{"id":124678,"date":"2024-05-16T20:52:42","date_gmt":"2024-05-16T17:52:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124678"},"modified":"2024-05-16T20:52:46","modified_gmt":"2024-05-16T17:52:46","slug":"suvga-chokish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/suvga-chokish\/","title":{"rendered":"Suvga cho&#8217;kish"},"content":{"rendered":"\n<p>Suvga cho&#8217;kish \u2014 baxtsiz hodisa. Bunda nafas yo&#8217;llari suyuklik (odatda, suv) yoki suyuq massalar (balchiq, loy) bi- lan to&#8217;lishi natijasida nafas va yurak faoliyati qattiq buziladi. S.ch., odatda, katta suv havzalarida cho&#8217;milganda yoki biror sababga ko&#8217;ra sodir bo&#8217;ladi. Yaxshi suzadigan odam ham (suvda cho&#8217;milish qoidalariga rioya qilmasa va ehtiyot choralarini ko&#8217;rmasa) cho&#8217;kib ketishi mumkin. Uzoq masofaga suzib charchash, shuningdek, kalla tashlagan- da shikastlanish (boshning toshga yoki biror qattiq narsaga urilib ketishi) S.ch.ga sabab bo&#8217;ladi. Kalla tashlagan odam (kalla tashlash texnikasini bilma- sa) suv yuzasiga urilib ketishi tufayli bo&#8217;yin, ko&#8217;z, biqin sohasiga zarb etkaza- Di, bu esa hushdan ketishga olib keladi. Boshning havza tubiga urilishi bo&#8217;yin umurtqalarining sinib ketishi xavfi- ni tug&#8217;diradi. Mastlik ham S.ch.ga sabab bo&#8217;lishi mumkin, maet odam o&#8217;zini idora qilolmay, cho&#8217;milish qoidasini buzadi. Bundan tashqari, u sovuqni yomon sez- ganligi uchun sovqotib, hushdan ketishi mumkin. Oftobda qizib turib, birdan suvga tushish natijasida harorat keskin o&#8217;zgarganda, me&#8217;da ovqatga to&#8217;lib ketib, ovqat hazm bo&#8217;lishi tezlashganda, suvga birdan tushib qo&#8217;rqqanda ham kishining hushdan ketishi kuzatiladi. S.ch.da sodir bo&#8217;ladigan o&#8217;lim og&#8217;ir Pa- tologik o&#8217;zgarishlar \u2014 gipoksiya (kislo- rod etishmasligi) ta&#8217;sirida yuz beradi. Chin, &#8220;quruq&#8221;, nafas va yurakning birdan to&#8217;xtab qolishi (sinkopal) nati- jasidagi S.ch. farq qilinadi. Cho&#8217;kayotgan odamning hayot uchun kurashishi chin S.ch.ning eng xarakterli belgisidir. &#8220;Quruq&#8221; S.ch. hushdan ketish bilan birga kechadi. Bunday hollarda odam cho&#8217;kmaslik uchun faol qarshilik ko&#8217;rsata olmay, birdan suv tubiga cho&#8217;kib ketadi. Hiqildoqqa ozroq miqdorda tushgan suv tovush boylamlarini spazmga olib kela- Di va odam nafas ololmay qoladi, lekin suvning o&#8217;pkaga o&#8217;tishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaydi. Shuning uchun S.ch.ning bu turi &#8220;quruq&#8221; S.ch. deb ataladi. Bunda nafas yo&#8217;llarida suv bo&#8217;lmaydi, teri ham uncha ko&#8217;karmaydi, faqat og&#8217;iz va burunda bir oz suyuklik bo&#8217;ladi. Sinkopal S.ch.da nafas bilan bir vaqtda yurak ham to&#8217;xtaydi. Bunda mayda tomirlar spazmga uchraganidan terining rangi oqarib ketadi. S.ch.da suvning t-rasi alohida ahamiyatga ega. Kishi sovuq suvga cho&#8217;ksa, gavda t-rasi tezda pasayadi, bu \u2014 orga- nizmda moddalar almashinuvining se- kinlashishiga sabab bo&#8217;ladi va uning kislorod tanqisligiga chidamliligini oshiradi. Bunda cho&#8217;kkan odamni tirilti- rish ehtimoli bo&#8217;ladi. Cho&#8217;kkan odamga yordam beri sh . Agar odam hushidan ketmagan bo&#8217;lsa, uni tin- chlantirib, ho&#8217;l kiyimlarini echish, ba- Danini quruq qilib artish, boshqa kiyim kiydirish kerak; hushdan ketgan, lekin tomiri va yuragi urayotgan bo&#8217;lsa, nasha- tir spirt hidlatish, ko&#8217;krak qafasini siqib turgan kiyimdan bo&#8217;shatish, na- fasini yaxshilash uchun tilidan teztez tortib turish lozim. Yurak va nafas to&#8217;xtagan bo&#8217;lsa, organizmni tirilti- rishning oddiy usullari qo&#8217;llanadi. AV- valo, iloji boricha tezlik bilan nafas yo&#8217;llaridagi suyuklikni chiqarib tash- lash lozim; yordam berayotgan odamning bukilgan tizzasiga shikastlangan kishi qorni bilan yotqiziladi, yuqori nafas yo&#8217;llari va me&#8217;dadan suv oqib tushishi uchun boshi pastga osiltirib qo&#8217;yiladi. Suvni chiqarib yuborgandan keyin darhol sun&#8217;iy nafas oldirishga kirishiladi (cho&#8217;kkan odamning og&#8217;zi qum, qusuq massa- laridan tezda tozalanadi). Sun&#8217;iy nafas oldirishning ko&#8217;pgina usullari orasida &#8220;og&#8217;izdanog&#8217;izga&#8221; va &#8220;og&#8217;izdanburunga&#8221; na- fas berish yaxshi naf beradi. Cho&#8217;kkan odamning (qay ahvolda bo&#8217;lmasin) oyoqqo&#8217;llarini ishqalash, mas- saj qilish yo&#8217;li bilan isitish choralari ko&#8217;rilishi lozim. Barcha usullar cho&#8217;kkan odamni suvdan chiqarib olgan zahotiyoq to vrach etib kel- guncha (qirg&#8217;oqda, qayiqda) bajariladi yoki bemorni zudlik bilan kasalxonaga olib boriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Suvga cho&#8217;kish \u2014 baxtsiz hodisa. Bunda nafas yo&#8217;llari suyuklik (odatda, suv) yoki suyuq massalar (balchiq, loy) bi- lan to&#8217;lishi natijasida nafas va yurak faoliyati qattiq buziladi. S.ch., odatda, katta suv &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/suvga-chokish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124678","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124678","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124678"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124678\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124684,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124678\/revisions\/124684"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124678"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124678"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124678"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}