#8217;g&#8217;risidagi fan. S. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sosiologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124383","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124383","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124383"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124383\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124391,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124383\/revisions\/124391"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124383"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124383"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124383"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}