{"id":12565,"date":"2021-12-14T08:02:15","date_gmt":"2021-12-14T05:02:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12565"},"modified":"2021-12-14T08:02:16","modified_gmt":"2021-12-14T05:02:16","slug":"zaharlanish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zaharlanish\/","title":{"rendered":"ZAHARLANISH"},"content":{"rendered":"\n<p>ZAHARLANISH, intoksikatsiya \u2014 zaharli modda organizmga og&#8217;iz, me&#8217;da-ichak, nafas yo&#8217;llari orqali kirganda, teridan so&#8217;rilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda ro&#8217;y beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Zaharlanishning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yo&#8217;l bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizik-kimyoviy holati (gaz, eritma, chang va hokazolar), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga bog&#8217;liq, odamlarda Zaharlanishning o&#8217;tkir va surunkali xili farq qilinadi. O&#8217;tkir Zaharlanish tasodifiy va qasddan bo&#8217;lishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli ta&#8217;siri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funktsiyalarning izdan chiqishi bilan kechadi. Surunkali Zaharlanish zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt ozozdan ta&#8217;sir etishi oqibatida ro&#8217;y beradi; dorilardan bo&#8217;ladigan, shuningdek, kasbkorga aloqador Zaharlanishlar kuzatiladi. Turmushda Zaharlanish kundalik hayotda uchrab turadi. Masalan, pechka yoqish va gaz plitalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda is yoki yoritish gazidan Zaharlanish; aynigan ovqat iste&#8217;mol qilinganda Zaharlanish; alkogoldan Zaharlanish; dezinsektsiya, deratizasiya va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan ximikatlardan Zaharlanish. Dorilardan Zaharlanish ular dozalanganda, yanglish ishlatilganda, noto&#8217;g&#8217;ri tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechog&#8217;li qattiq zaharlanishi shu doriga organizmning qanchalik sezgirligiga ham bog&#8217;liq. Kasbga aloqador Zaharlanish ba&#8217;zi korxonalarda xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilib, qo&#8217;rg&#8217;oshin, simob, mis, mishyak birikmalaridan zaharlanganda ro&#8217;y berishi mumkin. Tasodifiy va qasddan (masalan, o&#8217;zini yoki birovni o&#8217;ldirish maqsadida) Zaharlanish ham ajratiladi. Kuchli ta&#8217;sir etadigan moddalar va dorilar noto&#8217;g&#8217;ri saklanganda ko&#8217;pincha bolalar zaharlanib qoladi. Shuning uchun zaharli dorilar bolalar bo&#8217;yi etmaydigan joyda sakdanish kerak. Kislota va ishqorlardan Zaharlanishda badanda qatgiq og&#8217;riq seziladi, lab va og&#8217;iz shilliq pardasi kuyadi. Suv yutganda, to&#8217;sh orqasi va osti og&#8217;riydi; odam qon aralash qusadi. Ovqatdan zaharlangan kishi qornida og&#8217;riq sezadi, qusadi, ichi ketadi, boshi og&#8217;riydi, boshi aylanadi, darmoni quriydi, qattiq zaharlangan bo&#8217;lsa, hushidan ketadi, o&#8217;lib qolishi ham mumkin. Alkogoldan Zaharlanishda mastlik, avval qo&#8217;zg&#8217;alish, yuz qizarishi, alkogol hidi anqib turishi, so&#8217;ngra alahlash, yuzning bo&#8217;zarishi, behushlik qayd qilinadi. Narkotik vauxlatuvchi dorilar (morfin, barbital, fenobarbital va hokazolar) dan Zaharlanishda mudrash, bosh aylanishi, quloq shang&#8217;illashi, qusish, tomir urishining sust va zaif bo&#8217;lishi, tirishish kuzatiladi. Is gazi [uglerod (P)oksid] va yoritish gazidan Zaharlanish shu gazlarning nafas yo&#8217;llari orqali kirishidan bo&#8217;ladi. Belgilari; bosh og&#8217;riydi, quloq shang&#8217;illaydi, bosh aylanadi, bemorning darmoni quriydi, halloslaydi; pulsi susayadi, ko&#8217;ngli ayniydi va qusadi; qattiq zaharlanganda tipirchilaydi, hushidan ketadi, o&#8217;lib qolishi ham mumkin. Zaharlanish alomatlari xilma-xil bo&#8217;lib, u jigar, buyrak, qon, Markaziy va periferik nerv sistemasining qay daraja zararlanganiga bog&#8217;liq. Davo Zaharlanishga sabab bo&#8217;lgan zaharli moddani iloji boricha organizmdan tezroq chiqarish choralarini ko&#8217;rish, zaharli moddaning zaharini kesuvchi ziddizaharlardan foydalanish, zaharlangan a&#8217;zolar faoliyatini tiklashdan iborat. Birinchi yordam: Zaharlanishga gumon tug&#8217;ilganda darhol vrach chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak. Kislotalar (sirka essentsiyasi, xlorid kislota va hokazolar) dan zaharlanganda kuydirilgan magneziya bilan suv yoki suvning o&#8217;zini ko&#8217;p ichirib, qustiriladi. Bemor behush yoki kollaps holatida bo&#8217;lsa, qustirish yaramaydi. Ishqorlar (novshadil spirti) dan zaharlanganda 3% sirka (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) qo&#8217;shilgan limonli suv ichirib qustiriladi. So&#8217;ngra bir bo&#8217;lak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy qoshiqlab ichiriladi, xom tuxum, bir bo&#8217;lak sariyog&#8217; yuttiriladi; to&#8217;sh ostiga muzli xalta, qo&#8217;l-oyoqqa grelka qo&#8217;yiladi. Ovqatdan zaharlanganda me&#8217;da yuvilgandan keyin qorin va qo&#8217;loyoqqa grelka qo&#8217;yiladi. Ko&#8217;plab issiq ichimlik, quyuq kofe ichiriladi. Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta hidla tiladi, me&#8217;dasini yuvgach, surgi beriladi, so&#8217;ngra bir stakan suvga novshadil spirtidan 3-5 tomchi qo&#8217;shib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qo&#8217;yiladi. Ko&#8217;p choy yoki quyuq kofe ichiriladi. Narkotik va uxlatuvchi dorilardan zaharlanganda me&#8217;dani yuvgach, bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuq suv quyib, keyin issiq suvga tushirish, badanini issiq tutish, ishqalash, nafas to&#8217;xtab qolganda sun&#8217;iy nafas oldirish kerak. Is gazi va yoritish gazidan zaharlanganda sof havoga olib chiqib, novshadil spirti hidlatish, sun&#8217;iy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq choy, quyuq kofe ichirish kerak. Hayvonlar zaharli o&#8217;t, buzilgan emxashak yeganda, og&#8217;ziga zaharli moddalar tushganda va zaharli gaz bilan nafas olganda zaharlanadi. Zaharlangan hayvon bo&#8217;shashadi, so&#8217;lagi oqadi, ichi ketadi, nerv sistemasining faoliyati buziladi. Birinchi yordam: me&#8217;dasi yuviladi, go&#8217;shtxo&#8217;r hayvon va cho&#8217;chqalarga qustiruvchi dori beriladi, surgi ichiriladi. Hazm yo&#8217;lida zaharning so&#8217;rilishini sekinlatish uchun adsorbtsiyalovchi dorilar beriladi. Erkin Qosimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZAHARLANISH, intoksikatsiya \u2014 zaharli modda organizmga og&#8217;iz, me&#8217;da-ichak, nafas yo&#8217;llari orqali kirganda, teridan so&#8217;rilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda ro&#8217;y beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Zaharlanishning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zaharlanish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12565","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12565","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12565"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12565\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12575,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12565\/revisions\/12575"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12565"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12565"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12565"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}