{"id":124436,"date":"2024-05-16T20:01:05","date_gmt":"2024-05-16T17:01:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124436"},"modified":"2024-05-16T20:01:13","modified_gmt":"2024-05-16T17:01:13","slug":"senegal-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/senegal-3\/","title":{"rendered":"Senegal"},"content":{"rendered":"\n<p>Senegal (Senegal), Senegal Re- spublikasi (Republique du Senegal) \u2014 G&#8217;arbiy Afrikada joylashgan davlat. Mayd. 196,2 ming km2. Aholisi 10,6 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Dakar sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 10 viloyat (region)ra bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. S \u2014 respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 2001 y. 7 yanv. da ma&#8217;qullangan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (2000 y.dan Abdulay vad), u umumiy to&#8217;g&#8217;ri yashirin ovoz berish yo&#8217;li b-n 5 y. muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni millat Majlisi (parlament) va ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. S hududining aksariyat qismi Atlantika okeani sohiliga qarab pasayib boradigan pastbaland tekis- likdan iborat. Shim.dagi sohil chizig&#8217;i tekis, Jan.da daryolarning estuariyla- ri b-n biroz parchalangan. S. hududida temir ruda, fosforit, alyumofosfat, qalay, mis, ohaktosh, volfram, tantal, toshtuz, boksit, neft, niobiy, marmar konlari topilgan. Iklimi subekvatori- al, shim.da quruq va Jan.da nam iqlim. O&#8217;rtacha oylik tra yil davomida deyarli o&#8217;zgarmaydi (yanv.da 23\u00b0, iyulda 28\u00b0). Yil- lik yog&#8217;in shim.da 250-300 mm dan Jan. da 1500 mm gacha. Yirik daryolari \u2014 Se- negal, Gambiya va Kazamans. Qizilqo&#8217;ng&#8217;ir tuproklar ko&#8217;proq uchraydi. Shim.da chala cho&#8217;l o&#8217;simliklari usadi, krlgan joy- larda savannalar va siyrak o&#8217;rmonlar bor. Hayvonot dunyosi: savannalarda kiyik, milliy bog&#8217;larda chiyabo&#8217;ri, sirt- lon, qoplonlar yashaydi. Kemiruvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharot ko&#8217;p. Qirg&#8217;oq bo&#8217;yi suvlari baliqqa boy. Tabiatni saklash maqsadida Juj, ni- okolokoba, DeltaSaluma va b. milliy bog&#8217;lar tashkil etilgan. Aholisining ko&#8217;pchilik qismini (87%) g&#8217;arbiy Atlantika tillari oila- siga kiruvchi volof, fulbe, serer, dio- la va b. xalqlar tashkil etadi; arablar, evropaliklar (asosan, frantsuzlar) ham yashaydi. Rasmiy til \u2014 frantsuz tili. Shahar aholisi 42,3%. Aholining aksa- riyati musulmonlar. Katoliklar ham bor. Yirik shaharlari: Dakar, Kaolak, Ties. Tarixi. S. hududida paleolit davrida manzilgoxlar paydo bo&#8217;lgan. O&#8217;rta asrlar- da bu erlar to&#8217;la yoki qisman Gana, Mali, Songay davlatlari tarkibiga kirgan. 9-18-a.larda S hududida bir necha davlat paydo bo&#8217;lgan. 15-a.da bu erga portugal- lar bostirib kirib, fil suyagi, Aqoqiyo, oltin qumni tashib keta boshlagan, 16-a. dan qul savdosini avj oldirgan. 17-a. dan frantsuzlarning kirib kelishi bosh- langan. 1895 y. S hududi frantsuz G&#8217;arbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. 1-jahon urushidan keyin S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 1939\u2014 45 y.lardagi 2-jahon urushi vaqtida S. hududi &#8220;ozod Frantsiya&#8221;ning tayanch baza- laridan biri, ittifoqchilarning muhim harbiydengiz bazasi bo&#8217;ldi. Urushdan so&#8217;ng S.da milliy ozodlik harakati ku- chaydi. 1958 y. referendum natijalariga ko&#8217;ra, S. Frantsiya hamjamiyati tarkibi- dagi o&#8217;zini o&#8217;zi boshqaruvchi respublika- ga aylandi. 1959 y. yanv.da S va Frantsiya Sudani Mali Federasiyasiga birlashdi. 1960 y. 4 apr.dagi bitimga muvofiq, Fe- derasiyaga mustaqillik berildi. 20 avg. da S. Federasiyadan chikdi va mustaqil respublika deb e&#8217;lon qilindi. S. 1960 y.dan BMTa&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 4 apr. \u2014 Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari va kasaba uyush- malari. Sosializm va birlik harakati partiyasi, 1981 y. asos solingan; Demo- kratik ittifoq \u2014 mehnat partiyasini tuzish harakati partiyasi, 1974 y. tu- zilgan; Milliy demokratik birlash- ma partiyasi, 1976 y. tashkil etilgan; Mustaqillik va mehnat partiyasi, 1957 y. asos solingan sobiq S. mustaqilligi af- rikaliklar partiyasi yo&#8217;lining davomchi- si, ta&#8217;sis qurultoyi 1981 y. o&#8217;tkazilgan; S. demokratik partiyasi, 1974 y. tuzil- gan; S. sosialistik partiyasi, 1948 y. asos solingan; demokratik yangilanish partiyasi, 1997 y. tashkil etilgan. S. meqnatkashlari milliy konfederasiyasi, 1969 y. tuzilgan. Xujaligi. S. \u2014 iqtisodiy zaif agrar mamlakat. Yalpi mahsulotda q.x.ning ulu- shi 19%, sanoatning ulushi 17%, xiz- mat ko&#8217;rsatish sohasining ulushi 64%. S. eksporti qiymatining yarmiga yaqini q.x.ga to&#8217;g&#8217;ri keladi, mehnatga layoqatli aholining 3\/4 qismi shu sohada band. Er yong&#8217;oq etishtirish va uni qayta ish- lash muhim ahamiyatga ega (dunyoda etak- chi o&#8217;rinlardan biri). Tariq, maniok, sholi, batat, makkajo&#8217;xori, moyli pal- ma, paxta ham etishtiriladi. Mevachilik va sabzavotchilik b-n shug&#8217;ullaniladi. Qoramol, qo&#8217;y, echki, uy parrandasi boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoati- da fosforit (asosan, eksportga), osh tuzi, marmar qazib olinadi. Yiliga o&#8217;rtacha 769 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. I.ch. sanoati, asosan, er yong&#8217;oqni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bunday korxonalarning aksariyati yashil Burun ya.o.da joylashgan. Engil sanoat tarmoqlaridan to&#8217;qimachilik va poyab- zal (Dakarda) i.ch. rivojlangan. Tsement, mebel, taxta tilish, metallsozlik, kimyo sanoati (fosforit asosida o&#8217;g&#8217;it i.ch.) va neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik qad. soha hisoblanadi. Temir yo&#8217;llar uz. 0,9 ming km, avtomo- bil yo&#8217;llari uz. 14,6 ming km. Senegal daryosida kema qatnaydi. Dengiz porti va xalqaro aeroporti \u2014 Dakar. Chet- ga er yong&#8217;oq moyi, kunjara, fosforit chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va asbobuskuna, to&#8217;qimachilik mahsulotlari, poyabzal, neft keltiradi. Asosan, Frantsiya, Kamerun, Italiya b-n savdo ki- ladi. Pul birligi \u2014 Afrika franki. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;ri- fiy muassasalari. Ta&#8217;lim tizimi Fran- suzcha uslubda tashkil topgan. Birin- chi boshlang&#8217;ich maktab 1816 y., birinchi kollej 1843 y. ochilgan. Mustaqillik qilingan paytda aholining 95% savodsiz edi. 1963 y. 6 yoshdan 12 yoshgacha majburiy boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim to&#8217;g&#8217;risida qonun qabul qilindi. Boshlang&#8217;ich MAK- Tab 6 y.lik. O&#8217;rta maktabda o&#8217;qish 7 yil: 4 y. to&#8217;liqsiz o&#8217;rta (kollej) va 3 y. to&#8217;liqo&#8217;rta (lisey). Hunartexnika ta&#8217;li- mi boshlang&#8217;ich maktab negizidagi hunar maktabida (3 y.), texnika kollejida (4 y.), texnika liseyida (7 y.) amalga oshi- riladi. Oliy ta&#8217;lim tizimida Dakar un-ti (1949), Gor mutasiya un-ti faoliyat ko&#8217;rsatadi. Ularda o&#8217;qish muddati 4 y.dan 6 y.gacha. lllyningdek, oliy kollejlar: Dakarda veterinariya tibbiyot maktabi, milliy ma&#8217;muriy maktab, Tiesda po- litexnika maktabi va b. bor. Kutubxo- nalari: Dakarda S. arxivi kutubxonasi b-n (1913), qora Afrika fundamental in-tining kutubxonasi (1938), un-t ku- tubxonasi (1952), Tiesda Politexnika maktabining kutubxonasi. Muzeylari: Dakarda Afrika san&#8217;ati muzeyi (1936), Qora Afrika fundamental in-ti mu- zeyi, Gorda Tarix muzeyi, dengiz muzeyi (1959) va b. Ilmiy muassasalarning kupi Dakar un-ti tarkibiga kiradi, ularning eng yirigi qora Afrika fundamental inti. Bundan tashqari, Milliy arxiv (1913), Milliy san&#8217;at in-ti (1972), Fantexni- ka tadqiqotlari byurosi, q.x. institu- ti (1974, 10 ilmiy markaz va lab.lari b-n birga), Paster in-ti (1896), Afrika mintaqaviy texnologiya markazi (1977), Afrika iqtisodiyotni rivojlantirish va rejalash muammolari in-ti (1963), tro- pik o&#8217;rmonni o&#8217;rganish markazi (1966), ilmiy jamiyatlar va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telako&#8217;rsatuvi. Eng muhim gaz. va jur. lari: &#8220;Soley&#8221; (&#8220;Quyosh&#8221;, kundalik umummilliy gaz., 1970 y.dan), &#8220;jur- nal ofisel de la Repyublik dyu Se- negal&#8221; (&#8220;Senegal Respublikasining rasmiy gazetasi&#8221;, hukumatga qarashli haftalik rasmiy xabarnoma, 1856 y.dan), &#8220;Sopi&#8221; (haftalik gaz.), &#8220;Daan doole&#8221; (&#8220;Mehnatkash&#8221;, oylik gaz., 1982 y.dan), &#8220;Karfur&#8221; (&#8220;chorraha&#8221;, 2-3 oyda bir marta chiqadigan gaz., 1984 y.dan), &#8220;poli- Tisen&#8221; (&#8220;siyosatchi&#8221;, oylik hajviy gaz., 1977 y.dan), &#8220;Yunite Afriken&#8221; (&#8220;Afrika birligi&#8221;, oylik gaz., 1974 y.dan), &#8220;Af- Rika&#8221; (oylik jur., 1962 y.dan), &#8220;Gestu&#8221; (&#8220;Tadqiqot&#8221;, 2 oyda bir marta chikadigan nazariy jur.), &#8220;Taksau&#8221; (&#8220;Qo&#8217;zg&#8217;ol&#8221;, oy- lik jur., 1977 y.dan), &#8220;Etiopik&#8221; (oylik ijtimoiy-siyosiy va adabiy jur., 1975 y.dan). S. axborot agentligi \u2014 Saa \u2014 hukumat axborot agentligi; S. radio- eshittirish va teleko&#8217;rsatuv boshqarmasi \u2014 xukumat Mahkamasi, 1972 y. tuzilgan. Adabiyoti frantsuz va mahalliy til- larda. S.da baxshigriotlar ijro etadi- gan qad. og&#8217;zaki she&#8217;riy an&#8217;ana mavjud. Mustaqillik e&#8217;lon qilingandan keyin mahalliy milliy tillarda yozuv pay- do bo&#8217;la boshladi. Bakari Dialloning o&#8217;z hayoti asosida yozgan &#8220;Kuchsahovat&#8221; qissasi (1926, birinchi adabiy asar hisoblanadi)dan so&#8217;ng Usmon sose Di- OPning &#8220;Karim&#8221; (1935), &#8220;Parij saro- blari&#8221; (1937) romanlari bosilib chiqdi. 2-jahon urushidan so&#8217;ng adabiyotning rivoji jadallashdi. L. Sengorning chuqur milliy she&#8217;riyati xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. 50\u201460y.larda Abdulay Saji, Shayx Xamidu Kan, U. Semben romanlari dunyo yuzini ko&#8217;rdi. U. Semben &#8220;Vatanim mening, O&#8217;ktam xalqim mening&#8221;, &#8220;Xarmattan \u2014 issiq shamol&#8221; romanlarini milliy ozodlik kurashi mavzuiga bag&#8217;ishladi. Yosh avlodga mansub shoirlardan Malik Fall va Ibrohim so- urang, dramaturglardan Lamin Diakxate, Amadu Sisse Dia, Mamadu Traore Diop va Sheyk Ndaolar ijtimoiy muammolar- ga, xalqning qahramonona o&#8217;tmishiga ko&#8217;p e&#8217;tibor berdilar. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. O&#8217;rta asrlar madaniyat yodgorliklaridan unchalik baland bo&#8217;lmagan doirasimon daxmalar, to&#8217;g&#8217;ri burchakli va doira ke- simli megalitmengirlar (12-14-a.lar, Tambakunda yaqinida), zo&#8217;r mahorat b-n ishlangan zargarlik buyumlari: kumush va tilla marjonlar, turli zebziynatlar, sopol va mis idishlar saqlanib qolgan. Aholining turar joylari shoxshabba- dan to&#8217;rtburchak shaklda ishlangan tomi to&#8217;rt nishabli chaylalar bo&#8217;lib, sirti va ichi loy b-n suvaladi (garbiy tumanlar- da), aylanma shakldagi kulbalar tomi konus tarzida o&#8217;to&#8217;lan b-n yopiladi, to&#8217;g&#8217;ri burchakli bostirma kulbalar ham uchray- Di (Sharqiy tumanlarda). Peshayvon b-n o&#8217;ralgan cho&#8217;ziq doirasimon turar joy- lar Jan. tumanlarga xosdir. Ularning old tomoni qizil va ko&#8217;k rangda joni- vorlar va zamonaviy texnika \u2014 samolyot hamda paroxod rasmlari b-n bezatiladi. S.ga Islom dini kirib kelishi tufayli machitlar kurila boshladi. Ular orasi- da Tubadagi taqasimon ravokdi machit diqqatga sazavordir. U hovlisining atrofi peshayvonlar va to&#8217;rt tarafi 8 qirrali minoralardan iborat qilib, Shim. Afrikaning o&#8217;rta asrlar me&#8217;- morligi uslubida qurilgan. 20-a.da shaharlarda (asosan, Dakarda) zamonaviy turar joylar, f-ka, meqmonxona, ma&#8217;mu- riy binolar qurishga kirishildi. Ko&#8217;p qavatli uylar oftob to&#8217;sqich qurilmalar b-n tropik iqlimga moslab frantsuz funktsionalizmi ruhida qurildi. 1960 y.dan keyin 1 \u2014 2 qavatli beton uylar- dan iborat ishchi shaharchalari barpo etish avj oldi. Mamlakatda an&#8217;anaviy badiiy xunarmandchilik (yog&#8217;ochdan ro&#8217;zg&#8217;or anjomlari va mebel, sopoldan turli idish va bezak buyumlari, novdadan savat, sumka, belbog&#8217;lar, timsoh va ilon terisi- dan buyumlar yasash), badiiy to&#8217;quvchilik urf bo&#8217;lgan. Ular &#8220;Dakar rassomlik MAK- tabi&#8221; uslubida ziynatlanadi. Musiqasi. S. musiqasi qadimdan Gvineya, Mali, Serraleone va b. mamla- kat xalqlari musiqasi b-n birga rivoj- lanib kelgan. 12-a.dan Arab, 15\u2014 16-a. lardan evropaliklar musiqasi ta&#8217;siri sezila boshlagan. S. xalqining cholg&#8217;u as- boblari: yumaloq qovoq pustidan yasalgan barabanlar, kum soat shaklidagi 2 mem- branali baraban, shaqildoq, tartarak, qo&#8217;ngiroq; turli ksilofon, balafon, fleytalar ham keng tarqalgan. Mehnat, sevgi qo&#8217;shiqlari, bolalarga atalgan ashulalar, ajdodlar ruhini ulug&#8217;lovchi tarixiy ertak qo&#8217;shiqlari, raqsga moslab aytiladigan marosim qo&#8217;shiklari mav- jud. Aksariyat bir ovozlilik, faqat Jan. xalqlarida ko&#8217;p ovozlilik S. musiqasiga xos xususiyatdir. An&#8217;anaviy musiqaning asosiy ijrochilari griotlardir. 20-a. ning 60y.laridan musiqa san&#8217;ati muam- molari b-n shug&#8217;ullanuvchi o&#8217;quv va ilmiy muassasalar paydo bo&#8217;la boshladi. Radio- eshittirish (1926 y.dan) va teleko&#8217;rsatuv (1964 y.dan) musiqiy eshittirishlarga katga e&#8217;tibor beradi. Dakarda turli san&#8217;at festivallari o&#8217;tkazib turiladi. Teatrining rivojlanishida xalq Bax- shilari \u2014 griotlar ko&#8217;p ijodiy mehnat qildilar. Dastlabki teatrlar makta- blarda tashkil etildi. 1933 y. Dakardagi Uilyam Ponti nomidagi maktab teatrida Afrika hayotidan hikoya qiluvchi spektak- llar frantsuz tilida sahnalashtirildi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, S. teatri rivojlanib, Afrika mamlakat- lari orasida etakchi bo&#8217;lib qoldi. 1961 y. Milliy balet ansambli tashkil etil- Di, uning dasturida raqs, pantomima, musiqali drama va vokal sahnalar bor. 1965 y. Dakarda milliy teatr binosi qurildi. Havaskorlik teatri rivoj top- Di. 1969 y. Havaskorlik teatri federa- tsiyasiga aylantirildi. Kinosi. 20-a.ning 50y.larida Fran- tsiyada ta&#8217;lim olayotgan afrikalik talaba- lar hayotini tasvirlovchi &#8220;Senadagi Af- Rika&#8221; (1955, rej.lar P. Veyra, M.Sarr) filmi S. kinematografiyami boshlani- shiga turki bo&#8217;ldi. S. mustaqilligi e&#8217;- lon qilingach, &#8220;millatning tug&#8217;ilishi&#8221; (1961) va &#8220;Lamb&#8221; (1963, rej. P. Vey- ra), &#8220;Tubadagi katta ibodatxona&#8221; (1961, rej. B. Sengor) va b. hujjatli filmlar yaratildi, ularda xalqning mustaqillik va milliy madaniy an&#8217;analar uchun ku- rashi aks ettirildi. Yozuvchi va rej. U. Sembenning &#8220;aravachali kishi&#8221; (1963) filmi xalqaro jamoatchilikning e&#8217;- tiborini qozondi. &#8220;&#8230;lik qoratanli&#8221; (1966), &#8220;mandat&#8221; (1968), &#8220;Sedda&#8221; (1977) va b. filmlarida rej. eski va yangi mu- stamlakachilikka karshi kurash jarayo- nida milliy ongning o&#8217;sishi muammola- rini ko&#8217;tarib chiqdi. Keyingi yillarda &#8220;Ayol&#8221; (rej. M. Traore), &#8220;bezori&#8221; (rej. J. Mambeti), &#8220;Karim&#8221;, &#8220;Baks&#8221; (rej. M. Tiam), &#8220;sertifikat&#8221; (rej. T.AV), &#8220;Ge- titey&#8221; (rej. S.Nyay) badiiy filmla- ri yaratildi. Seneka (Seneca) Lusiy Anney (taxm. mil. AV. 4, Kordova, Ispa- niya \u2014 mil. 65, Rim) \u2014 Rim faylasufi, yozuvchi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyachisi va maslahatchisi; unga s u i q a s D qilishda ayblangan va o&#8217;zini o&#8217;ldirgan. S. stoisizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati hakida keng bilimga ega bo&#8217;lgan, adabiy uslubni juda yaxshi egallagan. S.ning falsafiy qarashlari ziddiyat- li. U falsafani hayotda axloqiydiniy qo&#8217;llanma deb bilgan. &#8220;Lusiliyga xat- lar&#8221; falsafiy asari, &#8220;himmat haqida&#8221;, &#8220;Rahmshafqat haqida&#8221;, &#8220;ruhiy xotir- jamlik haqida&#8221; va b. risolalarida tar- kidunyo qilish, o&#8217;lim va taqtsirni nazar- pisand qilmaslik, extiroslardan xoli bo&#8217;lish, kishilarning axloqiy tengligi masalalari yoritilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Senegal (Senegal), Senegal Re- spublikasi (Republique du Senegal) \u2014 G&#8217;arbiy Afrikada joylashgan davlat. Mayd. 196,2 ming km2. Aholisi 10,6 mln. kishi (2002). Poytaxti \u2014 Dakar sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 10 viloyat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/senegal-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124436","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124436","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124436"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124436\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124452,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124436\/revisions\/124452"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124436"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124436"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124436"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}