{"id":124480,"date":"2024-05-16T20:11:54","date_gmt":"2024-05-16T17:11:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124480"},"modified":"2024-05-16T20:11:58","modified_gmt":"2024-05-16T17:11:58","slug":"sankt-peterburg","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sankt-peterburg\/","title":{"rendered":"Sankt-Peterburg"},"content":{"rendered":"\n<p>Sankt-Peterburg (Peterburg) (1914-24 y.larda Petrograd, 1924-91 y.larda Leningrad) \u2014 RFdagi shahar, Leningrad viloyati markazi, Fede- ral ahamiyatga ega shahar. Rossiyaning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markaz- laridan biri, mamlakatning eng yirik transport tuguni. T.y. va avtovokzal- lar, xalqaro aeroport bor, dengiz por- ti, qahramon shahar, Volga \u2014 Baltiysk suv yo&#8217;lining oxirgi punkti. Neva bo&#8217;yi pasttekisligining g&#8217;arbiy qismida, Fin qo&#8217;ltig&#8217;iga Neva daryosi quyiladigan erda va Neva deltasidagi 42 orolda joy- lashgan. Iklimi dengiz iqlimi, qishi yumshoq, yozi nisbatan salqin, obhavosi o&#8217;zgaruvchan. Yanv.ning o&#8217;rtacha t-rasi -7,9\u00b0, iyulniki 17,7\u00b0. Yillik yog&#8217;in 585 mm. Yozning 1-yarmida &#8220;oqtunlar&#8221; hodisasi kuzatiladi. S.P. hududi 570 km2 (Sankt-Peterburg shahar ma&#8217;muri- yatiga qarashli shaharlar va shaharchalar hududi b-n birga 1350 km2dan ziyod). Aholisi 4188,6 ming kishi (S.P. Shahar ma&#8217;muriyatiga qarashli aholi punktla- ribn 4748,5 ming kishi, 1998). Shahar che- garasi doirasida 40 dan ziyod dare va 20 dan ziyod kanal mavjud (umumiy uz. 160 km dan ortiq). Neva daryosining Shahar hududidagi eni 340-650 m, chuq. 14-23 m. S.P. hududining ancha qismi dengiz sathidan 1,2\u20143 m dan baland bo&#8217;lmagan tepaliklarda joylashgan. Shu bois sha- Xarning bu tumanlarida, asosan, Fin qo&#8217;ltig&#8217;ining Sharqiy qismida shamol ta&#8217;sirida suv bosishi xavfi bor. S.P.ni suv bosishidan himoyalash uchun Neva va Fin qo&#8217;ltiqlari chegarasida 1980-90 y.larda gidrotexnik majmua qurilgan. S.P. joylashgan hudud 9-10-a.lar- da novgorodliklarga qarashli (13-a.dan Ijora eri nomi b-n mashhur) bo&#8217;lgan. 15-a.da S.P. o&#8217;rnida Novgorod Respubli- kasiga qarashli qishloqlar joylashgan. 1478 y.da rus davlati tarkibida. 17-a. boshlarida shvedlar Neva sohillarini ishg&#8217;ol qilib, Oxta daryosining quyilish joyida Nienshans qal&#8217;asini bunyod et- dilar. Rus qo&#8217;shinlari 1703 1(12) mayda bu kal&#8217;ani ishg&#8217;ol qildilar va 16 (27) mayda Pyotr I Zayachiy o.da Sanktpiter- Burx (keyinroq Petropavlovsk) kal&#8217;asi- ga asos soldi. 1703-04 y.larda Kotlin o.da Kronshlot qal&#8217;asi bunyod etilgan (1723 y.dan Kronshtadt). 1704 y. Neva- ning chap sohilida Bosh Admiralteystvo- ga asos solindi. 1705 y.da uning atrofi- da Admiralteystvo qal&#8217;asi qad ko&#8217;tardi. S.P.ga asos solinishi Rossiyaning Boltiq dengiziga va u orqali Evropaga chiqish uchun olib borgan kup yillik ku- rashi samarasi bo&#8217;ldi. Shahar sanoat Mar- kazi sifatida tez o&#8217;sdi. 18-a. oxiridayoq shaharda 160 sanoat korxonasi bor edi. 1708 y.dan S.P. Ingermanland, 1710 y.dan S.P. gubernyasi markazi. 1712-28 va 1732-1918 y.larda \u2014 Rossiya poytax- ti. Bu erda podsho saroyi (1712 y.dan), Senat (1713 y.dan), kollegiyalar (1718 y.dan; 1802 y.dan vazirliklar) va b. dav- lat muassasalari joylashgan. Shahar mamlakatning siyosiy, sanoat, ilmiy va madaniy markazi sifatida ri- vojlandi. 1710 y.da troisa va Muqaddas Aleksandr Nevskiy monastiriga asos solindi (1797 y.dan Aleksandr Nevskiy lavrasi). 1712-13 y.larda Rossiya im- peratorlarining xilxonasiga aylangan Petropavlovsk sobori kurildi. 1711 y.da Rossiyadagi birinchi hukumat bos- maxonasi ochiddi. 1714 y.da Pyotr I ning shaxsiy kollektsiyasi asosida Rossiyadagi birinchi muzey \u2014 Kunstkamera faoliyat ko&#8217;rsata boshladi. 1725 y.da mamlakat- ning bosh ilmiy markazi Peterburg FA ta&#8217;sis qilindi. 1756 y.da Rossiyadagi birinchi doimiy, ommaviy teatr tashkil etildi. 1757 y.da Rossiya tasviriy san&#8217;- atining taraqqiyotida katta mavqega ega bo&#8217;lgan Peterburg tasviriy san&#8217;at akade- miyasiga asos solindi. 18-a. o&#8217;rtalarida Smolniy monastiri ansambli, kishki saroy qad ko&#8217;tardi. 1814 y.da mamlakat- da birinchi bo&#8217;lgan jamoat kutubxonasi (hoz. Rossiya milliy kutubxonasi) Ochil- gan. 19-a.da va 20-a. boshlarida S.P. \u2014 siyosiyjamoat tashkilotlari va harakatlarining bosh markazi. 1825 y. 14 dek. da shaharning Senat maydonida podsho hukumatiga qarshi qaratilgan bi- rinchi qurolli chiqish \u2014 dekabristlar qo&#8217;zg&#8217;oloni bo&#8217;lib o&#8217;tdi. 1881 y. 1 mart- da &#8220;Narodnaya Volya&#8221; terrorchilari to- monidan imperator Aleksandr II otib o&#8217;ldirildi. 1905 y. 9 yanv.da xalq na- moyishi qatnashchilari otib tashlandi. 1-jahon urushi boshlanishidan keyin 1914 y.ning 1 avg.da shaharga yangi &#8220;Pe- trograd&#8221; nomi berildi. 1917 y.da Pe- trogradsa fevral inqilobi va oktyabr to&#8217;ntarishi sodir bo&#8217;ldi. Chor hukumati ag&#8217;darilgandan keyin shaharda Rossiya Vaqtli hukumati organlari joylash- gan. 1917 y. okt.da Petrogradda sho&#8217;rolar hokimiyati o&#8217;rnatildi. 1918 y.dan poy- taxt Moskvaga o&#8217;tkazilishi b-n Shahar o&#8217;z mavqei bo&#8217;yicha mamlakatning 2shaxri bo&#8217;lib qoddi. 1924-91 y.larda Lenin- grad deb yuritildi. 1927 y.dan Lenin- grad viloyati markazi, 2-jahon urushi yillarida shahar nemis fashistlari va fin qo&#8217;shinlari tomonidan qamalda bo&#8217;ldi (1941 y. 8 sent. 1944 y. 27 yanv.). Urush davrida Leningrad og&#8217;ir talafot ko&#8217;rdi. Rasmiy ma&#8217;lumotlar bo&#8217;yicha och- likdan 641 ming (tarixchilar hisobi bo&#8217;yicha 800 mingga yaqin) Leningrad- lik halok bo&#8217;dtsi 1945 y.da Leningradga &#8220;Qaxramon shahar&#8221; unvoni beriddi. 1991 y.da shahar qaytadan o&#8217;zining ta- rixiy &#8220;Sankt-Peterburg&#8221; nomi b-n atal- Di. S.P. \u2014 yirik mashinasozlik va fan- texnika b-n bog&#8217;liq sanoat tarmoklari markazi (kemasozlik, energomashinasoz- lik, priborsozlik, radioelektronika va mudofaa b-n bog&#8217;liq sanoat korxonalari mavjud); qora va rangli metallurgiya, kimyo, engil, oziq-ovqat, poligrafiya sa- noatlari bor. 1955 y.dan metropolitan ishlaydi. S.P.da Rossiya faning ilmiy marka- zi, ko&#8217;p sonli ilmiy tadqiqot intlari, 43 oliy o&#8217;quv yurti (shu jumladan, un- tlar, konservatoriya faoliyat) ko&#8217;rsatadi. Shaharda 20 teatr (shu jumladan, Ma- riinskiy, M. P. Musorgskiy nomidagi opera va balet teatrlari, katta dramatic teatr va b.), filarmoniya, tsirk, 47 muzey (shu jumladan, Ermitaj, rus muzeyi, Sankt-Peterburg tarixi muzeyi, Rossiya Faning Buyuk Pyotr nomidagi antropolo- giya va etnografiya muzeylari) ishlab tu- ribdi. S.P.da 18-19 a.larga oid me&#8217;mo- riy ansambllar: Petropavlovsk qal&#8217;asi majmuasi, Aleksandr Nevskiy lavrasi, Smolniy, Vasiliy oroli yoyi (birja binosi b-n birga), qishki saroy, Alek- sandr ustuni va Bosh shtab arkasi b-n bir- ga saroy maydoni, Pyotr I ga o&#8217;rnatilgan haykal va Isaakievskiy sobor b-n birga Dekabristlar (avvalgi Senat) maydoni; Nevskiy prospekt ansambli: Kozon sobo- ri, me&#8217;mor Rossi ko&#8217;chasi b-n birga Rossiya akademik drama teatri va Rossiya milliy kutubxonasi, Mars maydoni, yozgi bog&#8217;va muhandislik qasri mavjud. Klassisizm va ampir uslubida qurilgan yodgorli- klardan: tasviriy san&#8217;at akademiyasi, Konchilik inti, Narva darvozalari bino- lari, ko&#8217;priklar saqlangan. 1960 y.da Pi- skaryov qabristonida me&#8217;moriymemorial majmua bunyod etildi. S.P. atrofida: Petrodvores (Petergof), Pushkin (Tsar- skoe Selo), Pavlovsk, Gatchinada saroy- Park ansambllari (18\u2014 19-a.lar) bor. S.P. \u2014 Rossiya va xalqaro turizmning muhim markazi. 2003 y.da S.P.ning 300 y.lik yubileyi keng nishonlandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sankt-Peterburg (Peterburg) (1914-24 y.larda Petrograd, 1924-91 y.larda Leningrad) \u2014 RFdagi shahar, Leningrad viloyati markazi, Fede- ral ahamiyatga ega shahar. Rossiyaning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markaz- laridan biri, mamlakatning eng yirik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sankt-peterburg\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124480","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124480","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124480"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124480\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124496,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124480\/revisions\/124496"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124480"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124480"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124480"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}