{"id":124422,"date":"2024-05-16T19:56:40","date_gmt":"2024-05-16T16:56:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124422"},"modified":"2024-05-16T19:56:47","modified_gmt":"2024-05-16T16:56:47","slug":"siyosiy-partiyalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/siyosiy-partiyalar\/","title":{"rendered":"Siyosiy partiyalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Siyosiy partiyalar &#8211; ijtimo- iy guruxlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlash- tiruvchi siyosiy tashkilotlar. S.p. ja- miyat siyosiy tizimining muxim kismi, ular davlatning siyosiy yo&#8217;nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasala- rini shakllantiradi. Dastlabki S.p. 17-18-a.lar inqiloblari davrida pay- do bo&#8217;la boshlagan bo&#8217;lsada, S.p.ga o&#8217;xshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda S.p. vazi- fasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari b-n boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar bo&#8217;lgan (Yorklar va Lanka- sterlar \u2014 o&#8217;rta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari \u2014 o&#8217;rta asrlarda Arabi- stonda). Osiyo davlatlarida hoz. kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoy- illarining Sp.ning shakllanishi va FA- oliyat ko&#8217;rsatishida ahamiyati katta. Markaziy Osiyoda Sp. tuzish uchun ta- rixiy-ijtimoiy vaziyat 19-a.ning oxi- ri \u2014 20-a.ning boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va ma&#8217;rifatpar- varlarning xalq orasida ma&#8217;rifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshi- rish, ommani chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga da&#8217;vat qilish, o&#8217;lkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini o&#8217;rtaga qo&#8217;yish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi (q. Jadidchilik). Lekin ularning inti- lishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917 y.gacha bo&#8217;lgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan etuk Sp. shakllanib ulgurma- Di. Okt. to&#8217;ntarishi arafasida va undan keyin o&#8217;zini namoyon eta boshlagan siyo- siy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatag&#8217;onga uchradi, badarg&#8217;a va surgun qilindi (q. &#8220;Milliy Ittihod&#8221;, yosh bu- xoroliklar, yosh xivaliklar). Sho&#8217;rolar davrida esa hukmron kommunistik par- tiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi. O&#8217;zbekiston Respublikasi mustaqil bo&#8217;lganidan so&#8217;ng Sp.ning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hoz. paytda 5 ta siyosiy partiya (O&#8217;zbekiston Xalq demo- kratik partiyasi, O&#8217;zbekiston &#8220;Adolat&#8221; sosialdemokratik partiyasi, O&#8217;zbekiston Milliy tiklanish demokratik parti- yasi, O&#8217;zbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, O&#8217;zbekiston li- beraldemokratik partiyasi) mavjud. Bu S.p. o&#8217;z faoliyatini O&#8217;zbekiston Re &#8211; spublikasining Konstitusiyasi (1992 y. 8 dek.), O&#8217;zbekiston Respublikasi- ning &#8220;siyosiy partiyalar to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonuni (1996 y. 26 dek.), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, o&#8217;z ustavi asosida amalga oshiradi. S.p. tashkil etish huquqi Konstitusiyaning 34mod- dasida mustahkamlangan. Konunga ko&#8217;ra, Sp. fuqarolarning huquq va erkinli- klarini amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, parti- yaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a&#8217;zolarining teng huqukliligi, o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va fao- liyat ko&#8217;rsatadi. Lekin Konstitusiya- viy tuzumni zo&#8217;rlik b-n o&#8217;zgartirishni maqsad qilib qo&#8217;yuvchi; O&#8217;zbekiston Re- spublikasi suvereniteta, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning kon- stitusiyaviy hukuq va erkinliklari- ga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ&#8217;ib qiluvchi; xalqning sog&#8217;lig&#8217;i va ma&#8217;naviya- tiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko&#8217;rsatishi taqiqlanadi. S.p. to&#8217;g&#8217;risidagi O&#8217;zbekiston Respublikasi- ning qonuni bo&#8217;yicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shax- slar (sudyalar, prokurorlar va prokura- tura tergovchilari); ichki ishlar organla- ri, milliy xavfsizlik xizmati xodim- lari, harbiy xizmatchilar, xorijiy dav- latlarning fuqarolari va fuqaroligi bo&#8217;lmagan shaxslar S.p.ga a&#8217;zo bo&#8217;la olmaydilar. S.p.ga a&#8217;zolik faqat yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyanin- ga&#8217;zosi ayni vaqtda 2partiyaga a&#8217;zolik- ka qabul qilinmaydi. S.p.ni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy sub&#8217;ektda (vilo- yatda), shu jumladan, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi va Toshkent sh.da yashayot- gan hamda partiyaga birlashish istagida bo&#8217;lgan kamida 20 ming fuqaroning im- zosi bo&#8217;lishi talab etiladi. S.p. saylab ko&#8217;yiladigan davlat organlaridagi o&#8217;z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda, qonunda belgilab qo&#8217;yilgan tartibda O&#8217;zbekiston Respublikasi Pre- zidenta, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. O&#8217;z par- tiyalarining siesatini uyushqoklik b-n o&#8217;tkazish uchun O&#8217;zbekiston Respublika- si Oliy majlisida S.p.ning fraktsi- yalari, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Jo&#8217;qorg&#8217;i Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida par- tiya guruhlari tuziladi. &#8220;Siyosiy par- tiyalar to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonunda S.p. fao- liyatining kafolatlari, ularni tuzish, ro&#8217;yxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini to&#8217;xtatish tartibi va b. masa- lalar to&#8217;liq ko&#8217;rsatib berilgan. Akmal Saidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Siyosiy partiyalar &#8211; ijtimo- iy guruxlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlash- tiruvchi siyosiy tashkilotlar. S.p. ja- miyat siyosiy tizimining muxim kismi, ular davlatning siyosiy yo&#8217;nalishini belgilashda ishtirok etadi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/siyosiy-partiyalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124422","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124422","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124422"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124422\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124431,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124422\/revisions\/124431"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124422"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124422"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124422"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}