{"id":124438,"date":"2024-05-16T20:01:08","date_gmt":"2024-05-16T17:01:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124438"},"modified":"2024-05-16T20:01:17","modified_gmt":"2024-05-16T17:01:17","slug":"selektsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/selektsiya\/","title":{"rendered":"Selektsiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Selektsiya (lot. selectio \u2014 tan- lash, saralash) \u2014 yuqori mahsuldor o&#8217;simliklar navlari va duragaylari- ni, hayvonlar zotlarini va mikroor- ganizmlar shtammlarini yaratish na- zariyasi va amaliyoti. S.ning ilmiy- nazariy bazasi genetika hisoblanadi. O&#8217;simliklar S.si botanika, tsitologiya, embriologiya, gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya, entomologiya, ekolo- giya, biokimyo, o&#8217;simlikshunoslik va q. x. maxsulotlarini qayta ishlash texno- logiyasi b-n chambarchas bog&#8217;liq. Ibtido- iy S. ko&#8217;rinishlari (beixtiyor tanlash) dehqonchilik paydo bo&#8217;lgan davrlardan boshlangan. Bunday S. astasekin muayyan maqsadli yo&#8217;nalishlarda olib borilgan. Xalq selektsiyasi O&#8217;rta Osiyoda ham rivojlanib, g&#8217;o&#8217;za, zig&#8217;ir, don, beda, sab- zavotpoliz ekinlari, tok va mevali da- raxtlarning qimmatli navlari yaratil- gan. 3-4-a.larda afrikaosiyo g&#8217;o&#8217;zasining qattiq quruq iqlimga moslashgan erta- pishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq bug&#8217;doyning qizil bug&#8217;doy, Tuyatish na- vlari hosildorligi, qurg&#8217;oqchilik va kasalliklarga chidamliligi hamda do- nining sifati b-n mashqurdir. Tok (So- yaki, sohibi, Parkent va b. navlari), o&#8217;rik (Ko&#8217;rsodiq, Obinovvot), arpa (tosh- kallak), sholi (arpa sholi, Xo&#8217;jaahmad, Qozoqi), jo&#8217;xori (xo&#8217;raki, kattabosh), qovun (jo&#8217;jaburun), tarvuz (Qo&#8217;zivoy), sabzi (Mirzoi, mushak), piyoz (oq piyoz) va b.ning sifatli mahsulot beradigan, mevasi uzoq saqlanadigan ko&#8217;pchilik na- vlari hozir ham ekiladi. Beda selektsi- yasi sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm va Samarqand beda- lari butun dunyoga mashhur bo&#8217;lib, hozir ham juda qimmatli navlar hisoblanadi. Chorvachilikda uzoq tanlash yo&#8217;li b-n Qorako&#8217;l, hisori qo&#8217;y zotlari, qorabayir, Laqay ot zotlari va b. yaratildi. Keyin- chalik ko&#8217;pgina muhim xo&#8217;jalik xususiyat- larga ega bo&#8217;lgan bu navlar va zotlardan S. ishlarida qimmatli boshlang&#8217;ich Mate- rial sifatida foydalanildi. Ch. Darvin o&#8217;zining &#8220;turlarning ke- lib chiqishi&#8221; (1859) asari b-n S.ning il- miy asosini yaratdi (q. Evolyusion ta&#8217;- limot), hayvonlar va o&#8217;simliklar dunyo- sida yangi shakllarning paydo bo&#8217;lishida tanlaitit ahamiyatini ko&#8217;rsatib berdi. S.ning keyingi rivojlanish bosqichlarida irsiyat qonunlarining kashf etilishi katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Shuningdek, S.ning rivojlanishida I.V. Michurinnit ishlari ham muhim rol o&#8217;ynadi. Irsiy o&#8217;zgaruvchanlikning gomo- logik katorlar qonuni hamda madaniy o&#8217;simliklarning kelib chiqish markazla- ri to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limot muallifi N. I. Vavilov S.ning rivojiga katta hissa qo&#8217;shdi. Evropa va Amerikada S. 19-a.da ri- vojlana boshladi. Frantsiyada L. Vil- Moren ko&#8217;p marta tanlash yo&#8217;li b-n qand lavlagining tanlab olingan shakllari qandliligini 3 hissa oshirishga erish- Di. Shved selektsioneri g. Nilsone- Le o&#8217;zidan changlanuvchi o&#8217;simliklarda yakka tanlash usulini qo&#8217;llab, sulining qimmatli navini yaratdi. Aqshdal. Byor- bank duragaylashni qat&#8217;iy tanlash b-n qo&#8217;shgan holda mevali o&#8217;simliklar va b. ekinlarning eng yaxshi navlarini yaratdi. Rossiyada S. ishlari 19-a. oxiridan ri- vojlana boshladi. O&#8217;zbekistonda ilmiy S.ning boshlani- shi 20-a. boshlariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Rossiya imperiyasi sanoatining paxta xom ashyo- siga bo&#8217;lgan katta ehtiyojlari ta&#8217;sirida dastlab g&#8217;o&#8217;za S.si b-n shug&#8217;ullanadigan muassasalar tashkil etildi. 1898 y.da ish boshlagan Turkiston q.x. tajri- ba st-yasida (hoz. Shreder nomidagi Bog&#8217;dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. inti) R. R. Shreder q.x. sohasida ko&#8217;p qirrali ilmiy faoliyat b-n birga g&#8217;o&#8217;za, g&#8217;alla, sholi S. ishlariga asos soldi. 1899 y.da Andijon tajriba dalasi. 1900 y.da Mirzacho&#8217;l tajriba dalasi, 1913 y.da Namangan sh. yaqinidagi Paxtaliko&#8217;lda g&#8217;o&#8217;za bo&#8217;yicha maxsus Farg&#8217;ona selektsiya st-yasi tashkil etildi. M.M. Bushuev, G. S. Zaytsev, E. L. Navroskiy kabi olim- lar g&#8217;o&#8217;za, g&#8217;alla ekinlari, qoramolchilik bo&#8217;yicha S. ishlarini faol olib borishdi va g&#8217;o&#8217;zaning yangi mahalliy 169 (dehqon), 182 (oq jo&#8217;ra), Amerikadan keltirilgan Rusel navidan &#8220;Navroskiy&#8221;, Triumf navidan &#8220;Navroskiy zafari&#8221; navlari, Bushuev koramol zoti yaratildi. 20-a.ning 20y.laridan boshlab O&#8217;zbekistonda o&#8217;simlikshunoslik, chorva- chilik, yilqichilik, qorako&#8217;lchilik, pil- lachilik va b. yo&#8217;nalishlarida tajriba va S. st-yalari, i.t. muassasalari tashkil etila boshladi. 1922 y.da Turkiston se- lektsiya st-yasi (1965 y.dan Butunittifoq g&#8217;o&#8217;za selektsiya va urug&#8217;chiligi i.t. inti), 1924 y.da Butunittifoq o&#8217;simlikshunoslik in-tining O&#8217;rta Osiyo tajriba st-yasi, 1925 y.da Milyutin (hoz. G&#8217;allaorol g&#8217;alla ekinlari) tajri- ba st-yasi, 1927 y.da O&#8217;rta Osiyo Ipakchi- lik inti, 1929 y.da Butunittifoq pax- tachilik in-ti (SoyuzNIXI), 1932 y.da O&#8217;zbekiston sholichilik tajriba st-yasi, 1934 y.da O&#8217;zbekiston sabzavot va kar- toshka ekinlari tajriba st-yasi, 1935 y.da Butunittifoq qorako&#8217;lchilik inti, 1940 y.da O&#8217;zbekiston chorvachilik in-ti va ularning respublikaning turli zo- nalarida joylashgan keng tarmokli st- yalari ish boshladi. Chorvachilikda S. mollarning mahsuldorlik va mahsulotlari sifati, kasalliklarga bardoshi, sharoitlar- ga moslashishi, em-xashakdan samara- li foydalanishi bo&#8217;yicha olib bori- ladi. Yalpi, yakka, yakkaqarindoshlik, guruhliqarindoshlik belgilari majmui bo&#8217;yicha tanlash S.ning asosi hisoblanadi (q. Duragaylash, Naslchilik, Saralash). O&#8217;simliklar S.da navning asosiy yaroqlilik belgisi uning hosildorligi va hosili tarkibida ko&#8217;zlangan zarur moddalar (mas, bug&#8217;doyda oqsil, kartosh- kada kraxmal)ning ko&#8217;pligi hisoblanadi. Shuningdek, tanlashda o&#8217;simliklarning noqulay omillarga (qurg&#8217;oqchilik, sovuqqa chidamlilik, kasalliklar va za- rarkunandalarga) bardoshlik, mexaniza- tsiya b-n ishlov berishga qulaylik, Agro- texnologiyaga moyilligi ham muhim bel- gilar hisoblanadi. O&#8217;simliklar S.si boshlang&#8217;ich Mate- rial yaratish yoki tanlashdan boshlanadi. Ular tabiiy va duragay populyasiyalar, ilgari yaratilgan navlar, o&#8217;zidan Chan- glangan liniyalar, poliploidlar, mu- tantlar bo&#8217;lishi mumkin. Boshlang&#8217;ich materialdan tanlab olingan o&#8217;simliklar avlodi dastlabki baholash, ba&#8217;zan qayta tanlash uchun selektsion ko&#8217;chatzorlarga ekiladi. Ularning eng yaxshilari nav si- nash uchun (dastlabki, stantsion, konkurs) tanlab olinadi. So&#8217;ngra ular yakuniy baholash va r-nlashtirish uchun Davlat sinoviga o&#8217;tkaziladi (q. Davlat nav si- nash tarmog&#8217;i, nav). Makkajo&#8217;xori S.da geterozisi yuqori bo&#8217;lgan liniyalararo va nav liniyalari duragaylari yaratila- Di. Qand lavlagining yuqori geterozisli shakllarini yaratish uchun diploidlar te- traploidlar b-n chatishtiriladi. Sorgo, pomidor, garmdori, piyoz, poliz va boshqa ekinlar. S.sida ham geterozis duragay- lari chiqariladi. G&#8217;o&#8217;za S.si yalpi tanlash, yakka tanlash usullari b-n serhosil va tezpishar na- Vlar yaratish yo&#8217;nalishida olib borila- Di. Bunda navlarning sifat belgila- riga (kasallik va zararkunandalarga, qurg&#8217;oqchilikka, sho&#8217;rga chidamliligi, tola chiqishi, mashinada terishga qulayligi va b.) e&#8217;tibor beriladi. Boshlang&#8217;ich ma- terial sifatida chet el S. navlaridan, tur ichida va turlararo madaniy, yovvoyi, yarim yovvoyi nusxalarni va turlarni cha- tishtirish yo&#8217;li b-n olingan populyasiya- lardan, radioaktiv nurlanishlar va ki- myoviy mutagenlar ta&#8217;sirida chiqarilgan populyasiyalardan foydalaniladi. Bir qancha mamlakatlarda geterozis samara- dorligidan yoki turlararo va tur ichidagi duragaylar birinchi bo&#8217;g&#8217;inining yuqori biologikxo&#8217;jalik mahsuldorligidan foydalaniladi. G&#8217;o&#8217;za S.sida oddiy yoki juft, pog&#8217;onali, duragaylar ichida, dura- gaylararo, takroriy (bekkross), murak- kab chatishtirish usullari qo&#8217;llaniladi. 20-a.da O&#8217;zbekiston olimlari S.ning nazariy va amaliy masalalarini ish- lab chiqishga munosib hissa qo&#8217;shdilar. G&#8217;o&#8217;za S. sida S. S. Kanash, A. I. Avtono- mov, L. V. Rumshevich, A. Dadaboev, S. S. Sodiqov, S. M. Mirahmedov, O. Jali- lovvab., mevalar va tok S.sida M. Mir- Zaev, M. S. Juravel, A. M. Negrul, subtropik ekinlar (limon) S.sida 3. Faxriddinov, sabzavot, poliz ekinla- ri kartoshka S.sida D. Abdukarimov, A. Obidov, K. Yusupov, E. V. Ermolova, A. S. Hakimov va b., krramolchilik S.sida U. Nosirov, parranda (tovuq) S.sida S. G&#8217;. Azimov, qo&#8217;ychilik S.sida I.N.Dyachkov, ipak qurtining yangi zotlari va dura- gaylarini yaratishda B.L.Astaurov, V.A. Strunnikov, U. Nasrillaev va b.ning xizmatlari katta. O&#8217;zbekistonda S. ishlari O&#8217;zbekiston FA Genetika va o&#8217;simliklar eksperimen- tal biologiyasi instituti, O&#8217;zbekiston Qishloq va suv xo&#8217;jaligi vazirligi huzuridagi ilmiyishlab chiqarish Mar- kazining paxtachilik; g&#8217;o&#8217;za selektsiyasi va urug&#8217;chiligi; o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi; sholi- chilik; o&#8217;simlikshunoslik; bog&#8217;dorchilik, uzumchilik va vinochilik; sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik; sug&#8217;oriladigan erlarda don va dukkak- li ekinlar; chorvachilik; krrako&#8217;lchilik; ipakchilik i.t. intlarida; lub ekinla- ri tajriba st-yasida; K,oraqalpog&#8217;iston dehqonchilik i.t. in-tida; Toshkent agrar un-ti, Andijon, Samarqand qishloq xo&#8217;jaligi intlari S. kafedralarida olib boriladi. O&#8217;zbekistonda S. amali- yoti, uni tashkil etish va S. yutuqlari (o&#8217;simliklar navi, hayvonlar zoti)ga doir huquqiy munosabatlar O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;Se- lektsiya yutuqlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221; qonuni (1996 y. 30 avg.) b-n tartibga solinadi. Chet el mamlakatlarida S. ishlarini davlat selektsiyatajriba muassasalari va xususiy urug&#8217;chilik firmalari amal- ga oshiradi. Meksikada yaratilgan kalta poyali bahori bug&#8217;doy navi (Sonora 63, Lerma Roxo va b.) boshqa mamlakatlar- da bahori bug&#8217;doy S.sida foydalani- ladi. Bunday navlarni yaratish burdoy hosildorligini ancha oshirish imkoni- yatini berdi. Makkajo&#8217;xorining (AQSh) yuqori hosilli duragaylari, qand lavla- gining liniyalararo duragaylari (AQSh, Shvesiya), kalta poyali javdarbug&#8217;doy amfidiploidlari (Kanada), serkrax- mal kartoshka navlari (Gollandiya, GFR, Polsha), uy parrandalari inbred lini- yalari (AQSh) muhim o&#8217;rinda turadi. Ad.: Simongulyan N. G., Shafrin A. N., Muhammadxonov S.R., G&#8217;o&#8217;za gene- tikasi, selektsiyasi va urug&#8217;chiligi, T., 1974; Miraxmedov S, Mirjuraev M ., Kachestvo volokna i selektsiya sortov xlopchatnika, T., 1986; Yigitaliev M ., Muhammadxonov S, dala ekinlari se- lektsiyasi va urug&#8217;chiligi, T., 1981; Abdu- Karimov D., Safarov T., Ostonaqulov T., Dala ekinlari selektsiyasi, urug&#8217;chiligi va genetika asoslari, T., 1989; selektsiya yutuklariga oid qonunlar va me&#8217;yoriy hujjatlar to&#8217;plami, T., 2001; O&#8217;zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tav- siya etilgan qishloqxo&#8217;jaligi ekinlari ta&#8217;rifi, T., 2001. Bahodir Normatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Selektsiya (lot. selectio \u2014 tan- lash, saralash) \u2014 yuqori mahsuldor o&#8217;simliklar navlari va duragaylari- ni, hayvonlar zotlarini va mikroor- ganizmlar shtammlarini yaratish na- zariyasi va amaliyoti. S.ning ilmiy- nazariy bazasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/selektsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124438","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124438","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124438"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124438\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124455,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124438\/revisions\/124455"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124438"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124438"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124438"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}