{"id":124744,"date":"2024-05-18T19:46:55","date_gmt":"2024-05-18T16:46:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124744"},"modified":"2024-05-18T19:46:58","modified_gmt":"2024-05-18T16:46:58","slug":"salmonellyozlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/salmonellyozlar\/","title":{"rendered":"Salmonellyozlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Salmonellyozlar \u2014 odam va xayvonlarda salmonellalar qo&#8217;zg&#8217;atadigan yuqumli o&#8217;tkir ichak kasalli- gi. Me&#8217;daichak yo&#8217;llari jarohatlanishi b-n kechadi. Qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi enterobakteri- yalar oilasiga mansub, grammanfiy sal- Monella tayoqchalari. Infektsiya manbai bemor odam va hayvon. Bemor yoki bakteriya tashuvchi xam infektsiya manbai bo&#8217;lishi mumkin. O&#8217;zbekistonda S, asosan, spora- Dik (alohida qayd qilinadigan), ba&#8217;zan cheklangan kasallik sifatida kuzatiladi. Kasallik yil davomida, ko&#8217;pincha yozkuz oylarida uchraydi. S.ga kattalarga nis- batan bolalar ko&#8217;proq moyil bo&#8217;lishadi. Sun&#8217;iy ovqatlantiriladigan bolalar kasallikka tez chalinadi. Shu sababdan 3 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar eng ko&#8217;p kasal- lanadigan guruh hisoblanadi. Mikrob odam organizmiga og&#8217;iz orqali tushadi. Organizmga tushgan salmonellalar og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;i, ichak shilliq qavati va lim- foid to&#8217;qimalar orqali qon va limfaga o&#8217;tib, boshqa a&#8217;zolarga tarqaladi. Ular organizmning himoya kuchlari ta&#8217;sirida nobud bo&#8217;lib, endotoksemiya ro&#8217;y beradi. Kasallik klinik alomatlarining namo- yon bo&#8217;lishi shu ikki omilga bog&#8217;liq. Shu sabab S. ba&#8217;zi hollarda o&#8217;tkir gastroen- terokolit ko&#8217;rinishida og&#8217;ir kechsa, boshqa hollarda klinik alomatlarsiz o&#8217;tishi ham mumkin. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 1-2 kungacha. Xastalik, odatda, o&#8217;tkir boshlanadi. Ovqat orqali yuqqanida kasallik ovqatdan bo&#8217;ladigan o&#8217;tkir toksikoinfektsiya ko&#8217;rinishida og&#8217;ir kechadi. Umumiy lohaslik, ishtaha yo&#8217;qolishi, ko&#8217;ngil aynishi, harorat ko&#8217;tarilishi kuzatiladi. So&#8217;ngra o&#8217;tkir gastroenterit, hatto gastroenterokolit alomatlari qo&#8217;shiladi. Botbot qusish, ich surishi kuzatiladi. Korin mijig&#8217;lab og&#8217;riydi. Og&#8217;ir kechgan hollarda organism suvsizlanib qoladi\u2014degidratasiya ro&#8217;y beradi. Og&#8217;ir lollarda gipovolemik shok rivojlanadi. Davolash erta boshlansa, 2-3 kun davomida bemorning ahvoli yaxshilanadi. Ba&#8217;zi bemorlarda tuzalga &#8211; nidan so&#8217;ng bakteriya tashuvchilik holati kuzatiladi. S.ga diagnoz qo&#8217;yishda kasal- lik alomatlari va epidemiologik ma&#8217;lu- motlar e&#8217;tiborga olinadi. Oldini olish. Oziqovqat sanoati tizimida mahsulot tayyorlash, tashish va saqlash jarayonida sanitariyagigiena ta- lablariga qat&#8217;iy rioya qilish va shu soha xodimlarini vaqtvaqti b-n bakteriolo- gik tekshirishdan o&#8217;tkazib turish lozim. Hayvonlarda. Ot, qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y va echkilar, parrandalar, mo&#8217;ynali hayvonlar, asalarilar va b. da uchraydi. Septimiya, toksemiya, hazm organlari va nafas yo&#8217;llarining kasallanishi b-n tavsiflanadi. Infektsiya qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi manbai \u2014 kasal va kasallikdan tuzal- gan hayvonlar, shuningdek, kemiruvchi va yovvoyi parrandalar. Kasallik bakteriya b-n ifloslangan ozuqa, suv, atrofdagi anjomlar orqali yuqadi. S. o&#8217;tkir, yarim o&#8217;tkir va surunkali kechadi. O&#8217;tkir sha- klida tana harorati keskin ko&#8217;tariladi (40-42\u00b0 gacha). Hayvon holsizlanib, ko&#8217;proq yotadi. 2\u20143kunlari axlat b-n kon aralash ichi ketadi; davolanmaganda kasallik kuchayib, 5\u2014 10 kunda nobud bo&#8217;ladi. Qo&#8217;zilar o&#8217;limi 45-50%, cho&#8217;chqa bolalari o&#8217;limi 50-70% ga boradi. Ka- sal bo&#8217;lib, so&#8217;ng tuzaladigan hayvonlarda immunitet hosil bo&#8217;ladi. Davolash: sintomisin, levomisetin, xlortetrasiklin, tetrasiklin, gidrox- lorid, terramisin singari antibioti- klar beriladi. Muskul orasiga qo&#8217;shimcha penisillin, sulfanilamidlar (nor- sulfazol, etazol va b.) yuboriladi. Davolovchi zardoblar va bakteriofag qo&#8217;llash ham yaxshi samara beradi. Oldini olish: zoogigiena va veteri- nariyasanitariya, zootexniya qoidalariga amal qilish, yangi tug&#8217;ilgan mollarga bakterial (asidofilin, PABK), te- trasiklinli preparatlar berish, Max- sus emlamalar qo&#8217;llash, karantin e&#8217;lon qilish, xo&#8217;jalikka chetdan olinadigan hayvonlarni veterinariya ko&#8217;rigidan o&#8217;tkazish va b.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Salmonellyozlar \u2014 odam va xayvonlarda salmonellalar qo&#8217;zg&#8217;atadigan yuqumli o&#8217;tkir ichak kasalli- gi. Me&#8217;daichak yo&#8217;llari jarohatlanishi b-n kechadi. Qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi enterobakteri- yalar oilasiga mansub, grammanfiy sal- Monella tayoqchalari. Infektsiya manbai bemor odam &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/salmonellyozlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124744","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124744","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124744"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124744\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124745,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124744\/revisions\/124745"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124744"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124744"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124744"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}