{"id":124462,"date":"2024-05-16T20:05:48","date_gmt":"2024-05-16T17:05:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124462"},"modified":"2024-05-16T20:05:53","modified_gmt":"2024-05-16T17:05:53","slug":"saxa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/saxa\/","title":{"rendered":"Saxa"},"content":{"rendered":"\n<p>Saxa (Yakutiya), Saxa Respublika- si \u2014 Rossiya Federasiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Sibirning shim. da, hududining 1\/3 qismidan ko&#8217;prog&#8217;I Shim. qutb doirasida joylashgan. Novaya Sibir o.larini o&#8217;z ichiga oladi. Mayd. 3103,2 ming km2. Aholisi 948,1 ming kishi (2002). Poytaxti \u2014 Yakutsk sh. 33 tuman, 13 shahar va 62 shaharcha bor. Davlat tuzumi. S. \u2014 respublika. Re- spublika rahbari va ijroiya hokimiyat boshlig&#8217;i \u2014 prezident. Hokimiyatning oliy ijroiya organi \u2014 rais boshchili &#8211; gidagi hukumat. Qonun chiqaruvchi organ \u2014 ikki palata (respublika palatasi va vakillar palatasi)dan iborat Davlat Majlisi (Il Tumen). Tabiati. S. hududining 2\/3 qismidan ko&#8217;prog&#8217;ini tog&#8217;va yassitog&#8217;liklar egal- lagan. Eng yirik tog&#8217;lari: yuqori yana, Cherskiy (Pobeda tog&#8217;i 3147 m \u2014 S. dagi eng baland nukta), ular orasi- da Yanaoymyakon tog&#8217;ligi bor. Jan.da Aldan tog&#8217;ligi, g&#8217;arbida O&#8217;rta Sibir yassitog&#8217;ligi, shim. va markazida Yanain- digirka, Kolima va Markaziy Yakutiya (Vilyuy) pasttekisliklari joylashgan. Foydali qazilmalardan oltin, olmos, temir rudasi, Island shpati, yonuvchi gaz, neft konlari bor. Iklimi keskin kon- tinental; kishi sovuq, 8 oy davom eta- Di. Yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi S. markazida -34\u00b0dan -50\u00b0 gacha. Shim. yarim shar- ning eng sovuqjoylari: Verxoyanskoymya- kon (-72,2\u00b0 gacha). Yozi qisqa, iliq. Iyul- ning o&#8217;rtacha t-rasi 18-19\u00b0. Yillik yog&#8217;in \u2014200\u2014700 mm. S. hududining yarmidan kupi Lena daryosi va uning irmoqdari \u2014 Al- dan, Vilyuy, Olyokma havzasida. Shim. da Anabar, Olenek, yana, Indigirka, Alazeya, Kolima daryolari oqadi. Daryo- lardan kema qatnovida, yog&#8217;och oqizishda, gidroenergiya olishda foydalaniladi. S.ning ko&#8217;p qismi abadiy muzloq erlar- dan iborat. Tog&#8217;li (muzlab yotgan) joy- larda tayga tuproklari va tog&#8217;tundra tuproklari uchraydi. Markaziy S.da chimli o&#8217;rmon, qumoq, allyuvialo&#8217;tloqi tuproqlar, qolgan joylarda tog&#8217;o&#8217;rmon va tundragleyli tuproklar tarqalgan. Hududning 9\/10 qismi o&#8217;rmon (askari tilog&#8217;och) b-n qoplangan. Qutb tulkisi, Olmaxon, oq quyon, tulki, sobol kabi mo&#8217;ynali hayvonlar ovlanadi, suvlarida baliq ko&#8217;p. S. hududida Olyokma tabiiy qo&#8217;riqhonasi, Mom, Siine, UstVilyuy, Lena tabiiy bog&#8217;lari bor. Aholisi. Saxa (33,4%), rus (50,3%), ukrain (7%), tatar (1,6%), even, evenk, yukagir, chukcha va b. yashaydi. Shahar aholisi 64,2%. Respublikaning davlat tili \u2014 Saxa va rus tili. Dindorlar- ning aksariyati pravoslavlar. Yirik shaharlari \u2014 Yakutsk, Neryungri. Tarixi. S.da yuqori paleolit dav- ridan odam yashaydi. Mil. Dastlabki asrlarda S. hududiga evenklarning AJ- dodlari ko&#8217;chib kelgan. 10-15-a.larda Baykal atrofidan kelgan turkiy kabi- lalar b-n tub aholining aralashuvidan Saxa xalqi tarkib topgan. 17-a.ning 30y.larida S. Rossiyaga qo&#8217;shib olindi. 1632 y. ruslar Yakutsk qal&#8217;asini qurib, o&#8217;lkani boshqarish markaziga aylantir- Di. 19-a. 40ylarida Olyokma va Vitim daryolari bo&#8217;yida oltin konlari topil- Di. 19-20-a.larda podsho xukumati S.ni siyosiy mahbuslar surgun qilinadigan joyga aylantirdi. 1922 y.da Rossiya Federasiyasi tarkibida Yakutiya mux- tor sovet Resggublikasi tashkil etildi. Sovet hokimiyati bu o&#8217;lkaning bebaho tabiiy boyliklarini butun mamlakat iqgisodiyotiga xizmat qildirdi. 1990 sent.da respublikaning davlat suvereni- teti e&#8217;lon qilindi, 1991 y. okt.da Pre- zident lavozimi ta&#8217;sis etildi, 1991 y. dek.da nomi o&#8217;zgartirilib, S. (Yakutiya) Respublikasi deb ataladigan bo&#8217;ldi. Xo&#8217;jaligi. Konchilik va i.ch. sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Umumrossiya va jahon bozoriga noyob xom ashyo \u2014 mamont suyagi va bug&#8217;u shoxi et- kazib beradi. 1990-2000 y.larda yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 53,5%, q.x.ningulushi 2,9%, qurilishning ulu- shi 4,1%, transportning ulushi 3%, sav- doning ulushi 7,1% bo&#8217;ldi. Barcha korxo- nalarning 65,3% xususiy, 11,5% davlat- ga qarashli. Sanoatning asosiy tarmokla- ri: rangli metallurgiya (sanoat i.ch. umumiy hajmining 77,4%), yoqilg&#8217;I (10,3%), elektr energetika (7,4%), oziq-ovqat (2,2%), o&#8217;rmon, yogochsozlik va tsellyulozaqog&#8217;oz (0,7%), binokorlik materiallari sanoati (0,6%), mashina- sozlik va metall ishlash (0,4%), engil sanoat (0,2%). Energetika maxalliy ku- Mir, tabiiy gaz, gidroenergiya zaxira &#8211; lari va keltirilgan neft asosida ish- laydi (Vilyuy GES, Yakutiya, Neryungri va chulman GRESlari). Konchilik sano- atida olmos, oltin, qalay, surma, simob, volfram, ko&#8217;mir qazib olinadi. Jatay shaharchasida kemasozlik va kema ta&#8217;mir- lash z-Di, Lena va Olyokma tumanlarida o&#8217;rmon sanoati rivojlangan. Qishloq xo&#8217;jaligi yalpi mahsulotining 27,8% dehqonchilikka, 72,2% chorva- chilikka to&#8217;g&#8217;ri keladi. S. hududining taxm. 900 ming gadan foydalaniladi. Bu erlarning asosiy qismi pichanzor va yaylov, 1\/10 qismi haydaladi. Chorva- chiligida qoramol, ot, bug&#8217;u boqiladi, mo&#8217;ynabop darrandachilik va ovchilik (ol- Maxon, tulki, oq suvsar, ondatra, oq kuyon, sobol boqish va ovlash) rivojlangan; baliq ovlanadi. Dehqonchilikda g&#8217;alla (bug&#8217;doy, arpa, suli), kartoshka, sabzavot ekiladi. Transport ning barchaturlari mavjud. T.y. uzunligi \u2014 165 km, qattiq qoplamali avtomobil yo&#8217;llari uz. 7190 km. Ichki suv yo&#8217;llari uz. \u2014 11,7 ming km. Lena va Kolima daryolari quyilish joyida 2 ta dengiz porti (Tiksi va Ze- Leniy mis), Yakutskda xalqaro aeroport, Taas\u2014Tumus\u2014Yakutsk\u2014Pokrovsk gaz quvurlari bor. Shim. dengiz yo&#8217;li bo&#8217;ylab kemalar qatnaydi. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;rifiy muassasalari. 1990y. lar oxirida S.da 5187 vrach aholiga tib- biy xizmat ko&#8217;rsatdi. S. sil kasallikla- ri i.t. instituti bor. 711 umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabida 198 ming, 20 o&#8217;rta Max- sus o&#8217;quv yurtida 10,8 ming o&#8217;quvchi, 2 oliy o&#8217;quv yurti \u2014 S. davlat un-ti va q.x. aka- demiyasida 8,1 ming talaba ta&#8217;lim oldi. Rossiya FA Sibir bo&#8217;limining ilmiy markazi tarix, til va adabiyot, biolo- giya, shim. Fizikatexnika muammolari, Shim. konchiligi intlarini birlashti- radi. Rossiyadagi yagona muzloqshunoslik ilmiy tadqiqot in-ti shu erda joylash- gan. 10 sanatoriykurort muassasasi bor. Teleko&#8217;rsatuv va radioeshittirishlar Saxa va rus tillarida olib boriladi. Yakutskda telemarkaz ishlaydi. Adabiyoti Saxa xalqining qaxramonlik eposi \u2014 olonxo (Doston- lar turkumi), ertak va ko&#8217;shiklar, ta- rixiy rivoyatlardan boshlanadi. Ular- da saxalarning 8-9-a.lardagi hayoti, boshqa turkiy xalqlar b-n qo&#8217;shnichiligi, dushmanga qarshi kurashi aks etgan. Saxa yozma adabiyoti 20-a. boshlarida paydo bo&#8217;ldi. A.Kulakovskiy, A.Sofronov, N.Neustroev asarlarida Saxa xalqining uqubatli hayoti, og&#8217;ir mehnati tasvir- langan. 20y.larda dastlabki zamona- viy Doston va qissalar bosilib chikdi, hikoyanavislik rivojlandi (P.Oyunskiy, N.Neustroev, A.Ivanovkyunde va b.). 30y. larda Ellyay (S.Kulachikov), Ammaach- chigiya (N.Mordinov), Erilikeristin (S.Yakovlev), Omollon (D. Sivsev), A. Ku- Drin (Abachinskiy) kabi yozuvchilarning voyaga etishi Saxa adabiyotini ravnaq toptirdi. Ular o&#8217;zlarining nazmiy va dramatik asarlarida xalqning mehnati va hayotini haqqoniy tasvirladilar. 50\u201490y.larda Saxa adabiyoti Bolot bo- otur, P.Toburokov, S.Tarasov, S.Rufov, I.Danilov asarlari b-n boyidi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Saxalarning qad. turar joylari to&#8217;g&#8217;ri burchakli rejadagi yog&#8217;och o&#8217;tovlar va &#8220;bu- orjie&#8221; deb atalgan bostirmalardan iborat bo&#8217;lgan. Yozda sinchdan tiklanib, tomi qayin po&#8217;stlog&#8217;i b-n yopilgan &#8220;ura- sa&#8221; (chayla)da yashaganlar. 19-a.dan yog&#8217;och devorli uy (izba)lar urf bo&#8217;ldi. 17-a. da tik qadalgan uchli xodalardan qal&#8217;a (Ostrog)lar kurildi. Keyinchalik ular o&#8217;rnida Yakutsk, Vilyuysk, Olyokminsk, Verxoyansk, Srednekolimsk sh.lari pay- do bo&#8217;lib, 18-a.da g&#8217;ishtli binolar kuri- la boshladi. 19-20-a.larda S. er osti boyliklari o&#8217;zlashtirilishi munosabati b-n Aldan, lenek, Mirniy, Neryungri shlari qad. ko&#8217;tardi, ulardagi bino va inshootlar yirik blok, panel va pishik, g&#8217;ishtdan quriddi. 20-a.ning 2-yarmida Yakutskda rus drama teatri (1957, me&#8217;mo- ri I. Bondarev), aerovokzal (1963, me&#8217;- Mori N. Suxanov), un-t (1967, me&#8217;mori I.Bondarev) va b. kurildi. S. xududida neolit, jez va ilk te- Mir davrlariga oid sopol idishlar, bug&#8217;u shoxidan yasalgan badiiy buyumlar, qoyalarga ishlangan ov manzaralari to- pilgan. Xalq ijodkorligining har xil turlari (yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, kashtachilik, zargarlik, mamont suyagi va morj tishi- dan badiiy buyum hamda haykalchalar, mo&#8217;ynadan naqshli kiyim va gilam yasash kabilar) b-n qadimdan shug&#8217;ullanib ke- lingan. Keyingi davrda professional tasviriy san&#8217;at rivojlana boshladi. 20-a.ning 30y.larida rassomlardan N.Nosov, I.Popov, V.Kandinskiy, P. Romanov, haykaltarosh P. Dobrinin, 50\u201480y.larda rang-tasvirchilardan L.Kim, L.Gabishev, F.Pavlov, A.Osipov, grafiklardan V.Vasilev, L.Neofitov, haykaltaroshlardan S.Egorov, K.Pshennikov, K. Gerasimov, Tammosov va b. ijod qildi. Amaliy bezak san&#8217;ati turlari qayta tiklandi. Musiqasi o&#8217;ziga xos yakkaxonlik, dav- ra qo&#8217;shiklaridan iborat. Olonxosut deb ataluvchi oqinlar murakkab olon- xo dostonlarini zo&#8217;r mahorat (goh er- taksimon cho&#8217;zib, goh jangovar jazava) b-n ijro etadilar. Ishqiy va raqsbop qo&#8217;shiqlar esa sho&#8217;xchan ohangda aytila- Di. Davra bo&#8217;lib tushiladigan raqslar osuoxay deb ataladi. Cholg&#8217;u asbobla- ri: kiriimpa (saxacha g&#8217;ijjak), xomus (saxacha chang qo&#8217;biz), kyupsyur (baraban) va b. 1920 y. Yakutskda simfonik or- kestr, 1921 y. musiqa studiyasi, 1936 y. S. milliy teatri xuzurida xor tash- kil etilgan. G.Grigoryan, G.Litinskiy, L.Vishkaryov, G.Komrakov, J.Batuev va b. kompozitorlar turli musiqa janr- larini rivojlantirdilar. Ijrochi- lar orasida dirijyorlar M.Benediktov, A.Kuleshov, G.Krivoshapko, G.Tanigin, opera rej. A.Egorova, xonandalar M.Lobanov, A.Ilina mashxur. Bir necha musiqa bilim yurti bor. Teatri. Saxa folklorida, ayniqsa, olonxo eposida teatr harakati unsurlari bo&#8217;lgan. 20-a. boshlarida badiiy havaskorlik rivoj- landi. Saxa tilidagi birinchi spetakl 1906 y. havaskor xalq oqinlari ijrosi- da sahnalashtirildi. 1920 y. Yakutskda rus drama teatri (hoz. Davlat drama te- atri) tashkil etildi. 1925 y. shu teatr qoshida Saxa truppasi ishlay boshladi, bu truppa 1926 y. millim teatrga aylan- tirildi. Unda mahalliy yozuvchilardan N.Neustroev, P.Oyunskiy, D.Sivsev, S.Efremov va b.larning p&#8217;esalari, xalq qahramonlik eposlari asosidagi asarlar qo&#8217;yildi. Yakutskda P. Oyunskiy nomida- gi drama teatri, Nyurbada sayyor drama teatri bor. Tanikdi teatr arboblari: V.Mestnikov, D.Xodulov, S.Grigorev, D.Slepsov, G.Kolesov va b.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Saxa (Yakutiya), Saxa Respublika- si \u2014 Rossiya Federasiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Sibirning shim. da, hududining 1\/3 qismidan ko&#8217;prog&#8217;I Shim. qutb doirasida joylashgan. Novaya Sibir o.larini o&#8217;z ichiga oladi. Mayd. 3103,2 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/saxa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124462","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124462","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124462"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124462\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124474,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124462\/revisions\/124474"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124462"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124462"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124462"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}