{"id":124467,"date":"2024-05-16T20:05:55","date_gmt":"2024-05-16T17:05:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124467"},"modified":"2024-05-16T20:06:03","modified_gmt":"2024-05-16T17:06:03","slug":"sanatshunoslik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sanatshunoslik\/","title":{"rendered":"San&#8217;atshunoslik"},"content":{"rendered":"\n<p>San&#8217;atshunoslik &#8211; keng ma&#8217;- noda san&#8217;atni o&#8217;rganadigan ijtimoiy fanlar majmui; umuman olganda ja- miyatning badiiy madaniyatini to&#8217;liq holda va san&#8217;atning alohida turlari, ularning vujudga kelishi va taraqqiyot qonuniyatlari, o&#8217;ziga xosligi va voqelikka munosabati, ijtimoiy ongning tarixda- gi roli, ijtimoiy hayot va madaniyatning boshqa jarayonlar b-n aloqasi, badiiy asarning mazmun va shakl b-n bog&#8217;liq bar- cha masalalari yig&#8217;indisini o&#8217;rganadi. S fani adabiyotshunoslik, muetshashunos- lik, Teatrshunoslik, kinoshunoslik, shu- ningdek, tor va eng ko&#8217;p qo&#8217;llaniladigan ma&#8217;nodagi S, ya&#8217;ni nafis (plastik) yoki fazoviy san&#8217;atlar hisoblangan me&#8217;mor- lik, rang-tasvir, haykaltaroshlik, gra- fika, amaliy san&#8217;at, bezak san&#8217;ati kabi- larni ham o&#8217;z ichiga oladi. Xususan, tas- viriy san&#8217;at, me&#8217;morlik, amaliy bezak san&#8217;atining ko&#8217;p jihatlari va dizaynni maxsus o&#8217;rganadi. Plastik san&#8217;atlar do- irasida Sning san&#8217;at nazariyasi, san&#8217;at tarixi va badiiy tanqid kabi turlari mavjud. Ular o&#8217;zaro uzviy aloqada bo&#8217;lib, har biri o&#8217;zining maxsus vazifasiga ega. San&#8217;at nazariyas i nafis san&#8217;atga nisbatan g&#8217;oyaviy mazmun, badiiy shakl, uslub, ifoda vositalari, san&#8217;atning tur va janrlariga xos maxsus xususiyat- lari va b. masalalarni ularning o&#8217;zaro aloqasida o&#8217;rganadi; shuningdek, umumiy qonuniyatlarni, san&#8217;at taraqqiyotining ob&#8217;ektiv mantiqi, uning jamiyat b-n munosabati, jamoa va shaxsga nisbatan ta&#8217;sirini ko&#8217;rib chiqadi. San&#8217;at tari- XI esa san&#8217;atning umumiy taraqqiyoti (&#8220;umumsan&#8217;at tarixi&#8221;)ni biror mam- lakat yoki alohida davrda o&#8217;rganadi va tadqiq qiladi, san&#8217;atning biror tur yoki janri, oqimi, yo&#8217;nalishi rivoji- ni, ayrim rassomning ijodiy uslubini taxlil qiladi. Badiiy tanqid zamona- viy badiiy hayotni taxlil qiladi, uning yo&#8217;nalishi, tur va janrlarini, ayrim san&#8217;at ustalarining ijodi va ularning alohida badiiy asarlarini tekshiradi va baholaydi; san&#8217;at hodisalarini hayot va ijtimoiy davr ideali b-n qiyoslaydi. Shular asosida Sning asosiy sohalari va adabiy janrlari belgilanadi: naza- riy risola, rassomlar uchun qo&#8217;llanma, nazariy va tarixiy, umumiy va maxsus (monografiya) tadqiqotlar, maqola va nutqlar, tanqidiy umumlashmalar shu- lar jumlasidan. S. jamiyatshunoslik va qator aniq fanlar uslubidan foydala- nadi; shuningdek, badiiy ijod tadqiqot ob&#8217;ekti bo&#8217;lganligi tufayli uni estetik baholash, muayayn davr uslubi yoki san&#8217;- atshunosning shu jarayonlar b-n bog&#8217;liq individual didi haqida mulohaza yuri- tadi. Sning ilmiy faoliyati keng va xil- maxil: o&#8217;rganilayotgan soha bo&#8217;yicha aniq dalillarni to&#8217;plash, ularni atroflicha o&#8217;rganish va umumlashtirish; san&#8217;at yod &#8211; gorliklarini ekspedisiyalar yordamida ochish, ta&#8217;mirlash turlari; yodgorliklar- ni aniklash, ro&#8217;yxatga olish va tartibga solish; rassom va uning asarlari haqida ma&#8217;lumot to&#8217;plash, ilmiy muzeylar kata- logini tuzish, biografik va b. ma&#8217;lumot- nomalar yaratish, rassomlar adabiy mero- si (esdalik, xat, makrlalar va b.)ni nashr qilish kabilar kiradi. Sning ijtimoiy ahamiyati uning xulosa va yakunlarining ilmiy ahamiyati b-n birga san&#8217;atni om- malashtirish va tashviq qilish (ilmiy ommabop adabiyotlar, ma&#8217;ruza, ekskursi- yalar uyushtirish), keng kitobxonlarni san&#8217;at asariga jalb qilish va uni tu- shuntirishi b-n belgilanadi. S. zamo- naviy estetik tamoyillar miqyosida va badiiy meros sohasida u yoki bu baholash tizimini belgilashi b-n o&#8217;z zamonasi- ning ijodiy jarayoniga chuqur ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. S. fan sifatida 16-19-a.lar mobay- nida shakllangan. Bunga qadar, falsa- fiy, diniy va b. fanlar tarkibida yoki ayrim ma&#8217;lumot, qo&#8217;llanmalar bayoni ko&#8217;rinishida bo&#8217;lgan. Ilk namunalari Yunoniston (Aristotel, Platon, mil. AV. 4-a.), Qad. Rim (Tsitseron, Vitruviy, mil. AV. 1 \u2014 mil. 1-a.), Osiyo mamlakat- larida san&#8217;at nazariyasi va tarixining kuplab holatlari bayon kilingan yaxlit va universal ko&#8217;rinishdagi risolalar bitilgan. Ularda me&#8217;mor va rassomlar- ga ayrim qo&#8217;llanmalar, diniy mifolo- gik afsonalar falsafiy, axloqiy va b. tasavvurlar, san&#8217;at tarixi elementlari qo&#8217;shilgan holda bayon qilingan. Sharqda o&#8217;rta asrlarda yaratilgan risolalarda tajribali musavvir va xattotlarning tavsiyanomalari, Islom aqidalari va ma&#8217;rifiy insonparvarlik an&#8217;analari jamlangan (Sultonali Mashhadiy, do&#8217;st Muhammad, 16-a.), S.ning fan sifatida shakllanishida Uyg&#8217;onish davri muhim bosqich bo&#8217;ddi (L. Giberti, L. Alberti, Leonardo da Vinchi, A. Dyurer va b.), ma&#8217;- rifatchilik davrida mustaqil fan sifa- tida ajralib chiqa boshladi (frantsuz D. Didro, nemis g. Lessing va b.). O&#8217;zbekistonda S. fan sifatida 20-a. 20y.laridan shakllandi. Dastlab badi- iy tanqidchilik jadal rivojlandi; 40y. lardan milliy madaniyat va uning mero- siga e&#8217;tibor kuchaydi, san&#8217;atda Vatan- parvarlik goyalari o&#8217;z ifodasini topdi. 50\u201480y.larda dolzarb masalalar, Rea- listik kup qirrali izlanishlarga keng yo&#8217;l ochildi (B. Nikiforov, L. Jadova, S. Krukovskaya, M. Myunts, A. Umarov, R. Toqtosh, D. Faxretdinova, T. Maxmudov, L. Shostko, A. Hakimov, N. Abdullaev va b.). O&#8217;zbekiston ba San&#8217;atshunoslik institutida tarixchisan&#8217;atshunoslar to- monidan qad. va o&#8217;rta asrlar san&#8217;atining yangiyangi qatlamlari o&#8217;rganilmoqda (g. Pugachenkova, L. Rempel, P. Zoxidov, Sh. Toshxo&#8217;jaev va b.). Abduvali Egamberdiev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>San&#8217;atshunoslik &#8211; keng ma&#8217;- noda san&#8217;atni o&#8217;rganadigan ijtimoiy fanlar majmui; umuman olganda ja- miyatning badiiy madaniyatini to&#8217;liq holda va san&#8217;atning alohida turlari, ularning vujudga kelishi va taraqqiyot qonuniyatlari, o&#8217;ziga xosligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sanatshunoslik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124467","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124467","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124467"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124467\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124482,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124467\/revisions\/124482"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124467"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124467"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124467"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}