{"id":124485,"date":"2024-05-16T20:11:58","date_gmt":"2024-05-16T17:11:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124485"},"modified":"2024-05-16T20:12:02","modified_gmt":"2024-05-16T17:12:02","slug":"samoa-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samoa-2\/","title":{"rendered":"Samoa"},"content":{"rendered":"\n<p>Samoa (Samoa), Samoa mustaqil davlati (The Independent State of Samoa) \u2014 Tinch okeanning Jan.g&#8217;arbiy qismida, Polineziyada joylashgan davlat. Samoa arxipelagining g&#8217;arbiy qismi\u2014 Savayi, Upolu, Apolima, Manono, Fanuatanu, Namua, Nuutele, Nuulua va Nuusafee o.larini egallaydi. Mayd. 2,8 ming km2. Aholisi 178,6 ming kishi (2002). Poy- taxti \u2014 Apia sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 14 okrug (district)ra bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. S. \u2014 Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlik tarkibi- ga kiruvchi mustaqil davlat. Amaldagi Konstitusiyasi 1962 y. 1 yanv.da qabul qilingan, unga 1997 y. tuzatishlar ki- ritilgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 1963 y.dan yo&#8217;lboshchi Malietoa Tanumafili II, Konstitusiyaga binoan, qabilalarning boshliqlari tomonidan umrbod say- langan, uning vafotidan keyin davlat boshlig&#8217;i qonun chiqaruvchi Assambleya tomonidan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni fono (Qonun chiqaruvchi Assambleya), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Orollar vulkan otilishi na- tijasida vujudga kelgan tog&#8217;lik bo&#8217;lib, asosan, bazaltdan iborat. Eng baland joyi 1858 m (Savayi o.dagi Silisi- li tog&#8217;i). Qirg&#8217;oklari baland va qoyali. Iklimi subekvatorial va tropik, pas- satli, sernam iqlim. O&#8217;rtacha oylik tra 25-27\u00b0. Nam tropik o&#8217;rmonlar b-n qoplangan. Yillik yog&#8217;in 2000\u2014 4000 mm; kuchli bo&#8217;ronlar bo&#8217;lib turadi. Oqar suv- lari yo&#8217;q. S. da 600 ga yaqin o&#8217;simlik turi bo&#8217;lib, ularning 25% endemik. Hayvonot dunyosida sut emizuvchilar kam, qush ko&#8217;p. Aholisining 98% samoalar, qolganlari \u2014 Okeaniyaning boshqa Orol- laridan ko&#8217;chib kelganlar va qisman eV- ropaliklarning avlodlari. Rasmiy til- lar \u2014 Samoa va ingliz tillari. Shahar aholisi 21%. Dindorlarning 80% Pro- testant; katoliklar ham bor. Tarixi. S. hududida qadimdan po- lineziyaliklar yashab kelgan. 18-a.dan evropaliklar bu erga kela boshlagan. 1899 y. S.ni Germaniya, 1914 y. Yangi Ze- landiya bosib oldi. 1920y.larda tashkil etilgan &#8220;May&#8221; vatanparvarlik tashki- loti mustamlakachilarga qarshi kurash- ga rahbarlik qildi. 1962 y. 1 yanv.dan S. mustaqil davlat deb e&#8217;lon qilindi. 1970 y. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlikka qo&#8217;shildi. Mamlakat 1997 y.gacha G&#8217;arbiy Samoa deb ataldi. S. 1976 y.dan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami -1 iyun \u2014 Mustaqillik kun i (1962), obhavo sharoiti noqulay bo&#8217;lganligi uchun 1 yanv.dan 1 iyunga ko&#8217;chirilgan. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. S. Liberal partiyasi, 1994 y. asos solingan; inson huquklarini himoya qilish partiyasi, 1979 y. tuzilgan; S. milliy taraqqiyot partiyasi, 1985 y.da Xristiandemokratik partiya nomi b-n tashkil etilgan, 1988 y.dan hoz. nomda. Mamlakatda bir qancha tarmoq kasaba uyushmalari faoliyat yuritadi. Xo&#8217;jaligi. Iqtisodiyotining asosi- ni q.x. (plantasiya dehqonchiligi) tash- kil etadi. Mamlakat hududining 32% ishlanadi, 66% ga yaqini o&#8217;rmon. Eks- port uchun banan, kokos palmasi, ka- Kao etishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun batat, yams, makkajo&#8217;xori, sholi, Taro, apelsin va ananas ekiladi. Chor- vachiligida qoramol, cho&#8217;chqa, parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. O&#8217;rmonda qimmatbaho nav yog&#8217;och tayyorla- nadi. Sanoati qandolatchilik va mebel f-kalari, kiyimkechak, ggoyabzal, kokos yog&#8217;i va sovun i.ch., yog&#8217;ochsozlik va kofe tuy- ish korxonalaridan iborat. Avtomobil ehtiyot qismlari z-Di mavjud. Avtomo- bil yo&#8217;llari uz. salkam 800 km. Apia sh.da dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Chetga kopra, kakao, banan chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari, benzin, transport vositalari kelti- radi. Asosan, yangi Zelandiya, AQSh va Avstraliya b-n savdo qiladi. Sayyoxlik rivojlangan. Pul birligi \u2014 tala (S. dollari). Maorifi. S.da davlat maktabla- ri b-n bir qatorda xususiy va Missi- onerlik o&#8217;quv yurtlari ham bor. 6 y.lik boshlang&#8217;ich maktabda darslar ingliz va Samoa tillarida, 6 y.lik o&#8217;rta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Apia sh.da 2 un-t, qishloq xo&#8217;jalik va. ped. kollej- lari, rasadxona, xalq kutubxonasi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. &#8220;Savali&#8221; (hukumatga qarashli oylik nashr, 1904 y.dan Samoa va ingliz tillarida chikadi), &#8220;Samoa Nyus&#8221; (&#8220;Samoa yangiliklari&#8221;, ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1994 y.dan), &#8220;Samoa Observer&#8221; (&#8220;Samoa kuzatuvchisi&#8221;, Samoa va ingliz tillarida haftasiga 5 marta chiqadigan gaz., 1979 y.dan), &#8220;sa- moa uikli&#8221; (&#8220;Samoa haftasi&#8221;, ingliz ti- lida chiqadigan haftanoma, 1977 y.dan). Mamlakatda axborot agentligi yo&#8217;q. S. radioeshittirish xizmati hukumatga qarashli tijorat Mahkamasi bo&#8217;lib, 1948 y. tashkil etilgan. S. televizion kor- porasiyasi hukumat qaramog&#8217;ida, 1993 y. tashkil etilgan. Me&#8217;morligi. Mahalliy aholi sohil yaqinidagi 400 qishlokda, cho&#8217;ziqroq doira shaklidagi fale deb ataluvchi an&#8217;anaviy chaylalarda yashaydi. Devorsiz chaylalar yog&#8217;och qoziqlar ustiga qurilib, tomiga ko- kos yoki pandanus yaprog&#8217;i yopiladi. Evro- paliklar Apia sh.da istiqomat qiladi. Shahar markazida 1-2 qavatli evropacha uylar qurilgan, ularning tepasida Cher- kov qo&#8217;ng&#8217;irokxonalari qad ko&#8217;targan. Bu erda mehmonxonalar, mayda korxonalar, xorijiy kompaniyalarning idoralari, shuningdek, hukumat muassasalari joy- lashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Samoa (Samoa), Samoa mustaqil davlati (The Independent State of Samoa) \u2014 Tinch okeanning Jan.g&#8217;arbiy qismida, Polineziyada joylashgan davlat. Samoa arxipelagining g&#8217;arbiy qismi\u2014 Savayi, Upolu, Apolima, Manono, Fanuatanu, Namua, Nuutele, Nuulua &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samoa-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124485","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124485","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124485"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124485\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124497,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124485\/revisions\/124497"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124485"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124485"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124485"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}