{"id":124918,"date":"2024-05-18T20:27:41","date_gmt":"2024-05-18T17:27:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124918"},"modified":"2024-05-18T20:27:44","modified_gmt":"2024-05-18T17:27:44","slug":"sofokl","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sofokl\/","title":{"rendered":"Sofokl"},"content":{"rendered":"\n<p>Sofokl (Sophokles) (taxm. mil. AV. 496-406) \u2014 yunon dramaturgi, shoir, siyosiy va harbiy arbob. Antik manba- larga ko&#8217;ra, 123 drama yozgan, shulardan 7 tasi (&#8220;Ayaks&#8221;, 442 y.dan oldinroq; &#8220;An- tigona&#8221;, taxm 441; &#8220;Traxinalik ayollar&#8221;, yozilgan vakti noma&#8217;lum; &#8220;Shoh Edip&#8221; va &#8220;Elektra&#8221;, 43015 y.lar orasida; &#8220;Filo- ktet&#8221;, 409; &#8220;Edip Kolonda&#8221;, 401) va ay- Rim dramalaridan parchalar, ba&#8217;zi lirik she&#8217;rlari etib kelgan. S. o&#8217;tmishdoshi Esxil va izdoshi Evripiddan farkli o&#8217;laroq, voqelikni qanday bo&#8217;lsa, shun- Day qabul qilib, Yunonistonning gul- lagan davridagi demokratiya asoslariga shubha bilan qaramagan. S. antik davr tragediyalari uchun ustuvor ahamiyatga ega bo&#8217;lgan shaxsning ma&#8217;naviy shaklla- nishi muammosini echishda dunyoning Parvardigor tomonidan idora etili- shini nazardan qochirmagan. Uning &#8220;Tra- xinalik ayollar&#8221; tragediyasidan boshqa barcha asarlari olijanob kishilarning nomlari bilan atalgan va bu asarlar- ning qahramonlari murakkab vaziyatda do&#8217;q va po&#8217;pisalarga yoxud murosasozlikka da&#8217;vat etuvchi kengash va maslahatlarga qaramay, o&#8217;z maqsadlari sari intiladi- lar. Antigona &#8220;norasmiy qonun&#8221;ga itoat etib, davlat qonunini buzadi va akasi- dan judo bo&#8217;ladi; Elektra qatl etilgan otasining o&#8217;chini olaman, deb o&#8217;zinio&#8217;zi azobuqubatlarga giriftor etadi; Edip, taqdiri azaldan qanchalik qochishga urinmasin, otasining qotili va ona- sining eri bo&#8217;lib chiqadi. Ana shu tarz- da S. tragediyalarining qahramonlari, o&#8217;z istaklariga qarshi o&#8217;laroq, taqdiri azalning qurboni sifatida gavdalana- dilar. S. voqeaning tabiiy oqimini aks ettirar ekan, tasvirga ilohiy kuchlarni jalb etmaydi, tomoshabin uning asar &#8211; larida kamdankam holdagina folbin, bashoratchilarga duch keladi. S, Esxil- dan farqli o&#8217;laroq, tragediyaning tri- logiya ko&#8217;rinishlaridan voz kechib, har bir asarida syujetning mustaqilligiga erishadi. Uning ikkinchi yangiligi 3 AK- tyor ishtirokidagi sahnalardan samarali foydalanishidir. S. jahon adabiyoti ta- rixidan bir necha monumental obrazlar- ni yaratgan ijodkor va jiddiy dramatic kompozisiyalar ustasi sifatida o&#8217;rin egallagan. S. asarlari teatr san&#8217;ati yuksak taraqqiyot darajasiga ko&#8217;tarilgan hoz. davrda ham o&#8217;z qimmatini yo&#8217;qotmay, jahon dramaturgiyasining shoh namu- nalari bo&#8217;lib qolmoqda. S.ning &#8220;Shoh Edip&#8221; (1969), &#8220;Antigona&#8221; asarlari hoz. O&#8217;zbek milliy teatri (1971), &#8220;Elektra&#8221; tragediyasi esa Abror Hidoyatov nomida- gi teatrda sahnalashtirilgan. Ac: Shoh Edip, T., 1979:<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sofokl (Sophokles) (taxm. mil. AV. 496-406) \u2014 yunon dramaturgi, shoir, siyosiy va harbiy arbob. Antik manba- larga ko&#8217;ra, 123 drama yozgan, shulardan 7 tasi (&#8220;Ayaks&#8221;, 442 y.dan oldinroq; &#8220;An- tigona&#8221;, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sofokl\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124918","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124918","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124918"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124918\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124927,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124918\/revisions\/124927"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124918"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124918"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124918"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}