{"id":124941,"date":"2024-05-18T20:33:38","date_gmt":"2024-05-18T17:33:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=124941"},"modified":"2024-05-18T20:33:42","modified_gmt":"2024-05-18T17:33:42","slug":"soat-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/soat-3\/","title":{"rendered":"SOAT"},"content":{"rendered":"\n<p>SOAT \u2014 1) xalqaro birliklar tizi- miga kirmaydigan vaqt o&#8217;lchov birligi, qiymati 60 minut yoki 3600 sekundga teng vaqt oralig&#8217;i (q. Vakt); 2) vaqtni o&#8217;lchash uchun ishlatiladigan asbob. Odamlar vaqtni o&#8217;lchash b-n qadimdan shug&#8217;ullanib kelishgan. Ular Quyosh, oy harakati va b. hodisalarning muayyan vaqtlarda takror- lanib turishini sezganlar va ulardan vaqtni o&#8217;lchashda foydalanganlar. Erning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylanishi \u2014 sutka, er- ning Quyosh atrofida aylanishi \u2014 yil vaqtni o&#8217;lchashda asosiy mezon bo&#8217;ladi. Yunon astronomi K. Ptolemey (mil. AV. 2-a.) sutkani soat, minut va sekundlarga bo&#8217;lgan (q. Kalendar). Vaqtni juda aniq o&#8217;lchash uchun maxsus astronomik kuzatish- lar o&#8217;tkazilgan. Dastlab, quyosh soati, keyinchalik eye soati, o&#8217;rta asrlarga ke- lib, qum soati paydo bo&#8217;ldi. 15-a. 1-yar- mida Ulug&#8217;bek Samarqandtsa bal. 50 m li quyosh soati yasagan (hozir saqlanmagan). Qum soati fotografiya, tibbiyot va b. sohalarda hozir ham ishlatiladi. Il- Gari O&#8217;rta Osiyoda ham quyosh, suv va qum S.idan foydalanilgan. Mexanik S.lar haqidagi ma&#8217;lumot- lar yunon qo&#8217;lyozmalarida (mil. AV. 6-a.) uchraydi. 936 y. monax Gerbert, keyin- chalik pop Silvestr II zangli mexanik soat yasashgan. G. Galiley 1640 y. S.da mayatnik ishlatishni taklif qilgan (Le- kin mayatnikli S.ni o&#8217;zi yaratishga ulgur- magan, o&#8217;g&#8217;li Visentsio 1649 y. yasagan). Golland olimi X. Gyuygens ham 1657 y.da mayatnikli soat yasadi va mayatnik tebra- nishining matematik nazariyasini ish- lab chiqdi. Dastlabki cho&#8217;ntak S. 16-a.da ixtiro qilindi. X. Gyuygens cho&#8217;ntak so- atiga balansir spiral tizimini (hoz. S.ning asosiy mexanizmini) kiritdi va S.ning aniq yurishi ancha yaxshilandi. I.P. Kulibin 18-a.datovuqtuxumidek ke- ladigan murakkab mexanizmli mexanik S. yasadi. U xar chorak soatda zang uradi. Rossiyada birinchi zangli soat 1404 y. Moskvada Blagoveshchensk sobori yakini- ga o&#8217;rnatilgan. Uni vizantiyalik monax Lazar Serbii yasagan. 19-a.da qo&#8217;l S. paydo bo&#8217;ldi; bunday S. cho&#8217;ntak Sdan farq qilmaydi; ular- da qo&#8217;shimcha qismlar, mas, calendar ko&#8217;rsatkichi, Sekundomer, o&#8217;z-o&#8217;zidan bu- rash mexanizmi va b. bo&#8217;lishi mumkin. Dastlabki elektr S. Rossiyada 1840 y. yasaldi. 20-a.da elektrmexanik, elek- tronkvars, molekulyar, atom S.lari yara- tildi. Toshkentda 1947 y. kurilgan tosh- kent kuranti minorasiga 4 tsiferblatli zangli elektr S. o&#8217;rnatilgan. Vazifasiga ko&#8217;ra, S.ni shartli ravish- da maishiy va maxsus xillarga bo&#8217;lish mumkin. Maishiy S.lar: ayollar va er- kaklar qo&#8217;l soati, cho&#8217;ntak S, qo&#8217;ng&#8217;iroqli S. (budilnik), stol S, osma S, polga qo&#8217;yiladigan S. Maxsus S.lar: shaxmat S, Sekundomer, xronoskop va b. Energiya manbaiga kura, atom, kvars, mexanik, molekulyar va elektr; tebranish tizimi bo&#8217;yicha mayatnikli, balansirli va kamer- tonli xillarga bo&#8217;linadi. Mexanik S.ning asosiy mexanizmla- ri: dvigatel (prujina), uzatuvchi mexa- nizm (angrenaj), yurgizish (bo&#8217;shatish) mexanizmi, rostlagich, prujinani bu- rash, mil (strelka)ni to&#8217;g&#8217;rilash va mil mexanizmi. Dvigatelining energiyasi tishli uzatmalar orqali rostlagich- ga keladi. Rostlagich tebranishlarni so&#8217;ndirmay turadi. Mayatnik va balansir bir tekis tebranish hosil qiladi (yur- gizish mexanizmi va tishli uzatmalar orqali millarni aylantiradi). S.ning barcha qismlari yuqori sifatli po&#8217;latdan yasaladi, yokug toshlar S.da podshipnik vazifasini bajaradi. S.ning ko&#8217;plari 16-17 toshli, ba&#8217;zilari 23, 29 toshli bo&#8217;ladi. S. maxsus moylar b-n moylanadi (yana q. Atom soati, kvars soati).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SOAT \u2014 1) xalqaro birliklar tizi- miga kirmaydigan vaqt o&#8217;lchov birligi, qiymati 60 minut yoki 3600 sekundga teng vaqt oralig&#8217;i (q. Vakt); 2) vaqtni o&#8217;lchash uchun ishlatiladigan asbob. Odamlar vaqtni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/soat-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-124941","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124941","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=124941"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124941\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":124949,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/124941\/revisions\/124949"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=124941"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=124941"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=124941"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}