{"id":124466,"date":"2024-05-16T20:05:54","date_gmt":"2024-05-16T17:05:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124466"},"modified":"2024-05-16T20:06:03","modified_gmt":"2024-05-16T17:06:03","slug":"sanatlar-sintezi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sanatlar-sintezi\/","title":{"rendered":"San&#8217;atlar sintezi"},"content":{"rendered":"\n<p>San&#8217;atlar sintezi &#8211; bir ba- diiy asar yoki yaxlit ansamblni yaratish- da turli san&#8217;atlar va san&#8217;at asarlari- ning o&#8217;zaro uzviy bog&#8217;lanishi; insonning moddiy va ma&#8217;naviy muhitini estetik jihatdan tuzishga xizmat kiladi. S.s. tushunchasi sifat jihatdan yangi badiiy- lik yaratishni nazarda tutadi. Seda har biri o&#8217;zining cheklangan ifoda va tasvi- riy imkoniyatiga ega bo&#8217;lgan san&#8217;atlar birlashuvi natijasida ifodasi beqiyos yangi badiiy asar yuzaga keladi. Badiiy asar g&#8217;oyasi, obraz va kompozision butun- ligi, makon va zamonni yaratishdagi umu- miy ishtiroki, ko&#8217;lami, ritmidagi mo- nandlik san&#8217;atda ularni idrok etishni kuchaytirib, sifat o&#8217;zgarishlarini yuzaga keltiradi; badiiy g&#8217;oyalar rivojiga ko&#8217;p planlilik, serqirralik baxsh etib, in- songa har taraflama to&#8217;la hissiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Teatr, kino va unga yakin fazo- viy san&#8217;atlar tabiatan mujassamlashti- ruvchi bo&#8217;lib, bular dramaturg (stsenariy- chi), aktyor, rej., rassom, kinoda, shuning- dek, operator ijodini birlashtiradi; musiqali teatrda dramatik san&#8217;at, vo- kal va cholg&#8217;u asboblari musiqasi, xore- ofafiya va h.k. bir butunlikda namoyon bo&#8217;ladi. Rejissyorlik san&#8217;ati badiiy te- ATR yoki kinematografiya asarlarini yangi butunlikka birlashtiradi. San&#8217;at tarixida sintezning xil- maxil turlari ma&#8217;lum. Tasviriy san&#8217;- at, amalip san&#8217;at asarlari va me&#8217;mor- lik hamisha o&#8217;zaro bog&#8217;lanishga, birla- shishga moyshshir. Bunda rang-tasvir, haykaltaroshlik asarlari o&#8217;z vazifasini bajarish b-n birga me&#8217;moriy obrazni boyitadi. Bu nafis uyg&#8217;unlikda, odatda, amaliy bezak san&#8217;ati, dastgoh san&#8217;a- ti asarlari (kartina, haykalcha va sh.k.) ishtirok etadi. Sintez san&#8217;at turlari (mas, kinoda \u2014 xronika, reportaj va h.k. usullarni badiiy filmda qo&#8217;llash) va san&#8217;atlararo (mas, teatr voqealariga kinematografiya tasvirini kiritish) turli darajada amalga oshiriladi. Seda ishtirok etayotgan san&#8217;atlar orasidagi muvozanat turlicha bo&#8217;ladi, san&#8217;atning biriga aloqador bo&#8217;lgan sifat ham (mas, klassisizmda nafis san&#8217;atlarning mu- tanosibligi, yunon san&#8217;atidagi &#8220;nafis- lik&#8221;, barokko san&#8217;atidagi &#8220;tasviriy- lik&#8221; va b.) umumiy ahamiyat kasb etadi. San&#8217;atning bir turi qolganlarini o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirib (mas, qad. Misr me&#8217;morli- gi haykaltaroshlik va rang-tasvirni) to&#8217;liq hukmronlik qilishi nazarda tu- tiladi. Rassom (haykaltarosh)ning g&#8217;oyasi tufayli san&#8217;at turlari o&#8217;zaro chatishib ketishi birbirini to&#8217;ldirishi va bir- biriga keskin qaramaqarshi qo&#8217;yilishi mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumida san&#8217;atlar turlarga bo&#8217;linmagan, qorishiq holda bo&#8217;lib, inson faoliyati va uning maro- simlari b-n bevosita qo&#8217;shilib ketgan. San&#8217;atlar o&#8217;z xususiyatlari va o&#8217;ziga xos- ligini namoyon etib bo&#8217;lina boshlaganda teskari jarayon \u2014 ularning sinteziga intilish yuzaga keldi. Qad. Sharq madani- yatidan boshlab ibodatxona diniy maro- simlari b-n yagona g&#8217;oyaga bo&#8217;ysundirilgan me&#8217;moriy elementlar, tasviriy va ama- liy bezak san&#8217;ati, og&#8217;zaki va yozma ijo- diyot, shuningdek, marosim harakatlari S.s.ning dastlabki ko&#8217;rinishlari sifa- tida maydonga chikdi. Mahobatli Misr ehromlari me&#8217;moriy unsurlarning ramziy ko&#8217;rinishlariga yunon madaniya- ti insonning yuksakligini ifodalov- chi me&#8217;morlik va haykaltaroshlikning uyg&#8217;un holdagi birikuvini qaramaqarshi qo&#8217;ydi. Uyg&#8217;onish davrida san&#8217;atning bo&#8217;linishi yuzaga keddi; sintezning har bir san&#8217;atning o&#8217;z mustaqilligiga asoslangan yangi shakllari paydo bo&#8217;ldi. Uyg&#8217;onish davri ustalari (Bramante, Rafael, Mikelanjelo va b.) ijodida san&#8217;atning yaxlit, uyg&#8217;unlashgan ansam- Blga birikishining umumiy qoidalari alohida to&#8217;laqonli ishlab chiqildi. 20-a. Cera oid muhim ishlar ilg&#8217;or ijtimoiy va inqilobiy harakatlar ta&#8217;sirida (D. Rivera, D. Sikeyros, X. Orosko va b.) jamoat qurilishlari, me&#8217;moriy insho- otlar va ko&#8217;rgazmalar majmualari yara- tilishi, shuningdek, ma&#8217;lum g&#8217;oyalarga yo&#8217;naltirilgan bayramlar, xalq yurish- lari, festivallar va h.k.ni bezash b-n bog&#8217;liq. Sharkda (Qad. Hindiston, Xitoy), jumladan, O&#8217;rta Osiyoda qadimdan yara- tilgan ibodatxona, saroylar, butun bir shaharlar \u2014 Xolchayon, Varaxsha, Tuproqqal&#8217;a, Afrosiyob saroylari S.ening xilmaxilligini ko&#8217;rsatadi. Navoiy teatri, Muqimiy teatri, tosh- kent metropoliteni bekatlari, xalqlar do&#8217;stligi saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Buxoriy yodgorlik maj- mui va b. binolar chinakam xalq san&#8217;ati- ning ajoyib uyg&#8217;unlashgan san&#8217;at namu- nasidir. Abdulhay Umarov<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>San&#8217;atlar sintezi &#8211; bir ba- diiy asar yoki yaxlit ansamblni yaratish- da turli san&#8217;atlar va san&#8217;at asarlari- ning o&#8217;zaro uzviy bog&#8217;lanishi; insonning moddiy va ma&#8217;naviy muhitini estetik jihatdan tuzishga xizmat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sanatlar-sintezi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124466","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124466","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124466"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124466\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124481,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124466\/revisions\/124481"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124466"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124466"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124466"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}