{"id":124632,"date":"2024-05-16T20:43:28","date_gmt":"2024-05-16T17:43:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124632"},"modified":"2024-05-16T20:43:31","modified_gmt":"2024-05-16T17:43:31","slug":"sultonali-mashhadiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sultonali-mashhadiy\/","title":{"rendered":"SULTONALI MASHHADIY"},"content":{"rendered":"\n<p>SULTONALI MASHHADIY (1437 Mashhad \u2014 1520) \u2014 xattot, shoir, xat nazariyotchisi; nasta&#8217;liq xati rivo- jiga va keng tarqalishiga ulkan hissa qo&#8217;shgan. &#8220;Sulton ulxattotin&#8221; (&#8220;xat- totlar sultoni&#8221;) va &#8220;Qiblat ulkuttob&#8221; (&#8220;Kotiblar qiblasi&#8221;) nomli yuksak un- vonlar sohibi. Xattotlikka bolaligi- dan ishtiyoqi baland bo&#8217;lgan. S.M.ning ustozlari \u2014 xattot Zahiriddin Azhar va Xoja Hofiz Muhammad. S.M. ma- drasada ta&#8217;lim olgan, so&#8217;ng madrasada dars bergan. 1451 y.dan Hirotda yashab, Sulton Abu Said (1451-69) va Sulton Husayn (Husayn Boyqaro, 1469-1506) lar xizmatida bo&#8217;lgan. Hirotdagi badiiy muhit \u2014 san&#8217;atkorlar davrasi, ayniqsa, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navo- iylar bilan ijodiy hamkorlik qilish natijasida S.M. ustod san&#8217;atkor dara- jasiga ko&#8217;tarildi (Navoiyning shaxsiy kutubxonasida kitobat ishlari bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan). Ayniqsa, S.M.ning na- voiy ijodiga munosabati o&#8217;zgacha bo&#8217;lib, shoirning aksar asarlarini bir necha nusxalarda ko&#8217;chirgan; jumladan, Navo- iyning &#8220;ilk devon&#8221;ini o&#8217;zi tartib et- gan (1465; dastxat nusxasi Rossiya mil- liy kutubxonasida). O&#8217;z navbatida ulug&#8217; shoir ham xattotga chuqur xurmat bilan qaragan, &#8220;Majolis unnafois&#8221; asarida unga yuqori baho bergan. S.M. Hirot xat- totlariga rahbarlik qilgan; yosh musav- vir Kamoliddin Behzodga. o&#8217;z farzandi- dek munosabatda bo&#8217;lgan; ularning o&#8217;zaro hamkorligi tufayli yuksak darajada- gi san&#8217;at asarlari\u2014qo&#8217;lyozmalar yuzaga kelgan. Sulton Muhammad Hyp, Sulton Muhammad Xandon, Mir Ali Hiraviy, Muxammad Qosim va b. ko&#8217;plab xattotlar- ni tarbiyalagan. S.M. ko&#8217;chirgan va tartib qilgan mo&#8221;tabar qo&#8217;lyozmalar ham o&#8217;zbek mumtoz adabiyotining noyob namunasi, ham Hirot kitobat san&#8217;atining shoh asarlari, dur- donalari sifatida qadrlidir. Shular- dan 50 dan ortiq kitob va 500 ga yaqin qit&#8217;alar bizgacha saqdangan: O&#8217;zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida Navoiyning 3 devoni (jumladan, &#8220;Navodir unnihoya&#8221; va b.), Husayn Voiz Koshifiyning &#8220;Hotamnoma&#8221;, &#8220;Javoxirnoma&#8221; asarlari; Angliyaning Vindzor saroyi kutubxo- nasida Navoiyning &#8220;Devon&#8221;i, &#8220;Hamsa&#8221; asarlari; Rossiya milliy kutubxonasida Navoiyning &#8220;Xamsa&#8221; asari; AQSh ning Metropoliten muzeyida Navoiyning &#8220;Devon&#8221;i; Turkiyaning Istanbuldagi To&#8217;pqopu saroyi kutubxonasida Navoiy- ning &#8220;Xamsa&#8221;, Sa&#8217;diyning &#8220;Devon&#8221;i, Sulton Husayniy &#8220;Devon&#8221;i (4 nusxa) va b. qo&#8217;lyozmalar; u yaratgan g&#8217;azal, ruboiy, qit&#8217;alar (husnixat parchalari, aksariyat qismi Turkiyadagi To&#8217;pqopu saroyida) muraqqa&#8217;va tazkiralarda dunyo kutubxo- na va muzeylarida saqlanadi (jumladan, 41 ta qit&#8217;a Rossiya milliy kutubxonasi- da). Sm. ning xat san&#8217;atiga oid &#8220;Qavoidi xutut&#8221; (&#8220;xat qoidalari&#8221;, 1519) she&#8217;- riy risolasida (dastxat qo&#8217;lyozmasi Ros- siya milliy kutubxonasida) xattot va shoirning nozik didi va holati o&#8217;z AK- sini topgan: risola matni nasta&#8217;liq xatida kitobat qilinib, oltin suvi bilan hallangan; qo&#8217;lyozma sahifalari hoshiyalariga o&#8217;simlik va hayvonlar tas- virlari ishlangan (sarlavha varag&#8217;idagi unvon ichiga Muzahhib Jaloliddinning nomi yozilgan). S.M. ushbu risolada xat uslublari (jumladan, nasta&#8217;liq xati) ustida to&#8217;xtalgan, Ibn Muq.sh, Ibn Bav- vob va b. xattotlarning xat usullarini ta&#8217;riflagan. Sm. imoratlar, yog&#8217;och va toshlarga o&#8217;yib yoziladigan xatlarni bitishga ham mohir bo&#8217;lgan. Sulton Husayn qurdirgan binolariga kitobalar, uning marhum qarindosh va yaqinlarining qabr toshla- riga bitiklar bitgan. Sm. faoliyati, u ko&#8217;chirgan va bitgan qo&#8217;lyozmalar, qit&#8217;a, kitoba va bitiklar o&#8217;z davrida va undan keyin ham yuqori baholangan: Bobur, Xondamir (&#8220;Habib ussig&#8217;ar&#8221;), Mirxond (&#8220;Ravzat ussafo&#8221;), Mirzo Muhammad Haydar (Tarixi Rashi- diy), Abdurazzoq Samarqandiy (&#8220;matlai sa&#8217;dayn va majmaibahrayn&#8221;) va b. Ad.: Kostigova G.I., &#8220;Traktat po kal- ligrafii&#8221; Sultan Ali Mashxedi, L., 1957; Murodov A., Urta Osiyo xattotlik san&#8217;ati tarixidan, T., 1971; Alisher Na- voiy asarlariga ishlangan rasmlar, T., 1982; Hakimov M., Alisher Navoiyning asarlarini ko&#8217;chirgan xaggotlar, T., 1991; Norqulov N., Temuriylar davri madani- yati tarixidan lavhalar, Xorazm, 1996; Pugachenkova G.A.,. Temurning me&#8217;moriy merosi, T., 1996. Abdumajid Madraimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SULTONALI MASHHADIY (1437 Mashhad \u2014 1520) \u2014 xattot, shoir, xat nazariyotchisi; nasta&#8217;liq xati rivo- jiga va keng tarqalishiga ulkan hissa qo&#8217;shgan. &#8220;Sulton ulxattotin&#8221; (&#8220;xat- totlar sultoni&#8221;) va &#8220;Qiblat ulkuttob&#8221; (&#8220;Kotiblar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sultonali-mashhadiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124632","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124632","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124632"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124632\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124639,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124632\/revisions\/124639"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124632"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124632"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124632"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}