{"id":124414,"date":"2024-05-16T19:56:33","date_gmt":"2024-05-16T16:56:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124414"},"modified":"2024-05-16T19:56:37","modified_gmt":"2024-05-16T16:56:37","slug":"sintszyan-uygur-muxtor-rayoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sintszyan-uygur-muxtor-rayoni\/","title":{"rendered":"SINTSZYAN-UYG&#8217;UR MUXTOR RAYONI"},"content":{"rendered":"\n<p>SINTSZYAN-UYG&#8217;UR MUXTOR RAYONI, Sintszyan (mahalliy talaf- fuzdashinjon) \u2014 XXRning shim.g&#8217;arbiy qismidagi milliy o&#8217;lka (1955 y. 1 okt.da rasmiy tashkil etilgan). Tarixiy man- balarda Sharqiy Turkiston, do&#8217;g&#8217;i tur- kiston; Xitoy adabiyotlarida Sintszyan (1760 y.dan), 14-a.ga oid hujjatlarda va 16-17-a.larga oid fors tilida- gi qo&#8217;lyozmalarda Uyg&#8217;uriya, Uyg&#8217;uriston deb nomlangan. Muxtor r-n Qozog&#8217;iston, Qirg&#8217;iziston, Tojikiston, Rossiya, Mon- goliya, Afg&#8217;oniston, Hindiston b-n chega- radosh. Mayd. 1646,9 ming km2. Aholisi (rasmiy ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra) 17,5 mln. kishi (1998), uyg&#8217;urlar (8 mln.), Xitoy- lar, shuningdek, 2 mln.ga yaqin qozoq, qirg&#8217;iz, mongol, do&#8217;ngon va b. millat va- killari yashaydi. Aholisi, asosan, ta- Rimdagi vohalarda va Jung&#8217;ariyadagi dare vodiylarida joylashgan Qashqar, Xo&#8217;tan, Yorkend, Oqsu, Kuchar, G&#8217;ulja sh.lari va ular atrofidagi viloyatlarda istiqomat qiladi. Bosh shaxri \u2014 Urumchi. Tabiati. Er yuzasining ko&#8217;p tshemi Jung&#8217;ariya tekisligi va Qashqar tekisli- gi (Tarim botig&#8217;i) b-n band. Qashqar te- kisligining markazini Taklamakon cho&#8217;li egallagan. Sharqiy Tyanshan (Tangritog) tog&#8217;lari (bal. 7000 m dan ziyod) Jung&#8217;ariya va Qashqar tekisliklarini ajratib tu- radi. Muxtor r-nning shimla Mongoliya Oltoyi, Jan. da Kunlunning shim. tiz- malari, Jan.garbida Krraqurum tog&#8217;lari (Chogori cho&#8217;qqisi 8611 m) joylashgan. Sharqiy Tyanshan tizmalari orasida Markaziy Osiyoning eng past eri \u2014 tur- fon botig&#8217;i (-154 m) joylashgan. Ikli-mi quruq, keskin kontinental, tekisli- Klarda iyulning o&#8217;rtacha t-rasi 20-25\u00b0, qishi sovuq, qorsiz. Urumchida yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi -15\u00b0, eng past tra -40\u00b0. Yillik yog&#8217;in tekisliklarda 200 mm dan tog&#8217;larda 800 mm gacha. Yirik daryolari: Tarim, ili, Irtishning yuqori oqimi, Urung&#8217;u va Manas. Yirik ko&#8217;llari \u2014 lob- nor, Obinur, Bag&#8217;roshko&#8217;l, Ulungu, Bogdo va b. Tuprog&#8217;i bo&#8217;zqo&#8217;ng&#8217;ir, cho&#8217;l tuprog&#8217;i. Chala cho&#8217;l va cho&#8217;l o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Tog&#8217;etaklari dasht. Tog&#8217;larda balandlik mintaqalari mavjud. Baland tizmalarda qor va muzliklar bor. Xo&#8217;jaligida etakchi tarmoq \u2014 q.x. Ishlanadigan erlar maydoni hududining 2% ni tashkil qiladi. Jami ekig&#8217;! may- donining yarmiga bug&#8217;doy, makkajo&#8217;xori va sholi, qolgan qismiga paxta, indov va b. ekinlar ekiladi. Rayonning shim. qismida chorvachilik rivojlangan. Qad. dan ipakchilik b-n shug&#8217;ullaniladi. Foy- Dali qazilmalardan neft, kumir, Nodir metallarga boy. Temir rudasi, grafit, nefrit, uran, simob, oltin konlari to- pilgan. Neftni qayta ishlash, Metallur- giya, mashinasozlik, kimyo, to&#8217;qimachilik sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan: gazlama, shoyi va gilam to&#8217;qish, metall, ko&#8217;n va charmdan turli buyumlar tayyorlash, qog&#8217;oz i.ch. bilan shug&#8217;ullaniladi. Hudud Xitoy- ning neft va kimyo sanoatlarining yirik bazasiga aylanib bormoqda. Sanoatining rivojlanishiga yo&#8217;l qurilishi ishlari xam o&#8217;z ta&#8217;sirini ko&#8217;rsatmoqda. Sharqiy Tyanshan bo&#8217;ylab kurilgan t.y. S.U.m.r.ni sharqsa Xitoyning ichki hududlari va Vetnam b-n, g&#8217;arbda Qozog&#8217;iston orqali Rossiya b-n, O&#8217;zbekistan, Turkmaniston orqali Eron va Evropa b-n bog&#8217;lab tura- Di. Hozirda t.y. Turfondan Kashkergacha olib borilgan. Xalqaro shosse yo&#8217;llar ham qurilgan. Tarixi. Taklamakon cho&#8217;li atrofida- gi arxeologik qazilmalar bu erda 4-5 ming yil muqaddam ancha yuksak madani- yatga ega hayot mavjud bo&#8217;lganligidan da- lolat beradi. Kad. Xitoy manbalarida o&#8217;lka Siyuy (G&#8217;arbiy yurtlar) deb nomlan- gan bo&#8217;lib, bundan 3-4 ming yil avval mavjud bo&#8217;lgan sirung (g&#8217;arbiy xalqlar) etnonimidan kelib chiqqan. O&#8217;sha vaqtda Sharqiy Turkistonda rung, g&#8217;arbiy rung deb nomlangan turkiy xalq yashagan. Kru- Ron, Turfon, Kusan, Qashqar (suli), yor- kend (Yuytyan), Xo&#8217;tan (Udun), usun kabi Hun ymperiyasi ta&#8217;siridagi davlatlar mavjud bo&#8217;lgan. Keyingi davrlarda ham bir qancha xonliklar qatorida Turfon davlati (Gauaochan) (460-640 y.lar) ham yuzaga kelgan. O&#8217;sha vaqtda Xitoyda mav- jud bo&#8217;lgan G&#8217;arbiy va Sharqiy Xan im- periyalari o&#8217;lkani qo&#8217;lga kiritish va Xi- toydan g&#8217;arbga boradigan yo&#8217;lni o&#8217;z nazo- ratiga olish uchun bir necha bor uringan. Sharqiy Turkiston Buyuk ipak yo&#8217;lida bo&#8217;lganligi sababli, u doim yirik davlat- lar e&#8217;tiborini tortib turgan. Mil. 3-a. da Sharqiy Turkistonning shim. qismi \u2014 Jung&#8217;ariya syanbi, 5-6-a.larda jujan, 6-a.ning 2-yarmida turk qabilalari nazo- ratida bo&#8217;ldi. Turk xoqonligi tuzilgan- dan so&#8217;ng, unga Sharqiy Turkistonning shahar-davlatlari kirgan. O&#8217;sha vaqtda buddizm rivojlanishi kjsaldi. 7-a.da Sharqiy Turkiston va Jung&#8217;ariyada tan sulolasining nazorati o&#8217;rnatildi. 7-a. ning 70y.larida uning Jan. qismi (hoz. Kuchor, Xo&#8217;tan, Qorashahar, Qashqar) ti- betliklar qo&#8217;l ostiga o&#8217;tdi. 9-a.da Uyg&#8217;ur xoqonligi emirilgandan so&#8217;ng, Urxun va Selenga daryolari havzasida yasha- gan uyg&#8217;urlarning bir qismi bu erga ko&#8217;chib o&#8217;tdi. Uyg&#8217;ur davlati tuzildi va u bir necha yil Qoraxitoylartht vassa- li bo&#8217;lgan. 13-a.ning 10-20 y.laridan Chingizxonga Gobe bo&#8217;ldi. 1251 y. G&#8217;arbiy Jung&#8217;ariya va Qashqar hududlari Chig&#8217;atoy ulusiga, shim. qismi Tarbag&#8217;atoy b-n bir- ga O&#8217;qtoy ulusi tarkibiga kirgan. Uyg&#8217;ur davlati esa mo&#8217;g&#8217;ul xonlari qo&#8217;l ostiga o&#8217;tgan. 1465 y.da do&#8217;g&#8217;lot avlodi vakili bo&#8217;lgan Abu Bakr boshchiligida markazi Yorkend sh. bo&#8217;lgan xonlik tashkil topdi. Keyinroq Xo&#8217;tan va Qashqar viloyatlari, 1499-1504 y.larda Oqsuv, Uchturfon VI &#8211; loyatlari ushbu xonlik doirasiga kirdi. 1514 y.da Yorkend taxtiga Tug&#8217;luq Temur avlodlaridan bo&#8217;lgan Saidxon o&#8217;tirdi. Keyingi ikki yil davomida Sharqiy tur- kistonning qolgan qismi ham shu xonlik ixtiyoriga o&#8217;tib, Sharqda uning chegarasi Buyuk Xitoy devori boshlangan joy (Chzya- yuyguan) gacha etdi. 16 \u201417-a.ning 1-yar- mida Yorkend xonligi xar taraflama yuk- salgan. 1635 y.dan Yorkend davlati shim. da, ya&#8217;ni Jung&#8217;ariyadagi oyrot qabilalari kuchayib, Oyrot xonligitl tuzdilar. 17- a. oxirida oyrotlar Ofoqxo&#8217;jani Yorkend xonligi taxtiga o&#8217;tkazdilar, shundan so&#8217;ng Yorkend xonligi Xo&#8217;jalar sulolasi qo&#8217;liga o&#8217;tdi. Manjurlarning Tsin sulolasi J8a. ning 60y.larida Sharqiy Turkiston- ni bosib olgach, bu hudud Xitoy tilida Sintszyan (&#8220;yangi chiziq&#8221; yoki &#8220;yangi chega- ra&#8221;) deb atala boshlangan. Tsin sulolasi- ning Sharqiy Turkistonni bosib olishi b-n birga bu erda o&#8217;sha vaqtdagi tuzumga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olonlar kuchaydi. Uyg&#8217;ur va do&#8217;ngonlarning ko&#8217;zg&#8217;oloni natijasida (1862-77) bir necha mahalliy xonliklar (Kuchar, Qashqar, Xo&#8217;tan, Urumchi va ili sultonligi) tuzildi. Keyinchalik taxt uchun kurash kuchayib, oldingi xonliklar birlashtirilib, 2 davlat \u2014 Yoqubbek boshchiligida Ettishahar Uyg&#8217;ur davla- ti va do&#8217;ngonlarning shahar Ittifoqi (1864-72) vujudga keldi. Qo&#8217;zg&#8217;olon bo- stirilgach, bu hudud Sintszyan nomi b-n Xitoy provintsiyasi (Sheng)ga aylanti- rildi. 1911 -13 y.larda milliy ozodlik harakati natijasida Sintszyanda Tsin- lar hukmronligi tugatildi. Keyingi 40 yil davomida hokimiyat teztez o&#8217;zgarib turdi. 1944 y.da boshlangan &#8220;uch viloyat inqilobi&#8221; natijasida o&#8217;sha yili 12 no- yabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e&#8217;lon qilinib, Alixonto&#8217;ra muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylan- Di hamda Milliy qo&#8217;shinga qo&#8217;mondon etib tayinlandi. 1949 y. sent.da ushbu jumhuriyatning aksariyat rahbarlari Pekinga muzokaraga uchib ketayotgan vaqtida aviahalokatga uchradilar. 1955 y. okt.da Sintszyan viloyati S.U.m.r. deb o&#8217;zgartirildi va XX R tarkibiga kiri- tildi. Osiyoning qad. mashhur Buyuk ipak yo&#8217;li shu joydan o&#8217;tganligi sababli uning madaniyati rivojiga samarali ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Shim.da Turfon, Qorashahar, Qashqar, Jan.da Miran, Xo&#8217;tan, Yorkend sh.lari vujudga kelib, o&#8217;lka G&#8217;arb b-n Sharq madaniyati o&#8217;rtasida ko&#8217;prik va- zifasini o&#8217;tadi. Shim. shaharlarda qad. madaniyat yodgorliklari ham saqlangan. Mil. AV. 1-a.da Hindiston ta&#8217;sirida bud- da dini tarqalib, serhasham tosh ibodat- xonalar qurilgan. Xalq amaliy san&#8217;ati asarlarida Oltoy, Sibir xalqlari ma- daniyatining ta&#8217;siri ko&#8217;zga tashlanadi. Qad. (3-a.) rassomlik san&#8217;ati asarlari \u2014 devoriy rasmlarda hind va sug&#8217;diylar madaniyati ta&#8217;siri sezilarli. Bu rasm- lar texnikasi va uslubi jihatdan O&#8217;rta Osiyodan topilgan devoriy rasmlar- ga ancha o&#8217;xshaydi. 6-7-a.lar san&#8217;atida sug&#8217;diylar san&#8217;atining ta&#8217;siri kuchli. Islom dini tarqalgan joylarda masjid va maqbaralar qurilgan. 10-11-a.larda ipak matoga, qog&#8217;ozga rasm ishlash, kitob miniatyurasi rivoj topgan. 13-14-a. larda shaxdr ansambllari, serhasham sa- roylar (Yorkenddagi Xon saroyi va omon- nisaxon maqbarasi, Qashqardagi xon o&#8217;rdasi, Hayitgoh majmuasi, Ofoqxo&#8217;ja maqbarasi va b.) qurilgan. Ularda O&#8217;rta Osiyo me&#8217;morligi ta&#8217;siri ko&#8217;zga tashla- nadi. Adabiyoti. O&#8217;lka adabiyoti uzoq tarix- ga ega, biroq adabiy meroslarning aksa- ri qismi saqlanmagan. Hududda 24 xil yozuvda va 17 xil tilda qo&#8217;lyozmalarning gopilishi bu erdagi adabiy jarayon tur- li madaniyatlar ta&#8217;sirida bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi. 10-a.da Arab alifbosi joriy etilishi b-n Islom madaniyati ta&#8217;siri kuchaygan. Qoraxoniylar davrida fan va adabiyot sohasida bir qancha yutuklarga erishiddi. Bunda Koshg&#8217;ariy, Yusufxos Hojib, Yugnakiy va b.ning hissasi kappa bo&#8217;ddi. 9-a.dan ovozsiz teatr (pantamimo), raqsli teatr, ibtidoiy drama teatrlari tuzildi, ular uchun sahna asarlari yozil- Di. Ularda mahalliy xalqning tari&lt;i, madaniyati, urfodati, axloq va b. masa- lalar yoritildi. Hikoya, she&#8217;r, qo&#8217;shiq, Doston, afsona, latifa, maqola, tafsil kabi janrlar muhim o&#8217;rin tutadi. Qad. asarlardan &#8220;pir changgi&#8221;, &#8220;Tangriqut haqida rivoyat&#8221;, &#8220;Bo&#8217;kexon xaqida rivo- yat&#8221;, dostonlardan &#8220;O&#8217;g&#8217;uznoma&#8221;, &#8220;Dadad Qo&#8217;rqut&#8221;, &#8220;olip artanggu&#8221; kabilar shular jumlasidan. Ular 6-a.da topilgan tosh bitiklarda saqlangan. Xorijlik olim- lar tomonidan nashr etilgan 10 jild- li turli tillarda yozilgan qad. Turfon bitiklari to&#8217;plamida Sharqiy Turki- ston adabiyoti o&#8217;z aksini topgan. Mazkur bitiklarda, iguningdek, o&#8217;lkadagi FA- lakiyotshunoslik, munajjimlik, yil, oy va kunlar jadvalini tuzish, tabobat sohasidagi bilimlar aks ettirilgan. &#8220;Erq bitik&#8221;, &#8220;ikki Tekinning rivoyati&#8221;, &#8220;Choshgoniy Elikbek&#8221;, &#8220;Oltin yoruq&#8221; kabi bitiklar o&#8217;sha to&#8217;plamdan o&#8217;rin olgan. Kdd. ijodkorlardan Qo&#8217;g&#8217;irsur Oltin, oprin- chur tekin, otsang kabilar mashhur. 10-a. da &#8220;Maytrisimt&#8221; tohar tilidan uyg&#8217;ur tiliga tarjima qilingan, &#8220;moniga mathiya&#8221;, &#8220;o&#8217;lum tasviri&#8221; kabi asarlar yozilgan. 13\u2014 16-a.larda Sakkokiy, Ubay- dullo Lutfiy, Alisher Navoiy kabi yirik adiblar ijodi o&#8217;lkadagi adabiy jarayonni yangi riyujlanish bosqichiga ko&#8217;tardi. Yorkeid xonligi davrida Ayoz- bek Qo&#8217;shchi, Sulton Saidxon, Abdura- shidxon, Omonnisoxon, Qidirxon yor- Kandiy kabilar Vatan tuyg&#8217;usi, odillik, ishqmuhabbat kabi mavzularda asarlar yaratganlar. 19-20-a.larda Muhammad Imin Xo&#8217;jamquli, Muhammad I min Abdulla Xarabotiy, Mulla Bilol ibn Yusuf Xo&#8217;taniy, Shoir Qalandar, Mulla- niyoz Qori Sobir, Mullo Muso Sayramiy va b. yozuvchi va shoirlar etishib chikdi. 20-a.ning 10y.laridan o&#8217;lka yoshlari tur- kistonda o&#8217;qishlari va o&#8217;zbek adiblari b-n muloqotda bo&#8217;lishlari sababli o&#8217;zbek adabiyoti ta&#8217;siri seziladi. 1980-90 y.lar yangi uygonish davri deb ataddi. Bu davrda Taifjon Aliev, turg&#8217;un olmos, Zuhriddin Sobir, Abdurahim O&#8217;tkir kabi adiblar etishib chikdi. O&#8217;sha davrda Xitoy adabiyoti ta&#8217;siri kuchaydi. Musiqasi. O&#8217;lka musiqasi uyg&#8217;ur, XI- toy, qozoq va b. xalqlarning musiqa an&#8217;- analaridan qaror toptan. Xitoyda nashr etilgan san&#8217;atshunoslikka oid asar- larda keltirilgan ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, S.U.m.r. musiqasi bir necha ming yil- liktarixgaegadir. Mil. AV. 2\u20141alarda &#8220;28 nag&#8217;ma&#8221;, &#8220;sariq laylak qushi sadosi&#8221; kabi Sharqiy Turkiston musiqalari Xi- toy poytaxtida ham ijro etilgan. Tur- fonda topilgan tosh bitiklarda xam bu ulkada yuksak musiqa san&#8217;ati mavjudli- gi aks ettirilgan. Manbalarda, yozili- shicha, 3-4-a.larda Sharqiy Turkistonda katta ansambllar bo&#8217;lgan. Mac, budda oli- mi Kumrojuva (344-413) Xitoyga asir qilib olib ketilganda, u b-n birga 28 kishidan iborat ansambl ham bo&#8217;lgan. Su Jaf, Bagmantur kabi musiqachilar elga tanilgan. O&#8217;sha vaqtda musiqa sozlari xil- maxil bo&#8217;lib, ular rubob, nay, bo&#8217;lamon, surnay, dala nog&#8217;orasi, yondo&#8217;mbog&#8217;, jalla dopi, g&#8217;ungqo, yolg&#8217;uzak, dap (doira), ko- monchalardan iborat bo&#8217;lgan. Keyinroq ular qatoriga dutor, tambur, g&#8217;ijjak, Sato va chang qo&#8217;shilgan. Ularda turli cholg&#8217;u yo&#8217;llari, ayniqsa xalq va mumtoz raqs kuylari ijro etilmoqda. Uyg&#8217;ur ananaviy musiqasi uzoq davrlar davo- mida qaror topgan shakllarni o&#8217;z ichiga oladi: qad. parixon aytimlari (&#8220;Perre ussuli&#8221;), dehqon ko&#8217;shiklari (&#8220;qosh&#8221;, &#8220;Suchi&#8221;, &#8220;oma&#8221; va b.)dan tortib, mumtoz musiqa {muqom, sama va b.) janrlarga- cha. Vokal janrlardan ko&#8217;shiq, Yalla, ay- tishuv kabi xalq ko&#8217;shiqchilik ijodiyogi shakllari, professional yo&#8217;nalishdagi, turkum tarzida ijro etilayotgan sanam, naxshalar keng o&#8217;rin olgan. 20-a.da tur- Di Oxun alnag&#8217;ma, Ro&#8217;zi tanbur, Husanjon Jomiy, Zikri Alpatto, G&#8217;iyosiddin Barot kabi musiqachilar tanilgan. S.U.m.r.da &#8220;Muqom jamiyati&#8221; faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Uyg&#8217;ur dostonchiligida ishqiylirik (&#8220;G&#8217;arib va sanam&#8221;, &#8220;Tohir va Zuhra&#8221;, &#8220;Layli va Majnun&#8221;), qahramonlik (&#8220;Seit nochi&#8221;, &#8220;Abdurahmon Xonxo&#8217;ja&#8221;), diniy (&#8220;Sultoniy Jamjima&#8221;) asarla- ri muhim o&#8217;rin tutadi. Uyg&#8217;ur an&#8217;anaviy musiqasida bir necha mahalliy uslub AJ- ratiladi: ili, Xo&#8217;tan, kumulturfon, do- lan va b. Tasviriy san&#8217;ati. Mil. 1\u20147alar- da o&#8217;lkada budda dini keng yoyilishi natijasida budda ibodatxonalari de- vorlariga diniy rasmlar chizish va haykaltaroshlik san&#8217;ati yuksaldi. Tur- fon, Kuchar yaqinidagi qizil ming uyla- ridagi rasmlar shular jumlasidan. 7-a. da yashab o&#8217;tgan musavvir Visa Irasang&#8217;u buddizmga oid devor rasmlarini chizib, yangi yo&#8217;nalishga asos soldi. Islom dini kirib kelishi b-n bu erda naqqoshlik va miniatyura rivojlana boshladi. O&#8217;sha davr rasmlarida tabiat manzaralari va hayvonot dunyosi aks ettirilgan. 20-a.da rassomlik san&#8217;atida xalq hayoti va Yi- rik shaxslar portretlarini chizish rasm bo&#8217;ldi. Bu sohada 1935 y.da Qashqarda tug&#8217;ilgan G&#8217;ozi Ahmadning asarlari alohida e&#8217;tiborga loyiq. Abdulahad Xo&#8217;jaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SINTSZYAN-UYG&#8217;UR MUXTOR RAYONI, Sintszyan (mahalliy talaf- fuzdashinjon) \u2014 XXRning shim.g&#8217;arbiy qismidagi milliy o&#8217;lka (1955 y. 1 okt.da rasmiy tashkil etilgan). Tarixiy man- balarda Sharqiy Turkiston, do&#8217;g&#8217;i tur- kiston; Xitoy adabiyotlarida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sintszyan-uygur-muxtor-rayoni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124414","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124414","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124414"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124414\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124424,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124414\/revisions\/124424"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124414"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124414"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124414"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}