{"id":124444,"date":"2024-05-16T20:01:01","date_gmt":"2024-05-16T17:01:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124444"},"modified":"2024-05-16T20:01:08","modified_gmt":"2024-05-16T17:01:08","slug":"sent-kits-va-nevis-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sent-kits-va-nevis-2\/","title":{"rendered":"Sent-Kits va Nevis"},"content":{"rendered":"\n<p>Sent-Kits va Nevis (Saint Kitts and Nevis), Sent-Kits va Nevis Fe- derasiyasi (Federation of Saint Kittis and Nevis), SentKristofer va Nevis Fede- rasiyasi (Federation of Saint Kristopher and Nevis) \u2014 Karib dengizining Sharqiy qismidagi kichik Antil o.lari arxipe- lagida joylashgan davlat. Mayd. 261 km2. Aholisi 38,7 ming kishi (2002). Poytax- ti \u2014 Baster sh. (Sentkits o.da). Ma&#8217;mu- riy bulinishi 2 birlikdan iborat. Davlat tuzumi. S.K. va N. \u2014 kon- stitusiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlik tarkibiga kiradi. Amaldagi Konstitusiyasi 1983 y. 19 sent.da kuchga kirgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 Buyuk Britaniya qirolichasi nomidan ish yurituvchi generalgubernator. Qonun chiqaruvchi hrkimiyat organi \u2014 bir pala- tali parlament (Milliy Majlis). Ij- roiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligi- dagi xukumat amalga oshiradi. Tabiati. Orollar vulkan otili- shidan hosil bo&#8217;lgan. Eng yirik Orol SentKristofer (ko&#8217;pincha Sentkits deb yuritiladi). Nevis o. undan 3 km Jan.da joylashgan. Ikkala Orol go&#8217;zal hosildor vodiylardan iborat bo&#8217;lib, o&#8217;rtasida tog&#8217; cho&#8217;qqilari bor (eng baland joyi \u2014 Mi- zeri, 1156 m). Iqlimi tropik, issiq ik- dim. O&#8217;r: ;cha oylik tra 18-24\u00b0. Yillik yog&#8217;in 700-1200 mm. Tog&#8217;larning quyi yon bag&#8217;irlariga shakarqamish va g&#8217;o&#8217;za eki- ladi, balandroqda tog&#8217;tropik o&#8217;rmonlar o&#8217;sadi. Hayvonot dunyosi rangbarang qush va turli baliqlardan iborat. Aholisining deyarli hammasi af- rikalik qullarning avlodi bo&#8217;lgan sentkitslar (negrlar va mulatlar)dir. Aholining aksariyati sohilda yashaydi. Dindorlari \u2014 protestantlar va katoli- klar. Rasmiy til \u2014 ingliz tili. Tarixi. Orollarga 1493 y. X. Kolumb kelgan. 17-a. boshlaridan Buyuk Britaniya b-n Frantsiya urtasida talash bulgan. Bu erda frantsuz va ingliz manzilgohlari barpo etilgan. Inglizlar 1628 y. Ne- vis, 1783 y. esa Sentkits o.ni mustam- lakaga aylantirdi. Mustamlakachilar orollarning tub aholisi\u2014 aravaklarni shafqatsiz ekspluatasiya qilib, qirib yubordi va shakarqamish plantasiyalari- da ishlatish uchun afrikalik qullarni keltirdi. 1882 y. Sentkits, Nevis va Angilya (Anguilla) o.lari federasiyasi tuzildi, u 1958\u2014 62 y.larda VestIndiya federasiyasiga kirdi. 1967 y. Fev.dan u &#8220;Buyuk Britaniya b-n uyushtan davlat&#8221; maqomini oldi (may oyida Angilya Fe- derasiyadan chikdi). 1983 y. sent.dan S.K. va N. mustaqil davlat. 1983 y.dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 19 sent. \u2014 Mustaqillik kuni (1983). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. Xalq faoliyati partiyasi, Sentkri- stofer o.da 1965 y. tuzilgan; sertash- vish fuqarolar harakati, Nyovis o.dagi to&#8217;rt partiya uyushmasi; Leyboristlar partiyasi, 1932 y. asos solingan; Nevis islohotchilar partiyasi, 1970 y. tashkil etilgan. Sentkits\u2014Nevis kasaba va ishchi Ittifoqi, 1940 y. tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. Iqtisodiyotning aso- si q.x. va xorijiy sayyoxlarga xiz- mat ko&#8217;rsatishdan iborat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ulushi 5,5%, sanoat ulushi 22,5%, savdo, xizmat ko&#8217;rsatish sohasi va sayyohpik ulushi 72%ni tash- kil etadi. 8 ming ga erda dehqonchilik qilinadi, uning 1\/3 qismiga Sentkit- Sda shakarqamish ekiladi, qolgan qismi tropik mevazor (Mango, avokado, papaya va b.) b-n band. Nevisda paxta, kokos palmasi, ananas etishtiriladi. Aholi qadimdan baliq ovlash b-n shug&#8217;ullanadi. Q.x. mamlakatning oziq-ovqatga bo&#8217;lgan ehtiyojini 50% qondiradi. Sanoati qandshakar, chigit va kokos yog&#8217;i, gazlama, poyabzal, doridarmon ishlab chiqaruvchi hamda elektr apparatlari yig&#8217;uvchi kichik korxonalardan iborat. Yiliga 86 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yo&#8217;llari uz. 310 km, tor izli temir yo&#8217;l uz. -36 km. Asosiy dengiz porti va aeroporti \u2014 Baster. Chetga xom shakar, paxta, chigit hamda kokos yog&#8217;i va b. chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashi- na va uskuna, kimyoviy maqsulot, neft mahsulotlari oladi, AQSh, Buyuk Brita- niya, Niderlandiya, Antigua va Barbuda b-n savdo qiladi. Pul birligi \u2014 Sharqiy Karib dollari. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Gaz.lari: &#8220;demokrat&#8221; (haftanoma, 1948 y.dan), &#8220;Leybor spo- uksmen&#8221; (&#8220;ishchi notiq&#8221;, haftada 2 Mar- ta chiqadigan gaz., 1957 y.dan). Radio va televidenie hukumat xizmati mav- jud, radioeshittirishlar 1961 y.dan, teleko&#8217;rsatuvlar 1972 y.dan olib bori- ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sent-Kits va Nevis (Saint Kitts and Nevis), Sent-Kits va Nevis Fe- derasiyasi (Federation of Saint Kittis and Nevis), SentKristofer va Nevis Fede- rasiyasi (Federation of Saint Kristopher and Nevis) \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sent-kits-va-nevis-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124444","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124444","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124444"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124444\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124449,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124444\/revisions\/124449"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124444"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124444"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124444"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}