{"id":124489,"date":"2024-05-16T20:12:03","date_gmt":"2024-05-16T17:12:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124489"},"modified":"2024-05-16T20:12:06","modified_gmt":"2024-05-16T17:12:06","slug":"saljuqiylar-davlati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/saljuqiylar-davlati\/","title":{"rendered":"SALJUQIYLAR DAVLATI"},"content":{"rendered":"\n<p>SALJUQIYLAR DAVLATI \u2014 yaqin va O&#8217;rta Sharq, qisman Movarounnahrda Saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038-1308). S.D.ga Saljuqnnj nevarasi Sulton To&#8217;g&#8217;rulbek asos solgan. Saljuq turklari 11-a. ning 20y.larida harbiy xizmatlari Eva- ziga Xurosonda Mahmud G&#8217;aznaviydan ko&#8217;plab mulklar olganlar. Biroq keyin- chalik G&#8217;aznaviylar ularga qarshi lashkar jo&#8217;natib, Arslon Isroil ibn Saljuqni asir olishgan va Hindistondagi harbiy qal&#8217;ada tutqunlikda saqlashgan (1032 y. u xibsda o&#8217;lgan). Saljuqiylar g&#8217;aznaviilarga qarshi olib brogan ko&#8217;plab muvaffaqiyatli janglaridan so&#8217;ng Nishopurni egallab, o&#8217;z rahbarlari To&#8217;g&#8217;rulbekni Sulton deb zlon qiddilar (1038). Dandanakon jangidagi g&#8217;alabadan so&#8217;ng, u Xuroson hukmdori deb e&#8217;lon qilindi. Astasekin Saljuqiylar Xu- roson, Xorazm, G&#8217;arbiy Eron, Ozarbay &#8211; jon, Iroq (Bag&#8217;dod b-n birga)ni o&#8217;zlariga bo&#8217;ysundirdilar. Bag&#8217;dodda To&#8217;g&#8217;rulbek nomiga xutba o&#8217;qitilgan. Abbosiylar xalifasi alqoim (hukmronlik davri: 1031-75) hokimiyatni To&#8217;g&#8217;rulbekka top- shirib, uni Sulton hamda &#8220;Sharq va G&#8217;arb podshohi&#8221; deb tan olishga majbur bo&#8217;lgan va qizini unga xotinlikka bergan. To&#8217;g&#8217;rulbek Rayni, uning ukasi Chag&#8217;ribek Dovud (990-1060) Marvni o&#8217;zlariga poy- taxt qildilar. 1050 y.da To&#8217;g&#8217;rulbek poy- taxtni Raydan Isfahonga ko&#8217;chirgan. Alp Arslon va Malikshoh xukmronli- klari davrida Saljuqiylar kichik Osiyo va yaqin Sharqda mustahkam o&#8217;rnashib olishgan. Ular Vizantiya imperatori ro- man IV Diogenning 200 ming kishilik qo&#8217;shinini engib (1071), butun kichik Osiyoni (1071-81), keyinchalik Suriya va Falastinni zabt etishgan. Armaniston, Gruziya, Shirvon ham bo&#8217;ysundirilgan. Shu davrda Balx, Termiz (1044), Buxoro, Samarqand (1089), keyinchalik Farg&#8217;ona vodiysi Saljuqiylar qo&#8217;l ostida bir- lashgan. Hatto Sharqiy Turkistondagi Qoraxoniylar ham ularning ustunli- gini tan olishgan. Alp Arslon poy- taxtni Isfahondan Marvga ko&#8217;chirgan. Saljuqiylar qo&#8217;shinlari Arabiston ya.o.dagi Yaman va Bahrayn erlarini ham o&#8217;z tasarruflariga olishgan. Malikshoh hukmronligi davrida S.D. harbiy-siyosiy jihatdan juda kuchli bo&#8217;lgan. Bu vak- tda poytaxt yana Isfahonga ko&#8217;chirilgan. 11-a. oxirlarida S.D. Sharqiy Turki- stondan O&#8217;rta er va marmar dengizla- rigacha bo&#8217;lgan katga hududni o&#8217;z ichiga olgan. Bu davlat Xitoy b-n Vizantiya o&#8217;rtasida joylashgan. Salibchilarning Sharqqa qilgan yurishlarini to&#8217;xtatishda saljuqiylarning xizmati katta bo&#8217;lgan. 11-a. oxirlaridan boshlab, S.D. par- chalana boshlaydi. Chunki 1salib yuri- shi natijasida S.D. Gruziya, Shirvon hamda kichik Osiyoning sohil bo&#8217;yi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajralgan (1096-99). S.D.dan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Mas, Kermon sultonli- gi (1041 \u2014 1187), Shom (Suriya) Sulton- ligi (1074-1117), Ko&#8217;niya sultonligi va b. saljuqiy sultonlar o&#8217;g&#8217;uz va b. turkey urug&#8217;lar boshliqlari, Jasur jangchilarga iqto in&#8217;om qilganlar. Mac, Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat \u2014 mulkka AJ- ratib, ularni amirlar va lashkarboshi- larga iqto tariqasida bergan. Kattakat- ta mulklarga ega bo&#8217;lgan iqtodorlar esa mustaqil bo&#8217;lishga harakat qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan so&#8217;ng, uning o&#8217;g&#8217;illari o&#8217;rtasida taxt uchun kurash avj oldi. Akauka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri: 1092-94), Barqiyoruq, Malikshoh II (hukmronlik davri: 1104\u2014 25), G&#8217;iyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105-18) ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish b-n birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarta qarshi kurash olib bo- rishga majbur bo&#8217;lganlar. Buyuk S.D. taxt uchun kurashlar oqibatida Sharqiy va g&#8217;arbiy qismlarga bo&#8217;lingan. G&#8217;arbiy qismga kirgan G&#8217;arbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sul- tonligi (1118-94) nomi b-n Sulton G&#8217;iyosiddin Muhammadning o&#8217;g&#8217;li Sulton Mahmud (hukmronlik davri: 1118-31) boshqarishni boshlagan. U Hamadonni o&#8217;ziga poytaxt qilgan. Sharqiy qism, asosan, Xuroson, Seyiston, Xorazm va Movarounnahrdan iborat bo&#8217;lib, unga Sulton Malikshohning kenja o&#8217;g&#8217;li Sulton Sanjar hukmronlik qilgan va poytaxti Marv bo&#8217;lgan. Sanjarning qudrati avjga chiqqan davrlarda g&#8217;arbiy Saljuqiylar ham uning siyosiy ta&#8217;siri ostida bo&#8217;lishgan, G&#8217;aznaviylar davlati esa unga 1117 y.dan tobe bo&#8217;lgan. Biroq Sharqsan qoraxitoylarning Movarounnaxrga bo- stirib kirishi, Samarqand yaqinida bo&#8217;lgan mashhur Qatvon jangi (1141 y. 9 sent.) da ular qarluqpar b-n birgalik- da Saljuqiylar va qoraxoniylarning Birlashgan qo&#8217;shinini tormor qilishi natijasida Sanjarning kuchqudrati za- iflasha boshlab, u Movarounnahr, keyin- chalik Xurosonning asosiy qismidan AJ &#8211; raladi. Anushteginiylartn Qutbiddin Muhammad, xususan, Otsiz davrlarida Xorazm ham S.D.dan ajralib chiqib, o&#8217;z mustaqilligini tiklagan. Otsiz, haggo Saljuqiylar poytaxti Marv- ni egallab, Nishopurni qamal qilgan (1141-42). Sanjarning vafoti (1157) dan so&#8217;ng saljuqiylarning Xurosonda- gi hokimligi tugagan. Xuroson g&#8217;uzlar (o&#8217;g&#8217;uzlar) tasarrufiga kirgan. 1117 y. saljuqiylarning Shom (Suriya) Sulton- ligi, 1187 y. Kermon sultonligi ham tu- gatilgan. Xorazmshoxdar 12-a. 2-yarmidan boshlab g&#8217;arbiy saljuqiylarning Iroq Sultonligiga kuchli zarbalar berishgan. Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini ham tormor qilib, o&#8217;z davlatiga qo&#8217;shib olgan (1194). Faqat Kichik Osiyodagi Ko&#8217;niya (Anadolu yoxud Rum) sultonligi 14-a. boshlarigacha hukm surgan. Davlatni boshqarish. S.D. tepasida oliy hukmdor \u2014 Sulton (Sulton ula&#8217;zam) turgan. Uning nomidan xutba o&#8217;qilib, tan- ga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida o&#8217;tgan. Mulk, ersuv taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablari- ga tayinlash, amaldorlar ishini nazo- rat qilish va b. sultonning vakolatlari doirasiga kirgan. Saljuqiylarning boshqaruv tizimi Somoniylar, Qoraxoniylar, g&#8217;aznaviylarniki singari ikkiga: dargoh va devonlarga bo&#8217;lingan. Ulug&#8217;Hojib, Horis amiri (amiri Horis), saloxdor, xos vakil, Alamdor, Jondor, tashtdor, sarhang, miroxur dargoxdagi asosiy lavozimlar sanalgan. Bosh va- zir devoni a&#8217;lo \u2014 Markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni tug&#8217;ro, devoni istifo(moliya devoni), devoni ishraf (nazorat devoni), devoni arz (harbiy va- zirlik) kabi rasmiy devonlar bo&#8217;lgan. Viloyat boshliklari (voliylar) ham o&#8217;z devonlariga ega bo&#8217;lishgan. Voliylar sul- ton tomonidan tayinlangan bo&#8217;lib, ular viloyat hayoti b-n bog&#8217;liq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham deyarli shunday bo&#8217;lgan. S.D.da, ayniqsa, Buyuk saljuqiylardan To&#8217;g&#8217;rulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va ma- Daniy hayotda katta ko&#8217;tarilish yuz ber- gan. Hunarmandchilik taraqqiy qilgan: to&#8217;qimachilik, kulollik, zargarlik, oy- nasozlik, temirchilik, ko&#8217;nchilik va gi- Lam to&#8217;qish rivojlangan. Buyuk ipak puli ulkan saltanatning Markaziy shaharlari orqali o&#8217;tgan. Sharqiy Evropa, Vizan- tiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari b-n savdo aloqalari gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va G&#8217;arb o&#8217;rtasidagi savdoni jonlantirish uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj to&#8217;lovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi orqali tur- kistonga neft mahsulotlari keltiril- gan. Ichki savdo ham rivojlangan. Mam- lakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (kizil dinor) joriy etilgan. Bundan tashqari, mahalliy dinor (Rukniy) va mis dirhamlar ham bo&#8217;lgan. Madaniyati. S.D.dailm-fan vamada- niyat rivojlangan. Ayniqsa, Eron, Iroq va Movarounnahrda madaniy yuksalish yuqori bo&#8217;lgan. Nishopur, Isfahon, Bas- ra, Hirot, Marv, Buxoro, Samarqandda madrasalar bunyod qilingan. Xususan, buyuk vazir Nizomulmulk qurdirgan Bag&#8217;doddagi Nizomiya madrasasi (1067) butun jahonga mashhur bo&#8217;lgan. Nizo- mulmulk davlatni boshqarish asoslari haqida &#8220;Siyosatnoma&#8221; asarini yaratgan. Munajjim va riyoziyotchi olim Umar Xay- yom loyihasiga ko&#8217;ra, Isfahonda rasadxo- na kurilgan. U Malikshoh topshirig&#8217;iga ko&#8217;ra, rasadxonada kuzatuv ishlarini olib borgan va sosoniylarning sham- siy taqvimini isloh etib, yangi taqvim (&#8220;Malikshoh taqvimi&#8221; yoxud &#8220;Jalol erasi&#8221;) ni tuzgan (1079). Nizomiy Gan- javiy, Jaloliddin Rumiy, Sa&#8217;diy Sheroziy, Umar Xayyom fors she&#8217;riyati- ning so&#8217;nmas durdonalarini yaratishgan. Muhammad G&#8217;azoliy, Farididdin Attor, Xoja Yusuf Hamadoniy kabi Islom ula- molari va so&#8217;fiylar ijod kilishgan. S.D.da riyoziyot va ilmi nujum (Bahovuddin Abubakr Marvaziy, Shara &#8211; fiddin Tusiy, Abulhasan Ali Marva- ziy, Abulhotam Muzaffar Isfizoriy, Zahiriddin G&#8217;aznaviy), tibbiyot va kimyo (Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy), tarix (Zahriddin Nishopuriy, Sadrid- din Husayniy, Anushirvon Koshoniy, Abu Bakr Ravondiy), adabiyot (adib so- bir Termiziy, Nosir Xusrav, Anvariy, Asiriddin Axsikatiy, Raf&#8217;iy Marva- ziy va b.) sohalariga oid ko&#8217;plab bebaho asarlar yaratilgan. Bu davrda Nishopur, Marv, Isfahon, Ray, Hamadon kabi poytaxt shaharlar, shuningdek, Buxoro, Samarqand, Termizda ko&#8217;plab me&#8217;mo- riy yodgorliklar qurilgan. Marv gul- lab yashnagan, u &#8220;Marvi Shohijahon&#8221; \u2014 &#8220;Shaharlar shohi&#8221; deb ulug&#8217;langan. Tarixchi va sayyoh yoqut Hamaviy Marvda bo&#8217;lganida bu erda 10 ta yirik kutubxona borligini ko&#8217;rgan va ulardan foydalan- gan. Termiz yaqinidagi Payg&#8217;ambarorolda Zulkifl majmuasi (11-12-a.lar), Sul- ton Saodat me&#8217;moriy majmui (11 \u2014 18-a.lar), Jarqo&#8217;rg&#8217;on minorasi (1109), Marvda Sulton Sanjar maqbarasi (12- a.) va b. me&#8217;moriy obidalar qurilgan. Saljuqiylarning Ko&#8217;niya sultonligi- da ham madaniyat taraqqiy etgan. Kichik Osiyoning islomlashish jarayoni kuchay- ib, tasavvufning mavlaviylik, Bekto- shiya kabi tariqatlari shakllangan, Axiy- lik (javonmardlik) va qalandarlik ku- chaygan. Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro (1240-1320), Xoja Bektosh Vali (1248\u2014 1338), Sadriddin Ko&#8217;nyoviy, Shahobiddin Suhravardiy singari mashhur mutasav- viflar etishib chiqqan. Ko&#8217;niya (Ikoniy), Sivas, Qaysariya, Nikeya sh.lari yirik madaniy markazlar hisoblangan. Bu paytda &#8220;O&#8217;g&#8217;uznoma&#8221; dostonining yozma va- rianti shakllangan, latifaaa Xo&#8217;ja na- sriddin (Afandi) obrazi (Turkiston va Anadoluda) yaratilgan. Manbalar: Sadriddin Ali alxu- sayni, Axbar addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavarix), M., 1980; Abulfazl Beyxaki, Istoriya Mas&#8217;uda (10301041), T., 1962, 2nashri, M&#8221; 1969; Rashidaddin, Sbornik letopisey, t.1, kn. 1, M.L., 1952; Fazlallax Rashid ad-din, Oguzname, Baku, 1987; Nizomulmulk, Siyosatnoma yoki siyar ulmuluk, T., 1997. Ad:. Gordlevski y V. A., Izbrannie Sochineniya, t. [(Gosudarstvo Seldjuki- dov Maloy Azii), M., 1960; Agadjanov S. G., Gosudarstvo seldjukidov v Sred- ney Azii v XI\u2014XII vv., M., 1991; aza- mat Ziyo, O&#8217;zbek davlatchiligi tarixi, T., 2000; Termiz \u2014 buyuk chorrahadagi ko&#8217;hna va yangi shahar, T., 2001; Raxmanaliev R., Imperiya tyurkov, M&#8221; 2002. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SALJUQIYLAR DAVLATI \u2014 yaqin va O&#8217;rta Sharq, qisman Movarounnahrda Saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038-1308). S.D.ga Saljuqnnj nevarasi Sulton To&#8217;g&#8217;rulbek asos solgan. Saljuq turklari 11-a. ning 20y.larida harbiy xizmatlari Eva- ziga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/saljuqiylar-davlati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124489","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124489","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124489"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124489\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124501,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124489\/revisions\/124501"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124489"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124489"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124489"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}