{"id":124692,"date":"2024-05-16T20:55:36","date_gmt":"2024-05-16T17:55:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124692"},"modified":"2024-05-16T20:55:40","modified_gmt":"2024-05-16T17:55:40","slug":"suv-olish-inshootlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/suv-olish-inshootlari\/","title":{"rendered":"Suv olish inshootlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Suv olish inshootlari, suv olgichlar \u2014 suv manbalari (dare, ko&#8217;l, suv ombori, er osti suvlari va b.) dan sug&#8217;orish, gidroenergetika yoki shu kabi tarmoklarga suv olish uchun quriladigan gidrotexnika inshootlari. Dalalarni sugorish, yaylovlarga suv chiqarish, elektr st-yalarga suv berish, aholi punktlari va sanoat korxonalarini suv bilan ta&#8217;min- lash uchun quriladi. S.o.i. suv yo&#8217;liga zu- rur mikdorda, sifati saqlangan va suv iste&#8217;moli grafigiga muvofiq suv tushi- shini ta&#8217;minlashi shart. So.i. to&#8217;g&#8217;onsiz, to&#8217;sikli va to&#8217;g&#8217;onli bo&#8217;ladi. To&#8217;g&#8217;onsiz suv olgich, asosan, suvni o&#8217;z oqimi bilan chiqarish imkoniyati bo&#8217;lgan sharoitlar- da quriladi. Bu hollarda oqiziq hosil bo&#8217;lishini bartaraf etish uchun maxsus tindirgichlar quriladi yoki zemsnaryad- lardan foydalaniladi. To&#8217;gonsiz suv olgichlar bir quloqli yoki ko&#8217;p qulokli bo&#8217;lishi mumkin. Bir qulokli S.o.i. be- vosita Daryo qirgog&#8217;idan boshlanadi yoki Daryo o&#8217;zaniga kirgan bo&#8217;ladi (mas, Norin daryosida shim. Farg&#8217;ona kanali, Vaxsh da- ryosida Vaxsh kanali S.o.i.). Ko&#8217;p quloqli suv olgichlarda Daryo qirg&#8217;og&#8217;ining bir necha joylarida bir kanalga suv beruv- chi yo&#8217;laklar qaziladi (mas, Amudaryoda AmuBuxoro mashina kanali, Paxtaarna va Qoraqum kanallari). Ko&#8217;p qulokli S.o.i. daryolardan kanallarga uzluksiz suv o&#8217;tishini va suv bilan ta&#8217;minlanishni birmuncha oshiradi. Yo&#8217;lkalar tindirgich vazifasini ham o&#8217;taydi va extiyojga ko&#8217;ra, navbatmanavbat ishlatiladi. Sug&#8217;oriladigan maydon daryodagi suv sathidan balandda joylashgan bo&#8217;lsa, mashina (nasos) S.o.i. \u2014 nasos stantsi- yalari quriladi (1rasm). To&#8217;siq (shpora) li suv olgich Daryo suvi sathi past bo&#8217;lgan hollarda suvni damlashda tosh, shoxshab- ba kabi mahalliy materiallardan to&#8217;siq yasab quriladi (2rasm). To&#8217;siq qarshi qirg&#8217;oqqacha davom etishi shart emas. Hoz. to&#8217;siqli S.o.i. deyarli qo&#8217;llanilmaydi. To&#8217;g&#8217;onli S.o.i. turg&#8217;un suv olish uchun Daryo suvi sathini bir xil darajada sa- Klab turishni ta&#8217;minlaydi. U gidrouzel tarkibiga kiradi; kichik, o&#8217;rta va yuqori bosimli, suv olish sharoitiga qarab bir tomonli \u2014 suvni faqat bir qirg&#8217;oqqa beradigan (Chirchiq daryosida Chapqirg&#8217;oq Qorasuv), qo&#8217;sh tomonli \u2014 suvni ikkala qirg&#8217;oqqa oqizadigan (Zarafshon Daryo- sida birinchi may); frontal \u2014 oqim yo&#8217;nalishiga perpendikulyar joylashgan (Qurshob daryosida Qurshob) va yonbosh \u2014 oqim yo&#8217;nalishiga malum burchak ostida joylashgan (Amudaryoda Taxiatosh) S.o.i. ga bo&#8217;linadi. Daryolarda suv sathi va sarfining ke- skin o&#8217;zgaruvchanligi, oqimlarning juda ham loyqaligi sug&#8217;oriladigan erlarga suv berishni qiyinlashtiradi. Bu sharo- itlarda S.o.i. daryoda zarur suv sathini vujudga keltiradi, sug&#8217;orish uchun za- rur suvsuv sathi ni xoxdagan vaqtda (toshqin, yoz chillasi) beradi, kanallarni loyqa bosi shidan himoya qiladi. Ad.: Husanxo&#8217;jaev Z.H, Gidrotexnika inshootlari, T., 1978; Gidrotexnicheskie soorujeniya, M., 1978. Masharif Boqiev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Suv olish inshootlari, suv olgichlar \u2014 suv manbalari (dare, ko&#8217;l, suv ombori, er osti suvlari va b.) dan sug&#8217;orish, gidroenergetika yoki shu kabi tarmoklarga suv olish uchun quriladigan gidrotexnika inshootlari. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/suv-olish-inshootlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124692","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124692","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124692"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124692\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124702,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124692\/revisions\/124702"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124692"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124692"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124692"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}