{"id":124662,"date":"2024-05-16T20:48:56","date_gmt":"2024-05-16T17:48:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124662"},"modified":"2024-05-16T20:48:59","modified_gmt":"2024-05-16T17:48:59","slug":"suvni-tozalash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/suvni-tozalash\/","title":{"rendered":"Suvni tozalash"},"content":{"rendered":"\n<p>Suvni tozalash \u2014 suv ta&#8217;mi- noti manbalari (daryolar, ko&#8217;llar, suv havzalari, suv omborlari va b.)dan vodo- provod tarmog&#8217;iga kelib tushadigan suv- ning sifatini belgilangan me&#8217;yorga kel- tirish uchun mo&#8217;ljallangan texnologik jarayonlar majmui. Sanoat korxonalari va maishiy korxonalardan chiqadigan oqova suvlarni tozalashni ham o&#8217;z ichiga oladi. Suv ta&#8217;minoti va kanalizasiya ti- zimidagi, korxonalardagi muxandislik inshootlari yordamida hamda biologik va kimyoviy usullarda amalga oshiriladi. Er yuzasidagi tabiiy suv manbalari (daryolar, ko&#8217;llar va b.) suvini vodopro- VOD tarmog&#8217;iga yuborishdan oldin tin- diriladi, tiniklashtiriladi va zarar- sizlantiriladi. Tozalash inshootlari- da tindirish va tiniklashtirishda suv tarkibidagi muallaq va kolloid (mayda) zarralar suv tagiga chukadi, suvga maxsus idishlarda alyuminiy sulfat va xlorli temir bilan ishlov beriladi, suv shag&#8217;al, qum qavati, ba&#8217;zan esa g&#8217;ovak sopol fil- TRdan o&#8217;tkaziladi. Tiniq suvni zarar- sizlantirish (turli mikroorganizm va viruslarni o&#8217;ldirish) uchun unga suyuq yoki gaz holatdagi xlor, gipoxloritlar \u2014 NaCIO, sa(Syu)2 va xlor qo&#8217;sh oksid S1O2, xlorli ohak qo&#8217;shiladi, tindiril- gan suv va er osti suvlarini zararsiz- lantirish maqsadida, shuningdek, ozon va ultrabinafsha nurlar ham qo&#8217;llanadi. Bunda simobkvarsli yoki argonsimobli lampalardan foydalaniladi. Agar suv qattiq (tarkibida kaltsiy va magniy tuzlari umumiy miqdori me&#8217;yordagidan yuqori) bo&#8217;lsa, yumshatiladi (q. Suvni yumshatish). Er osti suvlari ko&#8217;pincha aerasiya usulida temirsizlantirila- Di (havo kislorodi bilan boyitiladi). Suvni kremniysizlantirish (metasi- likat kislota H2SiO3 va uning Tuzla- ri mikdorini kamaytirish) uchun ohak, natriy alyuminat NaAlO2, ba&#8217;zan kuy- dirilgan dolomitdan foydalaniladi. Suv tarkibidagi boshka erigan tuzlarni ketkazish uchun u chuchuklashtiriladi (q. Suvni chuchukpashtirish) yoki ionitlardz. tuzsizlantiriladi. Suv tarkibidagi vo- dorod sulfid, metan, radon, karbonat angidrid va b. erigan gazlarni ketkazish uchun suv degazasiyalanadi (q. Degazasiya). Suv tarkibidagi ortikcha ftorni kamay- tirish uchun suv faollashtirilgan alyu- miniy oksid orqali suzib o&#8217;tkaziladi. Agar suv tarkibida radioaktiv moddalar borligi aniklansa, u dezaktivasiyalana- Di (q. Dezaktivasiya). Agar suvda noxush hid bo&#8217;lsa, faollashgan kumir, ozon, ka- liy permanganat yoki xlor ko&#8217;sh oksid bi &#8211; lan ishlanadi (q. Sorbtsiya). Oqova suvlar (sanoat korxonalari, maishiy korxonalar va turar joylar- dan chiqadigan iflos suvlar) va yog&#8217;in suvlarni tozalash masalalari tabiatni mahofaza qilishning muhim bir qismi hisoblanadi. Oqova suvlar tarkibida- gi balchiq, kolloid va erigan moddalar tindirgichlarda cho&#8217;ktiriladi, zararli moddalar biologik usullarda zararsiz- lantiriladi (q. Biologik suzgich, suv- ni zararsizlantirish), korxonalardan chiqayotgan suvlar tozalash inshootlarida tozalanadi. S.t.ning fizikkimyoviy, ter- mik va b. usullari ham bor. Tabiiy suvlarni sanoatda qo&#8217;llanadigan usullar yordamida mikro- organizmlar, tuzlar va gazlardan butkul tozalashning imkoni yo&#8217;q. Shu sababli ularning ichimlik suvidagi miqdori belgilangan ma&#8217;lum me&#8217;yordan ko&#8217;p bo&#8217;lmasligi talab etiladi. Mas, ichim- lik suvining 1 ml dagi mikroorganizm- larning umumiy soni 100 tadan oshmas- ligi, ichak tayoqchalari guruhi bakteriya- larining soni 3 tadan oshmasligi shart. Suvning umumiy qattiqligi 7 mmol\/l gacha, quruq qoldiq 1000 mg\/l gacha, vodo- rod ko&#8217;rsatkichi \u2014 r-n 6,0 dan 9,0 gacha bo&#8217;lishi kerak. Ayrim hollarda ichimlik suvining qattiqligi 10 mmol\/l gacha, quruq qoldiq 1500 mg\/l gacha, temir va marganes ionlarining miqdori tegish- licha 1 va 0,5 mg\/l gacha bo&#8217;lishiga ruxsat etiladi. St. xalqxo&#8217;jaligida va aholi sog&#8217;lig&#8217;ini saqlashda juda muhim tadbir hisoblanadi. O&#8217;zbekiston shahar va tumanlari- da suv ta&#8217;minoti markazlashtirilgan. Aholiga beriladigan ichimlik suvi yuqorida aytilgan usullarda tozalanadi, sanitariya ko&#8217;rigidan o&#8217;tkazib turiladi. Bu ish bilan shahar va tuman sanitari- yaepidemiya st-yalari (SES) shug&#8217;ullanadi. Yirik sanoat va maishiy korxonalarning oqova suvlari mahalliy tozalash insho- otlarida tozalab chiqariladi (yana q. Suv ta&#8217;minoti).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Suvni tozalash \u2014 suv ta&#8217;mi- noti manbalari (daryolar, ko&#8217;llar, suv havzalari, suv omborlari va b.)dan vodo- provod tarmog&#8217;iga kelib tushadigan suv- ning sifatini belgilangan me&#8217;yorga kel- tirish uchun mo&#8217;ljallangan texnologik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/suvni-tozalash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124662","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124662","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124662"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124662\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124669,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124662\/revisions\/124669"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124662"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124662"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124662"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}