{"id":124459,"date":"2024-05-16T20:05:43","date_gmt":"2024-05-16T17:05:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124459"},"modified":"2024-05-16T20:05:47","modified_gmt":"2024-05-16T17:05:47","slug":"svazilend-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/svazilend-2\/","title":{"rendered":"Svazilend"},"content":{"rendered":"\n<p>Svazilend (Svaziland), Svazilend Qirolligi (Kingdom of Svaziland) \u2014 Jan. Afrikada joylashgan davlat. Mayd. 17,4 ming km2. Aholisi 1,12 mln. Kishi (2002). Poytaxti \u2014 Mbabane sh. Hukumat Mbabane sh.da, Qirol qarorgohi va qonun chiqaruvchi organlar Lobamba sh.da joy- lashgan. Davlat tuzumi. S. \u2014 konstutusiya- li monarxiya. Buyuk Britaniya boshchili- gidagi Hamdo&#8217;stlik tarkibiga kiradi. Mamlakatda qirol tomonidan in&#8217;om qilingan va davlat tuzumi asoslarini mustahkamlaydigan bir qancha Konstitu- tsiyaviy hujjatlar amal qiladi. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 qirol (1986 y.dan Msvati III). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 Pa- latali parlament (Majlis palatasi va Senat), ijrochi hokimiyatni qirol tomo- nidan tayinlanadigan bosh vazir boshchi- ligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Er yuzasini g&#8217;arbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi Veld plato- si (bal. 1445 m gacha) egallagan. Asbest, toshko&#8217;mir, temir va polimetall rudala- ri, barit, olmos konlari bor. Ikdimi qurg&#8217;oqchil. Subtropikdan tropikka o&#8217;tib turuvchi iqlim hukmron. O&#8217;rtacha oylik tra qishda 12-15\u00b0, yozda 20-24\u00b0 gacha. Yillik yog&#8217;in Sharqda 500-700 mm, g&#8217;arbda 1200-1400 mm. Serostona Daryo ko&#8217;p, ular katta gidroenergiya zaxiralariga ega. Kizil va sariq tuproqlarda savanna va kserofit butalar usadi. Hayvonot du- nyosi Sharqiy Afrika savannalariga xos. Sut emizuvchilardan &#8220;ko&#8217;k&#8221; buyvol, bura- ma shoxli kiyik, zebra, begemotlar, quyi Veld daryosida timsohlar bor. Milliy bog&#8217;i va Malotoj sharsharasi mashhur. Aholisining asosiy qismini bantu tillarida so&#8217;zlashuvchi xalqlar \u2014 svazi va zulular, shuningdek, tsongalar tash- kil etadi. Qolganlari\u2014 evropalik va Afrikaner (bur)lar. Rasmiy til \u2014 in- gliz va svazi tillari. Dindorlarining aksariyati xristian, salkam &#8216;\/3 qismi mahalliy an&#8217;anaviy dinlarga e&#8217;tiqod qiladi. Shahar aholisi 34%. Muhim shaharlari: Mbabane, Manzini. Tarixi. 1830y.lar oxirida S. xududida yirik svazi qabilalari shakllandi. Keyincha- lik ular b-n zulu va b. qo&#8217;shni qabilalar o&#8217;rtasida to&#8217;qnashuvlar bo&#8217;lib turdi. 1836 y.gi g&#8217;alaba natijasida svazilar mustaqilligi saqlanib qolsi. 30y.la oxirida mamlakat shim.da yangi erlar qo&#8217;shib olindi va svazi urug&#8217;lari birlash- tirildi. 1840y.lar boshida evropalik mustamlakachilar \u2014 inglizlar, burlar, portugallar S.ga ko&#8217;z olaytira boshla- dilar. Burlar, ayniqsa, faol harakat qilib, qirol Msvatidan kattagina er- larni arzon narxda sotib oddilar. 1894 y. mamlakat hududi burlarning Trans- Vaal Respublikasi tarkibiga kiritil- Di. 1899-1902 y.lardagi inglizburlar urushidan so&#8217;ng Buyuk Britaniya mulki, 1903 y.dan esa uning protektorati deb z&#8217;lon qilindi. S. aholisi milliy ozod- lik uchun to&#8217;xtovsiz kurashdi. 1920y.lar oxiri \u2014 1930y.lar boshida mahalliy ziyolilarning dastlabki tashkilotlari paydo bo&#8217;ldi. 50y.lar oxiri \u2014 60 y.larda mustamlakachilarga qarshi kurash yanadi kuchaydi. 1963 y. Buyuk Britaniya S.ga che- klangan o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish huquqini berdi. 1968 y. 6 sent. kuni S Hamdo&#8217;stlik tarkibidagi mustaqil konstitusiyali monarxiya deb e&#8217;lon qilindi. S. \u2014 1968 y.dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 6 sent. \u2014 Mustaqillik kuni (1968). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma &#8211; lari. Ngvane milliy ozodlik kongres- si, 1962 y tuzilgan; Imbokodvo milliy harakati, 1964 y. asos solingan; S. bir- lashgan fronti, 1962 y. tashkil etilgan; S. taraqqiyparvar partiyasi, 1960 y. tu- zilgan. S. kasaba uyushmalari Federasi- yasi 1980 y. tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. S. \u2014 iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ulushi 10%, sano- at ulushi 42%, xizmat ko&#8217;rsatish sohasi ulushi 48%. Q.x.da dehqonchilik ustun. Makkajo&#8217;xori, shakarqamish, tsitrus me- valar, sholi, oq jo&#8217;xori, dukkaklilar, er yong&#8217;oq, ananas, paxta, tamaki etishti- riladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qo&#8217;y, cho&#8217;chqa boqiladi. O&#8217;rmon xo&#8217;jaligi rivojlangan, yog&#8217;och tayyorlanadi. Asbest, toshko&#8217;mir va barit qazib olinadi. I.ch. sanoati qishloq va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi xom ashyosini qayta ishlaydi. Qandshakar, to&#8217;qimachilik, yog&#8217;ochsozlik, tsellyuloza, meva konservalash, unyorma korxonala- ri bor. Suyak uni i.ch. fabrikasi, elektr asboblari, mineral o&#8217;g&#8217;it i.ch., televizor yig&#8217;uv z-dlari, bosmaxona barpo etilgan. Hunarmandchilikda sayyohlar uchun es- dalik sovg&#8217;alar tayyorlash rivojlangan. Yiliga o&#8217;rtacha 415 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. T.y. uzunli- gi 301 km, avtomobil yo&#8217;llari uz. 3,8 ming km. Chetga qandshakar, mineral o&#8217;g&#8217;it, yog&#8217;ochtaxta, paxta, tsitrus mevalar, ananas, sholi, asbest chiqaradi. Chetdan mashina, uskuna va transport vositalari, neft mahsulotlari oladi. AQSh, Buyuk Brita- niya, JAR b-n savdo qiladi. Pul birligi \u2014 lilangeni. Maorifi, madaniy-ma&#8217;rifiy va il- miy muassasalari. Boshlang&#8217;ich maktabda o&#8217;qish muddati 7 y. (6 yoshdan), o&#8217;rta MAK- tabda 5 y. (3 y. quyi o&#8217;rta va 2 y. yuqori o&#8217;rta maktabda o&#8217;qitiladi). Boshlang&#8217;ich maktabning kichik sinflarida dars- lar svazi tilida, yuqori sinflari va o&#8217;rta maktabda ingliz tilida olib bo- riladi. O&#8217;rta maktabni bitirganlar un-tga kirish huquqiga ega bo&#8217;ladilar. Boshlang&#8217;ich va to&#8217;liqsiz o&#8217;rta maktab ne- gizida hunartexnika ta&#8217;limi tashkil etilgan (1-3 y.). Manzinidagi 2 ta ped. kolleji boshlang&#8217;ich maktab va quyi o&#8217;rta maktab uchun o&#8217;qituvchilar tayyorlaydi. 1964 y. Kvalusenida (Manzini yaqinida) S. davlat un-ti tashkil etilgan. Manzi- nida milliy kutubxona (1972), Lobam- ba sh.da Milliy muzey (1972) va b. bor. Ilmiy tadqiqotlar b-n Loufeld (1964 y.da asos solingan), Malkernsdagi q.x. (1959), Mpisidagi chorvachilik tajriba st-yalari, shuningdek, Mbabanedagi geol. departamenti shug&#8217;ullanadi. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. S. da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: &#8220;Nyus From Svazilend&#8221; (&#8220;Svazilend yangiliklari&#8221;, haftanoma), &#8220;Svazi Nyus&#8221; (&#8220;Svazi xalqi yangili- klari&#8221;, haftanoma, 1983 y.dan), &#8220;Svazi- Lend Observer&#8221; (&#8220;Svazilend kuzatuvchi- si&#8221;, ingliz tilida chikadigan kundalik gaz., 1981 y.dan), &#8220;tayme of Svazilend&#8221; (&#8220;Svazilend vakti&#8221;, ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1897 y.dan), &#8220;Tikxatsi Temasvati&#8221; (svazi tilida chiqadigan kundalik gaz., 1983 y.dan), &#8220;Umbiki&#8221; (&#8220;reportyor&#8221;, ingliz va svazi tillarida haftasiga 2 marta chiqadigan gaz., 1968 y.dan). Milliy axborot agent- ligi yo&#8217;q. S. radioeshittirish va axborot xizmati 1966 y.da tuzilgan; xukumat to- monidan nazorat qilinadi. S. televizi- on korporasiyam, 1978 y. asos solingan. Madaniyati. Svazilendliklarning milliy kiyimlari guldor gazlama va hayvon terilaridan tikiladi, marjon- lar b-n bezatiladi. Musiqa asboblari xilmaxil: kamonchali (ko&#8217;pincha osh qovoq po&#8217;stiga o&#8217;rnatilgan torlar), puflab cha- linadigan (kiyik shoxidan yasalgan) as- boblar, barabanlardan iborat.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Svazilend (Svaziland), Svazilend Qirolligi (Kingdom of Svaziland) \u2014 Jan. Afrikada joylashgan davlat. Mayd. 17,4 ming km2. Aholisi 1,12 mln. Kishi (2002). Poytaxti \u2014 Mbabane sh. Hukumat Mbabane sh.da, Qirol qarorgohi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/svazilend-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124459","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124459","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124459"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124459\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124471,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124459\/revisions\/124471"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124459"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124459"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124459"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}