{"id":124400,"date":"2024-05-16T19:53:04","date_gmt":"2024-05-16T16:53:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124400"},"modified":"2024-05-16T19:53:07","modified_gmt":"2024-05-16T16:53:07","slug":"slovakiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/slovakiya-2\/","title":{"rendered":"Slovakiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Slovakiya (Slovensko), Slovakiya Respublikasi (Slovenska Republika) \u2014 Markaziy Evropada joylashgan davlat. Maynd. 49 ming km2. Aholisi 5,4 mln. kishi (2002). Ma&#8217;muriy jihatdan 8 o&#8217;lkaga bo&#8217;linadi. Poytaxti \u2014 Bratisla- va sh. Davlat tuzumi. S. \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1992 y. 1 sent. da qabul qilingan (1999 y. tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshlig&#8217;i \u2014 Pre- zident (2004 y.dan Ivan Gashparovich), u umumiy teng va to&#8217;g&#8217;ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xrkimiyatni bir palatali parlament \u2014 Milliy kengash, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. S. \u2014tog&#8217;li mamlakat. Hududining aksariyat qismi G&#8217;arbiy kar- pat tog&#8217;lari doirasida (Slovakiya rudali tog&#8217;lari va b.) joylashgan. Lises sh.dagi Zlati Vrx bazaltli tepaligi tabiat yodgorligidir. Gerlaxovskishtit tog&#8217;i (2655 m) \u2014 G&#8217;arbiy Karpat tog&#8217;larining eng baland nuqtasi. Jan. ni O&#8217;rta Dunay tekisligining bir kismi egallagan. S.da qo&#8217;ng&#8217;ir kumir, temir, marganes, polime- Tall rudalari, surma, magnezit konlari bor. Iklimi mo&#8221;tadil, kontinental. Te- kisliklarda o&#8217;rtacha tra yanvarda \u2014g dan -4\u00b0, Karpat tog&#8217;ida -10\u00b0 gacha, iyulda 19\u2014 2G, tog&#8217;larda 4\u00b0 gacha. Yillik yog&#8217;in tekisliklarda 450-700 mm, tog&#8217;larda 2100 mm gacha. S. daryolari (Dunay va uning irmoklari, Morava, Vag, Gron va b.) gidroenergiyaning muxim manbalari- dir. S. tog&#8217;lari o&#8217;rmonlar b-n krplangan (mamlakat hududining 1\/3 kismi). Jan. qiyaliklarda keng bargli va aralash, shim. qiyaliklarda igna bargli daraxt- lar o&#8217;sadi. Tekisliklarda dehqonchilik qilinadi. Hayvonlardan qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq, bo&#8217;ri, silovsin, to&#8217;ng&#8217;iz, quyon, Olmaxon, tipratikan, turli qushlar bor, dare va ko&#8217;llarda baliq ko&#8217;p. Aholisining ko&#8217;pchiligi \u2014 slovaklar (87%), shuningdek Venger, Chex, ukrain va b. ham yashaydi. Shahar aholisi 56,8%. Rasmiy til \u2014 slovak tili. Dindorlar- ning aksariyati \u2014 xristian (katolik) lar. Yirik shaharlari: Bratislava, ko- shise, Preshov. Tarixi. S. hududida paleolit dav- rida manzilgoxlar bo&#8217;lganligi ma&#8217;lum. Mil. 3-4-a.larda slavyanlar ko&#8217;chib kel- gan va 1ming yillik o&#8217;rtalarida etakchi etnik guruh bo&#8217;lib qolgan. 7-a.da S ilk slavyan samo davlati tarkibiga, 9-10- a.larda Buyuk Moraviya davlati tarki- biga kirgan. 11-a. o&#8217;rtalarida S.ni Ven- gerlar bosib olib, chexmorava va Slovak qabilalari asosida yagona elat hosil bo&#8217;lish jarayoniga xalaqit berdilar. 13\u2014 14-a.larda S. nemislar kuliga o&#8217;tdi. 16-a. o&#8217;rtalarida Sningjan.ni turklar bosib oldi, qolgan xududi 17-a. oxirida gab- sburglar monarxiyasi tarkibiga kiri- tildi. 1718-a. boshlarida S.da bir necha bor dehqonlar qo&#8217;zg&#8217;oloni (1618, 163132, 1648, 1660, 1711), hunarmand va shahar yo&#8217;qsillarining norozilik chiqishlari (1606, 1609, 1626, 1632, 1640) bo&#8217;ldi. S. dehqonlari Rakosi Ferents xarakati- da (1703-11) qatnashdilar. 1848-49 y. Avstriya inqilobi vaqtida S. mil- liy harakati arboblari demokratik o&#8217;zgarishlarni amalga oshirishni, Slovak xalqining milliy teng huquqliligini talab qilib chiqdilar, ammo Vengriya hukumati bu talabni rad qildi. AV- striya-Vengriya davlati tashkil topishi (1867) b-n Vengriya tarkibida qoldi. 1-jahon urushi yillarida S.da chet el hukmronligiga qarshi milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 1919 y. 16 iyunda Pre- shovda Slovakiya Sovet Respublikasi e&#8217;- lon qilindi, biroq 7 iyulda interventsi- yachi qo&#8217;shinlar tomonidan tormor etildi. Avstriya-Vengriya barbod bo&#8217;lgach, S. 1919 y. 30 okt.da Chexiya va Slovakiyaning yagona davlatga birlashuvi natijasida 1918 y. tashkil topgan Chexoslovakiya davlati tar- kibiga kirdi. 1938 y. Myunxen bitimita ko&#8217;ra, S.ning Jan. tumanlari Chexoslova- kiyadan Vengriyaga olib berildi, qolgan hududda 1939 y. slovak fashistlari Ger- maniya panohidagi &#8220;mustaqil&#8221; S davla- ti tashkil etilganini e&#8217;lon qildilar. Shu yildan S.da qarshilik ko&#8217;rsatish harakati avj oldi. 1944 y.gi S. milliy qo&#8217;zg&#8217;oloni S.ning 2\/3 qismigayoyildi. 1945 y. mayda S. butunlay ozod qilindi. Slovak va Chex erlari Chexoslovakiya re- spublikasi doirasida qayta birlashti- rildi. S. 1948 y. 9 maydan Chexoslovakiya Xalq demokratik Respublikasi, 1960 y. 11 iyuldan Chexoslovakiya sosialistik Respublikasi, 1990 y. 29 martdan Chexos- lovakiya Federativ Respublikasi, 1990 y. 20 apr.dan 1992 y. 31 dek.gacha Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi tar- kibida bo&#8217;ldi. 1992 y. 17 iyundagi Dekla- rasiyada respublika suvereniteti e&#8217;lon qilindi. S. \u2014 1993 y.dan BMT a&#8217;zosi. 1992 y. 24 yanv.da O&#8217;zR suverenitetini tan olgan va 1993 i. 1 yanv. dan diplomatiya munosabatlari o&#8217;rnatgan. Milliy bay- ramlari \u2014 29 avg. \u2014 Slovakiya milliy qo&#8217;zg&#8217;oloni kuni (1944), 1 sent. \u2014 Konsti- tusiya kuni (1992). Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushma tashkilotlari. Demokratik S. uchun harakat \u2014 Xalq partiyasi, 1991 y.da asos solingan; S. demokratik Ittifoqi, 1995 y. tuzilgan; S. dehqonlar partiya- si, 1990 y. tashkil etilgan; S. ishchila- ri birlashmasi, siyosiy partiya sifatida 1994 y. ro&#8217;yxatga olingan; so&#8217;l demokrat- lar partiyasi, 1991 y. tuzilgan; S. mil- liy partiyasi, 1989 y. asos solingan; Venger xristian demokratik xarakati, 1990 i. tashkil etilgan; S. xristiande- mokratik Ittifoqi partiyasi, 2000 y. ro&#8217;yxatga olingan. S. Respublikasi kasa- ba uyushmalari konfederasiyasi, 1990 y. asos solingan. Xo&#8217;jaligi. S. \u2014 industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat- ning ulushi 33,4%, q.x.ning ulushi 4,8%, xizmat ko&#8217;rsatish sohasining ulushi 61,8%. Sanoatida, asosan, mahalliy mineral xom ashyo (qung&#8217;ir kumir, lignit, temir ruda) negizida konchilik va Metallur- giya sanoati rivojlangan. Cho&#8217;yan, po&#8217;lat va prokatning ko&#8217;p qismi Koshisedagi me- tallurgiya k-tida, alyuminiy (chetdan kel- tirilgan boksitdan) Jyarnadgronom- da, mis Krompaxida ishlab chiqariladi. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: radiopriemnik, televizor, sovitkich, motosikl, kema, podshipnik, yuk vagon- lari, stanok, elektrotexnika uskunalari va b. ishlab chikariladi. Kime va neft kimyosi sanoati (neft mahsulotlari, mineral o&#8217;g&#8217;it, plastmassa, sintetik tola va b.) chetdan olingan neft va gaz asosi- da ishlaydi. Yirik o&#8217;rmon, yog&#8217;ochsozlik, qurilish materiallari sanoati barpo etilgan. To&#8217;qimachilik, ko&#8217;npoyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari \u2014 Bratislava va ko- shise. Yiliga o&#8217;rtacha 24,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Uning ko&#8217;pchilik qismini GESlar beradi, Yas- lovskaboguniseda AES bor. Qishloq xo&#8217;jaligi ning asosiy tarmog&#8217;i \u2014 deqqonchilik. Bug&#8217;doy, makkajo&#8217;xori, arpa, qand lavlagi, moy- li ekinlar va b. ekiladi. Bog&#8217;dorchilik va tokchilik rivojlangan. Go&#8217;shtsut, go&#8217;shtjun chorvachiligiga asosiy e&#8217;tibor beriladi (cho&#8217;chqa, quy, qoramol, parranda boqiladi). T.y. uzunligi 3,7 ming km, avtomobil yo&#8217;llari uz. 17,9 ming km. Dunayda kema qatnaydi. Daryo portlari: Bratislava, Komarno. Chetga mashina va uskuna, NEF- tni qayta ishlash, kimyo va yog&#8217;ochsozlik, q.x. maxsulotlari va b. sotadi. Chetdan neft va tabiiy gaz, oziq-ovqat, mashi- na va uskunalar oladi. Chexiya, Germaniya, Rossiya va b. b-n savdo qiladi. Pul birli- gi \u2014 Slovakiya kronasi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. Maorifi boshlang&#8217;ich va o&#8217;rta maktab ta&#8217;limidan iborat. 614 yoshdagi bolalar uchun majburiy ta&#8217;- lim joriy etilgan. Kasb ta&#8217;limi o&#8217;rta hunartexnika maktablarida berila- Di. 14 oliy o&#8217;quv yurti bor. Yiriklari: Bratislava universiteti, Slovakiya oliy texnika maktabi, Oliy iqtisodiy maktab, konservatoriya \u2014 hammasi Bra- tislavada; P. Shafarik nomidagi un-t, Oliy veterinariya maktabi, Oliy tex- Nika maktabi \u2014 Koshiseda; Oliy trans- port maktabi \u2014 jilinda va b. Asosiy ilmiy muassasasi \u2014 Slovakiya FA. Bra- tislavada virusologiya inti, payvand- lash va ped. ilmiytadqiqot intlari va b., Jilinda gidrologiya i.t. markazi va geol. Mahkamasi, Martinda S. matisasi (madaniy-ma&#8217;rifiy markazi) bor. Yirik kutubxonalari: S. matisasi kutubxona- si (1863), Bratislavadagi un-t kutubxo- nasi (1919), Koshisedagi Davlat ilmiy kutubxonasi (1657) va b. Asosiy muzey- lari: Bratislava va Martindagi S. mil- liy muzeylari, Koshisedagi Sharqiy S. muzeyi, Banskabistrisadagi S. milliy qo&#8217;zg&#8217;oloni muzeyi va b. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: &#8220;Pravda&#8221; (&#8220;haqiqat&#8221;, slovak tilida chiqadigan mustaqil kundalik gaz., 1920 y.dan), &#8220;Glas lyudu&#8221; (&#8220;xatq ovozi&#8221;, slo- vak tilida chiqadigan kundalik gaz., 1954 y.dan), &#8220;Narodna obroda&#8221; (&#8220;Milliy ti- klanish&#8221;, slovak tilida chiqadigan kun- dalik gaz., 1990 y.dan), &#8220;Rolniske novi- ni&#8221; (&#8220;dehqonlar gazetasi&#8221;, slovak tili- da chikadigan kundalik gaz., 1946 y.dan), &#8220;Smena&#8221; (&#8220;o&#8217;rinbosar&#8221;, slovak tilida chiqadigan kundalik yoshlar gaz., 1948 y.dan), &#8220;uy so&#8221; (&#8220;yangi so&#8217;z&#8221;, Venger tili- da chiqadigan kundalik gaz., 1948 y.dan), &#8220;Beseda&#8221; (&#8220;gurung&#8221;, slovak tilida chiqadigan haftanoma, 1990 y.dan), &#8220;ve- Cher&#8221; (&#8220;oqshom&#8221;, slovak tilida chiqadigan kechki gaz., 1990 y.dan). S. Respublikasi telegraf agentligi, axborot Mahkamasi, 1992 y. tuzilgan. S. radiosi 1926 y.dan, televideniesi 1956 y.dan ishlaydi. Adabiyoti. S. yozuvining paydo bo&#8217;lishi akauka Kirill va Mefodiylar- ning Buyuk Moraviya davlati hududidagi faoliyati b-n bogliq (9-a.ning 2-yarmi). Qad. adabiyot insonparvarlik va ozodlik ruxi b-n sug&#8217;orilgan. 17\u2014 18-a.lardaya. Vavrines, M. Rakovskiy, Sh. Pilarik va G. Gavlovich kabi yozuvchilar ijod qildi. Milliy uyg&#8217;onish boshlanishi b-n ma&#8217;- rifatparvarlik adabiyoti rivojlandi (18-a. oxiri \u2014 19-a. boshlari). Yozuvchi Y. Bayza, Yu. Fandli, filolog A. Ber- nolak bu davrning tanikli vakillari- dir. B. Tablis va ya. Golliy she&#8217;riyati- da, ya. Xalulka dramaturgiyasida, P. Y. Shafarik va ya. Kollar adabiyilmiy faoliyatida slavyanlar birligi ifoda- langan. 19-a. 40\u201470y.larida milliy ozodlik harakatining g&#8217;oyaviy rahbari L. Shtur boshliq inqilobiy romantiklar- ning ijodida vatanparvarlik g&#8217;oyalari folklor an&#8217;analari usulida targ&#8217;ib qilindi. Y. Zaborskiy Nasri va drama- turgiyasida, P. Gvezdoslav, S. Vayanskiy, M. Kukuchin nazmi va nasrida realizm US- lubi qiyomiga etkazildi. 20-a. boshlarida slovak moderni deb atalgan adabiy guruh (I. Krasko, V. Roy, I. Gall) shakllanib, realizm, modernizm, simvolizm ijo- diy printsiplarini umumlashtirdi. F. Kral, L. Ondreyov, Ya. Esenskiy Nasri, Ya. Ponichan nazmi tanqidiy realizmning yuksak namunalaridir. 2-jahon urushi- dan keyin xalqning fashizmga qarshi kurashi tarixi va yangi hayot qurilishi muammolari adabiyotning etakchi mavzui bo&#8217;ldi. F. Gechko, R. Yashik, A. Bednar, K. Lazareva, V. Minach romanlari, A. Plav- ka, P. Gorov, V. Migalik, Ya. Kostra she&#8217;- rlari 20-a.ning 2-yarmidagi eng mashhur asarlardir. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. S. hududida qad. Rim imoratlarining krldiklari saqlanib qolgan. Diniy in- shootlar va roman uslubidagi qasrlar (Nitradagi 1200 y.ga oid avliyo Emeram bazilikasi, 12-a.ga oid Skalisadagi 2 yarusli kapellarotonda, 1228 y.ga oid Dyakovsa, 12-a.ga oid Drajovsa cherkov- lari, 12-a.ga oid Oravskiy qasri va b.) slovak me&#8217;morligining dastlabki obi- dalaridir. 14\u2014 15-a.larda gotika uslubi urf bo&#8217;ldi (Koshisedagi kafedral sobor, 1382\u2014 1499; Bratislavadagi soborlar, 14-15-a.lar va b.). 16-a.da Uyg&#8217;onish dav- ri me&#8217;morligi tarkala boshladi (Ban- skabistrisadagi ratusha, 1510; Preshov, Levoch, Bardeyov va b. joylardagi uyjoy binolari). 17-18-a.larda barokko uslu- bi, ayniqsa, sezilarli iz krldirdi. Bra- tislavadagi troisa cherkovi (1717-35), ilk klassisizm nishonalari bo&#8217;lgan Bosh saroy (1778-81, me&#8217;mor M. Gefele), Koshisedagi ratusha (1756) shu jumlaga kiradi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida zamindorlarning hovlijoylari, shahar va qishloqlar qurilishida klassisizm, 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida modern uslubi ustun bo&#8217;ldi. Turar joylar va cherkovlar yog&#8217;och, tosh va pishik, g&#8217;ishtdan qurildi. 20-a.ning 2-yarmi qurilishida zamonaviy materiallardan foydalanil- Di (Bratislavadagi Oliy texnika MAK- tabi binosi, Dunay ustidagi ko&#8217;prik, &#8220;Kiev&#8221; mehmonxonasi va b.). S. hududida ibtidoiy san&#8217;at yod- gorliklari (paleolit davriga xos ayollar haykalchalari, neolit sopo- li, frakiy, skif, kelt, qad. Slavyan va b. qabilalardan qolgan buyumlar) saqlangan. 4-a.ga oid qabrlardan jez anjomlar, oltin va kumush buyumlar to &#8211; pilgan. 14-15-a.lar rang-tasvir asarla- ri (Spishskakapituldagi avliyo Martin cherkovi, 1317) diqqatga sazovor. 16-a. boshlarida Uyg&#8217;onish davri, 17-a.da ba- Rokko san&#8217;ati rivojlandi. 19-20-a. larda y. Chausig, K. Libay, V. Klimkovich, Y. Ganula, L. Chordak, F. Uprka, M. Benka, O. Dubay kabi rassom va haykaltaroshlar ijod qildilar. Zamonaviy tasviriy san&#8217;at ustalari orasida V. Glubuchek, Ya. Kulix, Y. Kuzma, Ya. Yanoshka va b.larni ko&#8217;rsatish mumkin. Musiqasi. S. xalq musiqa ijodiyoti janrlarga boy. Ular orasida epik, sevgi, diniy va marosim qo&#8217;shiqlari, ballada- lari uchraydi. Ko&#8217;shiqlar bir ovozli, 4 va 5 tovushkatorli diatonikaga asoslangan. Frishka va odzemok raqslari mashhur. Cholg&#8217;u asboblari \u2014 fuyara, cho&#8217;pon Nayla- ri, gayda va b. 9-10-a.larda professi- onal musikaning ilk shakllari (cherkov aytimlari),15-a.dan ko&#8217;p ovozli musiqa paydo bo&#8217;ldi. Milliy kompozitorlik maktabining asoschisi ya.L. Bella &#8220;Tak- dir va ideal&#8221; simfonik poemasi (1878), &#8220;Temirchi Viland&#8221; operasi (1890)ni yaratdi. 20-a. boshlarida turli opera va xor jamoalari tuzildi. 1919 y. tashkil etilgan musika maktabi 1928 y. Musiqa va drama akademiyasiga, 1941 y. konser- vatoriyaga aylantirildi. Bratislavada slovak kamer orkestri (1960), Oliy na- fis san&#8217;at maktabi (1949) tashkil top- Di. Kompozitorlar E. Suxon, A. Moy- zes, dirijyorlar L.Slovak, L. Rayter, pianinochilar M. Karin, K Gavlikova, P. Toperser, skripkachilar A. Moji, T. Gashparek, xonandalar yu. Martvon, E. Kitnarova, G. Benyachkova mashhur. Teatri. 12-a.da yokulyator deb ata- ladigan xalq akterlari tomoshalar ko&#8217;rsatishgan. 15-16-a.larda Brezno, Banskashtyavnisa va b. joylarda MAK- Tab dramasi paydo bo&#8217;ldi. 17-18-a.larda xalq teatri tashkil topib, unda diniy mavzudagi pesalar qo&#8217;yildi. S.da Pro- fessional teatr san&#8217;atining vujud- ga kelishida havaskorlik to&#8217;garaklari muhim rol o&#8217;ynadi. 19-a.ning 1-yarmida havaskorlarning drama to&#8217;garalari tuzi- la boshladi, ular u. Shekspir, F. Shiller, N. Gogol asarlarini sahnalashtirdi. 1890 y. Martinda qurilgan Milliy uy sahnasida mahalliy mualliflardan ya. Xalupka, Ya. Palarik, P. Gvezdoslav, Y. Tayovskiy pesalari qo&#8217;yildi. 1920 y. Bratislavada birinchi slovak profes- sional teatri barpo etildi. 20-a.ning 2-yarmida Bratislava, Jilin, Koshise, Banskabistrisa, Preshovda yangi teat- rlar ishlay boshladi. Y. Budskiy, I. Lixard, T. Rakovskiy kabi rej.lar, M. Kralovichova, K. Maxata, Yu. Pantik, M. Gregor kabi aktyorlar mashhur. Teatr kad- rlari Bratislavadagi Oliy teatr makta- bida tayyorlanadi. O&#8217;zbekiston \u2014 S. munosabatlari. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1997 y. yanv.da S.ga qilgan tashrifi chog&#8217;ida imzolangan ikki tomon- Lama hujjatlar O&#8217;zR bilan S.ning o&#8217;zaro hamkorligi uchun huquqiy asos yaratdi. Bu hujjatlar orasida o&#8217;zaro munosabat va hamkorlik asoslari to&#8217;g&#8217;risidagi shar- tnoma, sarmoyalarni o&#8217;zaro qimoyalash va rag&#8217;batlantirish hamda savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik haqidagi bitim alohida o&#8217;rin oladi. Keyingi yil- larda O&#8217;zbekiston \u2014 S. munosabatlari hukumatlar, parlamentlar, ekspertlar, tadbirkorlar darajasida rivojlanib keldi. O&#8217;zbekiston \u2014 S. hukumatlararo qo&#8217;shma komissiyasi ishlay boshladi. Ana shularning natijasi o&#8217;laroq ikki tomon- Lama tovar aylanmasi 2002 y. 8,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2003 y. martda S. Prezidenti R. Shusterning O&#8217;zbekistonga tashrifi natijasida imzolangan ikki tomonlama soliq so- lish va mulkdan keladigan daromaddan soliqto&#8217;lashdan bosh tortishning oldini olish to&#8217;g&#8217;risidagi bitim, O&#8217;zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy ban- ki bilan S. &#8220;Eksibank&#8221;i o&#8217;rtasida hamkorlik to&#8217;g&#8217;risidagi memorandum ikki mamlakatning o&#8217;zaro munosabatla- ri ni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Slovakiya (Slovensko), Slovakiya Respublikasi (Slovenska Republika) \u2014 Markaziy Evropada joylashgan davlat. Maynd. 49 ming km2. Aholisi 5,4 mln. kishi (2002). Ma&#8217;muriy jihatdan 8 o&#8217;lkaga bo&#8217;linadi. Poytaxti \u2014 Bratisla- va sh. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/slovakiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124400","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124400","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124400"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124400\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124408,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124400\/revisions\/124408"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124400"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124400"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124400"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}